Авторы

  • Mavlyuda Sharipova
    ZARMED UNIVERSITETI O’QITUVCHISI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.79218

Ключевые слова:

o’zbek til leksika so’z leksema leksik tizim grafonim grafik shakl literonim o’zbek – arab alifbosi nomema fonema semema shakl ibora.

Аннотация

Maqolada o’zbek tili leksik tizimidagi  otlarning ma’noviy guruhlaridan biri—grafik belgilarni ifodalovchi otlar (grafonimlar) va ularning bir guruhchasi bo’lgan harf nomlari, ya’ni literonimlar o’zbek – arab alifbosidagi alif, lom, mim harflari misolida tahlil etilgan, leksik, semantik va funksional xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan, lisoniy tizimdagi o’rni aniqlangan.


background image

70

ESKI O’ZBEK YOZUVIDAGI HARF NOMLARINING LEKSIK TIZIM

TARKIBIDAGI O’RNI

Sharipova Mavlyuda Boymuratovna

ZARMED UNIVERSITETI O’QITUVCHISI

e-mail:sharipova mavluda@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15234962

Annotatsiya:

Maqolada o’zbek

tili leksik tizimidagi otlarning ma’noviy guruhlaridan

biri—grafik belgilarni ifodalovchi otlar (grafonimlar) va ularning bir guruhchasi bo’lgan harf
nomlari, ya’ni literonimlar o’zbek – arab alifbosidagi alif, lom, mim harflari misolida tahlil
etilgan, leksik, semantik va funksional xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan, lisoniy tizimdagi o’rni
aniqlangan.

Kalit so’zlar:

o’zbek, til, leksika, so’z, leksema, leksik tizim, grafonim, grafik shakl

literonim, o’zbek – arab alifbosi, nomema, fonema, semema, shakl, ibora.

Аннотация:

В статье анализируется одна из семантических групп имен

существительных в лексической системе узбекского языка – существительные,
обозначающие графические знаки (графонимы) и группа из них – наименования букв,
то есть буквонимы, на примере букв алиф, лом, мим узбекско-арабского алфавита,
указываются их лексические, семантические и функциональные свойства, определяется
их место в языковой системе.

Ключевые слова:

Узбекский, язык, лексикон, слово, лексема, лексическая система,

графоним, графическая форма, буквоним, узбекско-арабский алфавит, номема, фонема,
семема, форма, фраза.

O’zbek tilshunosligida leksikani sistema sifatida o’rganish, asosan, o’tgan asrning 60 –

yillarida boshlandi. O’tgan davr mobaynida qator ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Natijada shaxs
otlari (antroponim), zoonimlar (hayvonlarni atovchi so’zlar), fitonimlar (o’simliklarni atovchi
otlar), makon otlari, payt otlari, rnitonimlar (qush nomlari), meva nomlari, ot, sifat, va
fe’llarning o’nlab lug’aviy – ma’noviy guruhlari tadqiqotchilar tomonidan tahlil etildi. Bu
ishlarda lug’aviy ma’no guruhlari tarkibidagi leksemalarning o’zaro munosabatiga katta e’tibor
berildi.

Alohida ta’kidlash o’rinliki, o’zbek tili leksik tizimidagi otlarning ma’noviy guruhlaridan

biri – grafik belgilarni ifodalovchi otlar (grafonimlar) va ularning bir guruhchasi bo’lgan harf
nomlari – literonimlar shu vaqtgacha maxsus tadqiq manbai bo’lgan emas. Vaholanki,
literonimlar har tomonlama tadqiq va tavsifni talab etuvchi va alohida bir lug’aviy – ma’noviy
guruhga ajratilishi mumkin bo’lgan so’zlar – turdosh, muayyan (konkret) yakka otlarning o’ziga
xos bir ichki guruhidir.

Harf nomlari ya’ni literonimlar tilshunos va adabiyotshunoslar diqqatini azal – azaldan

o’ziga tortib kelgan, u bilan bog’liq xilma – xil iboralar yaratilgan chunonchi, lotincha

Alpha to

omega,

ruscha

от Алфы до Омеги

,

от А до Я

kabilar), ular ishtirokida so’zlar yasalgan (

chunonchi: ozbekcha

alifbo, alifbe;

ruscha

alfavit, azbuka;

yunoncha

alphabetos

; inglizcha

alphabet

; fransuzcha

alphabet

kabilar) bo’lsada, harf nomlari til leksik tizimining o’ziga xos

birligi – leksema sifatida uning leksik, semantik va funksional xususiyatlari maxsus tadqiq
etilmagan. Vaholanki, yozuvga ega barcha tillar alfavitida harflarning nomi degan bo’lim
mavjud va bu bo’limda harflarning grafik shakli hamda ularni ifodalaydigan tovush nomlari


background image

71

keltirilgan. O’zbek xalqi VIII-XX asrlarda foydalangan arab alifbosidagi harflar ham o’z nomiga
ega bo’lgan.

Ma’lumki, og’zaki nutqda harflar nomlari bilan ataladi. Yozma nutqda esa harf nomi

yozilmaydi, uning shakli yoziladi. Harf nomi leksema sanalishi mumkinmi? Bu savolga “ha” deb
javob berish mumkin. Chunki alifbolarning barchasida harfning nomi, uning grafik ko’rinishi
va u ifodalaydigan tovush (fonema) alohida -alohida bo’limlarda berilgan. Harfning so’z bilan
ifodalangan alohida nomi mavjudligi lisoniy tizimda ularni leksema sifatida belgilashni taqozo
etadi.

Harf nomlari alohida ya’ni mustaqil leksema sifatida belgilanar ekan, ularning leksik –

semantik xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Mazkur masalani
o’zbek – arab alifbosidagi harflarning nomlari misolida aniqlashga harakat qilamiz.

Bizga ma’lumki, so’z (leksema)ga qo’yiladigan talablar qo’yidagilardan iborat:
a)leksema o’ziga xos shakl va nomemaga ega bo’lishi lozim;
b) leksema o’ziga xos ma’no (semema)ga ega bo’lishi kerak;
g) leksemaning nomemasi fonemalarning barqaror butunligi shakliga ega bo’lishi shart;
e) nomema ma’lum bir semema bilan ijtimoiy muhitda shartli bog’lanishda bo’lishi lozim;
g) nomema bilan bog’liq bo’lgan semema so’zlovchi va tinglovchi ongida ma’lum bir

tushuncha bilan bog’langan bo’lishi va tushuncha borliqda ma’lum bir narsa voqea – hodisa
(denotata, signifikat, referensiya atalmish bilan bog’langan bo’lishi kerak [Qarang: 2,32].

Umuman olganda, til birligi sifatida so’zga (leksemaga) qo’yiladigan asosiy talablar mana

shulardan iborat. Leksemaga qo’yiladigan talablarni dastlab

alif

leksemasi misolida ko’rib

o’tamiz:

Alif

literonimi nomemasi barqaror bo’lib, u ikkinchi bug’indagi unlisi urg’uli bo’lgan

a,l,i,

f

tovushlarining barqaror butunligidan iborat. Undagi tovushlarni ixtiyoriy ravishda o’zgartirish
va buzish – uni

aluf, olif, anif

deb ixtiyoriy ravishda o’zgartirish mumkin emas, aks holda, bu

nomema so’zlovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi.

Alif nomemasi o’zbek tili leksemalarining nomemalari uchun xos bo’lgan barcha

qonuniyatlarga bo’ysunadi. Chunonchi, so’z oxirida (auslautda) kelgan f portlovchi

p

ga o’tishi

mumkin.( M.Mirtojievning “ Hozirgi o’zbek tili” asarida alifni alif, alip, tarzida ifodalanishi qayd
etilgan). [Qarang:2-5]

Ma’lumki, o’zbek tilining o’z so’zlarida

f

sirg’aluvchi undoshi yo’q. U arab-eroniy tillardan

olingan va ruscha baynalmilal so’zlarda uchraydi. Mazkur undosh tovush pastki labning tepa
kurak tishlariga yaqinlashuvi orqali ular oralig’idan havoning kuchli bosimi bilan sizib chiqishi
natijasida hosil bo’ladigan jarangsiz sirg’aluvchidir. O’zbek tilida u odatda shunday talaffuz
etilmaydi,ya’ni

f

tovushi o’z tarkibida portlovchi

p

undoshi bilan almashtiriladi. Masalan:

faqat>paqat; kifti>kipti; saf>sap

kabi.

Alif

nomemasining ikkinchi bo’g’inidagi

i

old qator va

o’ta qisqa

aльп

tarzida talaffuz etilishi mumkin. Mazkur nomemaning talaffuzi bilan bog’liq

bo’lgan barcha qonuniyatlar o’zbek fonetikasining umumiy qonuniyatlariga bo’ysinadi. Demak,

aлиф

nomemasi o’zbek tilida nomemalar uchun xos bo’lgan barcha xususiyatlarga ega. Bu

xususiyatlar B.B Reshetov, Sh Shoabdurahmonov, A.Abduazizov, H. Maxmudov, M.
Mirtojievlarning tadqiqotlarida batafsil tahlil etilgan va ularda

aлиф

tegishli barcha

qonuniyatlarga ko’ra nomema bo’la olishi ta’kidlangan.

2. Ma’lumki, lisoniy ma’no borliqdagi narsa-hodisa bilan o’zaro bog’langan bo’lishi lozim.

Aлиф

tovushlar tizmasi o’zbek ongida ma’lum bir imloviy(grafik) belgi bilan uzviy bog’langan.


background image

72

U harfning nomidir.

Aлиф

nomemasining sememasi

ma’lum bir shaklga ega bo’lgan va

yozuv (grafika)da ma’lum bir vazifalarni bajaradigan, imloviy belgini atovchi harf

dir.

Aлиф

bu jihati bilan ma’lum bir sohaga xos hodisani atab kelishi bilan terminlarga juda yaqin

turadi.

Aлиф

nomemasining ma’nosi eski o’zbek yozuvi bilan tanish bo’lgan shaxsgagina

ma’lum. Bu yozuv tizimi bilan tanish bo’lmagan shaxs uchun esa uning ma’nosi ravshan emas.

Bu barcha terminologik leksika uchun xos xususiyatdir. Chunonchi,

ega

so’zining

lingvistik terminologiya ma’nosi tilshunoslik bilimiga ega bo’lgan shaxs uchun tushunarlidir.
Kimyoviy bilim tizimi bilan tanish bo’lmagan shaxs реакция ma’nosini tushunmagandek, eski
o’zbek yozuvidan bexabar shaxs

aлиф

nomemasi ma’nosini o’qmaydi. O’zbek- arab yozuvi

tizimi bilan tanish bo’lgan shaxsda

aлиф

tushunchasi ob’ektiv borliqning bir parchasi, bir

bo’lagi sifatida mavjud bo’ladi.

3. Tildagi barcha so’zlar kabi harf nomlari ham qo’shma va juft sozlar yasash tizimida

ishtirok eta oladi. Ayonki, o’zbek tilida

aлиф

literonimi bilan bog’liq ravishda алифбе yoki араб

alifbosi boshidagi birinchi va ikkinchi harf (alif va bo) nomidan

алифбо

qo’shma

so’zi

yasalgan. Ta’kidlash o’rinliki, eski yozma manbalar tilida unung

алифбо

shakli keng

qo’llanilgan.

Hozirgi o’zbek tilida

alif

quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

1. Alfavit ma’nosini.Misol:

Tuzuk alifbeni bilib olibsiz.

(Hamid G’ulom, Mash’al).

2. Boshlang’ich savod chiqarish kitobi. Misol:

Birinchi sinf o’quvchilari uchun

alifbe.Faqir xalqning farzandlari alifbega zor.

(Oybek, Nur qidirib).

3. Ko’chma ma’noda: biror maslak, ta’limot, ilm va shu kabilarning boshlang’ich asoslari,

eng oddiy qoidalari. Misol:

Muhammad Jamol alifbesidan boshlab, do’stining ongidan

xurofotlar bulutini tarqatishga tirishdi.

(Oybek, Nur qidirib).

Alif

leksemasi maqol, matal va frazemalarda tarkibida ko’chma ma’noda ham uchraydi.

Bular Sh.Rahmatullayevning [Qarang:4,126] ilmiy ishlarida ancha keng o’rganilgan. Chunonchi,

alifni kaltak, beni g’altak demoq; dilida alif yo’q, sallasi qozondek

kabi iboralar ham olim

ishlarida tahlil etilgan. Eski maktabda dars beruvchi muallim o’z shogirdlari ongiga arab
alifbosidagi harflarning grafik shaklini yodda saqlashlarini osonlashtirish uchun kundalik
hayotda ko’p uchraygigan narsa – buyumlardan, ularning shakliy tuzilishidan ta’lim vositasi va
usuli sifatida keng foydalangan.

Alif

harfining grafik shakli(...)

kaltakka

o’xshaganligi bois u

shunga bog’liq holda o’rgatilgan

.

Shu asosda

alifni kaltak demoq

iborasi voqelangan bo’lib, bu

ibora ko’chma ma’noda

alifni kaltak deyolmaslik

, g’irt

savodsiz bo’lmoq, hech narsa

bilmaslik

ma’nosida qo’llanilgan. Mazkur iboraning variantlari ham mavjud bo’lib ular badiiy

asarlarda ishlatilgan:

alifni tayoq deyolmaslik; alifni tayoq demoq.

Masalan:

Yo’g’-e, qanaqa

qilib o’qirdim. Alifni kaltak deyolmayman-ku.

(Oydin, Sadag’ang bo’lay, komandir).

Men-ku

bunday masalada alifni tayoq deyolmayman, ammo injenerlarga ishonaman.

(Oybek, Oltin

vodiydan shabadalar);

Alifni tayoq deydigan savodsiz. Xurram kal bilan yoshligida

“Haftiyak”ka tushmayoq maktabga bormay qo’ygan usta zamon.

(SH.Toshmatov.Erk qushi);

Akam paqirning qornini yorsang, alif chiqmaydi-yu, tag’in palon- u pistonmadon deganiga
kuyaymi!

va boshqalar.

Be

”ni g’altak demoq iborasi ham dastlab tashqi o’xshashlik, ya’ni

be(...)

harfining grafik

shakli qisman g’altakka o’xshaganligi asosida yuzaga kelgan. Keyinchalik, esa ilmga ega
bo’lmagan besavod, Ollohni tanimaydigan, sallasi qozondek kishilarga nisbatan ushbu ibora
qo’llanilgan. Misol:


background image

73

Yotquzib qo’ysang banogah qornidan chiqmas alif,
Sallasin ko’rgan kishi der: Katta mullo bachchag’ar. [Qarang: 3.3]
Mazmuni: Nogahon mullani yotqizib qo’ysang ham qornidan hech vaqo chiqmaydi, ammo

boshidagi sallasining kattaligini nazarga tutib, shoir o’z davrining besavod, chala mullalarni
tanqid ostiga oladi.

Bu hodisani “

lom”

harfida ham kuzatish mumkin. Mazkur harf bilan bog’liq

lom

demaslik, lom- mim demaslik

iboralari qo’llaniladi va ular

e’tiroz qilmay, qarshilik qilmay

ma’nosini ifodalaydi. Yuqoridagi ibora

lom-u mim demay

o’rnida ham ishlatiladi. Masalan:

Hamma uning aytganini “lom-mim” demay bajarayotganini Rahim ko’rib turgan
edi.(

H.Nazir, Ko’korol chiroqlari

) Qolgan fuqarolarning osoyishtalik bilan kori xayr ishida

“lom-u mim demay” ishlamoqlari lozim ekanini so’zladi

(G’afur Fulom. Arkning yemirilishi

);

O’zi yaxshi yigit-u, onasiga “lom-mim” deyolmaydi-da.

(Said Ahmad. Hasrat);

Ular yaylovga

“lom-mim”deb og’iz ochmadilar

(O.Yoqubov. Tog’ qizi)

; “Lom-mim” demay gapirganning

og’ziga jim turganning ko’ziga tikilib o’tirardi

.(I. Rahim.Hilola);

Ashraf amaki to uyiga yetib

kelguncha hamrohlariga”lom” ,demadi, o’z uyi bilan bo’ldi

(S.Anorboyev.Kuyov);

U kishi

katta ishtirokiyun. Ammo bekajon, bu haqda birovga “lom-mim” demaydi

.(Sh.Toshmatov.

Erk qushi).

Yuqoridagi mazkur masalalar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, harf nomlari

ya’ni literonimlar o’zbek tili lersemalari oldiga qo’yilgan barcha talablar – alohida shakl va
nomemaga, o’ziga xos sememaga, fonemalarning barqaror butunligi shakliga ega bo’lish,
nomemaning ma’lum semema bilan ijtimoiy muhitda shartli bog’lanishda bo’lishi kabilarga
javob bera oladi va shunga ko’ra ularni leksema sifatida belgilash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Begmatov E. O’zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. -Toshkent: Fan, 1985. -200 b.

2.

Mirtojiyev M. Hozirgi o’zbek tili. -Toshkent: O”qituvchi, 1992.-243 b.

3.

Muqimiy. Asarlar. 2 jildlik. – Toshkent: Badiiy adabiyot, 1960. 2- jild.– 199 b.

4.

Rahmatullaev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. – Toshkent: O’qituvchi, 1978, -

234b.

Библиографические ссылки

Begmatov E. O’zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. -Toshkent: Fan, 1985. -200 b.

Mirtojiyev M. Hozirgi o’zbek tili. -Toshkent: O”qituvchi, 1992.-243 b.

Muqimiy. Asarlar. 2 jildlik. – Toshkent: Badiiy adabiyot, 1960. 2- jild.– 199 b.

Rahmatullaev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. – Toshkent: O’qituvchi, 1978, -234b.