Авторы

  • Gulshoda Otayarova
    Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti assistenti
  • Nilufar Ravshanova
    Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri
  • Mehribon Boltayeva
    Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari
  • Sevinch Pardayeva
    Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari
  • Mashhura Mamatova
    Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.79217

Ключевые слова:

oddiy loviya nav sug‘orish tartiblari ildiz tizimi.

Аннотация

maqolada. Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘orish tartiblarining loviya ildizi shakllanishi tadqiq etildi. O‘simlikning ildiz tizimi bevosita navga xos xususiyat asosida shakllanib, sug‘orish tartiblari ta’sirida farqlar sezilarli darajada bo‘lganligi aniqlandi. Unib chiqish, shoxlanish davrlarida tuproq namligi (sug‘orish tartiblari) bir xil bo‘lganligi bois variantlararo va navlararo keskin farq kuzatilmadi. Ammo, Mahsuldor navida Ravot navidagiga qaraganda biroz ustun bo‘lganligi kuzatildi.


background image

74

SUG‘ORISH TARTIBLARINI LOVIYA ILDIZINING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Otayarova Gulshoda Uzakovna

Samarqand veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti assistenti

Ravshanova Nilufar Adilovna

Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri

Boltayeva Mehribon O’tkurovna

Pardayeva Sevinch Sharofjon qizi

Mamatova Mashhura Mirzaek qizi

Samarqand veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15235551

Annotatsiya:

maqolada. Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari

sharoitida sug‘orish tartiblarining loviya ildizi shakllanishi tadqiq etildi. O‘simlikning ildiz
tizimi bevosita navga xos xususiyat asosida shakllanib, sug‘orish tartiblari ta’sirida farqlar
sezilarli darajada bo‘lganligi aniqlandi. Unib chiqish, shoxlanish davrlarida tuproq namligi
(sug‘orish tartiblari) bir xil bo‘lganligi bois variantlararo va navlararo keskin farq kuzatilmadi.
Ammo, Mahsuldor navida Ravot navidagiga qaraganda biroz ustun bo‘lganligi kuzatildi.

Kalit so‘zlar

: oddiy loviya, nav, sug‘orish tartiblari, ildiz tizimi.

Annotatsiya:

в статье. Изучено корнеобразование оросительных систем в условиях

орошаемых лугово-серых почв Самаркандской области. Установлено, что корневая
система растения формировалась непосредственно на основе признака сорта, а
различия были значительными за счет влияния поливных процедур. В связи с тем, что
влажность почвы (процедуры полива) была одинаковой в периоды всходов и ветвления,
резкой разницы между вариантами и сортами не было. Однако было замечено, что сорт
Махсулдар немного превосходил сорт Рават.

Klyuchevыe slova:

fasol obыknovennaya, sort, sposobы poliva, корневая система

Abstract:

In the article. The root formation of irrigation systems in the conditions of

irrigated meadow-gray soils of the Samarkand region has been studied. It was found that the
root system of the plant was formed directly on the basis of the characteristic of the variety,
and the differences were significant due to the influence of irrigation procedures. Due to the
fact that the soil moisture (irrigation procedures) was the same during the periods of
germination and branching, there was no sharp difference between the varieties and varieties.
However, it was noticed that the Mahsuldar variety was slightly superior to the Rawat variety.

Key words:

common bean, variety, irrigation methods, root system.

Kirish.

Loviya donining tarkibida almashib bo‘lmaydigan va odam organizimiga juda

kerakli aminokislotalar-lizin, triptofan, metionin, treonin, valin, fenilalanin, leysin, izoleysin
bor. SHuning uchun loviyani almashtirib bo‘lmaydigan konsentrat deyishadi. Loviya donining
tarkibidagi oqsil juda yaxshi hazm bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha go‘sht va baliq oqsiliga
yaqin (86-90 %). Uning doni tarkibida temir moddasi 2,8, fosfor-2,6, kaliy-3,3, magniy-4,5,
kalsiy-15 barobar go‘sht tarkibidagidan ko‘proq. Yashil dukkaklarida 2 % qand, shuningdek
100 g massasida 22 mg vitamin saqlanadi. [5,6]

Loviya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, qandolat mahsulotlari

ishlab chiqarishda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Loviyaning bunday ishlatilishi donning


background image

75

sifatiga bog‘liq. Loviya parhez taomlar tayyorlashda, ayniqsa qandli diabet kasalligiga chalingan
kishilar uchun foydali taom hisoblanadi. Ko‘p ma’lumotlarga ko‘ra, donining tarkibida 22,3 %
oqsil, 54,5 % uglevodlar, 1,7 % yog‘, 3,9 % kletchatka, - 3,6 % kul moddalar mavjud. Energiya
qiymati ham yuqori–100 gramm urug‘da 309 kkal (1293 kDj) saqlanadi [3,4].

O‘simliklarning ildizi muhim organ hisoblanib, o‘simlikni tutib turish bilan birgalikda, suv

va unda erigan oziqa moddalarni o‘zlashtirib, ularni o‘simlikning yer ustki qismiga o‘tkazishga
xizmat qiladi. Bundan tashqari, dukkakli va dukkakli-don ekinlarining ildiz tizimi o‘zida
tuganak bakteriyalarni hosil qilish, ular bilan simbioz faoliyatni shakllantirishi natijasida
tuproqni biologik azot bilan boyitadi [1,2].

Ishlov berishdan keying davrda ildizlarning qayta o‘sishi tuproqni o‘ta namiqishining

o‘sishga salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun muhim omil hisoblanadi [Imaz va boshq., 2015,
100-106-b.].

Material va uslublar

. Yuqoridagilardan kelib chiqib, dala tajribalari 2018-2020 yillarda

Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya
yetishtirishda sug‘orish tartiblarini ildiz shakllantirishiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalardan
ma’lum bo‘lishicha, o‘simlikning ildiz tizimi bevosita navga xos xususiyat asosida shakllanib,
sug‘orish tartiblari ta’sirida farqlar sazilarli darajada bo‘lganligi aniqlandi. Unib chiqish,
shoxlanish davrlarida tuproq namligi (sug‘orish tartiblari) bir xil bo‘lganligi bois variantlararo
va navlararo keskin farq kuzatilmadi. Ammo, ta’kidlash zarurki, Mahsuldor navida Ravot
navidagiga qaraganda biroz ustunlik sezilarli bo‘ldi.

O‘simliklarning ildiz tizimi gullash fazasidan boshlab sezilarli darajada farqlandi. Tuproq

namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibida Ravot navi o‘simliklari
ildiz massasi 3,04 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, Mahsuldor navida 3,80 s/ga yoki Ravot
navidagiga qaraganda 0,76 s/ga yuqori bo‘lganligi qayd etildi. Tuproq namligi CHDNS ga
nisbatan 70-70-60 % sug‘orish tartibida Ravot navi o‘simliklari lidiz massasi 3,54 s/ga,
Mahsuldor navida esa 4,16 s/ga ni tashkil etib, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 %
(nazorat) sug‘orish tartibidagiga qaraganda navlarga mos ravishda 0,50 va 0,36 s/ga ko‘p ildiz
massas hosil qilganligi hisobga olindi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish
tartibida Ravot navida o‘simliklari ildiz massasi 3,74 s/ga, Mahsuldor navida 4,31 s/ga ni
tashkil etib, tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibidagi
o‘simliklar ildiz massasiga qaraganda navlarga mos ravishda 0,70 va 0,51 s/ga, 70-70-60 %
sug‘orish tartibidagi o‘simlilkarga qaraganda esa 0,20 va 0,15 s/ga ko‘p massa hosil qilganligi
qayd etildi.

O‘simliklarning ildiz tizimi dukkaklash fazasida variantlar bo‘yicha 4,59-6,26 s/ga ni

tashkil etib, har ikkala navda ham eng ko‘p ildiz massa hosil qilgan o‘simlilkar, tuproq namligi
CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish tartibida bo‘lganligi aniqlandi. Tuproq namligi
CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibida o‘simliklarning ildiz massasi
Ravot navida 4,59 s/ga bo‘lgan bo‘lsa, Mahsuldor navida 5,35 s/ga ni tashkil etib, Ravot
navidagidan 0,74 s/ga ko‘p bo‘lganligi hisobga olindi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.

Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70-60 %

sug‘orish tartibida o‘simliklarning ildiz massasi Ravot navida 5,37 s/ga, Mahsuldor navida 5,84
s/ga yoki 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibidagi o‘simliklar ildiz massasidan navlarga mos
ravishda 0,76 va 0,49 s/ga ko‘p massa hosil qilganligi aniqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga
nisbatan 70-80-60 % sug‘orish tartibida o‘simliklarning ildiz massasi Ravot navida 5,79 s/ga,


background image

76

Mahsuldor navida 6,26 s/ga ni tashkil etdi. Variantlar o‘zaro taqqoslanganda, bu ko‘rsatkich,
tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibidagi o‘simlilkar ildiz
massasidan navlarga mos ravishda 1,20 va 0,91 s/ga, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-
70-60 % sug‘orish tartibidagi o‘simlilkar ildiz massasidan esa tegishlicha 0,42 va 0,42 s/ga ko‘p
bo‘lganligi ravshanlashadi.

O‘simliklarning pishish fazasida ildiz tizimi massasi barcha o‘rganilgan muddatlardagidan

yuqoriligi qayd etilib, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish
tartibida parvarishlangan Ravot navida 5,47 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, tuproq namligi CHDNS
ga nisbatan 70-70-60 % sug‘orish tartibida navlarga mos ravishda 5,50 va 6,03 s/ga, tuproq
namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish tartibida 5,93 va 6,46 s/ga bo‘lganligi
aniqlandi.

Xulosa

o‘rnida aytish mumkinki, Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z

tuproqlari sharoitida, oddiy loviyaning Ravot va Mahsuldor navlarini yetishtirishda sug‘orish
tartiblari o‘simliklarning ildiz tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Gullash davridagi sug‘orish
tartibining o‘zgarishida variantlararo farq sezilarli bo‘lib, eng ko‘p ildiz massasiga ega bo‘lgan
o‘simlilkar har ikkala navda ham, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish
tartibida kuzatilib, Ravot navidagiga qaraganda Mahsuldor navida ildiz tizimi kuchli bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Mansurov X.G, Otayarova G. U..ACADEMIC RESEARCH IN

EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal
Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-
CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-280-285

2.

СИЛОС

МАССА

УЧУН

МАККАЖЎХОРИ

ДУРАГАЙЛАРИНИ

ЕТИШТИРИШ

ТЕХНОЛОГИЯСИ. Авторы Ўктамов Х. Xalilov N.,Kasimova Sh., Otayarova G. U. Дата
публикации, 2022/11/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini
rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy
– amaliy konferensiyasi.
3.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Otayarova G.U.

ЗАВИСИМОСТЬ ДЛИНЫ

ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА СОРТОВ ФАСОЛИ ОБЫКНОВЕННОЙ ОТ СРОКОВ И СПОСОБОВ
ПОСЕВА,

Текст научной статьи по специальности «

Сельское хозяйство, лесное хозяйство,

рыбное хозяйство

»

https://cyberleninka.ru/article/n/zavisimost-dliny-vegetatsionnogo-

perioda-sortov-fasoli-obyknovennoy-ot-srokov-i-sposobov-poseva

.

4.

Отаярова Г.Ю., Халилов Н. и Равшанова Н.А. (2024). ЛОВИЯНИНГ О'СИШИ, О'СИШ

ДЖАДАЛЛИГИ ВА О'РТАЧА СУТКАЛИК О'СИШИГА СУГ'ОРИШ ТАРТИБЛАРИНИНГ
ТА'СИРИ.

УЧЕНЫЙ

,

2

(5), 95-100.

http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/102

.

5.

Муминова З.К., Исмоилов В.И., Отаярова Г.У. (2024). РЕСУРСТЕЯМКОР

АГРОТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЭРОЗИЯГА УЧРАГАН БО'З ТУПРОКЛАР УНУМДОРЛИГИ ВА
КУЗГИ БУГ'ДОЙ ХОСИЛДОРЛИГИНИ ОШИРИШГА ТА'СИРИ.

УЧЕНЫЙ

,

2

(5), 89-

94.

http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/101

.

6.

Theoretical justification of combined cropping of cotton and mung bean

. Авторы Nilufar

Ravshanova, Nasriddin Khalilov, Gulshoda Otayarova, Shaxnoza Kosimova, Sobirjon Palvanov,
Дата публикации 2024, Журнал E3S Web of Conference


background image

77

7.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS

SONI 1010 ANG‘IZGA LOVIYA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Авторы Tursunov Sh. N.
Otayarova G. U., Quldoshev B. X., Imomnazarova F.,N. A. Ravshanova Дата публикации.
2022/10/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini
rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy
– amaliy konferensiyasi
8.

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ

ПАРТЕНОКАРПИК

ДУРАГАЙЛАРИНИНГ

ҲОСИЛ

ТЎПЛАШ

ДИНАМИКАСИ.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 1110-1113.

9.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного

материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов
томата."

Актуальные проблемы современной науки

3 (2019): 170-173.

10.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute

of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable
groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand,
Uzbekistan."

ББК 65.2 С56

58.

11.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev.

"HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH
MUDDATLARINING TA’SIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 70-76.

12.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza

Ibragimovna

Toshkentbaeva.

"Х–VIRUSINING

KARTOSHKA

MAHSULDORLIGIGA

TAЪSIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 77-83.

13.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ

СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV."

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И

ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК

. 2020.

Библиографические ссылки

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Mansurov X.G, Otayarova G. U..ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-280-285

СИЛОС МАССА УЧУН МАККАЖЎХОРИ ДУРАГАЙЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. Авторы Ўктамов Х. Xalilov N.,Kasimova Sh., Otayarova G. U. Дата публикации, 2022/11/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy konferensiyasi.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Otayarova G.U. ЗАВИСИМОСТЬ ДЛИНЫ ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА СОРТОВ ФАСОЛИ ОБЫКНОВЕННОЙ ОТ СРОКОВ И СПОСОБОВ ПОСЕВА, Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство» https://cyberleninka.ru/article/n/zavisimost-dliny-vegetatsionnogo-perioda-sortov-fasoli-obyknovennoy-ot-srokov-i-sposobov-poseva.

Отаярова Г.Ю., Халилов Н. и Равшанова Н.А. (2024). ЛОВИЯНИНГ О'СИШИ, О'СИШ ДЖАДАЛЛИГИ ВА О'РТАЧА СУТКАЛИК О'СИШИГА СУГ'ОРИШ ТАРТИБЛАРИНИНГ ТА'СИРИ. УЧЕНЫЙ , 2 (5), 95-100. http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/102.

Муминова З.К., Исмоилов В.И., Отаярова Г.У. (2024). РЕСУРСТЕЯМКОР АГРОТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЭРОЗИЯГА УЧРАГАН БО'З ТУПРОКЛАР УНУМДОРЛИГИ ВА КУЗГИ БУГ'ДОЙ ХОСИЛДОРЛИГИНИ ОШИРИШГА ТА'СИРИ. УЧЕНЫЙ , 2 (5), 89-94. http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/101.

Theoretical justification of combined cropping of cotton and mung bean. Авторы Nilufar Ravshanova, Nasriddin Khalilov, Gulshoda Otayarova, Shaxnoza Kosimova, Sobirjon Palvanov, Дата публикации 2024, Журнал E3S Web of Conference

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI 1010 ANG‘IZGA LOVIYA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Авторы Tursunov Sh. N. Otayarova G. U., Quldoshev B. X., Imomnazarova F.,N. A. Ravshanova Дата публикации. 2022/10/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy konferensiyasi

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ ПАРТЕНОКАРПИК ДУРАГАЙЛАРИНИНГ ҲОСИЛ ТЎПЛАШ ДИНАМИКАСИ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 1110-1113.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов томата." Актуальные проблемы современной науки 3 (2019): 170-173.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan." ББК 65.2 С56 58.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev. "HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 70-76.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza Ibragimovna Toshkentbaeva. "Х–VIRUSINING KARTOSHKA MAHSULDORLIGIGA TAЪSIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 77-83.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV." СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК. 2020.