Авторы

  • Nafisa Qurbonova
    Oriental Universiteti 1-kurs magistranti
  • Elyor Isroilov
    Oriental Universiteti 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.80265

Ключевые слова:

frazelogik birliklar tarjima muammolari semantik ma’no kontektual ma’no tarjima usullari va strategiyalari.

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning strukturaviy va semantik xususiyatlari tahlil qilinib, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan asosiy muammolar yoritilgan. Frazeologizmlarning turli tasniflari, tarjima usullari va kontekstda to‘g‘ri qo‘llanishi misollar asosida ko‘rib chiqilishi maqolaning dolzarbligini belgilaydi. Ushbu maqolada ingliz tilidagi frazeologizmlarning xususiyatlari va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi dolzarb masalalar tahlil qilinadi.


background image

129

INGLIZ TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRIKMALARNING XUSUSIYATLARI VA

ULARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MASALALARI

Qurbonova Nafisa Sayitmurot qizi

Oriental Universiteti 1-kurs magistranti

Isroilov Elyor Najmiddin oʻgʻli

Oriental Universiteti 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15262374

Annotatsiya

: Mazkur maqolada ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning strukturaviy va

semantik xususiyatlari tahlil qilinib, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan asosiy
muammolar yoritilgan. Frazeologizmlarning turli tasniflari, tarjima usullari va kontekstda
to‘g‘ri qo‘llanishi misollar asosida ko‘rib chiqilishi maqolaning dolzarbligini belgilaydi. Ushbu
maqolada ingliz tilidagi frazeologizmlarning xususiyatlari va ularni o‘zbek tiliga tarjima
qilishdagi dolzarb masalalar tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

frazelogik birliklar, tarjima muammolari, semantik ma’no, kontektual

ma’no, tarjima usullari va strategiyalari.

Kirish

Frazeologik birikmalar har bir tilning boyligi bo‘lib, xalqning dunyoqarashi, mentaliteti va

tarixiy tajribasini ifodalaydi. Ular ko‘pincha ko‘chma ma’noga ega bo‘lib, tarjima jarayonida
lingvistik va madaniy muammolarni yuzaga keltiradi. Frazeologizmlarni tarjima jarayonida
to’g’ridan-to’g’ri ifodalanmaydi, balki butun bir birikma yaxlit ma’no bildiradi. Ingliz va o‘zbek
tillaridagi frazeologizmlar ko’pincha tillar o’rtasidagi madaniy, tarixiy va ijtimoiy farqlarni aks
ettiradi. Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi va
ularning alohida ma’nolarining tarjimasidan farq qiladi. Ingliz tilidagi frazeologik
birikmalarning turli xil xususiyatlari mavjud bo’lib, ular ingliz tilidagi turli xil tuzilmalar
shaklida namoyon bo‘ladi [6]. Ular idiomalar (idioms), maqollar (proverbs), iboralar (phrasal
verbs), kollokatsiyalar (collocations) va boshqa turdagi ifodalardan tashkil topgan. Frazeologik
birliklar semantik yaxlitlikka ega bo‘lib, ularni tashkil etuvchi so‘zlar o‘zining dastlabki lug‘aviy
ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi.

Masalan:

“Break the ice”

– vaziyatni yumshatmoq; -

“Let the cat out

of the bag”

– sirni oshkor qilmoq;

“Piece of cake”

–juda oson deb tarjima qilinadi. Bunday

birikmalar tarjimada o‘zbek tilidagi ma’nodosh iboralarni topishni talab qiladi.[8]

Frazeologizm tilning boyligini, til muhitini va uning tarixi bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy

o‘zgarishlarni aks ettirib quyidagicha turkumlarga ajratiladi [5]:

1.

Idiomalar

(idioms) – bu eng keng tarqalgan frazeologik birikmalar bo’lib, ularning

ma’nosi so‘zlarning alohida ma’nolaridan butunlay farq qiladi. Masalan, ingliz tilida

“kick the

bucket”

(o’limga uchramoq), o’zbek tilida esa

“ko’z ochib yumguncha” (tez orada)

kabi iboralar

mavjud.

2.

Proverbial frazeologizmlar

– bu xalq maqollaridan olingan frazeologizmlar bo'lib,

ular ko‘pincha umumiy hayotiy qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, ingliz tilida

“A bird in the

hand is worth two in the bush”

(qo‘lga kiritilgan bir qush, butun o‘rmonlik qushlardan

qimmatroq) va o‘zbek tilida

“Bir og‘iz so‘z – ming taqdir”

(to‘g‘ri so‘zning kuchi) kabi misollar

keltirilishi mumkin.

3

. Frazali fe’llar (phrasal verbs)

– ingliz tilida juda ko‘p uchraydigan frazeologik

birikmalar bo‘lib, unda yordamchi fe’l va asosan ma’nosi o‘zgaradigan asosiy fe’l bilan birikadi.
Masalan,

“give up” (taslim bo‘lmoq), “break down” (buzilmoq)

kabi [3].


background image

130

Frazeologizmlarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda bir nechta muammoli

vaziyatlar duch kelinadi:

Tarjima jarayonida uchraydigan asosiy muammolar quyidagilar [2]:

1.

So‘zma-so‘z tarjima qilish mumkin emasligi.

2.

O‘zbek tilida to‘g‘ri ekvivalent mavjud emasligi.

3.

Madaniy farqlarning mavjudligi.

4.

Kontekstning tarjimaga ta’siri.
Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlarning leksik tarkibi va semantik

strukturalarining o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Misol uchun, ingliz tilidagi

“raining

cats and dogs”

(juda kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan) iborasi o‘zbek tilida “qor uchqunlayotgan” yoki

“yomg‘ir yog‘ayotgan”

tarzida ifodalash mumkin. Har ikkala frazeologizmning ma’nosi bir xil

bo‘lsa ham, tasvirlangan obyektlar turlicha. Ular o’rganilayotgan tilga xos bo’lgan tarixiy
voqealar, ijtimoiy an’analarga asoslangan bo’lishi mumkin.

Frazeologizmlar tilga xos tarixiy voqealar, ijtimoiy an’analarga asoslangan bo‘lishi

mumkin. Misol uchun, ingliz tilidagi

“to bring home the bacon”

(oilaviy bo‘lish, uyga pul olib

kelish) iborasi inglizlarning tarixi va madaniyatiga bog‘liq bo‘lib, o’zbek tili uchun

bacon

yot

tushuncha hisoblanadi va ushbu iborani o‘zbek tilidagi “non topish” kabi iboralar bilan
ekvivalenti topiladi. O‘zbek xalqining o‘ziga xos hayot tarzini aks ettiradi.

Frazeologizmlar ingliz va o‘zbek tillarida sintaktik jihatdan farq qiladi. Masalan, ingliz

tilida frazali fe’llar ko‘p uchraydi, o‘zbek tilida esa shunday iboralar ko‘proq to‘g‘ri fe’l va
modifikatorlar orqali ifodalanadi. Shuningdek, ingliz tilida

“run out of” (birozdan keyin tugash)

kabi iboralar o‘zbek tilida

"to‘liq tugash"

tarzida ifodalanishi mumkin.

Frazeologizmlarni tarjima qilishda bir nechta asosiy yondashuvlar qo‘llaniladi:
-

To‘liq ekvivalent topish (fully equivalent):

“Time is money” – “Vaqt – pul”

-

Moslashtirish (adaptatsiya-adaptation):

“It’s raining cats and dogs” – “Yomg‘ir shiddat

bilan yog‘moqda”

-

Tavsifiy (izohli-translation with explanation)

:

“To add fuel to the fire” – “Vaziyatni

yanada murakkablashtirmoq”

Tarjimon har bir frazeologizmdagi semantik ma’no va madaniy zaminni hisobga olishi

kerak.

4. Ingliz va o‘zbek frazeologizmlarining taqqosiy tahlili
Ba’zi inglizcha frazeologik birliklarga o‘zbek tilida yaqin ekvivalentlar mavjud:

- “Bite off more than you can chew” – “Bo‘yningdan katta ishga urinmoq”
- “Burn the midnight oil”– “Tunlari mehnat qilmoq”
- “Hit the nail on the head”– 'To‘g‘ri nuqtani topmoq”

Biroq, ba’zi iboralar madaniy o‘ziga xoslik tufayli bevosita tarjima qilinmaydi va

kontekstga qarab izohli tarzda tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi “to kill two birds with one stone”

(ikki qushni bir tosh bilan urish)

frazeologizmi va o‘zbek tilidagi "bir o‘q bilan ikki qushni urish"

iborasi o‘xshash bo‘lsa ham, ammo bu iboralarni tarjima jarayonida xalqlarni madaniy tarziga
e’tibor berish talab qilinadi. Ularning ishlatilishi ikki xalqning o‘xshash mehnat va hayot
tarzlarini ko‘rsatadi, lekin har bir frazeologizmni o‘z madaniyati va tarixiy tajribasiga mos
ravishda tushunish zarur. Frazeologizmlar tilda nafaqat ma’noni to‘g‘ri ifodalash, balki tilning
estetik va ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Tilni boy va rang-
barang qilishda frazeologizmlar o‘zgacha rol o‘ynaydi, chunki ular so‘zlashuvda va yozuvda


background image

131

o‘ziga xos ifoda vositalarini yaratadi. Masalan, ingliz tilidagi “a penny for your thoughts”
(fikringizni aytib bering) yoki o‘zbek tilidagi “so‘zingizni ayting” iboralari nafaqat oddiy
so‘zlardan iborat bo‘lib, balki nutqning ko‘proq tasviriy va ifodaviy shaklini yaratadi. Bu
frazeologizmlar nutqni yanada jonli, mazmunli va hissiy jihatdan boy qiladi.[8]

Xulosa.

Frazeologizm – bu nafaqat so‘z birikmasi, balki bir tildagi odamlarning fikrlash

tarzini, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni ifodalovchi qudratli vositadir. Har bir frazeologizm
o‘zida tilga xos tarixiy va madaniy qatlamlarni saqlaydi, bu esa uni o‘rganishni qiziqarli va
murakkab qiladi. Frazeologizmlar tilda faqat ma’nolarni ifodalashda emas, balki nutqning rang-
barangligi va ifodaviyligini oshirishda ham katta rol o’ynaydi. Ular nafaqat so’zlashuvda, balki
adabiyotda ham muhim ahamiyatga ega. Ingliz va o‘zbek tillarida frazeologizmlar odamlarning
hissiyotlarini, kayfiyatini, munosabatlarini yanada aniqroq ifodalash imkonini beradi.
Frazeologik birliklar tilni jonli va rang-barang qiladi. [4].

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Амосова Н.Н. Основы английской фразеологии. – Л.: Из-во ЛГУ, 1963. – 207с.

2.

Бушуй Т.А. Констрастивная лексикография в уровневой интерпретации

фразеологии исходного языка: дисс…доктора.филол. наук. – Самарканд, 1999. – 490 с.
3.

Добровольский Д.О. Национально-культурная специфика во фразеологии //

Вопросы языкознания. 1997. № 6. – С. 37-48
4.

Ковшова М.Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии: Коды культуры.

– М.: Книжный дом «Либриком», 2013. – 456с.
5.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Кунин А.В. – Изд. 3-е, испр., в

двух книгах. – М.: СЭ, 1967. – Т.1. – 738с.; Т.2. – 739 – 1264 с.
6.

Маслова В.А. Культурно-национальная специфика русской фразеологии //

Культурные слои во фразеологизмах и дискурсивных практиках / Отв. ред. В.Н. Телия. –
М.: Языки славянской культуры, 2004. – 344с.
7.

Xolmatova, O. O. K. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING

KOGNITIV XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 3(7), 292-299.
8.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1977. – 224 б.

Библиографические ссылки

Амосова Н.Н. Основы английской фразеологии. – Л.: Из-во ЛГУ, 1963. – 207с.

Бушуй Т.А. Констрастивная лексикография в уровневой интерпретации фразеологии исходного языка: дисс…доктора.филол. наук. – Самарканд, 1999. – 490 с.

Добровольский Д.О. Национально-культурная специфика во фразеологии // Вопросы языкознания. 1997. № 6. – С. 37-48

Ковшова М.Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии: Коды культуры. – М.: Книжный дом «Либриком», 2013. – 456с.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Кунин А.В. – Изд. 3-е, испр., в двух книгах. – М.: СЭ, 1967. – Т.1. – 738с.; Т.2. – 739 – 1264 с.

Маслова В.А. Культурно-национальная специфика русской фразеологии // Культурные слои во фразеологизмах и дискурсивных практиках / Отв. ред. В.Н. Телия. – М.: Языки славянской культуры, 2004. – 344с.

Xolmatova, O. O. K. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(7), 292-299.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1977. – 224 б.