60
BIOLOGIYA XONALARINI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA SINI
JIHOZLANISH TARTIBI
Aliyeva Mavjudaxon Baxromjon qizi
Qo’qon Davlat pedagogika insitituti Biologiya kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233535
Annotatsiya
Umumiy oʻrta taʼlimi maktablarda biologiya xonasini jihozlanishiga qoʻyilgan talablar
hozirgi zamonaviy texnik vositalar bilan birga, pedagogik, sanitariya-gigenik talablarda ham
oʻzgarishlar berilgan. Bu talablarning tranformatsiyasi oʻquvchilarda biologiya fanini oʻqitishda
kreativlikni rivojlantirish uchun muhim ekanligi xulosa qilingan.
Kalit soʻzlar
: Biologiya xonasi, laboratoriya, jihozlanish, talablar.
Абстрактный
Вместе с нынешней современной технической оснащенностью изменились
требования к оборудованию кабинета биологии в школах общего среднего образования,
а также педагогические, санитарно-гигиенические требования. Сделан вывод, что
трансформация этих требований важна для развития креативности в преподавании
биологии.
Ключевые слова:
Кабинет биологии, лаборатория, оборудование, требования.
Abstract
The requirements for the equipment of the biology room in schools of general secondary
education have been changed along with the current modern technical equipment, as well as
pedagogical, sanitary-hygienic requirements. It was concluded that the transformation of these
requirements is important for the development of creativity in the teaching of biology.
Key words:
Biology room, laboratory, equipment, requirements.
Bugungi zamonaviy ta'limda maktablarni o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter
texnikasi, darsliklar va o'quv uslubiy materiallar bilan ta'minlash zarurati har qachongidan ham
dolzarb masaladir. Umumiy o'rta ta'lim maktablamning moddiy texnika bazasini
mustahkamlash orqali o'quvchilarda DTS talablariga mos holda bilimlarni shakllantirish,
ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko'rsatish uchun biologiya
xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur.Biologiya xonasi uchun yo'lakka yaqin
joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi,
ko'rgazmalar tashkil etish mumkin.
Sinf xonalari derazalarining yo'nalishi ufqning janubiy, sharqiy yoki janubi-sharqiy
tomonlarida bo'lishi kerak.
Xonaning chap tomonida yorug'lik bo'lishi kerak. Ofis xonasining chuqurligi 6 m dan ortiq
bo'lgan ikki tomonlama yoritishda balandligi poldan kamida 2,2 m bo'lishi kerak bo'lgan o'ng
tomondagi yoritish moslamasi talab qilinadi. Yorug'lik teshiklarini (ichki va tashqi tomondan)
jihozlar yoki boshqa narsalar bilan to'sib qo'yish taqiqlanadi. Katta o'simliklar yoki o'simlik
javonlari derazalarga joylashtirilmasligi kerak. Shkafning yorug'lik teshiklari sozlanishi
quyoshdan himoya qiluvchi asboblar bilan jihozlangan bo'lishi kerak, masalan, pardalar, devor
va mebel rangiga mos keladigan ochiq rangdagi mato pardalari.
61
Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o'quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat
burchagi xonalaridan iborat bo'lishi kerak. Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi
biologiya o'qituvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo'naltirilgan:
- ta'limning samaradorligi oshirish maqsadida o'quv jarayonini tashkil etishda kerak
bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash; dars va o'quv jarayonining boshqa shakllarida o'qitishning
texnik vositalaridan foydalanish;
- o'quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning nazorat
dasturlaridan foydalanish;
- biologiya bo'yicha sinf va maktabdan tashqari mashg'ulotlarni olib borishda kerak
bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash;
Biologiya o'quv xonasi quyidagilar zarur bo'lgan mebel va maxsus jihozlar bilan
jihozlanadi: doska, o'qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o'quvchilar uchun parta va stul,
preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetining
etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o'simlik va hayvonot dunyosining
evolyutsion rivojlanish tarixini, ko'zga ko'ringan biologlarning portretlari qo'yilsa maqsadga
muvofiq bo'ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va
kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o'z vaqtida namoyish etish, amaliy
ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. Bu o'z
navbatida o'quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez
topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o'quvchilarda o'quv mehnatini tashkil
qilish madaniyatini tarbiyalaydi.
Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o'quv
ko'rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya'ni o'qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo'lgan
barcha qo'llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar,
laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun yo'riqnoma berish hamda
ko'rsatmalarni hammasi malum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga
kiritiladi. Bulardan tashqari, laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o'tkazish uchun zarur
materiallar tayyorlanadi, ko'rgazmalar ta'mirlanadi. Stolda jo'mrakli suv krani bo'ladi. Undan
idishlarni yuvishda foydalaniladi.
Biologiya o'qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil
qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o'simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida
tajribalar o'tkazish hamda darslarda namoyish etish uchungina emas, balki darslardan va
sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida
biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish mumkin.
Umumta'lim maktablarida biologik ta'limning samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini
tashkil etish shakllari bo'lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab
darajasida o'tkazishga bog'liq. Mazkur mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo
biologiya o'quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini to'liq jihozlashga bog'liqdir.
Biologiya o'quv fani asosan tirik organizmlar to'g'risida bilim beruvchi fan. Biologiya
o'quv fanini DTS talablari asosida o'qitish, tirik organizmlar ustida ko'rgazmali va amaliy
usullarni qo'llash asosida mashg'ulotlar o'tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil
etishni talab etadi
62
Biologiya darsida o'quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo'lgan umumiy
talablar mavjud.
1. Pedagogik talablar:
2. Biologiya xonasiga qo'yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari:
3. Estetik talablar:
Xonaga qo'yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko'rinishi
go'zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o'quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o'quvchida
ham, o'qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.
Biologiya o'qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tabiat burchagi tashkil etadi.
Unda o'quvchilarning biologiyaga bo'lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy
imkoniyatlar bor.
Tirik tabiat burchagi dastlab, o'quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf
derazalarida tashkil etiladi
Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib
borishini va tajribalar qo'yishni talab qiluvchi yovvoyi o'simliklar ham bo'lishi zarur. Bunday
o'simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog'i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga
o'tqaziladi.
Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh
tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq
tayerlaydilar,turli moslama yasaydilar va tamirlaydilar.
Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarning biologiya fanini a'lo darajada o'zlashtirishlariga
nafaqat dars jarayonlari, balki ularning qiziqishlarini ortishiga sabab bo'luvchi laboratoriya
mashg'ulotlari va tirik tabiat burchagi ham muhim rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Tolipova J, Gofurov , Biologiya talimi texnologiyalari.
2.
N.N.Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Toshkent-2006.
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tabiiy fanlar