18
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING
PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI
Latibjonova Ziyoda Nazirjon qizi
KIUT Namangan filiali o’qituvchisi
+998938472040
latibjonovaziyoda@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15410971
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muloqotning bola rivojlanishidagi ahamiyati va uning
hayotidagi roli yoritilgan, muloqotning shakllanish bosqichlari va turlari sanab o’tilgan.
Kalit so’zlar:
nutq, fonetik tizim, nutqni faollashtirish, verbal muloqot rivojlanishining
ortda qolishi.
So’nggi yillarda nutqiy rivojlanishi kechikkan bolalar soni ortib bormoqda, shuning uchun
ham og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar uchun tuzatish tadbirlarini ishlab chiqish
korreksion pedagogika, xususan, logopediyani rivojlanishida dolzarb masalalardan biridir.
Nutq muloqot jarayonida asosiy aloqa vositasi bo‘lib, bolaning ruhiy rivojlanishida muhim
o‘rinni egallaydi, shuningdek u aqliy faoliyatning shakllanishi bilan ham bog‘liq va fikrni bayon
etishning murakkab psixo-fiziologik jarayonini ifodalaydi. Biz foydalanadigan nutqning
an’anaviy shakllari: og‘zaki va yozma nutq turlari mavjud. Nutq-o‘zining tashqi ifodalanish
usuliga ko‘ra og‘zaki va yozma nutqqa ajralib qolmasdan shu bilan birga qanday vazifani
bajarishiga va sintaktik tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir biridan farq qiladi. [1]
Bola nutqining shakllanishi bosh miya qobig‘ining yetilishi, eshituv va ko‘ruv organlari,
motor rivojlanish shuningdek, artikulyatsiya organlari va bolaning individual psixofiziologik
xususiyatlari kabi bir necha ketma-ket bosqichlarda shakllanadi. L.S.Vigotskiy [4] o‘zining
senzitiv davr haqidagi qarashlarida “agar bola qandaydir sababga ko‘ra uch yoshgacha nutqi
shakllanmagan bo‘lsa va nutqi uch yoshidan boshlab shakllangan bo’lsa, demak, bir yarim
yoshli bolaga qaraganda uch yoshli bola nutqni egallashi ancha qiyinchilik tug‘diradi” - deb
ta’kidlaydi
Nutq oliy psixik funksiyalar tizimida yetakchi o‘rin egallaydi hamda kishilarning
yaratuvchanlik faoliyatida til vositaida o‘zaro muloqotning asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi.
L.S.Vigotskiy bola nutqining uning atrofidagi katta kishilar ta’siri ostida shakllanish
mexanizmlarini ko‘rsatib berdi. Avval kattalar unga nutqiy ko‘rsatmalar beradilar («qoshiqni
ol», «o‘yinchog‘ingni menga ber» va h.k.), bunga javoban bola nomi aytilgan predmetni ko‘zi
bilan topadi va ko‘rsatmani bajaradi. Bola faqat o‘zi nutqni egallagandagina, o‘ziga-o‘zi
buyruqlar, nutqiy ko‘rsatmalar bera boshlaydi (avval ovoz chiqarib, keyin ichida) va o‘z xatti-
harakatlarini ularga bo‘ysundiradi, ya’ni bola va katta odam o‘rtasida taqsimlangan funksiya
endi shaxsning psixik faoliyatining oliy shakllarini tashkil etish usuliga aylanadi. Oliy psixik
funksiyalarning rivojlanish qonuni ham aynan mana shunda. Nutqni rivojlanishi tug‘ilgandan
boshlab bosqichma-bosqich shakllanadi, har bir bosqich mustaqil tizim bo‘lib, u tilning ma'lum
bir rivojlanish darajasiga yetadi.
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi;
1) tayyorgarlik davri — 1 yoshgacha;
2) bog‘chagacha bo‘lgan davr — 3 yoshgacha;
3) maktabgacha bo‘lgan davr —7 yoshgacha;
19
4) maktab davri.
D.B.Elkonin yoshga qarab faoliyat turlarining almashinishini ko‘rsatadigan
muntazamlikni (davriylikni) ajratib ko‘rsatadi: Tug‘ilgandan bir yilgacha (go‘daklik) yetakchi
faoliyat - bu kattalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emotsional muloqot yoki vaziyatli-shaxsiy aloqa
bo‘lib, uning doirasida bolada predmetli faoliyat shakllanadi. [3]
Bir yoshdan uch yoshgacha (erta yosh) yetakchi faoliyat predmet-harakatli: bola kattalar
bilan o‘zaro munosabatlarda predmet va instrumental harakatlarni o‘zlashtiradi. Uch yoshdan
olti yoshgacha (maktabgacha yosh) yetakchi faoliyat- bu rolli o‘yindir: bolalar odamlar va turli
ijtimoiy rollar o‘rtasidagi munosabatlarni modellashtiradi.
Shuningdek, olti yoshdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan kichik maktab yoshi (yetakchi faoliyat
ta’lim hisoblanadi) va 11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlik (yetakchi faoliyat
tengdoshlar bilan muloqot).
Shunga ko‘ra, bolalarning nutqgacha va nutq darajasida rivojlanishi vazifalar va
me’yorlarni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi, buning asosida motivatsion soha rivojlanadi
va shu bilan birga ob'ektlar bilan harakatlarni rivojlantirish orqali bolaning intellektual
rivojlanishi shakllanadi yoki rivojlanadi. Ba'zi davrlarni boshqalar tomonidan o‘zgartirishning
ushbu ketma-ketligi va ularning o‘zaro bog‘liqligi turli davrlarda (erta bolalik davri, bolalik
davri, o‘smirlik davri) aqliy jarayonlarning rivojlanish chastotasi haqida gapirishga imkon
beradi. Bir davrdan ikkinchisiga o‘tish faoliyatning motivlari va vazifalarini o‘zlashtirish davri,
predmetli harakatlarni o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladi.
Nutq nuqsonlarini o‘rganib kelayotgan olimlar L.R.Mo‘minova, M.Y.Ayupova,
X.M.Po‘latova, D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, Z.M.Axmedova, Y.Y.Chicherina va boshqalar o‘z
tadqiqotlarida nutq nuqsonlarining mexanizmlari, sabablari, alomatlari va bartaraf etish
usullarining ilmiy-metodik asoslarini yaratdilar. Klinik tadqiqotlar og‘zaki nutqning turli
nuqsonli guruhlarga kiruvchi bolalarda yetishmasligini ko‘rsatadi. Bunga motor va sensor
alaliya, ruhiy rivojlanishdan ortda qolish, erta bolalar autizmi, eshitish, tayanch-harakat va
aqliy nuqsonlari bo‘lgan bolalar kiradi.
Nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalar nutq zaxirasi kambag‘al, ba'zilari umuman
gapirmaydilar. Ushbu bolalarning aksariyati ularga qaratilgan nutqni tushunsalar ham ularning
o‘zlari boshqalarga og‘zaki murojaat qilolmaydilar. Bu jamiyatdagi bolalar uchun qiyin
vaziyatga olib keladi: ular tengdoshlari bilan o‘yin faoliyatida, ommaviy tadbirlarda qatnashish
imkoniyatidan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘ladilar.
E.F.Sobotovichning fikriga ko‘ra, ko‘pincha nutq buzilishlari tizimli xarakterga ega bo‘lib,
nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik va sintaktik tomoni zarar ko‘radi. Nutq
faoliyatining tizimli buzilishi turli xil nutq patologiyalarida kuzatiladi: alaliya, dizartriya,
anartriya, nutqning umumiy rivojlanmaganligi, nutqiy rivojlanishning kechikishi va boshqalar
Nutqning rivojlanmaganligining dastlabki belgilaridan biri boshlang‘ich nutqning kech
rivojlanishi deb hisoblanadi, birinchi so‘zlar 2-2,5 yoshdan keyin paydo bo‘lsa, nutq
agrammatik ko‘rinishda, fonetik tomondan yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Ko‘pincha
nutq faolligining kamligi kuzatiladi
S.S.Lyapidevskiy va B.M.Grinshpunning fikricha ortda qolgan nutq rivojlanishining
birinchi darajasiga ega bo‘lgan bolalarning logopedik xususiyatlariga quyidagilarni misol
qilganlar: “Nutqiy rivojlanish keskin kechikadi. Gapirish nutq davri ko‘pincha yo‘q. Bola uch-
to‘rt yoshida alohida bo‘g‘in yoki oddiy so‘zlarni talaffuz qila boshlaydi. So‘zli nutq o‘z-o‘zidan
20
rivojlanmaydi [43]. G.V.Matsievskayaning ta’kidlashicha “... tovush hosil qilishning kech
rivojlanishi, so‘z boyligining chegaralanganligi, talaffuzdagi va tuzatish qiyin bo‘lgan
agrammatizm xarakterlidir” [5]
Og’ir nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda nutqiy ko’nikmalarni faollashtirishda har
doim ham an’anaviy usullar foyda beravermaydi, chunki bu buzulishlar xilma-xildir. Shuning
uchun individual darslar doirasida bolaning individual rivojlanish xususiyatlarini inobatga
olgan holda, amerikalik olim Orin Kornet tomonidan ishlab chiqilgan- Cued Speech nutq
aloqasining moslashtirilgan fonetik tizimidan foydalanamiz. Verbal muloqot vositalari
rivojlanmagan bolalar nutqini shakllantirishda, tovush hosil bo’lishini ontogenetik prinspini
hisobga olgan holda bir nechta tizimlarni umumlashtirildi. Fonetik tizim imo-ishoralar,
artikulyatsiya va verbal muloqotdan tashkil topgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zakirovna, Abidova Nilufar. “Creating an Inclusive Educational Environment for Children
with special Educational needs.” International Journal of Progressive Sciences and
Technologies 20.2(2020): 36-39
2.
Глухоедова О.С. Создание специальных условий по активизации речи у
неговорящих детей на начальном этапе обучения [Текст] /О.С. Глухоедова // «European
Social Science Journal» («Европейский журнал социальных наук»). - Москва. – 2014. - №9.
Том 2. – С. 94-97.
3.
Власова Т. М., Фонетическая ритмика: Пособие для учителя / Т. М. Власова, А.
Н.Пфафендрот. М.; 1996.
4.
Горчакова, А.М. Особенности логопедической работы на начальном этапе
преодоления экспрессивной алалии / А.М. Горчакова. Е.А. Чаладзе // Международный
научноисследовательский журнал. – 2013. – № 6-3. – С. 18-20.
5.
Глозман, Ж.М. Нейропсихология детского возраста / Ж.М. Глозман. – М.: Академия,
2009. – 272 с.