KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA AR/VR LARNING QO‘LLANILISHI

Abstract

XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi taʼlim tizimida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, kasbiy taʼlim sohasida amaliy ko‘nikmalarning dolzarbligi kuchaygani sari innovatsion texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi global raqobat sharoitida nafaqat nazariy bilimlarga, balki real ish sharoitiga yaqinlashtirilgan, xavfsiz va interaktiv amaliy o‘quv muhitlarini yaratish zarurati tug‘ilmoqda. Bunday ehtiyojni qondirishda virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari ta’limda inqilobiy yangilik sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
103-104
19

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tuxtasinov, S. . (2025). KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA AR/VR LARNING QO‘LLANILISHI. Innovative Research in the Modern World: Theory and Practice, 4(12), 103–104. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/83142
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi taʼlim tizimida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, kasbiy taʼlim sohasida amaliy ko‘nikmalarning dolzarbligi kuchaygani sari innovatsion texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi global raqobat sharoitida nafaqat nazariy bilimlarga, balki real ish sharoitiga yaqinlashtirilgan, xavfsiz va interaktiv amaliy o‘quv muhitlarini yaratish zarurati tug‘ilmoqda. Bunday ehtiyojni qondirishda virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari ta’limda inqilobiy yangilik sifatida namoyon bo‘lmoqda.


background image

103

KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA AR/VR LARNING QO‘LLANILISHI

Tuxtasinov Shoxbozbek Ilxomjon o‘g‘li

Professional ta’limni rivojlantirish instituti bo‘lim boshlig‘i

e-mail: shohbozbek90@mail.ru

tel: +998916017222

https://doi.org/10.5281/zenodo.15314650

XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi taʼlim tizimida ham tub

o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, kasbiy taʼlim sohasida amaliy ko‘nikmalarning
dolzarbligi kuchaygani sari innovatsion texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda.
Bugungi global raqobat sharoitida nafaqat nazariy bilimlarga, balki real ish sharoitiga
yaqinlashtirilgan, xavfsiz va interaktiv amaliy o‘quv muhitlarini yaratish zarurati tug‘ilmoqda.
Bunday ehtiyojni qondirishda

virtual reallik (VR)

va

kengaytirilgan reallik (AR)

texnologiyalari ta’limda inqilobiy yangilik sifatida namoyon bo‘lmoqda.

AR – Augmented Reality (Kengaytirilgan reallik): AR texnologiyasi real dunyoga raqamli

elementlar (masalan: 3D modellari, matnlar, animatsiyalar)ni qo‘shadi. Foydalanuvchi asl
muhitni ko‘radi, lekin qo‘shimcha axborot ekranda yoki linza orqali “kengaytirilgan” holda
namoyon bo‘ladi.

VR – Virtual Reality (Virtual reallik): VR texnologiyasi esa foydalanuvchini butunlay

sun’iy (kompyuterda yaratilgan) muhitga olib kiradi. Bu texnologiyada odatda VR
ko‘zoynaklar yoki maxsus qurilmalar orqali foydalanuvchi real hayotdan ajralib, faqat virtual
muhit ichida harakat qiladi.

Virtual reallik (VR) – bu foydalanuvchini sun’iy, lekin interaktiv muhitga sho‘ng‘ituvchi

texnologiya bo‘lib, o‘quvchiga real hayotdagi muhitga o‘xshash sharoitda tajriba orttirish
imkonini beradi. Kengaytirilgan reallik (AR) esa real muhit ustiga raqamli axborotlarni (tasvir,
model, ovoz va boshqalar) birlashtirib, o‘quv materiallarini yanada jonli va tushunarli
ko‘rinishda taqdim etadi.

Ushbu texnologiyalar yordamida kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘qitish jarayoni butunlay

yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin. Masalan, VR yordamida xavfsiz muhitda murakkab
mashina qismlarini yig‘ish, AR orqali esa real uskuna ustida interaktiv ko‘rsatmalarni ko‘rib
ishlash mumkin. Bu esa an’anaviy ta’lim shakllariga qaraganda ko‘proq motivatsiya, tezroq
o‘zlashtirish va yuqori sifatli amaliy bilimlarni ta’minlaydi.

Shuni

alohida

ta’kidlash

joizki,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

PF-158-sonli Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va
xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni bo‘yicha
texnikumlarning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, ularda AR/VR laboratoriyalari,
shourumlar hamda Wi-Fi hududlar tashkil etish ta’limni raqamlashtirishga oid zamonaviy
raqamli texnologiyalardan, foydalanish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Bu esa ushbu
mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.

Shunday ekan, kasbiy ta’lim tashkilotlarida VR/AR texnologiyalarining qo‘llanish

imkoniyatlari, afzalliklari, dolzarb muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi.

VR/AR texnologiyalarining ta’rifi va farqlari:

VR (Virtual Reality):

butunlay sun’iy muhitda foydalanuvchining harakatini taqlid

qiluvchi texnologiya.


background image

104

AR (Augmented Reality):

real muhitga raqamli axborotni qo‘shib ko‘rsatish

texnologiyasi.

Kasbiy ta’limda qo‘llanilishi:

Texnik sohalarda:

mexanik uskunalarni boshqarish, santexnika, elektrotexnika,

payvandlash singari amaliy ko‘nikmalarni virtual muhitda o‘rganish.

Tibbiyot va xizmat ko‘rsatish sohalarida:

jarrohlik amaliyotlari, parvarish

ko‘nikmalari va mijoz bilan muloqot simulyatsiyalari.

Sanoatga tayyorlash:

ishlab chiqarish jarayonlarini xavfsiz muhitda simulyatsiya qilish.

Afzalliklari:

Amaliyotda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsiz muhit yaratadi.

O‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ularni faol ishtirokga undaydi.

Har qanday joyda va vaqtda treninglarni o‘tkazish imkonini beradi.

Kamchiliklari va muammolari:

Yuqori xarajatlar.

Texnik infratuzilmaning yetishmasligi.

O‘qituvchilarning texnologik savodxonligini oshirish zarurati.
Kasbiy ta’limda VR/AR texnologiyalarini joriy etish o‘quv jarayonini interaktiv, amaliy

va innovatsion qiladi. Bu texnologiyalar yordamida o‘quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish
talablariga tayyor holatda bo‘lishadi. Shu sababli, ularni bosqichma-bosqich ta’lim tizimiga
integratsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kasbiy taʼlim tizimida VR (virtual reallik) va AR (kengaytirilgan reallik)

texnologiyalarining joriy etilishi zamonaviy taʼlimning sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini
tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Bu texnologiyalar yordamida o‘quvchilar real ish
sharoitlarini xavfsiz va interaktiv muhitda tajriba asosida o‘rganib, kasbiy ko‘nikmalarni
chuqur va barqaror tarzda egallash imkoniga ega bo‘ladilar. Ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar
talab qilinadigan yo‘nalishlarda VR/AR o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash,
xatolardan o‘rganish va ishonch hosil qilish uchun bebaho vositadir.

Bugun jamiyatda raqamli transformatsiya jarayonlari avj olayotgan bir paytda, kasbiy

ta’limda ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali ishchi kasblarni egallayotgan yoshlar
raqobatbardosh, texnologik savodxon va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar
sifatida yetishib chiqishadi. Bu esa nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki mamlakat iqtisodiy
rivojiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bois, kasbiy ta’lim tashkilotlarida VR/AR texnologiyalarining bosqichma-bosqich

joriy etilishi, pedagoglar malakasining oshirilishi, texnik infratuzilmaning mustahkamlanishi
va metodik ta’minotning boyitilishi dolzarb vazifalardan biridir. Faqatgina shunda biz zamon
bilan hamnafas, ilg‘or texnologiyalar orqali rivojlanayotgan, bozor talablari asosida
tayyorlanayotgan kadrlar tizimini shakllantira olamiz.