132
INSON QADRIYATLARI TIZIMIDA EKOLOGIK AXLOQ VA MADANIYAT
Nazarov Maxsud Abduqodirovich
O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15262418
Annotatsiya
: Tezisda ekologik axloq va madaniyatning shaxs shakllanishidagi o‘rni
ilmiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Ekologik inqirozning ijtimoiy-axloqiy sabablari va uni
bartaraf etishda ma’naviy omillarning ustuvorligi asoslangan. Ekologik madaniyatni
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va vorisiylik tamoyilining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologik axloq, ekologik madaniyat, tabiat va jamiyat, vorisiylik tamoyili,
biosferotsentrik yondashuv, barqaror rivojlanish, ekologik tafakkur.
KIRISH
Insoniyat tarixining hozirgi bosqichida tabiat va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirish
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Resurslarning cheklanganligi, atrof-muhitning
ifloslanishi, global iqlim o‘zgarishlari kabi muammolar insoniyatni yangicha ekologik tafakkur
va axloqni shakllantirish zarurati bilan yuzma-yuz qilmoqda. Bu jarayonda ekologik axloq va
madaniyat shaxs shakllanishining muhim komponentiga aylanib bormoqda.
Hozirgi ekologik inqirozning vujudga kelishiga sabab insoniyatning tabiatga nisbatan
iste’molchilik munosabati, texnogen rivojlanish yo‘lining biosfera talablariga mos kelmasligi
bo‘lib, bu muammolarni hal etishda texnik yoki iqtisodiy yechimlar bilan birga, ma’naviy-
axloqiy omillarga alohida e’tibor qaratish zarurati sezilmoqda. Jumladan, shaxsning ekologik
madaniyatini shakllantirish orqali tabiat bilan uyg‘un munosabatlarga asoslangan taraqqiyot
yo‘lini ta’minlash mumkin.
Ekologik madaniyat mavhum ijtimoiy makonda mavjud emas. U faqat sotsiumni tarkib
toptiruvchi shaxslar madaniyati sifatida mavjud bo‘ladi. Jamiyatning ekologik darajasi unda
ekologiya sohasida jiddiy bilim, ko‘nikma, mahorat, qoida va me’yorlar zahirasiga ega bo‘lgan
alohida odamlar mavjudligi bilan emas, balki jamiyatning har bir a’zosi o‘z ma’naviy-amaliy
faoliyatida bu zahirani qanchalik o‘zlashtirib olgani bilan belgilanadi.
EKOLOGIK AXLOQNING TARIXIY TARAQQIYoTI
Insoniyat tarixida tabiat va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, bu
munosabatlarning bir necha rivojlanish bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi
davrda insonning tabiatga bo‘lgan munosabati asosan uyg‘un xarakterga ega bo‘lgan. «Antik
dunyo faylasuflari «Oltin asrga kaytish» shiorini bekorga o‘rtaga tashlamagan, u davrlarda
odamzotni yovuz kuchlari uyg‘onmagan edi». Bu davrda odamzot tabiatning bir qismi sifatida
o‘zini anglagan, tabiiy resurslardan foydalanish darajasi biosferaning tabiiy qayta tiklanish
imkoniyatlaridan oshib ketmagan.
Insoniyat hayotining ilk bosqichida, oddiy mehnat qurollarini ishlatishda, odam atrof
muhit bilan o‘zaro munosabatga boshqa jonzotlar kabi kirishgan. Ovchilik va teruvchilikdan
chorvachilik hamda dehqonchilikka o‘tilishini ekologik madaniyat qaror topishining dastlabki
bosqichi deb qarash kerak. Bu davrda inson tabiat jarayonlariga faol aralasha boshlagan,
o‘zining bugungi emas, balki ertangi kunini ham ta’minlash maqsadida tabiat bilan o‘zaro
munosabatga kirishgan.
Shu paytdan boshlab inson va tabiatning o‘zaro munosabati kengaya borib, yangi-yangi
tabiiy tizimlarni qamrab ola boshladi: dehqonchilikning kengayishi katta maydonlardagi
o‘rmonzorlar kesilishiga, yaylovlar haydalib, ko‘plab hayvonlar boqilishi natijasida u yerlarning
133
cho‘lga aylanishiga olib kelgan. Bu davr oxirida dengizda suzishning rivojlanishi, dengiz
ovchiligi kengayishiga hamda dengiz sut emizuvchilari miqdorining kamayishiga, shuningdek
o‘rmonlarning kemalar qurish uchun kesilishi natijasida sayyora o‘rmon qoplamining
yemirilishiga olib keldi.
Sanoat inqilobi va keyingi texnogen taraqqiyot davriga o‘tish ekologik axloqning
rivojlanishida tub burilish yasadi. Texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishi insonning
tabiatga nisbatan iste’molchilik munosabatini kuchaytirdi. Bu davrda antropotsentrik
dunyoqarash ustuvor bo‘lib, inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish ob’ekti sifatida ko‘ra boshladi.
Natijada global ekologik muammolar yuzaga kela boshladi.
Hozirgi bosqichda insoniyat ekologik axloqning yangi tamoyillarini shakllantirish,
antropotsentrik dunyoqarashdan biosferotsentrik dunyoqarashga o‘tish zarurati bilan
to‘qnashmoqda. Bu jarayonda quyidagi tendensiyalarni kuzatish mumkin:
1.
Antropotsentrizmdan biosferotsentrikaga o‘tish jarayoni kuzatilmoqda: «Inson va tabiat
o‘rtasidagi munosabatlarining o‘zgarishi, bu munosabatlarning insonning yashab qolishining
asosiy sharti ekanligini hamda bu munosabatlarni uyg‘unlashtirish zarurligini tushunish,
antropotsentrizmdan voz kechgan holda biosferotsentrikaga o‘tish yuz bermoqda».
2.
Hozirgi va kelajak avlodlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish tendensiyasi kuchaymoqda.
3.
Ekologik faoliyatning globallashuvi va ijtimoiy tuzilmaning barcha bosqichlarida ekologik
madaniyat talablariga muvofiq yashash zarurati tushunila boshlandi.
EKOLOGIK INQIROZ VA UNING IJTIMOIY-AXLOQIY SABABLARI
Bugungi kunda insoniyat misli ko‘rilmagan global ekologik inqiroz bilan to‘qnashmoqda.
Bu inqirozning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1.
Tabiiy resurslarning cheklanganligi va ulardan haddan tashqari foydalanish: «Neft qazib
olishning hozirgi sur’ati saqlanib qolgan taqdirda borsa, tabiatda qayta tiklanmaydigan bu
mahsulot 40 yildan keyin yo‘qolib ketadi».
2.
Atrof-muhitning ifloslanishi: «Tabiatni, atrof muhitni haddan tashqari ifloslanish jarayoni
ro‘y bermoqda — atmosfera, gidrosfera, litosfera (er po‘stlog‘i)ning ifloslanishi halokatli «ozon
yoriqlari»ni vujudga kelishini tezlashtiradi».
3.
Aholi sonining tez sur’atlarda o‘sishi: «Aholi sonining haddan tashqari (ekponent) tez
ko‘payib borishi. Bu ham Yer yuzida ekologik axloq normalarining shakllanishiga o‘ziga xos
ta’sir ko‘rsatadi».
Ko‘rinib turibdiki, har uch halokat ham o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy kelib chiqish
asoslariga ega. Yuqoridagi ikki halokat bevosita ilmiy-texnika revolyusiyasi, ayniqsa uni
qurollanish sohasiga tadbiq etish bilan bog‘liq.
Ekologik inqiroz nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy-ma’naviy sabablarga ham ega. Ushbu
fikrlardan ayonki, hozirgi ekologik inqirozlar insoniyatni tabiatga nisbatan qo‘pol,
madaniyatsiz, axloqsiz munosabatining mahsuli. Shuning uchun ham A.Pechchei insoniyatni
hozirgi asosiy vazifasi «insonning o‘zini sifatini takomillashtirish», ya’ni insoniy madaniyatni,
eng avvalo, muammoni umumbashariy ekanligini his qilish, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat
va zo‘rlikka nisbatan murosasizlik ruhini tarbiyalashdan iborat deb yozadi.
E
KOLOGIK AXLOQ VA MADANIYaTNING ShAXS ShAKLLANIShIDAGI O‘RNI
E
kologik axloq shaxsning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatinigina emas, balki o‘z
«men»ini anglashi, o‘zining tabiat bilan munosabatlarini to‘g‘ri qurishi uchun ham muhim asos
bo‘lib xizmat qiladi. «Shaxs ekologik madaniyati har bir kishiga o‘zining tabiat va jamiyatdagi
134
o‘rni va rolini jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabati orqali ob’ektiv baholash, lahzalik
istaklarini o‘zining istiqboldagi ob’ektiv manfaatlariga ixtiyoriylik va chuqur anglagan holda
bo‘ysundirish imkonini beradi».
Ekologik axloqni shakllantirish jarayoni quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi
mumkin:
1.
Shaxsda ekologik dunyoqarashni shakllantirish orqali: «Ekologik madaniyatning mezoni
biosfera muvozanati har bir kishining faoliyati bilan buzilishi mumkinligini tushunishdan
hamda ekologik bilimlarni va jamiyat ekologik axloqiy madaniyatining asosiy yutuqlarini har
bir individ dunyoqarashiga hamda faoliyatiga kiritish hayotiy zaruratga aylanmoqda».
2.
Vorisiylik tamoyiliga amal qilish orqali: «Ajdodlar nufuziga tayanish — xalq ekologik
madaniyati vorisiyligi, uni abadiylashtirishda muhim xususiyatdir». Bu jarayonda katta
avlodning tarbiyaviy rolini oshirish muhimdir: «Katta avlod kishilari o‘tmishning axloqiy-
ma’naviy qadriyatlarini biladilar va yodlarida saqlaydilar. Oksoqollar, murabbiylarning
nasihatlari Sharqda azaldan so‘zsiz bajariladi».
BARQAROR RIVOJLANISh KONSEPSIYaSI VA EKOLOGIK AXLOQ
Hozirgi vaqtda ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri
sifatida barqaror rivojlanish konsepsiyasi tan olinmoqda. «Bu konsepsiya dunyo miqyosidagi
«jamiyat-tabiat» tizimida barqaror rivojlanish tamoyillarini ijtimoiy ekologik tizimlarda
dinamik muvozanatga rioya etish zarurligi pozitsiyasidan turib tavsiflaydi».
Barqaror rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishda ekologik axloq muhim rol
o‘ynaydi, chunki «bu konsepsiyaning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari ekologik muammolardan
kelib chiqadi. Mazmunan ushbu konsepsiya ijtimoiy tuzilmalarni oqilona va adolatli tashkil
etishni qonuniy darajaga ko‘tarish zarurligini ta’kidlab, uni jamiyatni saqlab qolish va
rivojlantirish tomon yagona yo‘l sifatida talqin qiladi. Tabiat va jamiyat uyg‘unligiga erishish
ushbu konsepsiyaning shioridir».
Ekologik axloqni rivojlantirish imkon beradi:
1.
Shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishga: «Ekologik axloq shaxs ongi, faoliyati
orqali o‘tib, uning ichki va tashqi munosabatlarini uyg‘unlashtiradi, atrof muhitni ma’naviy-
amaliy o‘zlashtirishda ro‘yobga chiqadi».
2.
Ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga: «Ekologik axloq jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlarni uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, yuzaga kelayotgan mojarolarni odamlar va
muvofiqlashtirib, ularni butun insoniyatning hayotiy manfaatlariga, tabiat, atrof muhit bilan
uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi».
3.
Insoniyatni birlashtirish omili bo‘lishga: «Ekologik axloq ijtimoiy taraqqiyotning keyingi
bosqichlarida butun insoniyatni birlashtiruvchi omil bo‘lib qolishiga shubha yo‘q».
XULOSA
Ekologik axloq va madaniyatning shaxs shakllanishidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilish
asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.
Ekologik axloq va madaniyat hozirgi davrda shaxsning muhim sifatlaridan biriga aylanib
bormoqda. Bu tendensiya jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrga o‘tish
jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, antropotsentrik yondashuvdan biosferotsentrik yondashuvga
o‘tish zarurati bilan belgilanadi.
135
2.
Hozirgi global ekologik inqiroz nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy-axloqiy sabablarga ham ega.
Bu muammolarni hal qilishda texnik-texnologik va iqtisodiy mexanizmlar bilan birga,
ma’naviy-axloqiy omillarga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
3.
Ekologik axloqni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari: shaxsda ekologik dunyoqarashni
shakllantirish; vorisiylik tamoyilini amalga oshirish; ekologik axloqni kundalik turmush tarziga
singdirish; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish; kelgusi avlodlar oldidagi
ma’suliyatni tarbiyalash.
4.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi tabiat va jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirishning
eng samarali yo‘nalishi sifatida tan olingan bo‘lib, bu konsepsiyaning muvafaqqiyatli amalga
oshirilishi ekologik axloqning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Ekologik axloqni tarbiyalashda merosiylik tamoyili va talablariga asoslanish zarur. Bu
jarayonda har bir kishida: «Men kelgusi avlodga nima qoldiryapman?» degan qarash, tabiiy
atrof muhitni asrab avaylash mening chin insoniy burchim degan da’vat bong urib turmog‘i
zarur.