Авторы

  • Barno Bekmuxamedova
    Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.82653

Ключевые слова:

Turistik klaster klasterlash bosqichlari hududiy rivojlanish kooperatsiya xizmatlar sifati infratuzilma raqobatbardoshlik investitsiya turizm sanoati iqtisodiy integratsiya.

Аннотация

Mazkur maqolada turistik klaster tushunchasi, ularni tashkil etishning asosiy bosqichlari hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi afzalliklari tahlil qilingan. Klaster yondashuvi zamonaviy turizm sanoatida hududiy raqobatbardoshlikni oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va mahalliy infratuzilmani rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, turizm klasterlarining kichik biznes va xususiy sektor faoliyatini rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni ham o‘rganilgan. Ish davomida turistik klasterlarni shakllantirishda rejalashtirish, kooperatsiya, infratuzilma rivoji va marketing bosqichlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.


background image

94

TURISTIK KLASTERLARNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI VA

RIVOJLANTIRISH AFZALLIKLARI

Bekmuxamedova Barno O‘ktamovna

Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15310487

Anotatsiya.

Mazkur maqolada turistik klaster tushunchasi, ularni tashkil etishning asosiy

bosqichlari hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi afzalliklari tahlil qilingan.
Klaster yondashuvi zamonaviy turizm sanoatida hududiy raqobatbardoshlikni oshirish,
xizmatlar sifatini yaxshilash va mahalliy infratuzilmani rivojlantirishda muhim omil
hisoblanadi. Shuningdek, turizm klasterlarining kichik biznes va xususiy sektor faoliyatini
rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni ham
o‘rganilgan. Ish davomida turistik klasterlarni shakllantirishda rejalashtirish, kooperatsiya,
infratuzilma rivoji va marketing bosqichlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Turistik klaster, klasterlash bosqichlari, hududiy rivojlanish, kooperatsiya,

xizmatlar sifati, infratuzilma, raqobatbardoshlik, investitsiya, turizm sanoati, iqtisodiy
integratsiya.

Kirish.

So‘nggi yillarda turizm sanoati global va mintaqaviy darajada iqtisodiy

rivojlanishning muhim tarmoqlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, turistik klasterlar
shakllantirish orqali hududiy salohiyatdan samarali foydalanish, xizmatlar zanjiri bo‘yicha
kooperatsiyani kuchaytirish va yangi investitsiya oqimlarini jalb etish imkoniyati
kengaymoqda. Klaster yondashuvi nafaqat turistik xizmatlar sifati va miqdorini oshiradi, balki
mahalliy aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilmani
yaxshilashda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu ishda turistik klasterlarni tashkil etish bosqichlari,
ularni muvaffaqiyatli rivojlantirish omillari va ularning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri ko‘rib
chiqiladi.

Turistik klasterlarni tashkil etishning quyidagi o‘ziga xos ijobiy jihatlarini ajratib

ko‘rsatishimiz mumkin:

1. Klaster doirasida o‘zaro aloqalar turizm bozori ishtirokchilarining ham bir hudud

chegarasida ham hududlararo ixtisoslashuv imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Bunga, birinchi navbatda, raqobat va ichki munosabatlar sohasidagi qo‘shimcha afzalliklarni
amalga oshirish imkoniyatlarini oshirish orqali erishish mumkin.

2. Raqobat ustunliklarini amalga oshirish bilan bog‘liq yagona strategiyani shakllantirish

imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lib, u turizm va
mehmondo‘stlik sanoatida biznes jarayoni xavf-xatarlarining ortib borayotganligi bilan ajralib
turadi.

3. Klaster tuzilmasi hisobiga klaster tuzilmasi har bir sub'ektining moliyaviy manbalarga

kirish bilan bog‘liq imkoniyatlarini kengaytirish va potensial daromadlarini oshirish mumkin.

4. Klaster tuzilmasini uzluksiz jarayon sifatida amalga oshirish orqali turizmning turli

yo‘nalishlari va unga uyqash bo‘lgan tarmoqlarda samaradorlikni oshirish mumkin. Ular
sirasiga amalga oshirilayotgan kompetensiyalar darajasini yaxshilash maqsadida turistik
mahsulotning yaxlit tuzilmasini yaratish, transport tarmoqlari infratuzilmasi sifati darajasini
oshirish, ijtimoiy xavfsizlikni ta'min etish, turistik klaster sub'ektlari boshqaruv tarkibi
faolligini oshirish sohasida innovasiyalarni izchil joriy etish uchun investorlarni izlab topish
kabilarni kiritishimiz mumkin.


background image

95

5. Klaster tuzilmasini qo‘llash orqali bilimlarni, innovasion yechimlarni va amaliy turizm

yechimlarini yoyish imkoniyatlari kengayadi. Bu esa o‘z navbatida klaster tarkibidagi har bir
ishtirokchining raqobat mavqeini oshiradi.

6. Klaster tuzilmasi hisobiga turli ta'lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilish va

buning natijasida potensial iste'molchi-larning ehtiyojlari va ulardagi o‘zgarishlarni hisobga
olgan holda turizm bozori bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy
qilish mumkin bo‘ladi.

7. Klasterlardan foydalanish mavjud ishlab chiqarish omillari-dan yuqori samara bilan

foydalanish imkonini beradi, buning natijasida turistik mahsulotlarning tannarxi mos ravishda
qisqaradi va turistik xizmatlar bozorida ko‘lam samarasidan foydalanish imkoniyati vujudga
keladi.

8. Klaster tuzilmasining mavjudligi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va ish beruvchi

tomonidan ijtimoiy paketni takomillashtirish, mahalliy aholining uy-joy va turmush sharoitini
yaxshilash orqali hududning iqtisodiy jihatdan rivojlanishga qo‘shimcha turtki beradi.

9. Turistik klaster sub'ektlari o‘z xususiy manfaatlarini lobbilash yo‘li bilan tashqi muhitga

ta'sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mehmondo‘stlik va turizm sanoati sohasida yangi texnologik yechimlarni izchil joriy

qilish va ularni boshqa ishtirokchilarga o‘tkazish, turistik xizmatlar bozorida zamonaviy
innovasion mahsulotni yaratish ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi. Mazkur sohada faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar majmui
klaster ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirishga imkon beruvchi klasterning o‘quv va ilmiy
yadrosini shakllantirish imkonini beradi.

Klaster ishtirokchisi sifatida quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
- Turizm va mehmondo‘stlik sanoati sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi

turli tashkilotlar va tijorat korxonalari;

- Ta'lim, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi muassasalar;
- Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati idoralari;
- Moliya-kredit sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar;
- Jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan tashkilot va muassasalar o‘zlarining faoliyat yo‘nalishlarining

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muvofiqlash-tirilgan holda faoliyat olib borishlari talab
etiladi.

Turistik klasterlarni tashkil etish borasidagi tashabbuslar mahalliy va xorijiy tajribalarni

chuqur tahlil qilish asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.











background image

96

1-rasm. Turistik klasterni tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari

Turistik klasterlarni tashkil etish borasidagi xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish

va bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqur tahlil qilish asosida turistik klasterlarni tashkil
etishning yuqoridagi blok-sxemasini taklif qilamiz (1-rasm). Klasterlar faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda blok-sxemada taklif etilgan 1-bosqich muhim o‘rin tutadi, chunki ayni paytda turistik
klaster tuzilmasining istiqbolda qay darajada samarali faoliyat ko‘rsatishiga ta'sir ko‘rsatuvchi
asosiy tamoyillar va qoidalar shakllantiriladi.

Klaster tuzilmalarini tashkil etish borasida yaxlit va tizimlashtirilgan axborot majmuiga

ega bo‘lish kelgusida turizm klasterining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Klasterni rivojlantirishning mazkur bosqichi quyidagi masalalarni izchil
ko‘rib chiqishni talab qiladi:

Hudud turistik imkoniyatlarining mavjudligi va hududning turistik industriyani

rivojlantirishga yo‘naltirilganligi;

Turistik klaster tarkibiga kiruvchi sub'ektlarning hudud va makon bo‘ylab joylashuvi;

1-bosqich

Axborot-tahliliy

Turistik klasterni barpo

etish borasida axborot

to‘plash, ularni qayta

ishlash va tahlil qilish

bo‘yicha davlat idoralari

va turistik biznes

korxonalarining o‘zaro

hamkorligida amalga

oshiriluvchi loyiha va

tahlil ishlari

2-bosqich

Dastlabki kelishuv

Turistik klasterning

faoliyat modellari va

shart-sharoitlarini

muhokama qilish, uning

tashkiliy tuzilishi va

ichki muhitning asosiy

tarkibiy qismlarini

aniqlash

3-bosqich

Bozorga kirish

Bazis talablar va

ko‘rsatkichlar bilan

amaldagi

ko‘rsatkichlarning o‘zaro

mosligini baholash va

hudud brendingini

o‘tkazish asosida klaster

faoliyatini yo‘lga qo‘yish

4-bosqich

Moslashuv va rivojlanish

Turistik klasterning

belgilangan maqsadlariga

erishish, innovasion

texnologiyalarni joriy etish,

turistik klaster

samaradorligini mahalliy

davlat hokimiyati idoralari

tomonidan monitoring

qilish

5-bosqich

Klaster tuzilmasini

kengaytirish

Turistik klasterga yangi

sub'ektlarni qo‘shish,

faoliyat yo‘nalishlarini

kengaytirishsh, o‘zaro

hamkorlikning

mintaqalararo

tuzilmasiga o‘tish

6-bosqich

Klaster tuzilmasi

transformasiyasi

Klaster tuzilmasi

iqtisodiy va ijtimoiy

samaradorlik

ko‘rsatkichlarining

pasayishi bo‘yicha

olingan ma'lumotlar

asosida turistik klasterni

tugatishgacha bo‘lgan

choralarni ko‘rish


background image

97

Hamkorlikda tijorat faoliyatini amalga oshirish borasida material va resurslarning yetarli

ekanligi;

Loyihalashtirilayotgan klaster ichida raqobatning mavjudligi va uning ko‘lamlari;

Hududning turistik-rekrasion imkoniyatlarining o‘ziga xosligi va uni yanada rivojlantirish

imkoniyatlari;

Hulud turistik industriyasini rivojlantirish borasidagi mavjud muammolar va ularni hal

etish imkoniyatlari;

Turizm va unga yondosh bo‘lgan tarmoqlarda xizmatlar yaratish va ularni taklif etish

texnologiyasini takomillashtirish;

Yangi turistik mahsulotlar majmuini yaratish va ularni o‘zlashtirish, inqirozli

vaziyatlarda va turistik xizmatlar bozorining o‘zgaruvchanligi sharoitlarida vaziyatga
tezkor moslasha olish;

Turistik xizmatlar bozori samaradorligini oshirishda inson kapitalidan samarali

foydalanish.

Birlamchi va ikkilamchi tavsifdagi ma'lumotlar asosida olingan ma'lumotlarni matematik

va statistik tadqiqot usullari yordamida miqdoriy jihatdan tahlil qilish mumkin. Bu holda, biz
tadqiqot vosita-lari sifatida quyidagi vositalardan foydalanishimiz mumkin:

- SWOT tahlil, mazkur tahlil vositasini turistik klasterning ayrim tashkil etuvchilari bilan

bir qatorda butun klaster tuzilmasiga nisbatan ham qo‘llashimiz mumkin;

- Klaster tuzilmasining mumkin bo‘lgan ishtirokchilarining funksional va iqtisodiy tahlili;
- O‘rganilayotgan turistik klaster hayotiy siklining tanlangan bosqichini hisobga olgan

holda, uning kerakli holatini modellashtirish;

- Turistik klasterning eng muvaffaqiyatli faoliyat yo‘nalishlarini qiyosiy tahlil orqali

aniqlash;

- Klaster tuzilmasi va loyihalashtirish maqsadlarini shakllantirish va qayta taqsimlash;
- Klaster tuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq strategiyani ishlab chiqish jarayonida

tizimli yondashuvni ragbatlantirish;

- Inqiroz hodisalari risklarini baholash tizimini hisobga olgan holda turistik klaster

tuzilmasining istiqbollarini baholash uchun bashoratlash usullaridan unumli foydalanish.

Bizning fikrimizcha, klaster tuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishning ikkinchi

bosqichini qarab chiqishda ularni amalga oshirishning ketma-ketligiga rioya qilgan holda
klaster tuzilmasini yaratishning asosiy yo‘nalishlari va ustivor maqsadlari tahlilini amalga
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Taklif va xulosalar.

Yuqorida keltirib o‘tilgan ma'lumotlar klaster tuzilmasi faoliyatini

boshqarish favqulodda murakkab ekanligini, uning samaradorligini oshirish uchun barcha
ishtirokchilarning hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish lozimligini ko‘rsatadi.

1-jadval
Turistik klasterni tashkil etish yuzasidan takliflar

Yo‘nalish

Taklif

Kutilayotgan natija

1

Klaster tuzilmasi

Hududiy turistik resurslar asosida

maxsus klaster zonalarini

shakllantirish

Turizmning maqsadli

rivojlanishi va joylashuv

jihatidan samaradorlik

oshadi


background image

98

2

Hamkorlik va

kooperatsiya

Turizm operatorlari,

mehmonxonalar, hunarmandlar va

transport xizmatlarini yagona

klasterga birlashtirish

Xizmatlar zanjirining

yaxlitligi ta’minlanadi va

sinergiya kuchayadi

3

Infratuzilma rivoji

Turistik hududlarda yo‘l, aloqa,

sanitariya va yashash sharoitlarini

yaxshilash

Turistlar oqimi ortadi,

hududga bo‘lgan ishonch

kuchayadi

4

Mahalliy aholi

ishtiroki

Aholini klasterdagi xizmatlar (gid,

mehmonxona, ovqatlanish)ga jalb

etish va o‘qitish

Ish o‘rinlari yaratiladi,

ijtimoiy barqarorlik

kuchayadi

5

Raqamlashtirish

Turistik klasterlar uchun onlayn

platforma, bron qilish tizimi,

virtual gidlar yaratish

Turistlarga qulaylik,

marketing salohiyati va

xizmat sifati ortadi

6

Investitsiya jalb

qilish

Xususiy investorlar va xalqaro
tashkilotlarni klasterlarga jalb

qilish uchun soliq yengilliklari

berish

Turizm infratuzilmasiga

kapital oqimi kuchayadi

Xulosa.

Turistik klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish zamonaviy turizm sanoatini

barqaror rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Klasterlash orqali turizmga oid
xizmatlar va infratuzilmaning hududiy uyg‘unligini ta’minlash, mahalliy resurslardan samarali
foydalanish, kooperatsiyani rivojlantirish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin
bo‘ladi. Shuningdek, klasterlar orqali mahalliy aholi bandligi ortadi, tadbirkorlik muhitiga
rag‘bat kuchayadi va turizm eksporti salohiyati kengayadi. Yagona yondashuv va raqamli
integratsiya yordamida turizm xizmatlari sifatini oshirish, xorijiy va ichki turistlar sonini
ko‘paytirish hamda hududiy raqobatbardoshlikni mustahkamlash mumkin. Shu bois, turistik
klasterlarni tashkil etish bo‘yicha tizimli yondashuv va davlat-hususiy sheriklik asosida
rivojlantirish muhim strategik vazifa hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abduvaliev A.A. Milliy iqtisodiyotda innovasion klasterlarni shakllantirish va

rivojlantirishning nazariy asoslari //Iqtisodiyot va ta'lim//. 2017. №2 -B.73-78
2.

Козырев В.М. , Зорин И.В., Сурин А.И.и др. Менеджмент туризма. Экономика

туризма. Учебник. -М.: Финансы и статистика, 2016.
3.

O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy tajribani qo‘llash. Respublika ilmiy-

amaliy anjumani ilmiy maqola va ma'ruzalar to‘plami. “IQTISODIYOT” – 2018.
4.

www.stat.uz

5.

www.invest.gov.uz

6.

Shahnoza, K., Umurzak, C., & Azamat, Z. (2023). The Significance of Artificial Intelligence

in the Development of Science, Education and the Digital Economy. Best Journal of Innovation
in Science, Research and Development, 2(11), 88-92.

Библиографические ссылки

Abduvaliev A.A. Milliy iqtisodiyotda innovasion klasterlarni shakllantirish va rivojlantirishning nazariy asoslari //Iqtisodiyot va ta'lim//. 2017. №2 -B.73-78

Козырев В.М. , Зорин И.В., Сурин А.И.и др. Менеджмент туризма. Экономика туризма. Учебник. -М.: Финансы и статистика, 2016.

O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy tajribani qo‘llash. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqola va ma'ruzalar to‘plami. “IQTISODIYOT” – 2018.

www.stat.uz

www.invest.gov.uz

Shahnoza, K., Umurzak, C., & Azamat, Z. (2023). The Significance of Artificial Intelligence in the Development of Science, Education and the Digital Economy. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(11), 88-92.