29
AHOLIGA UY JOY UCHUN AJRATILAYOTGAN SUBSIDIYALAR
Otajonov Tohirjon Xo‘janazar o‘g‘li
Xorazm viloyati Xonqa tuman
Iqtisodiyot va moliya boʻlimi bosh mutaxassis
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421076
Annotatsiya.
Fuqarolarning turar-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha ko‘rinish va mazmun
kasb etayapti. Mazkur maqolada hozirgi kunda uy-joy tasarruf etishning o‘ziga xos
xususiyatlari nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada uy-
joyni tasarruf etish bilan bog‘liq milliy va xorijiy tajriba ham tahlil qilinib, amaliy ahamiyatga
ega bo‘lgan takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ipoteka shartnomasi, ulushli qurilish shartnomasi, investitsiya
shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, davlat reestridan ko‘chirma.
KIRISH
Yurtimizda aholi sonining ko‘payishi natijasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga
oshib bormoqda. Mazkur holat, uy-joy qurilishini yanada jadallashtirish, sifatli va hamyonbop
uy-joy qurishni taqozo etadi. Aholimizning katta qismini yoshlar tashkil etishi va ularning
katta hayotga qadam quyijada uy-joyning mavjud bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Uy-
joylarning xaridorlar tomonidan tasarruf etilishi nafaqat aholi turmush darajasining
oshishiga, balki uy-joy qurilishi va savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirorlar faoliyatining
rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida oldimizga qo‘ygan maqsadlarga
erishish uchun belgilangan ustuvor vazifalardan biri sifatida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha boshlangan ishlarni jadal davom ettirish vazifasi qo‘yilgan[1].
ADABIYOTLAR SHARHI
Hozirgi kunda arzon uy-joylar va ko‘p kvartirali uylar qurish ko‘lamini kengaytirish,
sohaga yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali aholining uy-joy maishiy
turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, uy-
joylar qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlarini har tomonlama jalb qilish amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur siyosatni amalga oshirishda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev
tomonidan ilgari surilgan: “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat boy va qudratli bo‘ladi”, − shioriga
amal qilinayapti[2].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Hozirgi kunda uy-joy tasarruf etish bilan bog‘liq to‘lovni qoplashning bir-necha usullari
mavjud. Masalan, uy-joy narxini bir yo‘la to‘lash, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, ipoteka asosida to‘lovni
amalga oshirish yoki aralash shakli (bu holatda qurilishi tugallanmagan yoki endi boshlangan
uy-joy bo‘yicha dastlab bo‘lib-bo‘lib to‘lash amalga oshiriladi, uy-joyni kadastr hujjati, ya’ni
mulk huquqini belgilovchi davlat reestridan ko‘chirma chiqqandan keyin ipoteka krediti
rasmiylashtiriladi) ham mavjud. Mazkur usullar orqali uy-joy to‘lovini amalga oshirish aholi
uchun o‘ziga xos qulaylik yaratadi. To‘lovni amalga oshirishning bu kabi usullari
shakllanishining asosiy sababi xususiy tadbirkorlik sub’eklari tomonidan uy-joylarning
30
qurilishi va sotilishi hisoblanadi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xaridorlarga quyidagi
turdagi shartnomalar taklif qilinmoqda:
ipoteka shartnomasi;
ulushli qurilish shartnomasi; investitsiya shartnomasi;
uy joy oldi-sotdi shartnomasi[5].
Shu bilan birga, ikkilamchi bozordan ham uy-joy xarid qilish uchun kredit mablag‘lari
ajratilishiga ruxsat berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9
dekabrda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan
ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq, 2021 yil 10 dekabrdan:
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga
ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yorini
belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat’iy belgilangan 32
million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5
yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;
subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p
miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng
ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z
mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga
yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi
beriladi.
Shuningdek, ushbu farmonga ko‘ra, elektron onlayn-auksion g‘oliblariga yer uchastkasi
qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay,
qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari
ko‘riladi. Farmonga ko‘ra, 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar
qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi[7].
Hozirgi kunda qurilish mahsulotlari va ishchi kuchining narxining oshishi bog‘liq holda
uy-joy narxlari oshib bormoqda. Shunga qaramasdan, 2021 yil 3 mart kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
davlat rahbari har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan o‘zi ichiga kirib, aniq hisob-
kitobga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar. Viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy
narxini 4 million so‘mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerakligini
ta’qidladilar[10].
Shu bilan birga, texnika va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021 yil aprel
oyining 15 sanasidan e’tiboran, yangi ko‘p qavatli turar joylardagi xonadonlar xona devorlari
tiklangan va elektr tarmoqlari o‘rnatilgan holda xaridorga sotilishi belgilandi.
Uy-joyni ulushli qurilish shartnomasi asosida sotish shartnomasi Rossiya va boshqa
davlatlarda ham keng tarqalgan. Rossiya Federatsiyasida “Ko‘p kvartirali uy-joylar va boshqa
ko‘chmas mulk ob’ektlari qurilishida ulushli ishtirok etish hamda Rossiya Federatsiyasining
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni amal qiladi. Ushbu
31
Qonunga muvofiq, uy-joyni ulushli qurilish asosida sotish uchun bankda eskrou (escrow)
hisobvarag‘i ochiladi va xaridorlar to‘lagan pul o‘sha hisobvaraqqa kelib tushadi. Ushbu uy-
joy foydalanishga topshirilganidan keyingina mazkur hisobvaraqda turgan pul mablag‘laridan
foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni uy-joy to‘liq qurilib, foydalanish uchun tayyor uy sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagunicha uy-joyni qurayotgan firma xaridorlar to‘lagan pulni
ishlata olmaydi [11].
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida uy-joy oldi-sotdisi bo‘yicha sotib oluvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar
yaratildi:
birinchidan, uy-joy oldi-sotdisi buyicha barcha qarzdorliklar notarius tomonidan
«Notarius» AAT dasturi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo‘yicha
qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish imkoniyati yaratildi hamda mazkur
holat uy-joy oldi-sotdisi jarayonining tezlashishiga xizmat qildi;
ikkinchidan, hozirgi kunda uy-joy oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin,
notarial tartibda tasdiqlangan shartnomasi tegishli elektron tizim orqali Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organiga elektron tarzda yuboriladi va yangi
mulkdorning huquqlarini tasdiqlovchi davlat reestridan ko‘chirma atigi 1 kun ichida
shakllantiriladi, shuningdek sotib oluvchi tomonidan mazkur ko‘chirma istalgan notariusdan
olish imkoniyati yaratildi;
uchinchidan, so‘ngi yillarda ipoteka kreditlari asosida uy-joyni tasarruf qilish bo‘yicha
byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi va natijada ipoteka kreditlari asosida uy- joy tasarruf
qiluvchi mulkdorlar soni yildan yilga ko‘paymoqda, shuningdek ikkilamchi bozordan ham uy-
joy xarid qilish uchun kredit mablag‘lari ajratilishiga ruxsat berildi;
to‘rtinchidan, qurilishi tugallanmagan yoki endi boshlangan uy-joylarni xarid qilishda
ulushli qurilish shartnomasi tuzish xaridorlarga uy-joyning narxni bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyati yaratdi. Mazkur uy-joylarning arzonligi va foiz to‘lanmasligi ham xaridorlarga
qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston
xalqiga murojaatnomasi (29 dekabr 2020 yil). – T.: O‘zbekiston, 2021. (President of the
Republic of Uzbekistan Sh.M. Address of Mirziyoyev to the Oliy Majlis and the people of
Uzbekistan (December 29, 2020). - T .: Uzbekistan, 2021)
2.
SH.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz..: T- O‘zbekiston −2016.– 4-b. (SH.M. Mirziyoyev. Together we will build a free and
prosperous, democratic state of Uzbekistan ..: T- Uzbekistan −2016.– P.4)
3.
https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/download/1506/1449/3166
4.
SH.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi.: T–O‘zbekiston. 2017. – 4-b. (SH.M. Mirziyoyev. Ensuring the
rule of law and human interests is the key to the country's development and people's well-
being: T-Uzbekistan. 2017. – P.4)
32
5.
Умаров, Ш. И., Меликулова, Г. Э., Усманов, И. И., & Мирзакулов, Х. Ч. (2018).
Исследование процесса переработки фосфорнокислых растворов обогащения
фосконцентрата Центральных Кызылкумов. Universum: технические науки, (6 (51)), 59-
62.
6.
Nasirova, S., Kholiqov, M., Artiqov, A., Isakov, A., & Isroilova, L. (2025, February). Finding
the optimal number of quasi-layers when calculating the ore flotation process. In AIP
Conference Proceedings (Vol. 3268, No. 1, p. 030015). AIP Publishing LLC.
7.
Umurzak, C., & Lobar, M. (2023). TRENDS IN IMPROVING THE ECONOMIC SECURITY OF
THE ENTERPRISE. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S
THEORY, 1(9), 6-10.