54
MAQSUD SHAYXZODA SHE’RLARIDA UCHRAYDIGAN TURLI BADIIY
USLUBLAR
Maxanova Feruza Mamarajabovna
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15229554
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda she’rlarida uchraydigan turli badiiy
uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz
yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. M.Shayxzoda
she’rlarida uchraydigan sinonim ishlatilishining badiiy jihatlari xususida ayrim mulohazalar
bildirilgan.
Kalit so’zlar:
sinonimlar, badiiy uslub, lingvopoetik xususiyatlar, polesemantika,
leksema, leksek va konteksual sinonimlar.
Lingvopoetik yondashuv sinonimlarning badiiy matndagi vazifasini, ularning ma’noviy,
stilistik va emotsional xususiyatlarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun,
badiiy asarlarni lingvistik tahlil qilishda sinonimlarning rolini hisobga olish juda muhimdir.
Turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning
obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, sinonimlarning
ma’noviy va stilistik xususiyatlarini kompyuter korpuslarini tahlil qilish orqali o‘rganish
imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu she’rda hofizning shaxsiy sifatlarini yanada aniqlik kiritish va obrazning tasvirini
yaqqolroq namoyon qilish uchun “shahid bo‘lmoq” birikmasi keltirilgan bo‘lib, bejizga
tanlanmagan. Avvalo, misralarda hofizning vatanparvar, jonkuyar, mard va jasur ekanligini
tasvirlash “fonida” shahid leksemasi aynan mos tushadi.
Sababai shahid leksemasi “
SHAHID
[a.
- urushda o‘lgan, o‘ldirilgan; aziyat chekuvchi] 1 Din yoki mazhab yo‘lida va b. ayrim
(hadislarda belgilangan) holatlarda halok bo‘lgan shaxs. \Salohiddin:\ Jangda o‘lgan – shahid...
buni musulmonlarga aytish kerak. N.Safarov, Sharq tongi. Tirik bo‘lsalar, g‘oziy bo‘lib kelarlar,
agar tangrining buyrug‘i bilan ajallari yetgan bo‘lsa, shahid
bo‘larlar. S.Ayniy, Qullar.
2
Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam.
Shahid do‘stlari abadiy makonda bemalol yotishlari uchun \Bektemir\ chuqumi keng qazishga
urindi.
Oybek, Quyosh qoraymas”. Misrada hofizga nisbatan qo‘llangan
shahid “
vatan urushi
uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam
”
ma’nosida qo‘llangan.
E’tibor berilsa,
huriyat, shahid, ko‘mmoq, jasad, savash, o‘q, mardonavor
so‘zlari mazmuniy
maydonni shakllantirgan. Bu esa hofiz obrazining mard inson ekanligiga ishoratdir.
Keyingi misralarda hofiz obrazining yangi qirralari bo‘yoqdor sinonimlar bilan namoyon
bo‘ladi.
Chah-chahlardan
ko‘p ulug‘ mazmun tuyuldi,
U qaynoq tovushlardan ma’no quyildi:
–
Meni bulbul
turqida
ko‘rgan insonlar.
Meni bulbul sanamang, tirik insonlar.
Men bir vaqti bo‘lgandim mashhur
mug‘anniy,
Suhbatim ashulali
,
labim – o‘lanli
.
55
Maqsud Shayxzodaning so‘zni tanlay olishi, ayniqsa, o‘sha so‘zning sinonimlarini vaziatga
mos holda qo‘llay olishi she’rlarining jonli chiqishiga hamda obraz xartakterini tasvirlashga
asos bo‘ladi.
“Suhbatim ashulali”
birikmasi orqali shoirning hofizning quyidagi xususiyatlari
namoyon bo‘ladi.
Bu yerda suhbat ashulaga o‘xshatiladi. Ashula esa, odatda,
zavqli, yoqimli
,
ba’zan esa
mayus va hasratli
bo‘lishi mumkin. Demak, shoirning suhbati ham shunday
xususiyatlarga ega. Suhbatda
quvonch, baxt yoki qayg‘u, hasrat
aks etishi mumkin. Ashulaning
ohangi, ruhiyati suhbatga o‘xshatilgan. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da “ashula va
qo‘shiq” sinonim sifatida berilgan bo‘lib, quyidagi ta’rifga ega. “Kuyga solingan, kuy bilan ijro
qilinadigan she’r. Qo‘shiq xalq tomonidan yaratilgan va kuyga solingan ashulalarga nisbatan
ko‘proq qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda ashula, qo‘shiq so‘zlarining biri o‘rnida ikkinchisini
qo‘llayverish mumkin bo‘lsa-da, ayrim birikmalar doirasida ulardan biri ishlatiladi”. Demak, bu
yerda suhbatim qo‘shiqli emas, vazn, matn va uslub talabi bilan, qolaversa, pragmatik ma’no
yuzasidan qo‘llanadi.
“Labim – o‘lanli” birikmasida esa quyidagi ma’nolarni tushunish mumkin. Masalan, “o‘lan”
so‘zi omonim bo‘lib, uning bir nechta ma’nolari bor.
“
O‘LAN
I
ayn.
o‘t
II.
Ko‘m-ko‘k o‘lanlar va ulaming orasidan ilonizi bo‘lib, quyoshning nurida
kumush tasmaday yarqirab turgan ariq va ariqchalar ko‘rinib turadi.
A.Qahhor, Sarob.
O‘LAN
II Xalq og‘zaki ijodida, odatda to‘y, gap-gashtak va sh.k. da ijro etiladigan ashula,
qo‘shiq.
O‘lan aytmoq. – Qora-qora qo‘zilar Qo‘yni boshlar, yor-yor. Qalam qoshli yangalar O‘lan
boshlar, yor-yor.
M.Alaviya” Bu yerda “o‘lan” so‘zining “yashillik, o‘t” ma’nosi suhbat so‘zi bilan
sintagmatik ma’noga kirishmaydi, ya’ni mazmun anglashilmaydi. Shu boisdan
suhbat
so‘zi “xalq
og‘zaki ijodida, odatda to‘y, gap-gashtak va sh.k. da ijro etiladigan ashula, qo‘shiq” ma’nosi bilan
qo‘llanganda shoirning suhbati zavqli, go‘zal, yoshlik davrining jo‘shqinligi bildiradi, xalq
xizmati bilan doimo birga ekanligidan darak beradi. Uning so‘zlari ashuladek yoqimli, labi esa
go‘zal va jo‘shqin so‘z va o‘lanlarga boy ekanligini anglatadi. Lekin, “o‘lan” so‘zining boshqa
ma’nolarini ham inobatga olib, boshqacha talqinlar ham berish mumkin. Masalan, “o‘lan”
so‘zining “shirin, mazali” ma’nosini qo‘llasak, misra “suhbatim ashuladek shirin, og‘zim har
doim yoqimli suhbatlar bilan doimo band” degan ma’noni ham beradi. Hofizning doimo xalq
xizmatida yurishi, uni xalq hurmat va ehtirom etishi, xizmatlari elga yoqadigan mug‘anniy
ekanligini anglash mumkin.
Badiiy obraz xarakterini yoritishda sinonimlarning ahamiyati nafaqat lingvopoetik,
qolaversa, lingvokulturalogik va lingvodidaktik aspektlarda ham tahlil qilish orqali xalqning
milliy-madaniy xarakterini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi badiiy adabiyot
tilning ifoda vositalaridan unumli foydalanishga asoslangan san’atdir. Yuqoridagi ifoda
vositalari orasida sinonimlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega.
Sinonimlar – ma’nolari o‘xshash, lekin bir-biridan nozik farqlarga ega bo‘lgan so‘zlar
bo‘lib, ularning badiiy asarlarda qo‘llanilishi obrazlarning xarakterini aniqroq va chuqurroq
ochib berish, his-tuyg‘ularni ifodalash va asarning umumiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat
qiladi. Ushbu ma’ruza badiiy obraz xarakterini yoritishda sinonimlarning ahamiyatini
lingvokulturalogik, lingvopoetik va lingvodidaktik jihatlardan batafsil tahlil qiladi.
Til va madaniyat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni inobatga olgan holda,
sinonimlarning milliy-madaniy kontekstdagi roli juda muhimdir. Har bir tilning o‘ziga xos
56
madaniy boyligi sinonimlarning tanlanishi va qo‘llanilishida yaqqol aks etadi. Ijodkorning
“Portret-doston”ida shunday misralarga guvoh bo‘lamiz.
Do‘stim, hamroh bo‘l menga bir nafas,
Oboray seni xotirotimga,
Bo‘ktargi qilib uchqur otimga,
Yod diyorida kezaylik bir past.
“Do‘stim” undalmasi ushbu she’rning asosiy murojaatini ifodalaydi. “Do‘stim” so‘zida
yaqinlik, ishonch va mehrni
semalari mavjud. “Aslida,
do‘stim, o‘rtoq, jo‘ra, orqadosh, og‘ayni,
oshna, ulfat, birodar, hamdam, tomir, cho‘pqot
leksemalari bilan ham ifodalanishi mumkin edi,
ammo bu yerda shoirning lirik maqsadi o‘ziga xos tarzda ifodalandi. Birinchidan, misradagi
do‘st leksemasida
yaqinlik, ishonch va mehrni
semalari kuchki bo‘rtib turadi. Ikkinchidan,
“murojaat”, “kuchli chaqiriq”, “samimiyat” semalari aks etib,
hamroh bo‘l
menga bir nafas
gapi
bilan hamohanglik kasb etgan va chuqur hissiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojni aks ettiradi. Bu “bir
nafas” vaqti ichida
xotirlash, eslash, o‘tmishga qaytish
semalari bilan misra “burunligini”
ta’minlagan.
“Oboray seni xotirotimga” misrasidagi
xotirot
leksemasi
xotira leksemasi bilan
sinonimik
munosabatga kirishib,
murojaat qilish va da’vatni
anglatadi. "Oboray" fe’li, aslida
olib boray
shaklida kelib
eliziya
hodisasini yuzaga keltirgan. Bu misrada u “tasavvur qilmoq”, “xotirada
jonlantirmoq” ma’nolarida qo‘llanilgan. Ya’ni, she’riy qahramon do‘stini o‘zining xotirasida,
xayolida jonlantirib, uning bilan suhbatlashmoqchi bo‘layotganligini aks ettiradi. Zotan she’r
“Yo‘ldosh Ohunboboyevning asl ruhiga” bag‘ishlanganligini ko‘rish mumkin.
“Bo‘ktargi qilib uchqur otimga” misrasi bir qator obrazli ifodalarni anglatadi. Xususan,
O‘TILda
bo‘ktargi
leksemasi omonim sifatida berilgan. “
BO‘KTARGI I zool
. Qarchig‘aysimonlar
oilasiga mansub ko‘chmanchi yirtqich qush. Dasht bo‘ktargisi. Bo‘ktargining soyasida
bo‘lgandan burgutning panjasida bo‘lgan yaxshi. Maqol. — Bo‘ktargi har xil hasharotlar, mayda
kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, qurbaqalar va b. jonivorlar bilan oziqlanadi. “O‘zME”.
BO‘KTARGI
II Egamning orqasiga bog‘lab qo‘yiladigan lo‘la yostiqcha. Bo‘ktargi oddiy
gazlamadan eski paxta solib tikiladi va u sag‘risi kamgo‘sht ot ustida egaming tekis, mustahkam
turishi uchun xizmat qiladi. “O‘zME”. Izohlardan ma’lumki, misradagi
bo‘ktargi
lo‘la yostiqcha
ma’nosini bildirib, madaniyatimizga xos bo‘lgan tushunchani anglatadi.
“Yod diyorida kezaylik bir past” misrasi she’rning asosiy maqsadini – o‘tmishdagi
xotiralar dunyosida sayohat qilishni aks ettiradi. “
Yod diyor
” birikmasi
ortda qolgan xotira,
o‘tgan dam, avvalgi, o‘tmish
kabi so‘z va so‘z birikmalarini ifodalaydi.
Umuman olganda, ushbu misra o‘tmishga qaytish, yaqin do‘st bilan hissiy bog‘liqlik,
xotiralar dunyosida sayohat qilish va nostaljik tuyg‘ularni ifoda etadi. Uning obrazliligi va
hissiyotga boyligi she‘rga joziba bag‘ishlaydi.
Shunday qilib, badiiy asar orqali boshqa madaniyat vakillari uchun tushuntirishda
sinonimlarning madaniy konnotatsiyalarini to‘g‘ri hisobga olish juda muhimdir. Bu,
obrazlarning xarakterini to‘liq va aniq yetkazishga yordam beradi. Sinonimlarning badiiy
asarlardagi asosiy vazifalaridan yana biri – obrazlilikni, ifodaviylikni va ta’sirchanlikni
oshirishdir. Yozuvchi yoki shoir sinonimlarni tanlash orqali obrazning ma’lum bir tomonini
ta’kidlaydi, uning xarakterini chuqurroq ochib beradi. Sinonimik qatorlardan foydalanish
orqali obrazning dinamikasini, rivojlanishini namoyish etish mumkin.
57
Sinonimlar she’riy obrazlarning ritm va ohangiga ta’sir ko‘rsatadi, she‘rga o‘ziga xos
musiqiylik bag‘ishlaydi. Asosiy sinonimning bir-biriga yaqin sinonimlar bilan almashinuvi
matnning ritmik va ohangli uyg‘unligini yaratishga, she’rning ohangini yanada ta’sirchan
qilishga xizmat qiladi. Shoirning “Toshkentnoma” dostonidan olingan quyidagi bandlarda
bunga guvoh bo‘lamiz.
Shaharlar
boqiydir
, umr
o‘tkinchi,
Daryolar
sobitdir
, suvlar –
ko‘chkinchi.
Har kim o‘z shahrida quygan esdalik,
Yo bino qurishda katta ustalik.
Misradagi
shaharlar – daryolar
bir qarashda umuman aloqasi yo‘qdek tuyuladi, biroq
kontestda ma’noviy yaqinlik anglashiladi. Bu ikki so‘z leksik jihatdan sinonim emas, lekin
kontekstda sinonim vazifasini bajaradi. Ikkala so‘z ham
uzoq muddatli, doimiylik, davomiylik,
barqarorlik
semalari bilan ma’noviy yaqinlikni ifodalaydi. She’rda shaharlarning va
daryolarning doimiyligi, o‘zgarmasligi ta’kidlanadi, bu esa ularning
boqiylik
xususiyatini aks
ettiradi. Bu lingvopoetik jihatdan antitezaga asoslangan taqqoslashdir.
Shahar va daryo
– turli
xil tabiat hodisalari bo‘lsada, ularning doimiyligi orqali
umr va suvning
o‘zgaruvchanligini
ta’kidlashga xizmat qiladi.
Umur – Suv leksemalarida ham kontekstda ma’noviy yaqinlik mavjud. Bu ikki leksema,
odatda, sinonim emas, lekin she’r kontekstida “harakatlanishj”, “o‘tish”, “o‘zgarish” semalari
bilan sinonim vazifasini bajaradi. “Umur o‘tkinchi”ligi “suvlar ko‘chkinchi”ligi satrlarda
ma’noviy yaqinlik sifatida qo‘llangan. “Ko‘chkinchi” so‘zi “o‘tkinchi” so‘zining sinonimi
vazifasini bajarib, “o‘zgarishlar tezlig”ini va “doimiy oqim” semalarini ta’kidlaydi. Bu she’riy
tasvirlilikni, obrazlilikni kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. Toshkent: O‘zMU
nashriyoti. 6-jildli. IV jild. –B. 345
2.
Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўқитувчи, 1974.
–Б. 42
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. Toshkent: O‘zMU
nashriyoti. 6-jildli. IV jild.
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. Toshkent: O‘zMU
nashriyoti. 6-jildli.I jild. 561