Авторы

  • Zilola Tavakkalova
    Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi 4- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.90291

Ключевые слова:

ish haqi byudjet tashkiloti YATT rag‘batlantirish differensial yondashuv islohot.

Аннотация

Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Amaldagi tizimning kamchiliklari aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda xodimlarni samarali rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

45

BYUDJET TASHKILOTLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Tavakkalova Zilola Erkinjon qizi

Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit”

yo‘nalishi 4- bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15463878

Annotatsiya:

Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash

tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Amaldagi tizimning kamchiliklari aniqlanib, ularni
bartaraf etish hamda xodimlarni samarali rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

ish haqi, byudjet tashkiloti, YATT, rag‘batlantirish, differensial yondashuv,

islohot.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli

islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarning ajralmas qismi sifatida byudjet tashkilotlari
faoliyatini yanada samarali qilish va u yerdagi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini
yaxshilash dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa, mehnatga haq to‘lash tizimi ko‘pchilik hollarda
an’anaviy va eskirgan tartibga asoslangan bo‘lib, real iqtisodiy sharoitlarga javob bermaydi.

Hozirda byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasi (YATT) asosida

amalga oshiriladi. 2023–2024 yillardagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, ish haqi tarkibi
bazaviy tarif stavkasi, lavozim maoshi, ustamalar, mukofotlar va qo‘shimcha to‘lovlardan
iborat. Lekin, bu tizimda bir qator jiddiy muammolar mavjud. Masalan:

Ish haqi miqdorining pastligi

– inflyatsiya va hayot narxlari oshib borayotgan bir

paytda, ish haqi real xarid qobiliyatini ta'minlamaydi.

Rag‘batlantirish mexanizmlarining zaifligi

– ish hajmi va sifatidan qat’i nazar,

ko‘pchilik xodimlar bir xil stavka asosida ish haqi oladi.

Malaka va tajriba inobatga olinmaydi

– o‘z ustida ishlayotgan, tajribali mutaxassislar

bilan yangi ish boshlaganlar o‘rtasida katta farq mavjud emas.

Yosh kadrlarni jalb qilish qiyin

– xususiy sektordagi yuqori ish haqi bilan raqobatlasha

olmaslik sabablardan biri.

1-rasm. Byudjet tashkilotlarida mehmatga haq to’lash tizimini takomillashtirish

yo‘llari

Yuqorida keltirilgan chizmaga asosan

byudjet tashkilotlarida mehmatga haq to’lash

tizimini takomillashtirishning bir nechta usullari mavjud. Misol uchun:

Faoliyatga bog‘liq ish haqi tizimini joriy etish

Faoliyatga bog‘liq ish haqi tizimini joriy etish

Rag'batlantirish fondini kuchaytirish

YATT tizimini bosqichma-bosqich yangilash

Raqamlashtirish asosida avtomatik nazorat tizimi


background image

46

Ish haqi faqat lavozim asosida emas, balki bajarilgan vazifa hajmi va natijalarga qarab

shakllanishi kerak. Har bir xodim uchun individual mehnat natijalariga asoslangan baholash
tizimi ishlab chiqilishi lozim.

Rag‘batlantirish fondini kuchaytirish

Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustamalar va mukofot pullarini shakllantirish uchun
qonuniy asoslar kengaytirilishi kerak. Masalan, davlat-xususiy sheriklik asosida

YATT tizimini bosqichma-bosqich yangilash

2025-yil davlat dasturlarida belgilanganidek, yagona tarif setkasi o‘rniga

kasbiy

kompetensiyalarga asoslangan

tarif tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Bu tajriba Rossiya

va Qozog‘iston kabi mamlakatlarda allaqachon sinovdan o‘tgan.

Raqamlashtirish asosida avtomatik nazorat tizimi

Ish haqi hisob-kitoblarini inson omilidan holi, shaffof va tezkor tizimlar orqali amalga

oshirish mehnatga munosib baho berish imkonini beradi. Elektron ish faoliyatini baholash
modullari orqali adolatli rag‘batlantirishga erishiladi.

Xulosa tariqasida shuni aytishimiz mumkinki,

byudjet tashkilotlarida mehnatga haq

to‘lash tizimini takomillashtirish nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki davlat xizmatlarining
sifatini oshirishga ham xizmat qiladi. Yuqoridagi takliflar real amaliyotga tatbiq etilsa, tizimda
ishlayotgan mutaxassislarning mehnati e’tirof etiladi, ularning motivatsiyasi oshadi va, eng
muhimi, yosh kadrlar davlat tizimiga qiziqish bilan kirib keladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-166-sonli qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (yangi tahrir, 2023-yil).

3.

Davlat byudjeti va Moliya vazirligi hisobotlari, 2024-yil.

4.

Statistika agentligi ma’lumotlari (stat.uz, 2024-yil).

5.

Xalqaro tajribalar: OECD va ILO ish haqi siyosati bo‘yicha tavsiyalari.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-166-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (yangi tahrir, 2023-yil).

Davlat byudjeti va Moliya vazirligi hisobotlari, 2024-yil.

Statistika agentligi ma’lumotlari (stat.uz, 2024-yil).

Xalqaro tajribalar: OECD va ILO ish haqi siyosati bo‘yicha tavsiyalari