81
JAMIYAT HAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI
TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Nazarov Komil Shamsuddinovich
Tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15240903
1990 yillar bo‘sag‘asida respublikamiz ichki ishlar idoralarining huquqiy maqomi
shakllanishi, mustahkamlanishi bilan birga, tizimga kiruvchi ayrim sohaviy xizmatlar faoliyatini
takomillashtirish, ularning ishini zamon talablari asosida qayta tashkil etish bo‘yicha ham ishlar
amalga oshirildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, mustaqillikning dastlabki yillarida ichki
ishlar organlari xodimlari ham o‘z xizmat faoliyatlarini amalga oshirishda ko‘plab
murakkabliklarga duch keldi.
Agar sobiq sovet davrida uyushgan jinoyatchilik faoliyatining asosiy boshlang‘ich
maqsadini boylik orttirish bo‘lgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy
jinoiy uyushmalar mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni boshqarishga ham suqilib
kirishga urinmoqda, shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning xalqaro miqyosda
integrasiyalashuvi kuchayib, halqaro jinoiy uyushmalar tashkil topdi
1
. Yangi ming yillik
boshiga kelib, amaliyot jinoiy faollikning, shu jumladan uyushgan jinoyatchilikning yangi
ko‘rinishlari paydo bo‘layotganligidan dalolat bera boshladi. Ushbu jarayonlar hokimiyatning
barcha jabhalariga kirib oluvchi korrupsiya, oxirgi vaqtlarda esa jinoiy terrorizm va diniy
ekstremizm hamda rivojlanib borayotgan «xufiyona iqtisodiyot» sharoitlarida davom etmoqda.
Xullas, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar, butun sobiq Ittifoq hududida, shu jumladan
O‘zbekistonda ham uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Shu davrga oid
tezkor mu'lumotlar ham buni tasdiqlagan edi. Xususan, bir qancha uyushgan jinoyatchi
guruhlarning to‘dalari, jumladan, Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Namangan, Andijon
viloyatlari aholisiga o‘z zulmini o‘tkazib kelgani aniqlangan edi. Birgina 1992 yilning dastlabki
3 oyida 1991 yilning shu davriga nisbatan faqatgina Andijon shahrida umumiy jinoyatchilik 30
% ga oshgani, ayniqsa og‘ir jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64 % ga o‘sganligi
qayd etilgan.
2
Birgina qotillik jinoyati Qoraqalpog‘istonda 1990 yilda 51 ta, 1991 yilda 53 ta,
1992 yilda 57 taga oshganini ko‘rish mumkin edi.
3
Ushbu holat, hukumat darajasida 1980-yillarning oxiri va 1990- yillarning boshlarida
davlat tomonidan qabul qilingan bir qator me'yoriy huquqiy hujjatlarda o‘z isbotini topgan
(masalan: 1989 yil 2 dekabrdagi «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini
kuchaytirish to‘g‘risida», 1990 yil 22 maydagi «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash
bo‘yicha mintaqalararo IIV bo‘limlarini tuzish haqida» gi qarorlar).
4
Umuman olganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, sobiq Ittifoq makonida
bo‘lgani kabi jinoyatchilik sohasida juda ko‘plab muammolarga duch keldi. Buning sababi
istiqlolning ilk yillari O‘zbekiston uchun juda murakkab kechganligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy
1
Мусаев М.А. Жиноий уюшма ташкил этишга қарши кураш муаммолари: Ю.ф.н. дисс... автореф. - Т., 2006. – Б.
9.
2
Рахматуллаев Ш. М. Ёшлар ва бандлик муаммоси // Ўзбекистонда ҳуқуқ фанини ривожлантиришнинг назарий
ва амалий муаммолари Илмий мақолалар тўплами. - Тошкент, 2004. – Б. 96.
3
Таумуратов Н. Органн внутренних дел Республики Каракалпакстан в годм независимости. Нукус. Изд.
«Каракалпакстан». 2003. С.25.
4
Зокиров БЕТ.Э. Уюшган жиноятчиликнинг ижтимоий салбий омил сифатида вужудга келиши // Ўзбекистонда
ҳуқуқ фанини ривожлантиришнинг назарий ва амалий муаммолари: Илмий мақолалар тўплами / Масъул
муҳаррир проф. У. Таджиханов. - Т., 2004. – Б. 386.
82
muammolarning ziddiyatli holatga kelib qolganligi bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, og‘ir demografik
yuk bir tomonlama iqtisodiy “ixtisoslashuv” oqibati bilan qo‘shilgani holda, ishsizlikni keltirib
chiqardi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, mustaqillik arafasida O‘zbekistonda mehnatga
yaroqli aholining bir milliondan ortig‘i (band bo‘lganlarga nisbatan deyarli 15%) ijtimoiy
foydali mehnatda qatnashmagan.
5
1990-йиллар бошига келиб эса бу жараён янада
мураккаблашгани табиийдир.
Шу билан бирга, мутахассисларнинг таъкидлашича, ишсизликнинг ўсиши жамият
тараққиётига хавф солувчи, ижтимоий ҳолатни назоратдан чиқариб юбориш
даражасига олиб келиши мумкин экан. Ишсизликнинг 1% га ўсиши, ўз навбатида,
жазони ўташ муассасаларида сақланаётган жиноятчилар сонининг 1% га ўсишига, шу
билан бирга, ўз жонига суиқасд qilish 4,1% ga, birovning joniga suiqasd qilish 5,7% ga va
umumiy jinoyatchilikning 4% ga oshishiga olib kelishi mumkin.
6
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shaxrida jamoat tartibini
saklash va xavfsizlikni ta'minlash Konsepsiyasi to‘g‘risida» gi 1999 yil 12 aprelь qarori asosida
respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi va
xavfsizligini ta'minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Shu bois
yuqorida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
tashabbusi bilan jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta'minlovchi yangi tizimni
shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, fuqarolarning osoyishta turmushini ta'minlash, qonuniy haq-huquqlarini
himoya kilish singari vazifalarni bajarishda ichki ishlar xodimlaridan yuksak fidoyilikni talab
qildi. Sababi, jinoyatchilikning tez sur'atlar bilan o‘sib borgan, uning shu paytgacha uchramagan
vahshiyona turlari avj olgan davrda, ichki ishlar xodimlarining mas'uliyatlari ortdi. Ayniqsa,
jinoyatchilarning xizmat vazifasini bajarayotgan milisiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani,
xujum qilib hayotlariga tajovuz qilgan holatlar ham kuzatildi.
Endilikda patrullik xizmatining kuch va vositalari bevosita odamni yuzidan tanib olish
maxsus moslamasi va aloka vositalari bilan jihozlangan avtobus, patrulь-post xizmatining
ko‘chma budkalari bazasida tashkil etilgan mobil punktlar orkali boshqarilmokda. O‘tish kiyin
bo‘lgan xududlardagi patrulь-post xizmati xodimlari motoskuter bilan ta'minlandi. Amalga
oshirilgan ishlar natijasida jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 2018 yilda 42 foizga
kamayishiga erishildi
7
.
Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi mexmonlarning xavfsizligini ta'minlash ham diqqat
markazimizda. Toshkent, Buxoro, Samarkand, Xiva, Shaxrisabz shaharlari, Surxondaryo hamda
Toshkent viloyatlarida xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari tashkil etildi. Ana shu yangi
soxaviy xizmat xodimlarining sa'y- harakatlari bilan o‘tgan kiska vakt ichida yurtimizga tashrif
buyurgan 131 ta xorijiy davlat delegasiyalari va 7 milliondan ortik turistning xavfsizligi
ta'minlandi.
Mamlakatda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida o‘rnatilgan mexanizmlarning
samarali amalga oshirilishini ta'minlashda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari xamda jamoatchilik tuzilmalarining kuch va vositalarini muvofiklashtirgan xolda
5
Тўхлиев Н. Бозорга ўтишнинг машаққатли йўли. - Т., 1999. – Б. 32.
6
Рахматуллаев Ш. М. Ёшлар ва бандлик муаммоси // Ўзбекистонда ҳуқуқ фанини ривожлантиришнинг назарий
ва амалий муаммолари Илмий мақолалар тўплами. - Тошкент, 2004. - БЕТ. 96.
7
Ички ишлар вазирлиги жорий архиви маълумоти
83
safarbar qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka karshi kurash
sohasida ularning mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi «Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4075-son karori qabul qilingan
hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi 556- son qarori bilan mobilь
videokameralarni 2020 yilning 1 yanvar kunidan amaliyotga joriy qilindi.
Xulosa qilib aytganda, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash sohasida ichki
ishlar organlarining bir qator davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa mahalla tizimi hamda
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy natijalarini berdi.
Shuningdek, hamkorlik jinoyatchilikni oldini olishning yangi pog‘onasiga ko‘tarib, o‘tish
davrining asosiy muammolaridan birini yechimini topishga imkon berdi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ички ишлар органларининг
жиноятларни тергов қилиш соҳасидаги фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида» ги 2017 йил 18 апрелдаги ПҚ- 2898- сон карори
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 йил 27 мартдаги “Ички ишлар
органлари фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони.
Ҳалқ сўзи газетаси. 2001 йил 28 март.
3.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги «Ички ишлар
органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини
тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПҚ-3216-сон қарори
4.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги ПҚ- 3216 сон
«Ички ишлар органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини
ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тадбирлари тўғрисида» ги қарори
5.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги ПК-3413-сон
“Ички ишлар органлари кадрлари билан ишлаш ва уларнинг xизматини ташкил этиш
тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги қарори
6.
Ички ишлар академияси жорий архиви маълумоти
7.
Ички ишлар вазирлиги жорий архив маълумоти.
8.
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Кадрлар бош бошқармаси маълумотлари.
9.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2009 йил
якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан
10.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2002-2008
йиллар якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан олинган.