Авторы

  • Kamola Raimkulova
    Bank-Moliya Akademiyasi “Biznesni boshqarish” MBA Finance & Fintech magistranti, Texnopark MCHJ iqtisodchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.90272

Ключевые слова:

iqtisodiyot mahsulot tannarxi raqamli texnologiyalar xarajatlar ishlab chiqarish sanoat rejalashtirish innovatsiya.

Аннотация

Mazkur tezisda sanoat mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va tahlil qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari keltirilgan. Mamlakatimiz sanoat tarmoqlarida raqamli innovatsiyalar yordamida korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulot tannarxini rejalashtirish va tahlil qilishning  samarali  natijalari yoritiladi.


background image

107

MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH USULLARINI

SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI

Raimkulova Kamola Tagirovna

Bank-Moliya Akademiyasi “Biznesni boshqarish”

MBA Finance & Fintech magistranti,

Texnopark MCHJ iqtisodchisi, +998993067688

https://doi.org/10.5281/zenodo.15469492

Annotatsiya

: Mazkur tezisda sanoat mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va tahlil

qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari keltirilgan.
Mamlakatimiz sanoat tarmoqlarida raqamli innovatsiyalar yordamida korxonalar moliyaviy
ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulot tannarxini rejalashtirish va tahlil qilishning samarali
natijalari yoritiladi.

Kalit so‘zlar

: iqtisodiyot, mahsulot tannarxi, raqamli texnologiyalar, xarajatlar, ishlab

chiqarish, sanoat, rejalashtirish, innovatsiya.

Abstract:

This thesis presents the advantages of introducing digital technologies into

the process of planning and analyzing the cost of industrial products. With the help of digital
innovations in the industrial sectors of our country, the financial indicators of enterprises are
highlighted, including the effective results of planning and analyzing the cost of products.

Keywords

: economy, product cost, digital technologies, costs, production, industry,

planning, innovation.


Bugungi kunda raqamlashtiruv iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olmoqda

[1]. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy qilish dolzarb
masala hisoblanadi [2,3]. Sanoat 4.0 kontsepsiyasi elementlarini jahon sanoat tarmoqlari o‘z
faoliyatlariga intellektual raqamli tizimlarni va energiya samaradorli yashil innovatsiyalarni
kiritmoqda va natijada umumiy xarajatlar, xususan, mahsulot tannarxini pasaytirish kabi
imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

Raqamli texnologiyalarni kundalik hayotimizga kirib, glaballashuviga ingliz fizik olimi

Tim Berners-Li sababchi bo‘lgan. U Butunjahon o‘rgimchak to‘rini (World Wide Web) va
HTML, HTTP va URL kabi asosiy texnologiyalarni yaratgan [4]. AQSH professorlari Andrew
McAfee va Erik Brynjolfsson (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi
kunda raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish yuqori samara beradi.
Olimlar o‘z ilmiy ishlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, moliyaviy
texnologiyalar, onlayn platformalar, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlar integratsiyasi
kabi innovatsiyalar iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlar ochib berishini yoritganlar [5].
S.A.Shelkovnikov va boshqalar ( 2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda raqamli
texnologiyalarning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati va istiqbollari o‘rganilgan. Mazkur
olimlar sanoatda aniq reja va prognozlar olish, ishlab chiqarish jarayonini maksimal darajada
avtomatlashtirish, mahsulot tannarxi va moliyaviy foydani oshirish kabi masalalarni raqamli
texnologiyalar yordamida virtual model yaratib amalga oshirish mumkinligini tahlil qilganlar
[6]. Iqtisodchi olim F.A.Mamajonov o‘z tadqiqotlarida raqamli transformatsiyaning korxonalar
faoliyatiga ijobiy ta’sirini, raqamli texnologiyalarning nazariy asoslarini o‘rgangan [7]. Bir
qancha tadqiqotlar (I.I.Jalolov, 2024, A.A.Masharipov, 2023) natijasida mamlakatimiz sanoat


background image

108

korxonalarida raqamlashtirish darajasi, raqamli innovatsiyalarni joriy qilish orqali erishilishi
mumkin bo‘lgan yutuqlar va ehtimoliy xatarlar aniqlangan [8,9].

Mazkur tadqiqotda raqamli texnologiyalar kontsepsiyasining korxonalar faoliyatiga

ta’sirini statistik ma’lumotlarni qayta ishlab, horijiy tajribalarni nazariy tahlil qilgan holda
empirik va regression tahlillar yordamida o‘rganildi.

Sanoat korxonalari rahbarlari tomonidan ishlab chiqarish turiga, mahsulotga bo‘lgan

talab darajasiga, bozor sharoitlari va korxona maqsadlariga ko‘ra raqamli texnologiyalarni
joriy qilgan holda mahsulot tannarxini rejalashtirish usullarining muqobil variantlari tanlab
olinadi. Milliy sanoatimiz korxonalari o‘z faoliyatiga hali raqamli texnologiyalarni to‘liq joriy
qilinmagani, eng avvalo, bu innovatsiyalarning qaysi biri kelgusi istiqbolda ijobiy natija
berishi, qanchalik foydali ekanligi hali tajriba va tahlillar bilan aniqlanmaganligida
ifodalanadi. Shu bilan birga sanoat sektorida bu innovatsiyalar bo‘yicha kadrlarlar salohiyati,
moliyaviy resurslar taqchilligi, raqamli infratuzilmaning hali rivojlanish bosqichida ekanligi
kabi masalalar ham mavjud [8]. Rejalashtirish va tahlil qilish metodlari bugungi kunda bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Xalqaro
savdoda ham mahsulot tannarxi muhim faktor hisoblanadi. Kam xarajatli va past tannarxli
mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarga raqobatchilariga nisbatan arzonroq sotuv
narxida mahsulotlar taklif qilish imkoniyatini beradi va xalqaro bozorga ko‘proq mahsulotini
eksport qilishiga ustunliklar yaratadi. Horij tajribasidan kelib chiqib, mamlakatimiz sanoatiga
quyidagi raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida kelgusida samarali istiqbollarga
erishish mumkin bo‘ladi. 1-jadval

1-jadval

Mahsulot tannarxini raqamli texnologiyalar turkumlari yordamida rejalashtirish va

tahlil qilish imkoniyatlari

Metodlari

Mazmuni

ERP-tizimlar

Ishlab chiqarish, moliya, logistika haqidagi barcha ma’lumotlar

integratsiyasi, rejalashtirishni avtomatizatsiyalangan platformasi

BigData Analytics

Manbalardan katta hajmdagi ma’lumotlarni integratsiya qilib yig‘ish

va analitikani tahlil qilish imkoniyati

IoT va sensorlar

Xomashyo va uskunalar xarajati, energiya sarfi kabi ma’lumotlarni

real vaqtda to‘plash

Raqamli

modellash

Ishlab chiqarish jarayonining virtual modelini yaratish va tahlil

qilish

Sun’iy intellekt/AI

Xomashyo talabi va narxini prognozlash, jarayonlar optimizatsiyasi,

sifat nazoratining avtomatlashuvi

BI/biznes

intellekt

Grafik, diagrammalar yordamida dinamika va omillar ta’siri tahlili

Manba

: A. McAfee, E. Brynjolfsson,(2017), “Machine, Platform, Crowd: Harnessing Our

Digital Future” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Mazkur raqamli platforma va tizimlarning korxona faoliyatiga transformatsiyasi kapital

unumdorligi, mehnat unumdorligi, operatsion rentabellik va daromadning oshishi, yalpi
xarajatlar va mahsulotlar tannarxini pasayishiga, natijada moliyaviy barqarorlik va


background image

109

rentabellikning ortishiga hizmat qiladi [10]. Quyida bu texnologiyalarning ayrim usullarini
ishlash printsiplari va samaradorligi tahlili keltirilgan. ERP tizimi komponentlarining
mahsulot tannarxini rejalashtirish masalalariga qaratilgan yechimi ushbu rasmda
tasvirlangan: 1-rasm

1-rasm. ERP tizimi komponentlari

Manba

:S.A.Shelkovnikov va boshqalar (2020),“Теоретические основы управления

сельскохозяйственным производством на основе цифровых технологий” ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan tayyorlandi

BigData Analytics tizimi

avvalgi davr ma’lumotlarini to‘plab, kelgusi davr uchun

prognozlar qilishda qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llash natijasida xarajatlar qay darajada oshib,
kamaymoqda, keyingi davrda qancha mablag‘ kerak bo‘ladi, ortiqcha xarajatlar qaysilar kabi
masalalarni aniq va to‘g‘ri yechimini topish imkoniyati mavjud. Mahsulot tannarxini ushbu
usul yordamida tahlil qilib, quyidagi regressiya tahlilida chiziqli formula yordamida aniqlash
mumkin bo‘ladi[11]:

Y = aX + b

bunda, Y - prognoz qilinayotgan xarajat;
X – vaqt oylari (1dan 12 oygacha);
a – regressiya koeffitsient, har oyda qancha summaga o‘sayotganini aniqlaydi;
b – boshlang‘ich xarajat.

𝑎 =

𝐽𝑜𝑟𝑖𝑦 𝑑𝑎𝑣𝑟 𝑥𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡𝑖 − 𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑛𝑔

𝑖𝑐ℎ 𝑑𝑎𝑣𝑟 𝑥𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡𝑖

12 − 1 (𝑜𝑦𝑙𝑎𝑟)

BigData Analytics tizimi

yordamida korxonada xarajatlarni prognoz qilishda

foydalanish va bu tizimni avtomatlashtirib, dasturiy ta’minot yaratgan holda moliyaviy
prognozlarni aniqlash uchun samarali usul sifatida xizmat qiladi.

Sun’iy intellekt/AI

yordamida mahsulotning bozorda sotuv prognozini amalga oshirish

mumkin: Masalan, konditsioner ishlab chiqaruvchi korxona Sun’iy intellekt tizimini joriy qilib,

ERP

Ma’lumotlar

integratsiyasi

Markazlashgan

ma’lumotlar

bazasi

Standart –

lashtirilgan

Real vaqtda

ishlash

Avtomatik tahlil


background image

110

barcha moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotlarni tizimga kiritib, integratsiya qildi. Tizimga 3 yillik
moliyaviy natijalar, sotuvlarning davriy hajmi, bozor ulushi, iste’molchilar talabi,
raqobatchilar ma’lumotlari, marketing axborotlari, ijtimoiy media faolligi va boshqa
ma’lumotlar joylandi. Sun’iy intellekt bu ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, kelgusi 3 oy uchun
konditsioner mahsulotining sotuv hajmi qanday bo‘lishini prognoz qiladi:

1-oyda 498 dona konditsioner sotiladi (avvali yil mos davriga nisbatan +7% o‘sish);
2-oyda 925 dona konditsioner sotiladi (yozgi mavsum boshlangani uchun,+28% o‘sish);
3-oyda 760 dona konditsioner sotiladi (mavsumning yakuni tufayli, +3% o‘sish).
Ushbu prognozga asoslanib, korxona kelgusi 3 oy uchun ishlab chiqarish rejasini va

xomashyo, materiallar haridi rejasini tuzadi.

BI/biznes intellekt

modeli yordamida korxonaning bir qancha moliyaviy

ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkoni mavjud. Quyida ushbu tizim yordamida konditsionerning
turlari bo‘yicha rentabellik darajasi ko‘rib chiqildi. Avvalo, tizimga korxonaning ishlab
chiqarish hajmi, mahsulot assortimenti, sotuv va mahsulotlar tannarxi ma’lumotlari kiritildi.

2-jadval
BI/biznes intellekt yordamida mahsulot rentabellik ko‘rsatkichi tahlili

Konditsione

r turi

Sotuv hajmi,

dona

Tannarxi,

dona/so‘m

Sotuv narxi,

dona

Foyda,

dona

Umumiy foyda

Fancoil

85

1 105 748,09

1 300 900,00

195 151,91

16 587 912,35

Chiller

5

63 085 084,51

74 217 700,00 11 132 615,49 55 663 077,45

Multi-split

60

5 489 263,08

6 458 000,00

968 736,92

58 124 215,20

Manba:

Muallif tomonidan tayyorlandi

Mazkur tahlil natijasida aniqlandiki, garchi Fancoil konditsioneri ko‘proq sotilgan

bo‘lsada, umumiy foydada ko‘proq Multi-split konditsionerining ulushi yuqori bo‘ldi.
Kelgusida korxona shu mahsulotni ko‘proq ishlab chiqarib, sotuvga qo‘yish rejasini tuzishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur tahlillar natijasida raqamli texnologiyalarning sanoat
korxonasi mahsulotlari tannarxini rejalashtirish, xarajatlarni optimallashtirish kabi
masalalarda amaliy qo‘llanilishi imkoniyatlari yoritib berildi.

Hozirgi global tendensiyalarga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlariga yashil texnologiyalar,

ekotizimlar, raqamli innovatsiyalarni joriy qilish jadal rivojlanib bormoqda. Butunjahon
iqtisodiy forumlarida ushbu innovatsiyalar yuzasidan amalga oshrilayotgan tadbirlar haqida
tajriba almashilmoqda. Mahsulot tannarxini rejalashtirish endi nafaqat moliyaviy jarayon,
balki texnologik, ekologik va strategik masalalar tarkibiga uyg‘unlashmoqda. Sun’iy intellekt
yordamida xarajatlarni operatsion prognozlash, raqamlashtirish orqali avvalgi ma’lumotlarni
avtomatik rejalashtirish, tannarx tarkibiga yashil komponentlarni kiritish, energiya tejamkor
manbalar xarajatlarini rejalashtirish kabi yangi samarali choralar ko‘rilmoqda [12].
Shuningdek, mahsulot tannarxini rejalashtirishga valyuta kursi o‘zgarishi, global dunyodagi
import bojlari kabi omillar ham ta’sir etmoqda.

Shunday ekan, korxonalarda raqamli texnologiyalar va innovatsion tendensiyalarni joriy

qilish uchun quyidagilar amaliy tavsiyalar taklif etiladi:

Kelgusi davr uchun energiyani tejash borasida quyosh panellarini barcha energiya

tizimlariga o‘rnatishning iqtisodiy va moliyaviy foydasini o‘rganib chiqib, sun’iy intellekt va
raqamli modellashtirish yordamida tannarx va xarajatlarni rejalashtirish istiqbollarini tahlil
qilish;


background image

111

Yashil innovatsiyalar, raqamli texnologiyalarni sanoatga joriy qilish natijasida ishlab

chiqariladigan ekologik toza mahsulotlar tannarxi va xarajatlarining optimizatsiyasi,
samaradorligi oshishiga qay darajada yordam berishini tahlil qilib chiqish;

Korxonalarda bu innovatsiyalarni integratsiya qilishning dastlabki jarayonida moliyaviy

mablag‘ talab qilinishi zaruratidan hamkor investorlarni topish;

Barcha bo‘limlar ma’lumotlarini yaqona bir tizimga integratsiya qilinishi nuqtayi-

nazaridan, raqamli texnologiyalar tizimi bo‘yicha korxona mutaxassislari ko‘nikmasi va
malakasini oshirish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini

tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yi 5 oktyabrdagi
PF 6079-sonli farmoni
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida

2023-yil 11 sentyabrdagi PF 158-sonli farmoni
3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasidagi

istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini
eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2024 yil 29 maydagi
VMQ 303-son qarori
4.

Tim Berners, (1999),“Weaving the Web: Origins and Future of the World Wide Web”,

AQSH, HarperCollins, Texere Publishing, 2000, 131 b
5.

A. McAfee, E. Brynjolfsson (2017), Machine, Platform, Crowd: Harnessing Our Digital

Future, USA, W. W. Norton & Company, 2017, 288p
6.

С.А. Шелковников, М.С. Петухова, А.А. Алексеев (2020), “Теоретические основы

управления сельскохозяйственным производством на основе цифровых технологий” //
Вестник РУДН. Серия: Экономика, Москва, 2020 Vol. 28 No. 1 137–145,
http://journals.rudn.ru/economics
7.

Mamajonov, F. (2024), “Biznesni raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni va biznes

transformatsiyasining nazariy asoslari” // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2024, 5-nashr,
812-815b, https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED
8.

Jalolov, I.I. (2023), “Raqamlashtirish va sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini

statistik tahlil qilish” // Journal of marketing, business and management (jmbm)/sjif factor:
5.57, 2023, 3/6-nashr, 5/1-5/9 b, https://www.jmbm.uz/
9.

Masharipov, A.A. (2023), “Raqamli transfοrmatsiуaning ijοbiу tοmοnlari va ehtimοliу

xatarlar” // Interdiscipline innovation and scientific research conference British International
Science Conference, 2023, 181-182 b
10.

Xakimov, F.T. (2024), “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida raqamli transformatsiyaning

asosiy yoʻnalishlar” // Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti konferensiyasi, 2024, 277-281
b, https://tsue.uz/
11.

Mardanov, M. (2024), “Харажатлар ҳисоби ва маҳсулот таннархини калькуляция

қилишда рақамли технологиялардан фойдаланишнинг афзалликлари” //Aktuar moliya
va buxgalteriya hisobi ilmiy jurnali, Toshkent, 2024, 4(05), 262-273 b


background image

112

12.

Kenjabaev A.T,(2023),“Yangi O‘zbekiston”da raqamli transformatsiya jarayonlarini

rivojlantirish yo‘llari” // Biznes va iqtisodiyotda raqamli transformatsiya, 2023, 25-32 b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yi 5 oktyabrdagi PF 6079-sonli farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida 2023-yil 11 sentyabrdagi PF 158-sonli farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2024 yil 29 maydagi VMQ 303-son qarori

Tim Berners, (1999),“Weaving the Web: Origins and Future of the World Wide Web”, AQSH, HarperCollins, Texere Publishing, 2000, 131 b

A. McAfee, E. Brynjolfsson (2017), Machine, Platform, Crowd: Harnessing Our Digital Future, USA, W. W. Norton & Company, 2017, 288p

С.А. Шелковников, М.С. Петухова, А.А. Алексеев (2020), “Теоретические основы управления сельскохозяйственным производством на основе цифровых технологий” // Вестник РУДН. Серия: Экономика, Москва, 2020 Vol. 28 No. 1 137–145, http://journals.rudn.ru/economics

Mamajonov, F. (2024), “Biznesni raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni va biznes transformatsiyasining nazariy asoslari” // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2024, 5-nashr, 812-815b, https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED

Jalolov, I.I. (2023), “Raqamlashtirish va sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini statistik tahlil qilish” // Journal of marketing, business and management (jmbm)/sjif factor: 5.57, 2023, 3/6-nashr, 5/1-5/9 b, https://www.jmbm.uz/

Masharipov, A.A. (2023), “Raqamli transfοrmatsiуaning ijοbiу tοmοnlari va ehtimοliу xatarlar” // Interdiscipline innovation and scientific research conference British International Science Conference, 2023, 181-182 b

Xakimov, F.T. (2024), “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida raqamli transformatsiyaning asosiy yoʻnalishlar” // Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti konferensiyasi, 2024, 277-281 b, https://tsue.uz/

Mardanov, M. (2024), “Харажатлар ҳисоби ва маҳсулот таннархини калькуляция қилишда рақамли технологиялардан фойдаланишнинг афзалликлари” //Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi ilmiy jurnali, Toshkent, 2024, 4(05), 262-273 b

Kenjabaev A.T,(2023),“Yangi O‘zbekiston”da raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish yo‘llari” // Biznes va iqtisodiyotda raqamli transformatsiya, 2023, 25-32 b