51
ARIMA MODELLARI YORDAMIDA JISMONIY SHAXSLARLARNING XORIJIY
PUL O‘TKAZMALARI KO‘SATKICHINI PROGNOZLASHTIRISH
(SURXONDARYO VILOYATIDA)
Davranov Odil Jumanazarovich
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
Tel: +99893-709-01-90
https://doi.org/10.5281/zenodo.15362248
Annotatsiya:
Maqolada asosiy e’tibor ARIMA modellari yordamida jismoniy
shaxslarlarning xorijiy pul o‘tkazmalari ko‘satkichini prognozlashtirish jarayoniga qaratilgan.
Boks-Jenkins usulini qo‘llagan holda mavsumiy integratsiyalashgan avtoregressiya va
sirg‘aluvchi o‘rtacha model qurilgan. Natijada vaqtli qator statsionarligi tekshirilib, SARIMA
(0,2,2), (2,2,2) modeli tuzilgan. Model ahamiyatliligi MAPE bo’yicha hamda parametrlari
statistik ahamiyatliligi esa Fisherning z mezoni bilan baholangan. Qoldiqlar normal taqsimot
qonuniga bo‘ysunishi hamda ularda avtokorrelatsiya mavjud emasligi o’rganilgan. Natijada
modeldan foydalanib, 2028 yilga qadar pul o‘tkazmalari hajmining prognoz qiymatlari ishlab
chiqilgan.
Kalit so’zlar:
ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA, SARIMA, MAPE, Fisher,
avtokorrelatsiya.
Annotatsiya:
В данной статье с помощью моделей ARIMA прогнозируется
показатель количества пассажиров, перевезенных автомобильным транспортом в
Сурхандарьинской области. Первоначально была исследована стационарность
временного ряда и построена модель SARIMA (0,2,2),(2,2,2). Значимость модели
оценивалась с помощью MAPE, а статистическая значимость ее параметров
оценивалась с помощью z-критерия Фишера. Было изучено отсутствие
автокорреляции в остатках. В результате были разработаны прогнозные значения до
2028 года.
Ключевые слова:
ADF test, ACF, PACF, модель, ARIMA, SARIMA, MAPE, Фишер,
автокорреляция.
Annotation:
In this article, using ARIMA models, the indicator of the number of
passengers transported by road in Surkhandarya region is predicted. Initially, the stationarity
of the time series was investigated and the SARIMA(0,2,2),(2,2,2) model was constructed. The
significance of the model was assessed using MAPE, and the statistical significance of its
parameters was assessed using Fisher's z-test. The absence of autocorrelation in the residues
was studied. As a result, forecast values were developed until 2028.
Key words:
ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA, SARIMA, MAPE, Fisher, constant.
Kirish.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib
borgan sari, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan
mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarning uzluksiz oshib
borayotgani ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki
mehnat migratsiyasi, kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida, migratsiyaning
o‘ziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshiriladigan alohida turi
bo‘lib, iqtisodiyoti og‘ir ahvolda bo‘lgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish
haqidagi o‘tkir muammolarni hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda
BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda yer yuzida 1.1 milliardan ortiq odam
52
qashshoqlikda kun kechiradi va ularning deyarli yarmi 455 million kishi mojaro yoki
beqarorlik mavjud bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi. Kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi
kurashish BMT kun tartibidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu borada tashkilot
tomonidan bir qator muhim ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 1992-yilda BMT Bosh
assambleyasining 47G‘196 rezolyutsiyasi asosida 17-oktyabr – Xalqaro qashshoqlikka
barham berish kuni sifatida belgilangan.
Hududiy rivojlanish uchun xorijiy pul o‘tkazmalari yordamida strategiyalar ishlab
chiqish, asosan, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va aholining turmush darajasini oshirishga
qaratilgan. Xorijiy pul o‘tkazmalari nafaqat daromad manbai bo‘lib, balki mahalliy
iqtisodiyotga muhim ta'sir ko‘rsatadi.
2024-yilda O‘zbekistonga xorij davlatlaridan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan
3,4 mrld dollarga yoki 30%ga oshdi. Jami 14,8 mlrd AQSH dollari mablag‘larning 77%i yoki
11,5 mlrd AQSH dollari Rossiya Federatsiyasiga to‘g’ri keladi, bu o‘tgan yilnig shu davrga
nisbatan 29 % ga oshganini ko‘rsatadi. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (795 mln dollar),
AQSh ( 577 mln. dollar), Janubiy Koreya (534 million dollar), Turkiya (405 million dollar) va
Buyuk Britaniya (135 million dollar) kabi mamlakatlardan amalga oshirilgan. Joriy yilda ham
pul o‘tkazmalari fundamental trendi doirasida o‘sib borishi va aholi daromadlari o‘sishiga
ijobiy hissa qo‘shishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ish haqi va transchegaraviy pul o‘tkazmalari
hajmining yuqori o‘sishi aholi real daromadlari 8,1 foizga oshishiga xizmat qildi. Bu esa yuqori
iqtisodiy faollik fonida kelgusi oylarda ham yalpi talabni qo‘llab-quvvatlovchi ta’sirga ega
bo‘lib, bazaviy inflyatsiyaga oshiruvchi bosim yaratishi mumkin. Makroiqtisodiy prognozlarga
ko‘ra, 2025 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi
6 foiz
atrofida bo‘lishi
kutilmoqda. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari bo‘lib yuqori iqtisodiy faollikning davom
etishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmining oshib borishi xizmat
qiladi. [3]
Ma’lumki vaqtli qatorlar bo‘yicha prognoz qilishning bir qancha usul va yondashuvlari
mavjud. Odatda iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda vaqtli qatorlardan mavsumiylik, trend
va tasodifiy tarkibiy qismlar ajratib olinadi, shuningdek lag o‘zgaruvchilar ta’siri o‘rganiladi va
hokazo. Ammo ba’zan an’anaviy usullar qo‘llanilganda qoldiqlarda avtokorrelyatsiya va
boshqa bog‘liqliklar mavjud bo‘lishi mumkin. Aynan shu kabi jarayonlarni prognozlashda
Boks va Jenkins tomonidan 1970 yilda taklif qilingan integratsiyalashgan avtoregressiya va
sirg‘aluvchi o‘rtacha (Autoregressive Integrated Moving Average - ARIMA) modeli qo‘l keladi.
[4]
Ushbu tadqiqotda mavsumiy integratsiyalashgan avtoregressiya va sirg‘aluvchi o‘rtacha
(Seasonal Autoregressive Integrated Moving Average - SARIMA) modeli yordamida
Surxondaryo viloyatida jismoniy shaxslarlarning xorijiy pul o‘tkazmalari ko‘satkichini
dinamikasi prognoz qilinadi.
Mazkur mavzuga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Xususan “Xorijiy pul
o‘kazmalarini takomillashtirish” va unga bog‘liqli tushunchalar ko‘pchilik xorij va o‘zbek
iqtisodchi olimlari tomonidan ilmiy asoslanib, iqtisodiy termin sifatida foydalanib
kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2024 yildagi PF-59-
sonli “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat
faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va
53
migrantlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib farmonga muvofiq, "Xorijda ish"
mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi orqali fuqarolar xorijda ishga joylashishlari
mumkin. Shuningdek, kompensatsiyalarni olish uchun arizalar elektron tarzda yoki bevosita
Agentlikka taqdim etilishi belgilangan. Bu esa pul o‘tkazmalarini amalga oshirish jarayonlarini
soddalashtirishga xizmat qiladi. [1]
Xorijiy pul o‘tkazmalarini rivojlantirish bo‘yicha ekonometrik modellarini tuzish va
istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan
mamlakatimiz tadqiqotchi olimlaridan R.Nabiyev, T.Saydullayev, A.Abduqahhorov va
boshqalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
R.Nabiyev (2010) Migratsiya va xorijiy pul o'tkazmalarining qishloq xo‘jaligi hamda
mahalliy iqtisodiyotga ta'sirini o’rganib chiqqan. Hamda mintaqaviy iqtisodiyotdagi xorijiy pul
oqimlarini tahlil qilgan.
T.Saydullaev (2020) Xorijiy pul o'tkazmalarining O‘zbekiston mintaqalaridagi ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini o'rgangan, hamda pul o‘tkazmalarining qashshoqlikni
kamaytirishdagi roli va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini tahlil qilgan.
A.Abduqahhorov (2015) Xorijiy pul o'tkazmalari oqimlarini statistik tahlil qilish va
prognozlashtirish bilan birga Migratsiya va xorijiy pul o'tkazmalari bo‘yicha ekonometrik
modellashtirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borgan.
Xorijlik olimlardan Dilip Ratha (2000) Jahon Bankining yetakchi iqtisodchilaridan biri
bo‘lib, migratsiya va pul o'tkazmalari oqimlari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlarga mualliflik qilgan.
Uning tadqiqotlari, xususan, pul o‘tkazmalari oqimlarining qabul qiluvchi mamlakatlarning
iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan.[5] Hein de Haas (2007) Migratsiya, xorijiy pul
o'tkazmalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini o‘rgangan bo‘lsa H.Richard,
Jr. Adamslar (2003) Pul o'tkazmalari va ularning qashshoqlikni kamaytirishdagi roli bo‘yicha
tadqiqot olib borishgan. [6-7]
Ammo yuqorida qayt etilgan tadqiqotlarni tadqiq etish hamda tadqiqotlarda xorijiy pul
o‘tkazmalari statistikasi hajmini prognoz qilish yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu nuqtai
nazardan bugungi kunda xorijiy pul o‘tkazmalari hajmi istiqbolini prognozlash masalalari
dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Tahlil va natijalar
Kuzatuvlar yordamida olingan iqtisodiy vaqtli qatorlar kamdan-kam holatlarni hisobga
olmaganda odatda statsionar bo‘lmaydi. Bunday vaqtli qatorlarda vaqtga bog‘liq bo‘lgan
tasodifiy bo‘lmagan tarkibiy qismlar mavjud bo‘ladi. Agar vaqtli qatorning tasodifiy qoldiqlari
statsionar qatorni tashkil etsa, u holda vaqtli qator statsionar bo‘lmagan qatorni tashkil etadi.
Bunday qatorlarni tavsiflashda integratsiyalashgan avtoregressiya va sirg‘aluvchi o‘rtacha
(Autoregressive Integrated Moving Average - ARIMA) modeli qo‘llanildi.
ARIMA modellari integratsiyalashgan vaqtli qatorlarni modellashtirishga imkon beradi.
Agar vaqtli qator statsionar bo‘lmasa va uning
𝑑
-tartibli farqlari statsionar qatorni tashkil
etsa, u holda ushbu vaqtli qator
𝑑
-tartibli integratsiyalashgan hisoblanadi (ru.wikipedia.org,
2021). Boshqacha qilib aytganda, agar vaqtli qator statsionar bo‘lmasa, ARIMA model tuzish
uchun uning
𝑑
-tartibli (statsionar bo‘lgunga qadar) farqlariga o‘tiladi.
ARIMA modeli odatda ARIMA (
𝑝
,,) kabi ifodalanib,
𝑝
– avtoregressiya tartibini, q –
sirg‘aluvchi o‘rtacha tartibini va
𝑑
- farqlar tartibini bildiradi. Model quyidagi umumiy
ko‘rinishga ega:
54
(1)
Bu yerda
𝑐
,
𝛼𝑖
,
𝛽𝑖
– model parametrlari, ∆
𝑑
–
𝑑
tartibli farqlar operatori (masalan, ∆
1
𝑌𝑡
=
𝑌𝑡
−
𝑌𝑡
−1 – birinchi tartibli farqlar) (ru.wikipedia.org, 2021).
Modelni baholashda dastavval vaqtli qatorning statsionar ekanligi tekshiriladi. Agar u
statsionar bo‘lmasa vaqtli qatorning birinchi farqlariga o‘tiladi, agar u turg‘un bo‘lsa
navbatdagi bosqichga kirishiladi.
Modelni baholash uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish zarur:
1.
Modelni identifikatsiya qilish;
2.
Model parametrlarini baholash va uning adekvatligini tekshirish;
3.
Prognoz qilish (T.A. Dubrova, 2003).
2014-yil I chorak- 2024-yil IV chorak davri bo‘yicha Surxondaryo viloyatiga
jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan xorijiy pul o‘tkazmalari hajmi.
1-jadval
1-
ja
dva
l.
Yill
ar
Choraklar
𝒀𝒕
Yill
ar
Choraklar
Yill
ar
Choraklar
𝒀𝒕
Yill
ar
Choraklar
𝒀𝒕
20
14
yil
I chorak 50,32546
201
7
yil
I chorak 68,45621
20
20
yil
I chorak 79,91095
20
23
yil
I chorak
146,395
II chorak 65,21632
II chorak 87,32654
II chorak 119,1621
II chorak
190,016
III chorak 70,41237
III chorak 95,23463
III chorak 147,1867
III chorak
221,015
IV chorak 79,3584
IV chorak 110,7369
IV chorak 151,006
IV chorak
230,081
201
5
yil
I chorak 48,45682
201
8
yil
I chorak 72,92396
20
21
yil
I chorak
129,539
20
24
yil
I chorak
163,9624
II chorak 67,12563
II chorak 97,15692
II chorak 150,5101
II chorak 218,5184
III chorak 75,3249
III chorak 122,5902
III chorak 191,185
III chorak 258,5876
IV chorak 83,24591
IV chorak
102,08
IV chorak 180,2765
IV chorak 271,4956
201
6
yil
I chorak 50,42189
201
9
yil
I chorak 88,19329
20
22
yil
I chorak 110,7012
II chorak 69,23456
II chorak 119,3585
II chorak 202,425
III chorak 77,14563
III chorak 149,8705
III chorak 240,1786
IV chorak 85,44353
IV chorak 134,5879
IV chorak 210,7489
1-jadvaldagi ma’lumotlar asosida Surxondaryo viloyati Markaziy bank boshqarmasining
rasmiy saytidan olingan ma’lumotlarga tayanib, ularning dinamikasi grafik tarzda taqdim
etilgan.
2014-yildan 2024-yilgacha xorijiy pul o‘tkazmalari hajmi muttasil o‘sib, o‘rtacha yillik
o‘sish sur’ati 10-12% atrofida bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. 2020-yildan keyin esa sezilarli
darajada o‘sish kuzatilgan. Bu pandemiya davrida xorijdan ishlayotgan mehnat
migrantlarining oila-a’zolariga qo‘llab-quvvatlovni oshirishi bilan izohlanadi. 2024-yilda
o‘tkazmalar hajmi 2014-yilga nisbatan qariyb 5,4 barobarga oshganini ko‘rishimiz mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2024 yildagi PF-59-sonli “Mehnat
55
migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini
amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” farmoni. lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini
isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-
162-son, 17.10.2024-yil). lex.uz
3.
“Jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharh” Markaziy
bankning 2024-yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha hisobotidan. cbu.uz
4.
Ismagilov I.I., Kadochnikova Ye.I.
Gretl muhitida maxsus ekonometrika modellari / rus
tilidan B.E.Turayev tarjimasi - Termiz: Nashriyot, 2024. – 114 b.
5.
Hein de Haas. Remittances, Migration and Social Development. №34 oktabr. 2007
6.
Hein de Haas. Remittances, Migration and Social Development. №34 oktabr. 2007
7.
H.Richard, Jr. Adamslar. International Migration, Remittances, and Poverty in
Developing Countries December 2003
8.
Zaripova M.D. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatining statistik tahlili va
prognozlashtirish-“Yashil iqtisodiyot varaqiyot” №11 son noyabr,2024 yil (892-901 b.)
9.
Turayev B. E., Xatamov O. Q. ARIMA modeli yordamida qurilish ishlari hajmini prognoz
qilish (Surxondaryo viloyatida misolida). “UzBridge” elektron jurnali, 2021-yil 1-son, 74–84-
betlar.