58
O‘QISH DARSLARIDA SO‘ZLARNING MA’NO VA SHAKL MUNOSABATLARIGA
KO‘RA TURLARINI O‘RGANISH
Turdiyeva Shohsanam Mahamadali qizi
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233525
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari
ustida ishlash va ma’nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ma’nodosh so‘zlar, shakliy ma’no,ma’no munosabat ma’nodosh so‘zlar
guruhlari
.
Tilimizda ayrim so‘zlar o‘zlariga xos xususiyatlariga ko‘ra ma’noviy, shakliy, ma’no
jihatdan o‘xshash yoki zidlanishni bildiradi. SHunga ko‘ra ular shakldosh, ma’nodosh, zid
ma’noli va paronim so‘zlar kabi guruhlarga bo‘linadi.
So‘z ustida ishlash jarayoni murakkab va ko‘pqirrali. SHunga erishish lozimki, o‘quvchi
yangi va notanish so‘zga e’tiborsiz bo‘lmasin. Uning ma’nosini anglashga harakat qiladigan
bo‘lsin.
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash usullari.
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlashda ma’nodosh
so‘zlar guruhlari o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’nodosh so‘zlar tilimizning leksik boyligi. Undan qancha o‘rinli foydalanilsa, fikrni
ravon, go‘zal ifodalash imkoniyatlari shuncha kengayadi, so‘zdan to‘g‘ri va samarali foydalanish
malakalari shakllanadi.
Og‘zaki hamda yozma nutqni ma’nodosh so‘zlar bilan boyitishda quyidagi leksik ma’no
guruhlariga ajratish usullaridan foydalanish mumkin.
1-topshiriq. Istamoq, kengashmoq, so‘ramoq, salomlashmoq, xohlamoq, maslahatlashmoq,
fikrlashmoq, orzu qilmoq, sog‘inmoq, ko‘rishmoq, omonlashmoq, ahdlashmoq, salom-alik
qilmoq kabi ma’nodosh so‘zlarni leksik ma’no guruhlariga ajrating:
-
istamoq, xohlamoq, orzu qilmoq, sog‘inmoq;
-
maslahatlashmoq, kengashmoq, fikrlashmoq, ahdlashmoq;
-
salomlashmoq, so‘rashmoq, ko‘rishmoq, omonlashmoq, salom-alik qilmoq...
2-topshiriq. Ma’nodosh so‘zlarni ma’lum bir belgining oshib yoki kamayib borishi (so‘zning
ma’no darajalari) bo‘yicha tartib bilan joylashtiring:
-
hujra, xona, kulba, uy, koshona, saroy, qasr, qal’a;
-
tuzuk, durust, yaxshi, ajoyib, a’lo...
YOshlarni mustaqil fikrlashga, leksik ma’no belgilarini farqlashga yo‘naltiradigan bunday
topshiriqlarni bajarish gapda so‘zning o‘rnini aniqlashni osonlashtiradi, sharoitga mos ravishda
foydalanish imkoniyatni yaratadi.
3-topshiriq. Berilgan so‘zlarga leksik ma’nosi yaqin so‘zlardan qator hosil qiling: gulzor, gumon,
sezgi... Ularni ma’no darajalanishiga qarab joylashtiring: gulzor, gulbog‘, guliston, gulshan,
chaman, chamanzor, bog‘-u bo‘ston va h.k. Har bir so‘zga namunadagidek qatorlar hosil
qilingach, so‘zlarning oshib borayotgan ma’no ko‘lami quyidagicha tasnif qilinadi:
-
«gulzor» so‘zining ma’no darajasi (ko‘lami)dan torroq, chunki «gulzor» deganda, gul
ekilgan joy ma’nosi anglashilsa, gulbog‘ deganda, gul va manzarali bo‘talar ekilgan joy
tushuniladi. «Gulbog‘» so‘zida ma’no kengayishi hodisasi ko‘rinadi;
59
-
«guliston» so‘zining ma’no ko‘lami gulzor va gulbargdan ko‘ra kengroq, ya’ni unda gullar
vatani (diyori, mamlakati) ma’nosi bor. Lekin mazkur so‘z umumiste’moldagi so‘z bo‘lib,
gulistonda chaman so‘zida anglashiladigan badiiy bo‘yoqdorlik ko‘rinmaydi.
SHuning uchun guliston so‘zi gulshan, chaman so‘zlaridan pastroqda turadi.
4-topshiriq. Gapdagi ma’lum bir so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtiring.
Namuna: O‘zbekistonimiz (Respublikamiz, yurtimiz, o‘lkamiz, diyorimiz, mamlakatimiz...) kun
sayin chiroyli (ko‘rkam, obod, go‘zal, suluv...) bo‘lib bormoqda.
5-topshiriq. Berilgan gap yo matnda ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so‘zlar
topib, ularni o‘zgartiring.
...Kulgi-yu tabassum Ollohning insonga bergan betakror marhamitidirki, bu hislat na hayvonot
dunyosida, na paranda-yu darandalarda uchraydi. Inson qiyofasidagi shodmonlik belgisi faqat
insongagina xos.
Kulgi-yu tabassum bebaho gavhardir, inson qalbining yuzdagi in’ikosidir, u yurak sog‘inchlarini
izhor etib turadi»... (Mirmuhsin)
-
Matndagi yangi yoki sizga tanish bo‘lmagan so‘zni belgilang, uning ma’nosini izohlang.
-
Matnda ajratilgan o‘z va ko‘chma ma’nodagi so‘zlarning uyadosh va ma’nodoshlarini
toping.
-
Ma’nodosh so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan ma’noni belgilang.
-
Ma’nodosh so‘zlarning ma’no nozikliklarini aniqlang.
-
Ulardan foydalanib, matn yarating. o‘quvchilarning bu sohadagi bilim va malakalarini
kengaytirishda qator usullardan foydalanish mumkin:
-
Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar qatorini tuzing.
Bunda darslikdagi muayyan mashqda berilgan so‘zga o‘quvchilar ma’nodosh sinonim so‘z
izlashadi. Bunday mashq materiali sifatida adabiyot darsligiga murojaat etish mumkin.
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashning shakl va usullari ham xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Ularning eng keng tarqalganlarini eslatish joiz.
Bunday amaliy ishlar nutqni ma’nodosh va uyadosh so‘zlar bilan boyitishda muhim o‘rin
egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Yusuprov M. Yoshlarning boshlang`ich sinf o`qish darslarining o`ziga xos xususiyatlari.
Toshkent. “O`qituvchi”, 1992 yil
2.
Yusupov M. O`qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent, “O`qituvchi”,
1990 yil.
3.
Qosimova Q. Boshlang`ich sinflada ona tili o`qitish metodikasi. Toshkent. “O`qituvchi” ,
1995 yil