66
ALISHER NAVOIYNING NA’T GʻAZALLARI TARKIBIDAGI PAYGʻAMBARLAR
OBRAZI TALQINI
Xusanova Kamola Xotam qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
2-bosqich magistranti
xusanovakamola1516@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15496463
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallarida, xususan, na’t janridagi
asarlarida payg‘ambarlar obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Muallif Navoiy ijodidagi diniy
timsollar, jumladan, Xizr va Yusuf payg‘ambarlar obrazlari misolida shoirning Qur’oni karim va
hadis manbalaridan ilhomlangan holda, ularni qanday ma’naviy-axloqiy ramz sifatida
yoritganini ko‘rsatadi. Navoiy g‘azallarida payg‘ambarlar obrazi insonning axloqiy kamolotga
erishish yo‘lida ilhom manbai, adolat, sabr-toqat va go‘zallik timsoli sifatida ifodalanadi.
Maqolada “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azallar tahlili orqali shoirning talmeh san’atidan
foydalanish usullari ochib beriladi. Tadqiqotda diniy obrazlar orqali Navoiy insoniyat uchun
ma’naviy yetakchilik g‘oyasini targ‘ib qilgani ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar
: Alisher Navoiy, Na’t g‘azallari, Payg‘ambarlar obrazi, Qur’oniy timsollar,
Tasavvufiy talqin, Xazoyin ul-maoniy, Navoiy she’riyati.
"Interpretation of Prophetic Images in Alisher Navoi's Na’t Ghazals
"
Abstract:
This article explores the artistic interpretation of prophetic figures in Alisher
Navoi’s ghazals, particularly in his devotional (na’t) poetry. The author analyzes how Navoi,
drawing from the Qur'an and Hadith, portrays prophets such as Khidr and Yusuf as symbols of
moral and spiritual excellence. In Navoi's poetry, prophets represent ideals such as justice,
patience, compassion, and inner perfection. The paper highlights Navoi’s use of the literary
device talmeh in his divan Khazayin ul-Ma’ani, where religious imagery plays a crucial role in
conveying deeper meanings. The study emphasizes how Navoi used these symbols to promote
spiritual leadership and ethical guidance.
Key words
: Alisher Navoi, Na’t ghazals, Prophetic images, Quranic symbols, Sufi
interpretation, Khazoyin ul-Ma'ani, Navoi's poetry.
Alisher Navoiy, oʻzbek adabiyotining buyuk namoyandasi, oʻz asarlarida paygʻambarlar
obrazi haqida koʻp marta soʻz yuritgan. Uning asarlarida paygʻambarlar insoniyatning maʼnaviy
yetakchilari, xudoning elchilari sifatida tasvirlanadi. Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Farhod va
Shirin”, “Layli va Majnun” kabi asarlarida paygʻambarlar obrazi insoniyatning eng yaxshi
fazilatlari va maʼnaviy qadriyatlarining timsoli sifatida koʻrsatiladi. Navoiyning asarlarida
paygʻambarlar obrazi insoniyatning maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarini targʻib qilish, insonlarni
yaxshilik va haqiqat yoʻliga daʼvat qilish vositasi sifatida ishlatiladi. Ular insoniyatning eng
yaxshi fazilatlari, masalan, adolat, mehribonlik, sadoqat, sabr va shu kabi fazilatlarning timsoli
sifatida tasvirlanadi.
Alisher Navoiy asarlarida payg‘ambarlar obrazining ko‘plab ma’naviy va axloqiy jihatlari
tasvirlanadi. Ular Navoiy she’riyatida insoniy fazilatlar, to‘g‘rilik, sabr, adolat, va rahm-shafqat
kabi yuqori sifatlarning timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Payg‘ambarlar, asosan, insoniyat
uchun mukammal axloqiy namuna sifatida taqdim etiladi. Ular shuningdek, Navoiy tomonidan
ajdodlar va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishda kuchli vosita sifatida ishlatilgan. Alisher
67
Navoiy, o‘zining mashhur “Xamsa” asarlarida, asosan tasavvufiy nuqtai nazardan
payg‘ambarlarni tasvirlaydi. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida, payg‘ambarlar ilohiy
maxluqot sifatida, ruhiy yuksalishning ramzi bo‘lib, insonni haqiqiy baxtga olib boradigan yo‘lni
ko‘rsatadi. Navoiy, payg‘ambarlarni sifatida, ko‘pincha adolatni va to‘g‘rilikni ifodalovchi
shaxslar sifatida tasvirlaydi. Shu tarzda, Navoiy asarlarida payg‘ambarlar obrazlari insonning
ma'naviy yuksalishi va axloqiy kamolotga erishishning namunasi bo‘lib, ular yuqori axloqiy
ideal sifatida ko‘rsatilgan.
Alisher Navoiyning asarlarida islomiy an'analarga muvofiq bir qancha paygʻambarlar
obrazi tasvirlangan
Aliser Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” asarida ko‘plab payg‘ambarlar obrazi, qur’oniy
obrazlardan foydalanadi.
“Xazoyin ul-maoniy”da talmeh sifatida keltirilgan obrazlarning nisbati quyidagicha:
““Garoyib-us sigar” da: 26 ta qur’oniy obrazlar, 7 ta “Shohnoma” qahramonlari, 11 ta
tarixiy shaxslardan;
“Navodir ush-shabob”da: 27 ta qur’oniy, 9 ta “Shohnoma”dan, 15 tasi tarixiy shaxslar;
“Badoyi’ ul-vasat”da: 19 ta qur’oniy, 9 ta “Shohnoma” obrazlari, 9 ta tarixiy;
“Favoyid ul-kibar”da: 15 ta qur’oniy, 11 ta “Shohnoma”, 36 ta tarixiy shaxslar va timsollar
tilga olingan”
1
.
“Azalda vaslingu hajring magar nasib o‘ldi
Ki, jon toparin Xizr oldi , jon berurni Masih”
2
(“Badoye’ ul- vasat”, 100- g‘azal)
Xizr xalq orasidagi mashhur siymolardan biri bo‘lib, odamlar orasida u haqida turlicha
rivoyatlar yuradi. Islom e'tiqodiga ko‘ra u toki qiyomatgacha odamlar orasida yashaydi . Xizr
Allohning do‘sti bo‘lgan. Shuning uchun Alloh unga toki hayot bor ekan yashash imkoniyatini
bergan . Odamlar orsida kim Xizrni ko‘rsa niyat qilib niyatining amalga oshishini so‘rasa, uning
duosi bilan niyati amalga oshadi degan gaplar ham mavjud . Yana bir rivoyatga ko‘ra bir kuni
Iskandar bilan Xizr xayot bulog‘ini izlab yo‘lga chiqibdi. Iskandar buloqni topolmabdi, Xizr esa
hayot bulog‘ini topib undan ichibdi. Alisher Navoiy ijodida Xizr obrazi munosib o‘ringa ega .
Yuqorida berilgan baytda Navoiy Jon toparin xizr oldi deya ta’kidalagani ham bejiz emas.
Demak baytda Xizrning boqiy hayot kechirishiga ishora mavjud.
Xizr haqidagi qarashlar bundan bir necha asr avval ham mavjud edi . Xizr haqida odamlar
orasida turlicha talqinlar bo‘lgan. Albatta, bu qarash va taxminlar Qur'oni Karim va uning tafsiri
asosida paydo bo‘lgan deb aytishimiz mumkin .Xizr va u haqidagi qarashlarda Kahf surasining
o‘rni beqiyosdir.
“Tarixi anbiyo va hukamo”da Navoiy Xizrni quyidagicha sifatlaydi:
“Va ba’zi debdurlarkim, Haq taolo Xizr (a.)ga ilmi ladunni nasib qildi...”
3
1
Давлатов О.Д. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий талқини.
Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Самарқанд: 2017. — 66-б.
2
Алишер Навоий. "бадоеь ул-васат" мукаммал асарлар тўплами. Фан нашриети.Тошкент-1988-й.98 -б
3
Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж 8: Тарихи анбиё ва ҳукамо. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
НМИУ, 2011. – Б. 557
68
Xizr “Saddi Iskandariy”da xaloskor payg`ambardan ko`ra, ilohiy ilmdan xabardor odam
sifatida ko`proq ko`zga tashlanadi. Xizrning solihlarga Haqqa vosil bo`lganlariga qadar
hamrohlik qilgani, ularni qo`llab-quvvatlagani tasavvuf tarixida ko`p uchraydigan hodisadir.
4
Alisher Navoiy ijodida birorta ham obraz shunchaki kiritilgan emas . Biz uchun
ahamiyatsiz ko‘ringan timsollar ham aslida bir biri bilan uzviy aloqador. Shuning uchun g‘azal
tahlil qilayotganda , faqat bir bayt bilan chegaralanmay , g‘azalning umumiy ruhini anglamoq
lozim. O‘shanda talmeh sifatida keltirilgan obrazning aynan qaysi tomondan tahlil qilish
kerakligi oydinlashadi. Navoiy g‘azallarida payg‘ambarlar va boshqa qur'oniy obrazlarni
qo‘llaganda, dunyoviy ma'nolar ifodalab turgan bo‘lsa ham u o‘zining diniy mohiyatidan
uzoqlashmaydi.
Yusuf ermas chu malohatda jamolingg‘a shabih,
Husnungga ani malih o‘lmag‘ay etsam tashbih.
(“Navodir ush-shabob”, 521- g‘azal)
“Yusuf payg‘ambar ham barcha payg‘ambarlar singari o‘zining g‘ayrioddiy go‘zalligi bilan
boshqa odamlardan ajralib turar, agar biron ayol Yusufga iltijo bilan murojaat qilsa, vasvasaga
tushib qolmasligi uchun yuzini berkitib gaplashgan”
5
.
“Muslimning hadislar to‘plamida Muhammad payg‘ambarning jannatga ko‘tarilishi
haqida Anas ibn Molikdan bir hadis bor va Yusuf payg‘ambarga go‘zallikning yarmi berilgani
aytiladi”
6
.
Abu Al-Qosim as-Suhayliyning yozishicha, “Yusufning jamoli Odam alayhissalomning
go‘zalligining yarmiga teng edi, chunki Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratib, unga eng komil
va eng go‘zal qiyofani berdi. Uning avlodlaridan hech biri go‘zallikda u bilan tenglasha olmaydi
va Yusufga uning go‘zalligining yarmi berildi”. Qur’onning taniqli islom tarjimoni, muhaddis,
faqih va tarixchi Ibn Kutayba me’roj haqidagi hadisni sharhlar ekan, “Alloh taolo go‘zallik
chegarasi uchun ma'lum bir go‘zallikni belgilab qo‘ydi va o‘zi xohlagan maxluqotlarga:
farishtalarga yoki huriylarga (shunday go‘zallik) berdi. Yusufga bu go‘zallikning yarmi berilgan
va u zohiran juda chiroyli edi”
7
Yuqoridagi baytda Navoiy Yusufning go‘zalligi bilan Payg‘ambarimiz husnlarini
taqqoslayapti. Shoir aytadiki, Yusuf malohatda senga teng emas. Uning go‘zalligini sening
go‘zalligingga teng, o‘xshash deb tashbeh qilib qilib bo‘lmaydi deydi.
Ushbu g‘azal vasf na’t hisoblanib Navoiy baytda Payg‘ambarimizning husnlarini qanday
go‘zal ekanini vasf etadi.
“Xazoyin ul- maoniy” devonidagi juda ko‘p g‘azallarda payg‘ambarlar obrazi uchraydi.
Bularning barchasi an’anaviy mavzu sifatida talqin etilsada, aslini olganda, bu g‘azallar zamirida
olamlarga rahmat qilib yuborilgan hazrati Payg‘ambar alayhissalomning hayot yo‘llari u
kishining ko’rgan-kechirganlari va u zotga yuborilgan mo‘jizalar hamda Navoiyning so‘ngsiz
muhabbati yoritilgan.
4
Давлатов О.Д. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий талқини.
Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Самарқанд: 2017. — 70-б.
5
Ибн Касир. Тафсир. Дар тайба. Т. 4. С. 386
6
„Что означает хадис о даровании пророку Йусуфу половины красоты?“. 2011-yil 28-noyabrda asl
nusxadan arxivlangan.
7
Ибн ал-Джаузи. Кашф ал-мушкил мин хадис ас-сахихайн / Под ред. ‘Али Хусайна ал-Бавваба. Эр-Рияд: Дар ал-
ватан. 1418/1997. Т. 1. С. 814
69
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov. Navoiyshunoslik 1-kitob . Tamaddun nashriyoti.
Toshkent- 2018. 40- bet
2.
Абдукодир хайитметов. "Новой лирикаси" тошкент-2015.
3.
Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик. Ж 8: Тарихи анбиё ва ҳукамо. –
Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2011
4.
Давлатов О.Д. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг
бадиий талқини. Фил. фан. фалс. докт. дисс. — Самарқанд: 2017.
5.
Алишер Навоий. "бадоеь ул-васат" мукаммал асарлар тўплами. Фан нашриети.
Тошкент-1988-й
6.
Ибн ал-Джаузи. Кашф ал-мушкил мин хадис ас-сахихайн