Авторы

  • Yaxyobek Akmaliddinov
    Toshkent davlat yuridik universiteti ommaviy huquq fakulteti 2- bosqich talabasi
  • Xolmuhammad Sherqo’ziyev
    Toshkent davlat yuridik universiteti ommaviy huquq fakulteti 1- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.90322

Ключевые слова:

kriminalingvistika lingvistik ekspertiza sud amaliyoti O‘zbekiston qonunchiligi tilshunoslik.

Аннотация

Ushbu maqolada kriminalingvistika fanining mazmuni, uning nazariy asoslari va O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘rni yoritilgan. Tilshunoslikning kriminalistika bilan kesishuvchi sohasi sifatida kriminalingvistikaning ahamiyati, xususan, sud ekspertizasi jarayonlaridagi roli tahlil etiladi. O‘zbekiston huquqiy hujjatlarida tilshunoslik ekspertizasining belgilanishi, ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borgan olimlarning ishlari va kriminalingvistik ekspertizaning amaliy misollari asosida soha rivoji ko‘rsatib beriladi.


background image

84

KRIMINALINGVISTIKANING O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDAGI RIVOJI VA

ASOSLARI

Akmaliddinov Yaxyobek Hasanboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti ommaviy

huquq fakulteti 2- bosqich talabasi

Sherqo’ziyev Xolmuhammad Sharifjonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti ommaviy

huquq fakulteti 1- bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15463266

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kriminalingvistika fanining mazmuni, uning nazariy

asoslari va O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘rni yoritilgan. Tilshunoslikning kriminalistika bilan
kesishuvchi sohasi sifatida kriminalingvistikaning ahamiyati, xususan, sud ekspertizasi
jarayonlaridagi roli tahlil etiladi. O‘zbekiston huquqiy hujjatlarida tilshunoslik ekspertizasining
belgilanishi, ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borgan olimlarning ishlari va
kriminalingvistik ekspertizaning amaliy misollari asosida soha rivoji ko‘rsatib beriladi.

Kalit so’zlar:

kriminalingvistika, lingvistik ekspertiza, sud amaliyoti, O‘zbekiston

qonunchiligi, tilshunoslik.

Abstract.

This article explores the concept of forensic linguistics, its theoretical

foundations, and its development within the legal framework of Uzbekistan. As a field situated
at the intersection of linguistics and forensic science, forensic linguistics plays a critical role in
judicial processes, especially in linguistic expert examinations. The article reviews Uzbek
legislative documents related to linguistic expertise and presents the scientific and practical
contributions of national scholars in this area, along with examples of real applications of
forensic linguistic analysis.

Key words:

forensic linguistics, linguistic expertise, judicial practice, Uzbek legislation,

linguistics.

Аннотация

. В данной статье рассматриваются содержание криминалистической

лингвистики, её теоретические основы и развитие в контексте законодательства
Узбекистана. Как наука, находящаяся на стыке лингвистики и криминалистики,
криминалолингвистика имеет важное значение в судебных процессах, особенно в
лингвистической экспертизе. Анализируются правовые документы Узбекистана,
регламентирующие данную сферу, а также научные и практические труды
отечественных

исследователей

и

реальные

примеры

применения

криминалолингвистики.

Ключевое слова:

криминалолингвистика, лингвистическая экспертиза, судебная

практика, законодательство Узбекистана, лингвистика.


So‘nggi yillarda sud-tergov faoliyatida tilshunoslikka asoslangan ekspertizalarning roli

ortib bormoqda. Jinoyat ishlari doirasida til hodisalarini tahlil qilish zarurati, ayniqsa, tahdidli
xatlar, anonim yozuvlar, tuhmat mazmunli bayonotlar, tovlamachilik va yolg‘on guvohliklar
holatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ehtiyoj kriminalingvistika fanining shakllanishiga
turtki bo‘ldi. O‘zbekiston qonunchiligida bu yo‘nalish alohida nom bilan yuritilmasa-da, uning
asosiy ko‘rinishi

— lingvistik ekspertiza

— qonuniy asosda tan olingan. Kriminalingvistika –

bu tilshunoslik va kriminalistika fanlari chorrahasida shakllangan, til hodisalarini jinoyatga oid
holatlarda tahlil qilishga ixtisoslashgan soha. Bu yo‘nalish xorijda

20-asrning ikkinchi


background image

85

yarmidan boshlab shakllana boshlagan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘z
dolzarbligini topmoqda.

Kriminalingvistika xatlar, tahdidli matnlar, anonim yozuvlar,

tovlamachilik, yolg‘on guvohliklar singari huquqbuzarliklarni aniqlashda tilshunoslik tahlilidan
foydalanadi.

Kriminalingvistika fanining nazariy asoslariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ushbu

fan

kriminalistika bilan tilshunoslik chorrahasida joylashgan mustaqil yo‘nalish bo‘lib,

jinoyatga oid holatlarda til vositalaridan dalil sifatida foydalanish imkonini beradi

. Bu fan

matnni leksik, morfologik, sintaktik, stilistik, pragmatik jihatdan tahlil qilish orqali muallifni
aniqlash, yolg‘on bayonotni fosh etish, soxta hujjatlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Kriminalingvistika sohasida

R. W. Shuy

,

M. Coulthard

,

T. Tiersma

,

D. Crystal

1

kabi olimlar

xorijda asos yaratgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu yo‘nalish bo‘yicha

F. Sodiqov

,

Z. Raxmonov

,

M.

Jo‘rayev

kabi mutaxassislar izlanish olib bormoqda hamda ushbu fanning rivojiga nazariy va

amaliy hissalarini qo’shib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonda kriminalingvistika sohasi bo‘yicha
ilk izlanishlar mustaqillikdan so‘ng shakllangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda bir qancha olimlar
izlanish olib borgan.

F. Sodiqov

2

tilshunoslikning amaliy yunalishlarida, ayniqsa ekspertiza

masalalarida faol ilmiy ishlari bilan tanilgan bo’lsalar,

Z. Raxmonov

3

esa lingvistik ekspertiza

va kommunikativ pragmatika sohasida tadqiqotlar olib borgan. Huquqshunos va tilshunos olim

M. Jo‘rayev

4

sud lingvistikasi bo‘yicha dolzarb maqolalari bilan kriminalingvistikaning ilmiy

asoslarini yaratishda muhim rol o‘ynadi.

O‘zbekiston qonunchiligida kriminalingvistika alohida atama sifatida ko‘rsatilmagan

bo‘lsa-da, uning asosiy elementi bo‘lgan lingvistik ekspertiza bir qator qonun hujjatlarida
mavjud. Xususan,

O‘zbekistonda kriminalingvistikani huquqiy asoslari sifatida quyidagi

qonun hujjatlarini ko’rsatishimiz mumkin:

I.

“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun (2018-yil 16-aprel)

. Ushbu qonun

kriminalingvistik ekspertizani sud ekspertizalaridan biri sifatida belgilaydi. Xususan:

8-modda

: “Tekshirishlarning xolisligi, har tomonlamaligi va to‘liqligi sud eksperti

tekshirishlarni xolisona, qat’iy ilmiy va amaliy asosda, tegishli ixtisoslik doirasida, har
tomonlama va to‘liq hajmda o‘tkazadi.

Sud ekspertining xulosasi (xulosa) qilingan fikrlarning asosliligi va ishonchliligini umum

e’tirof etilgan ilmiy va amaliy ma’lumotlar bazasiga muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan
qoidalarga asoslanishi lozim.”

15-modda

: “sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda

ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;

ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish.”

16-modda

: “o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq

tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi
shart.”

II.

Jinoyat-protsessual kodeksi

180-modda

: “Sud-tergov organlari tergovga oid muhim holatlarni aniqlash uchun

ekspert tayinlashi mumkin.”

1

Crystal D. Language and the Law. – Cambridge: CUP, 2004.

2

Sodiqov F. Kriminalistik lingvistikaning nazariy asoslari. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019

3

Raxmonov Z. Lingvistik ekspertiza va pragmatika. – Samarqand, 2020

4

Jo‘rayev M. Sud lingvistikasi: nazariya va amaliyot. // Filologiya va tillarni o‘qitish jurnali, 2021, №3


background image

86

III.

Prezident farmonlari va nizomlar

PF-4850-sonli Prezident Farmoni (2016-yil 21-oktabr)

— “Sud-huquq tizimini

tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida:“…ekspertizalarning sifatini oshirish, mustaqil
ilmiy asosga ega bo‘lgan metodologiyalarni joriy qilish zarur” deb qayd etiladi.

“Sud ekspertizasi muassasalari to‘g‘risidagi nizom” (2020) da esa ekspert tayyorlov

tizimi, malaka oshirish, metodik materiallar ro‘yxati belgilanadi.

Xo’sh, shunda haqli savol tug’iladi: kriminalingvistik ekspertizalar qaysi sohalarda muhim

ahamiyatga ega? Ushbu soha quyidagi turdagi huquqbuzarlik va jinoiy ishlari ochishda muhim
ahamiyatga ega:

-

anonim xatlar, tahdidli matnlar, tuhmat mazmunli materiallar tahlili

-

telefon yoki internet yozishmalari bo‘yicha shaxsni aniqlash

- reklama, ommaviy axborot vositalaridagi til bilan bog‘liq jinoyatlarning ekspertizasi

5

Amaliyotda tilshunos-ekspertlar tomonidan soxta xat yozuvlarini aniqlash, ma'lumotlar

egasini aniqlash kabi masalalarda samarali xulosalar berib kelinmoqda. Shu bilan birga,
ekspertlar tayyorlash, metodologiyaning yagona tizimini yaratish kabi muammolar mavjud.
Keling buni quyidagi misollar bilan ko’rib chiqaylik:

1.Misol.

Anonim tahdidli xat

Tergov davomida bir fuqaro noma’lum shaxsdan tahdidli maktub olgan. Ekspertiza uchun

matn topshirilgan. Tilshunos-ekspert ushbu tahdidli xatning sintaktik struktura, leksik
birliklar, imlo xatolari asosida taxminiy muallifni aniqlagan. Bu natija dalil sifatida qabul
qilingan. Tahdidli xat egasiga nisbatan tegishli chora ko’rilgan.

2. Misol.

Tuhmatli maqola

Ijtimoiy tarmoqda chop etilgan fuqaro A.Bga nisbatan yozilgan tuhmatli bayonot

yuzasidan ekspertiza o‘tkazilib, matndagi baholovchi birliklar, qo‘pollik, kinoya elementlari
ekspertiza asosida huquqbuzarlik sifatida belgilangan va ushbu bayonet egasiga qonuniy chora
ko’rishga asos bo’lga.

Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, tilshunoslik yondashuvi real tergov jarayonida dolzarb

ilmiy asosga ega vositadir.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki,

kriminalingvistika O‘zbekiston huquqiy-

amaliy tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, tergov, sud, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida
samarali yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Uni yanada rivojlantirish uchun esa quyidagi takliflarni
kiritishni o’rinli de bilardik:

-

oliy yuridik va filologik ta’lim muassasalarida maxsus “Forensik lingvistika” fanini joriy

etish;

-

Tilshunos-ekspertlar uchun attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yaratish;

-

Lingvistik ekspertizalar bo‘yicha yagona metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

-

Har yili sud-lingvistika bo‘yicha seminar va ilmiy konferensiyalar tashkil qilish tavsiya

etiladi.

References:

Используемая литература:

5

Sud ekspertizasi bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent: Adliya vazirligi, 2022


background image

87

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 2018-yil.
3.

Sodiqov F. Kriminalistik lingvistikaning nazariy asoslari. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti,

2019.
4.

Raxmonov Z. Lingvistik ekspertiza va pragmatika. – Samarqand, 2020.

5.

Jo‘rayev M. Sud lingvistikasi: nazariya va amaliyot. // Filologiya va tillarni o‘qitish jurnali,

2021, №3.
6.

Crystal D. Language and the Law. – Cambridge: CUP, 2004.

7.

Coulthard M., Johnson A. An Introduction to Forensic Linguistics. – Routledge, 2010.

8.

Sud ekspertizasi bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent: Adliya vazirligi, 2022.

9.

“Kriminalistika” o‘quv qo‘llanmasi. – Toshkent: Yuridik nashriyot, 2021.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 2018-yil.

Sodiqov F. Kriminalistik lingvistikaning nazariy asoslari. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019.

Raxmonov Z. Lingvistik ekspertiza va pragmatika. – Samarqand, 2020.

Jo‘rayev M. Sud lingvistikasi: nazariya va amaliyot. // Filologiya va tillarni o‘qitish jurnali, 2021, №3.

Crystal D. Language and the Law. – Cambridge: CUP, 2004.

Coulthard M., Johnson A. An Introduction to Forensic Linguistics. – Routledge, 2010.

Sud ekspertizasi bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent: Adliya vazirligi, 2022.

“Kriminalistika” o‘quv qo‘llanmasi. – Toshkent: Yuridik nashriyot, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.