4
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING
ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti dotsenti,
Matrasulova Mohinur Ulug‘bek qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15340199
Sharq sivilizatsiyasining dastlabki bosqichlaridanoq yoshlarga ta’lim va tarbiya berish,
ularni kasb-hunarga o‘rgatish orqali bilimlarning biror sohasiga yo‘naltirish qadimiy
an’analardan hisoblanadi. Ayniqsa, hunarmand va kosiblar, me’mor va naqqoshlar, dehqon va
chorvadorlar, o‘z farzandlari yoki shogirdlariga ta’lim va tarbiya berishga juda katta axamiyat
berganlar. Bundan ko‘rinadiki, ta’lim va tarbiya masalalari hozirgi kun uchun yangilik
bo‘lmay, balki azaliy muammo sifatida o‘rganib kelinmoqda. Jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Jomiy, Axmad Donish, Davoniy kabi o‘z davrining yetuk
namoyandalari tomonidan yozilgan asarlarda ushbu masalalar atroflicha talqin qilingan.
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim so‘z va ko‘nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy
malakalardan iborat ish-harakat ekanligini ta’kidlaydi. Bu mulohazalardan ko‘rinib turibdiki,
ta’lim va tarbiya insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‘lib kelgan.
-Ta’lim degan so‘z – xalqlar o‘rtasida nazariy fazilatlarni
birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tu’gma
fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish
degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilangina
bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq,
shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-
harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ
Tarxon Forobiy
Farobiyning fikricha, insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat
tug‘ma emasdir, aks holda uning fikru-fazilatida mutlaqo kuch va ulug‘lik bo‘lmas edi. Agar
kasb-hunar fazilati tug‘ma bo‘lganda podshohlar ham o‘zlari harakat qilib emas, balki
podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo‘lgan, tabiat talab qilgan tabiiy majburiy
bo‘lib qolar edi. Nazariy va buyuk fikriy fazilat ulug‘ tug‘ma fazilat va ulug‘ fazilati odat -
malaka bo‘lib qolgan odamda bu fazilatlar irodani hosil qilishning va odatga aylantirishning
sababi bo‘ladi, bunday odamlar cheksiz, juda kuchli tabiat va irodaga egadirlar. Bu ikki yo‘l
bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so‘z xalqlar o‘rtasida
nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-
hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.
Ta’lim so‘z va o‘rganish yo‘li bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan
o‘rgatishdir. Ya’ni shu xalk, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-
harakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa,
5
demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i bo‘ladilar. Nazariy bilimlarni yo ustozlar yoki
hikmatlar o‘rgatadi. Yoshlar jaxd va gayratga ega bo‘lganlari va shu narsalarni o‘z vujudlarida
singdirganlaridan so‘ng nazariy bilimlarning hammasida mantiqiy fikrlash yo‘lini ishlatishga
odatlanadilar. Shu tartibda bolalarga o‘rgatish yo‘li bilan ular kamolga yetguncha ana shu
fazilatlar aniqlanadi va tarbiya qilinadi. Farobiyning fikricha, baxtning turli darajalarining bir-
biridan afzalligi uning alomatlariga qarab aniqlanadi.
Masalan, bir xattot o‘z hunarining ko‘pgina sirlarini bilishi, keng bilim egasi bo‘lishi
mumkin. Agar u yomon bo‘lsa tabiatdan badbaxtligi tufayli yozuvi xam tobora xunuklashib
boraveradi, uning hunarlari san’ati tobora orqaga ketaveradi.
Abu Rayxon Beruniy
bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari
haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan
mehnatga o‘rgatish jarayonini dastlabki ta’lim va tarbiya berishga
tenglashtiradi. Zero, qadimdan har bir yetuk inson shohmi yoki oddiy
fuqaromi hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan.
Ibn Sino
bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zarurligini qayd etib, maktabga barcha
kishilarning bolalari tortilishi va birga o‘qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy
sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda jamoa bo‘lib o‘qishini foydasi
quyidagicha ifodalangan:
Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-
biridan qolmaslikuchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi.
Bularning hammasi o‘qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zaro suhbatda o‘uvchilar bir-biriga kitobdan o‘qib olganlari, kattalardan eshitganlarini
hikoya qiladilar.
Bolalar birga to‘planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do‘stlashadilar, o‘quv
materiallarini o‘zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul
qiladilar.
6
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi
tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi
1
:
1-rasm. Abu Ali ibn Sinoning ta’lim berishga oid tavsiyalari
2
.
Shunigdek,
Yusuf Xos Hojib
ham jahonning ulug‘ adiblari
bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ta’lim va tarbiya ilmi
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. Uning
“Qutadg‘u bilig” asari didaktik ruhdagi, ta’lim-tarbiya, odob-
axloq mavzusiga bag‘ishlangan asar.
Asrlar osha tarbiyaviy ahamiyati yuksala borayotgan
“Qutadg‘u bilig” dan komillik shartlari, umrni behuda
o‘tkazmaslik, doimo adolat va aql bilan ish ko‘rish lozimligini o‘rganish mumkin. Asar
orqali kitobxonda hayotda tatbiq qilish mumkin bo‘lgan ko‘pgina foydali tushunchalar bilan
tanishish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xususan, rahbar ma’naviyatini shakllantirish va
takomillashtirish, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatda tutgan o‘rni, turli mansab egalarining
ma’naviy-axloqiy mezonlari bugungi kun uchun ham dolzarb bo‘lgan mavzulardir. Xulosa qilib
aytganda, baxt-saodat yo‘llaydigan bilimlar haqida saboq beruvchi bu bebaho asar kitobxonni
yuksak ma’naviyat egasi qilib tarbiyalaydi
3
.
1
Norimbetov T.B. Tasavvufda komil inson masalasi. (Milliy va ma’naviy qadryatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni)
Toshkent;. TIU ning maqolalar to‘plami. 2016-yil. 312- bet.
2
Matnga muvofiq muallif tomonidan ishlab chiqildi.
3
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.
- ta’limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
- o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib boorish.
7
Kaykovus
o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni
qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni
shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson
ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy
illatlarning
sabablarini
izlaydi.
Xususan,
insonni
tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori
ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi.
Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan
maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib
yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor
beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni
ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq
me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil
qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani
bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-
hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan
4
.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib ta’kidlash o‘rinliki, davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va
murabbiylar” kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek,
taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-
fan, ta’lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun ham, prezident:
“Maktabda o‘qitish metodikasi
o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi
5
”
,–deb ta’kidlaganlarida
“Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim islohotlarida ko‘rgan edi desak, yanglishmagan
bo‘lamiz.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchisining umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir.
To‘rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday
o‘rganishni – “professional talaba” bo‘lishni ham o‘rganishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan. Boshlang‘ich
maktabda olingan ta’lim keyingi ta’lim uchun asos, poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich
ta’lim boshlang‘ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‘naltirilgan rivojlanish
modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun mo‘ljallangan:o‘quvchi
shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish, o‘rganishga intilish va
qobiliyatni shakllantirish; ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga
oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy
salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qo‘llab-
quvvatlash.
4
Badalboyeva M.
“Qobusnoma” asarida yoshlar tarbiyasi. https://uzhurriyat.uz/2017/09/07/qobusnoma-asarida-
yoshlar-tarbiyasi/.
5
Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020.
8
Demak, pedagog-kadr tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining oldiga boshlang‘ich
ta’limni qanday tashkil etish lozimligiga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda bo‘lajak
pedagoglarni tayyorlash vazifasi qo‘yilmog‘i lozim.
Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga
aylangan. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy
talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim
tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali
kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8
oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini
bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari
vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda
ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni
ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar
natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar
belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun
xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari
hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi etakchi
universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda
ko‘plab yangi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil
etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 100 dan oshdi.
Xususan, ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “
Ta’lim
to‘g‘risida
”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur qonunga asosan ta’lim
sohasidagi asosiy printsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim
tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan
bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga
oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Bugungi kunda ta’lim tizimi global o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Talabalarga nafaqat
nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham berilishi kerak. Bu esa bo‘lajak pedagoglarning
kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirish uchun pedagogik metodlarning takomillashtirilishi,
9
zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi, amaliyot va tajriba almashish jarayonlari muhim
ahamiyatga ega.
2-rasm. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish usullari
6
.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi.
Bugungi kunda ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llash juda
muhimdir. Interaktiv ta’lim platformalari, raqamli vositalar va virtual resurslar orqali
talabalarga ko‘proq imkoniyatlar yaratish mumkin. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari
yordamida o‘quvchilarga masofaviy ta’limni, onlayn platformalarni, vebinarlarni va
simulyatsiyalarni taklif qilish orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Virtual laboratoriyalar,
video darsliklar va o‘quv dasturlari o‘quvchilarga mustaqil ishlash va o‘rganish
imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, onlayn testlash va baholash tizimlari o‘quv jarayonining
samaradorligini o‘lchashda yordam beradi.
Pedagogik metodlar.
Ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish uchun pedagogik
metodlarni tanlashda talabalarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Bu
borada quyidagi metodlar qo‘llanilishi mumkin:
❖
Muammoli o‘qitish (Problem-based learning): Talabalar real dunyo muammolarini
yechish jarayonida bilim olishadi. Bu metod faqat nazariy bilimlarni emas, balki talabalar
o‘rtasida muloqot, qaror qabul qilish va hamkorlikni rivojlantiradi.
❖
Loyihalash asosida o‘qitish (Project-based learning): Talabalar o‘zlarining loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish orqali amaliy bilimlarni o‘rganadilar. Bu metod ularga
mustaqil ishlashni, analitik fikrlashni va guruhda ishlashni o‘rgatadi.
❖
Kooperativ o‘qitish (Cooperative learning): Jamoa ishiga asoslangan metod
yordamida talabalar bir-biridan o‘rganadilar va bilimlarni birgalikda ishlab chiqadilar. Bu
metod talabalarda bir-biriga nisbatan hurmat va ishonchni oshiradi.
6
Matnga muvofiq muallif tomonidan ishlab chiqildi.
Innovatsion ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi
Pedagogik metodlar.
Amaliyot va tajriba almashish.
Shaxsiy yondoshuv.
Baholash va tahlil qilish metodlari.
Psixologik qo‘llab-quvvatlash.
Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish.
10
❖
Interaktiv metodlar: Diskussiyalar, brainstorming (bosh qotirish), o‘yinqaroq o‘quv
jarayonlari va talabalarning faol ishtiroki talab etiladigan metodlar talabalalarning fikrlash
qobiliyatini kengaytiradi va ularga yangi yondashuvlarni kashf etishga yordam beradi.
Amaliyot va tajriba almashish.
Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda juda muhimdir. Talabalar o‘z sohalarida
amaliyot o‘tar ekan, real dunyo bilan tanishadilar va o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishga,
yangi usullarni o‘rganishga va kasbiy malakalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Universitetlararo hamkorliklar, o‘quvchilarning ishga joylashishini yengillashtirish kabi
omillar ham amaliyotning samaradorligini oshiradi.
Shaxsiy yondashuv.
Har bir talabaga individual yondashuv ta’lim jarayonini samarali
tashkil etishning asosiy omillaridan biridir. Talabalarning o‘rganish usullarini aniqlash,
ularning o‘qishdagi qiziqishlarini hisobga olish va shunga ko‘ra o‘qitish metodlarini tanlash
kerak. Shaxsiy yondashuv orqali talabalar o‘zlarining qobiliyatlarini aniqlashlarish,
rivojlantirishlari va kamchiliklarini tuzatishlari mumkin. Individual maslahatlar, mentorlik
tizimlari va qiziqarli o‘quv dasturlari talabalarni rag‘batlantiradi va motivatsiya beradi.
Baholash va tahlil qilish metodlari.
Ta’lim jarayonini samarali boshqarish uchun uni
doimiy ravishda baholash va tahlil qilish zarur. Talabalar faoliyatini kuzatish, natijalarni tahlil
qilish va baholash jarayonlari ta’limning sifatini oshirishga yordam beradi. Baholash
jarayonida summativ va formativ baholash usullarini qo‘llash mumkin. Formativ baholash
jarayonida o‘quvchilarning qobiliyatlari va bilim darajasi doimiy ravishda tekshiriladi,
summativ baholash esa yakuniy natijalarni ko‘rsatadi. Bu yondashuvlar ta’lim jarayonidagi
nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga imkon beradi.
Psixologik qo‘llab-quvvatlash.
Bo‘lajak pedagoglarning ta’lim jarayonidagi
muvaffaqiyatlarini oshirish uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.
Talabalarga stressini boshqarish, o‘z-o‘zini baholash va professional o‘sishni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha psixologik treninglar tashkil etish zarur. Shuningdek, talabalarning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini oshirish va ularning muvaffaqiyatlarga erishishlarini rag‘batlantirish uchun
ijobiy psixologik atmosfera yaratish lozim.
Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish.
O‘qituvchilar va ta’lim muassasalari
xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha doimiy kurslar va treninglar tashkil etish kerak.
Bu nafaqat talabalarning o‘z bilimlarini yangilashlariga yordam beradi, balki zamonaviy
pedagogik metodlar va texnologiyalarni qo‘llashda ularga qo‘llab-quvvatlash beradi. Doimiy
malaka oshirish o‘qituvchilarga o‘z kasbiy faoliyatlarini yuqori darajada amalga oshirish
imkoniyatini yaratadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim sohasida amalga aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar,
o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr
talabidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
11
1.
Абдуллаев, А. Т. Инновацион педагогика: назария ва амалий ёндашувлар. Т.: “Фан”
нашриёти, 2019.
2.
Асадова, Н. Р., ва Юлдошев, М. А. Олий таълим тизимида сифатли таълимни
ташкил этиш усуллари. Т.: “Ўқитувчи нашриёти”, 2021.
3.
Badalboyeva
M.
“Qobusnoma”
asarida
yoshlar
tarbiyasi.
https://uzhurriyat.uz/2017/09/07/qobusnoma-asarida-yoshlar-tarbiyasi/.
4.
Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. White Plains, NY: Pearson
Education, 2007.
5.
Ergashev, Sh. E.. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
6.
Khudayberdiyeva D., Raupova D. Consistency of reforms in education //ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 11. – С. 1671-1680.
7.
Khudayberdiyeva D., Xamroyev J.A. Ta’lim turlari va ularning amalga oshirilish
mexanizmlari //Germany" modern scientific research: achievements, innovations and
development prospects. – 2023. – Т. 9. – №. 1.
8.
Khudayberdiyeva D., Xamroyev J.A. Ta’lim xizmatlarini takomillashtirishda rivojlangan
mamlakatlar tajribasi //Russian" инновационные подходы в современной науке. – 2023. –
Т. 9. – №. 1.
9.
Norimbetov T.B. Tasavvufda komil inson masalasi. (Milliy va ma’naviy qadryatlarning
yuksalishida ayollarning o‘rni) Toshkent;. TIU ning maqolalar to‘plami. 2016-yil. 312- bet.
10.
Науменко, Е. В. Методика обучения в высших учебных заведениях. М.: “Юрайт”,
2018.
11.
Қурбонов, Ж. Т.. Олий таълимда инновацион технологияларни қўллаш. Т.: “Шарқ”,
2022.
12.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 30 июндаги “Олий таълим
тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-86-сонли
фармони.
13.
Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik
nutqi. Toshkent, 2020.
14.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2007.
15.
UNESCO. Education for Sustainable Development: A Roadmap. Paris: UNESCO
Publishing, 2020.