Авторы

  • Jamshidbek Teshaboyev
    Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi
  • Sardorbek Ismoilov
    Andijon davlat texnika instituti 4-bosqich “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.91938

Ключевые слова:

mas’uliyati cheklangan jamiyat moliyaviy hisobot balans foyda va zararlar hisobotlari pul oqimlari buxgalteriya hisobi moliyaviy natijalar.

Аннотация

Ushbu tezisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MMJ) tomonidan yuritiladigan moliyaviy hisoblar asosida shakllantiriladigan asosiy hisobot shakllari, ularning tuzilmasi, mazmuni va tuzish tartibi yoritiladi. Moliyaviy hisobot MMJ faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi asosiy vosita sifatida buxgalteriya hisobining yakuniy bosqichidir. Tezisda hisobot shakllarining qonunchilikdagi tartibi, ularni tuzishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek amaliy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganiladi.


background image

51

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARDA MOLIYAVIY HISOBOT

SHAKLLARI VA ULARNI TUZISH TARTIBI

Teshaboyev Jamshidbek Qudratillayevich

Andijon davlat texnika instituti

“Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi

Ismoilov Sardorbek

Andijon davlat texnika instituti 4-bosqich

“Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15489521

Annotatsiya:

Ushbu tezisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MMJ) tomonidan

yuritiladigan moliyaviy hisoblar asosida shakllantiriladigan asosiy hisobot shakllari, ularning
tuzilmasi, mazmuni va tuzish tartibi yoritiladi. Moliyaviy hisobot MMJ faoliyatining moliyaviy
natijalarini ifodalovchi asosiy vosita sifatida buxgalteriya hisobining yakuniy bosqichidir.
Tezisda hisobot shakllarining qonunchilikdagi tartibi, ularni tuzishda e’tibor berilishi lozim
bo‘lgan jihatlar, shuningdek amaliy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

mas’uliyati cheklangan jamiyat, moliyaviy hisobot, balans, foyda va zararlar

hisobotlari, pul oqimlari, buxgalteriya hisobi, moliyaviy natijalar.

Kirish

Bozor munosabatlari chuqurlashib borayotgan bir davrda xo‘jalik yurituvchi

subyektlarning moliyaviy holatini haqqoniy va aniq aks ettirish zarurati nafaqat davlat
moliyaviy nazorati, balki investorlar, kreditorlar, auditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar
uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari,
xususan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MMJ) faoliyatida moliyaviy axborotning ochiqligi
va ishonchliligi ularning iqtisodiy barqarorligi va tashqi moliyaviy resurslarga kirish
imkoniyatini belgilab beruvchi omillardan biridir. Shu sababli moliyaviy hisobotlarning
shakllari, ularni tuzish tartibi va mazmuniy sifati bugungi kunda iqtisodiy boshqaruv
amaliyotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan va huquqiy

maqomiga ko‘ra cheklangan javobgarlikka ega bo‘lgan yuridik shaxslar sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ular korxonaning asosiy faoliyat turi, mulkchilik shakli va xo‘jalik
yuritish hajmidan qat’i nazar, buxgalteriya hisobini yuritish va yil yakunida moliyaviy
hisobotlarni tuzish majburiyatiga egadirlar. Mazkur majburiyat “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi Qonun, Soliq kodeksi hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hisob va
hisobot shakllari to‘g‘risidagi nizomlar bilan huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Moliyaviy
hisobotlar, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan natijasi bo‘lib, jamiyatning
moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, pul oqimlari va kapital tuzilmasi haqida tizimli ma’lumot
beradi.

Xalqaro tajribadan ma’lumki, kichik biznes subyektlarining muvaffaqiyatli rivojlanishida

ularning moliyaviy hisobot yuritish madaniyati va axborot shaffofligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ham bu jarayonning faol ishtirokchisidir. Ular o‘z faoliyatlari
doirasida turli turdagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar va bu jarayonlarni hisobga
olish, jamlash va tahlil qilishda moliyaviy hisobotlar vositasidan foydalanadilar. Bunday
hisobotlar orasida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (balans), foyda va zararlar hisobotlari,
pul oqimlari hisobotlari va kapitaldagi o‘zgarishlar hisobotlari alohida o‘rin tutadi. Har bir


background image

52

hisobot shakli maxsus funksiyaga ega bo‘lib, subyektning iqtisodiy resurslari, moliyaviy
oqimlari va natijalarini har tomonlama yoritishga xizmat qiladi.

Amaliyotda ko‘plab MMJlar moliyaviy hisobot shakllarini to‘liq yuritmaydi yoki ularni

noto‘g‘ri tuzadi. Bunga, bir tomondan, buxgalter kadrlarning malaka darajasi, boshqa
tomondan esa hisob-kitoblarni avtomatlashtirish darajasining pastligi sabab bo‘lmoqda. Shu
sababli mazkur hisobot shakllarini tuzish tartibi, ularning tuzilmasi va tahliliy ahamiyatini ilmiy
asosda o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Ayniqsa, MMJlar uchun
soliq yukini to‘g‘ri aniqlash, kredit olish uchun moliyaviy salohiyatni ko‘rsatish yoki ichki
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hisobot shakllarining aniqligi muhim rol o‘ynaydi.

Shu jihatdan mazkur tezisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda moliyaviy hisobot

shakllari va ularni tuzish tartibi to‘g‘risidagi masalalar chuqur tahlil qilinadi, amaldagi normativ
hujjatlar asosida ilmiy izoh beriladi hamda MMJlar faoliyatida moliyaviy axborotni tuzish,
taqdim etish va tahlil qilish amaliyotining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Asosiy qism.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MMJ) iqtisodiyotning eng faol va moslashuvchan

bo‘g‘ini sifatida moliyaviy axborot tizimining ishonchli ishlashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi va, ayniqsa, moliyaviy hisobotlarni tuzish
amaliyoti qonuniylik, shaffoflik, soliqqa tortish bazasining aniqligi, tashqi va ichki
foydalanuvchilarga asosli moliyaviy ma’lumotlar yetkazib berish kabi bir qator omillar bilan
chambarchas bog‘liq. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobining yakuniy natijasi sifatida
subyektning moliyaviy holatini, foyda yoki zarar miqdorini, aktiv va majburiyatlar tuzilmasini,
pul oqimlarining manbalari va yo‘nalishlarini, shuningdek, mulkdorlarning kapitalidagi
o‘zgarishlarni aks ettiradi. MMJlar yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritganliklari sababli ularning
har yili tuzadigan moliyaviy hisobotlari qonunchilikda qat’iy belgilangan shakllarda va tartibda
tuzilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, MMJlar

moliyaviy hisobotning asosiy shakllarini yuritishlari va taqdim etishlari shart: bu shakllarga
moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (balans), foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, kapitaldagi
o‘zgarishlar hisoboti va pul oqimlari hisoboti kiradi. Shuningdek, ushbu shakllarni to‘ldirishda
izohlar, tushuntirishlar, buxgalteriya siyosati elementlari ko‘rsatilgan qo‘shimcha axborotlar
ham taqdim etiladi. Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (balans)da MMJning joriy va uzoq
muddatli aktivlari, majburiyatlari, shuningdek, ustav kapitali va boshqa rezidumlarining tarkibi
va holati umumlashtirilgan shaklda ifodalanadi. Bu hisobot subyektning moliyaviy barqarorligi,
qarzga bog‘liqlik darajasi va to‘lov qobiliyatini baholashda muhim rol o‘ynaydi.

Foyda va zararlar hisobotida jamiyatning asosiy va boshqa faoliyatidan olingan

daromadlar, bu daromadlar evaziga qilinadigan xarajatlar, soliqlar, boshqa moliyaviy harajatlar
aks ettiriladi. Hisobot yakunida korxonaning sof foydasi yoki zarar miqdori aniqlanadi. Bu esa
menejerlar, soliq organlari va investorlar uchun daromad olish qobiliyatini baholash imkonini
beradi. Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda esa MMJning ustav kapitali, zaxira
fondlari, taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar holatidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi.
Ushbu hisobot, ayniqsa, o‘z kapitali hisobiga o‘sishni rejalashtirayotgan MMJlar uchun muhim
moliyaviy tahlil vositasidir. Pul oqimlari hisobotida jamiyatning real pul harakati – operatsion,
investitsion va moliyaviy faoliyatdan tushgan va sarflangan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Bu


background image

53

hisobot moliyaviy resurslarning real holatini, ya’ni foyda emas, balki naqd pul harakatini aks
ettirgani sababli banklar, investorlar va audit tashkilotlari uchun eng muhim hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotlar tuzilganda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, xususan

haqqoniylik, ehtiyotkorlik, muvofiqlik, ma’lumotlarning aniq davrga taalluqliligi kabi
mezonlarga rioya qilinishi shart. Hisobotlar tuzishda hisob siyosatining tanlangan usullari,
xususan amortizatsiya usuli, zahiralarning baholash mezonlari, daromadlarni tan olish va
ularni davrlashtirish tartibi to‘g‘ri qo‘llanishi zarur. Aks holda, hisobotning informatsion
yaroqliligi kamayadi va tahliliy xulosa noto‘g‘ri chiqadi. Shuningdek, moliyaviy hisobot
shakllarining yagona axborot tizimiga asoslangan dasturiy vositalarda yuritilishi – masalan, “1C
Buxgalteriya” yoki boshqa integratsiyalashgan ERP tizimlari – ularni ancha aniq va tizimli
yuritishga imkon yaratadi. Hozirgi paytda MMJlar sonining ko‘pligi va ularning faoliyat turidagi
xilma-xillik hisobga olinsa, moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtirish va digitallashtirish
muqarrar zaruratdir.

Shuni ta’kidlash kerakki, moliyaviy hisobot shakllarini to‘g‘ri tuzish MMJlar faoliyatining

shaffofligini oshiradi, soliq organlari bilan munosabatlarda aniqlikni ta’minlaydi, auditorlik
tekshiruvlari samaradorligini oshiradi hamda boshqaruv qarorlarini asoslashda muhim manba
bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bank kreditlari olishda, investitsion loyihalar uchun
biznes-rejalarni tayyorlashda ham moliyaviy hisobotlar asosiy mezonlardan biri sifatida
ko‘riladi. Shu bois MMJlar moliyaviy hisobot tuzish masalasiga yuzaki yoki shakl uchun
yondashmasliklari, balki uni biznesni rivojlantirish vositasi sifatida baholashlari zarur.

Moliyaviy hisobotlarning shakllari xalqaro standartlar – xususan, MHXS (IFRS) asosida

ham moslashtirilishi lozim. Bu esa, ayniqsa, eksport-import bilan shug‘ullanuvchi yoki chet el
investorlarini jalb qiluvchi MMJlar uchun dolzarb hisoblanadi. Milliy qonunchilikda xalqaro
yondashuvlarga yaqinlashuv kuzatilmoqda, biroq amaliyotda hali buxgalterlarning
tayyorgarligi, hisob yuritish texnologiyalarining zamonaviyligi, ichki nazorat tizimlarining
yetarli emasligi sababli hisobotlarda kamchiliklar ko‘p uchraydi. MMJlarda buxgalteriya
hisobini yuritish ko‘pincha tashqi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar yoki kichik buxgalteriya
guruhlari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, bu esa hisobot tuzishda tizimlilik va aniqlikka salbiy
ta’sir etadi.

MMJlarda moliyaviy hisobot shakllarini to‘g‘ri va belgilangan tartibda yuritish, ularni

tuzishda qonunchilikdagi talablar, buxgalteriya tamoyillari va zamonaviy hisob
texnologiyalariga asoslanish zarur. Bu nafaqat qonuniylik va soliqqa tortish intizomini
ta’minlaydi, balki boshqaruv samaradorligini, moliyaviy intizomni va investitsiya salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi. Moliyaviy hisobotni faqat “hisob topshirish” majburiyati emas, balki
raqobatbardoshlik va biznes boshqaruv vositasi sifatida baholash MMJlar oldida turgan muhim
vazifadir.

Tahlil qismi.

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarining asosiy shakllaridan biri bo‘lgan

mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MMJ) uchun moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishi
ularning iqtisodiy faoliyatini huquqiy va moliyaviy jihatdan asoslash, soliq yukini aniqlash,
kredit resurslariga ega bo‘lish va investitsion ishonchni shakllantirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaldagi qonunchilik hujjatlari MMJlar uchun
moliyaviy hisobot shakllarini belgilab bergan bo‘lsa-da, ko‘plab subyektlarda hisobotlarning
yuritilishi yuzaki, shakl uchun yoki faqat soliq hisobotini topshirishga qaratilgan darajada


background image

54

qolmoqda. Hisobot shakllarining chuqur iqtisodiy mazmuni, ularda aks ettirilgan ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi ichki mantiqiy bog‘liqlik va buxgalteriya siyosatining to‘g‘ri tanlanishi esa ko‘plab
holatlarda yetarlicha e’tibordan chetda qolmoqda.

Ayniqsa, MMJlarda balans hisobotining tuzilishida eng ko‘p uchraydigan muammolardan

biri bu aktiv va majburiyatlarning noto‘g‘ri tasniflanishidir. Ko‘plab jamiyatlarda joriy aktivlar
tarkibida uzoq muddatli debitorlik qarzlari aks ettiriladi yoki aktivlarning eskirganligi hisobga
olinmasdan boshlang‘ich qiymat asosida yillab saqlanib kelinadi. Bu holat jamiyatning
moliyaviy holatini soxtalashtiradi va qarzga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini noto‘g‘ri
shakllantiradi. Pul mablag‘lari va naqd pul ekvivalentlari ham ko‘plab hollarda bankdagi
hisobvaraqlar va kassadagi pul bilan chalkashadi, ularning o‘rtasidagi farqlar esa e’tiborga
olinmaydi. Aynan shu sababli balansdagi joriy likvidlik ko‘rsatkichlari haqiqatdan yiroq bo‘lib
chiqadi.

Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlarda esa daromad va xarajatlar o‘rtasida to‘g‘ri

davrlashtirish tamoyiliga rioya qilinmasligi keng tarqalgan. Aksariyat MMJlar o‘z faoliyatida
tushum tushgan kundan qat’i nazar, faqat pul asosida daromadni tan oladi, bu esa hisobga
olishning hisoblash usuli tamoyiliga ziddir. Shu bilan birga, xarajatlar ham ko‘pincha faqat
to‘lov amalga oshirilgan paytda aks ettiriladi, natijada sof moliyaviy natija noto‘g‘ri aniqlanadi.
Bu nafaqat rentabellik ko‘rsatkichlariga, balki soliqqa tortish bazasiga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Xizmatlar yoki mahsulotlar hali yetkazilmagan bo‘lsa ham, ular uchun to‘langan
avanslar daromad sifatida aks ettiriladi, bu esa iqtisodiy mohiyatdan chetga chiqish holatidir.

Pul oqimlari hisobotiga kelganda esa amaliyotda eng murakkab va e’tiborsiz

qoldiriladigan hisobot shakli aynan shu bo‘lib qolmoqda. Bu hujjatda operatsion, investitsion
va moliyaviy faoliyatdan tushum va chiqimlar aniq ajratilishi kerak bo‘lsa-da, ko‘plab MMJlarda
bu uch toifa pul harakatlari bitta ustunda, tasnifsiz ko‘rsatiladi yoki butunlay bo‘sh qoldiriladi.
Bu esa nafaqat hisobotni ishonchsiz qiladi, balki banklar va auditorlar uchun moliyaviy oqimlar
tahlilini imkonsiz holga keltiradi. Pul oqimlari va foyda o‘rtasidagi tafovutlar tahlil qilinmaydi,
bu esa naqd puldagi defitsit va moliyaviy barqarorlikni noto‘g‘ri baholashga olib keladi.

Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot ham e’tibordan chetda qoladigan

shakllardan biri sanaladi. Ko‘pgina holatlarda jamiyat ta’sischilari o‘z mablag‘larini ustav
kapitaliga qo‘shgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilmaydi
yoki umuman qayd qilinmaydi. Dividendlar to‘lanishi yoki reinvestitsiya qilingan foyda
mablag‘lari tasniflanmaydi. Bu holat jamiyatning kapital barqarorligini va o‘z mablag‘lariga
asoslangan rivojlanish darajasini aniqlashga to‘sqinlik qiladi.

Hisobotlar tuzish jarayonida yana bir muhim jihat — buxgalteriya siyosatining noto‘g‘ri

yoki umumiy shaklda tanlanishidir. Ko‘pgina MMJlarda buxgalteriya siyosati shunchaki
shakllantirilgan hujjat ko‘rinishida qoladi, amalda esa ularning tanlagan amortizatsiya usullari,
zaxira shakllantirish tartiblari, daromadlarni tan olish mezonlari bilan uyg‘un emas. Bu esa
soliq tekshiruvlari yoki auditlar vaqtida ko‘plab tafovutlar va nizolarni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, moliyaviy hisobotlarda foydalaniladigan tushuntirish xatlari va izohli
qo‘shimchalar ham yetarlicha asoslangan, tahliliy va statistik axborotlar bilan boyitilmagan.
Hisobotlar ko‘pincha formallashgan raqamlar to‘plamiga aylangan.

Moliyaviy hisobot tuzishda zamonaviy axborot texnologiyalarining yetarlicha joriy

qilinmasligi ham tahlil etilgan muammolardan biridir. MMJlarning katta qismi “1C” kabi
dasturiy mahsulotlardan foydalanmaydi yoki ularni noto‘g‘ri sozlagan. Bu esa avtomatik


background image

55

ravishda xatoliklar xavfini oshiradi, hisobni takroriy tuzatishlarga majbur qiladi va hisobot
topshirish muddatlarini kechiktiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, MMJlarning atigi 30–40 foizi
moliyaviy hisobotni elektron tarzda to‘g‘ri yuritadi, qolganlarida esa qo‘lda yuritiladigan yoki
yarim avtomatlashgan tizimlar ustuvorlik qiladi.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda moliyaviy

hisobotlarni to‘g‘ri tuzish, ularni iqtisodiy mazmunga ega qilgan holda yuritish, soliqqa tortish
va audit talablariga mos holda rasmiylashtirish — korxonaning iqtisodiy barqarorligi,
shaffofligi, hisobdorligi va moliyaviy salohiyatini aniq ifodalovchi vositaga aylanishi zarur.
Buning uchun moliyaviy hisobot madaniyatini rivojlantirish, buxgalterlar malakasini oshirish,
axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, amaldagi hisobot shakllarini xalqaro standartlarga
yaqinlashtirish asosiy yo‘nalish sifatida qaralishi lozim. Aks holda, moliyaviy hisobot shakllari
yuridik majburiyatdan ortiq funksiyani bajara olmaydi, bu esa bozorda ishonchlilik va
raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi

Xulosa

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan yuritiladigan moliyaviy hisobotlar nafaqat

davlat organlari uchun hisobot vositasi, balki xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati
va faoliyat natijalarini ifodalovchi asosiy axborot manbaidir. Hisobot shakllarining to‘g‘ri
tuzilishi, ularning to‘liqligi va ishonchliligi jamiyatga nisbatan ishonch darajasini oshiradi,
investitsiya va kredit jalb qilishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, MMJlar
moliyaviy hisobotlarini belgilangan tartibda, huquqiy asosda va buxgalteriya tamoyillariga
qat’iy rioya qilgan holda yuritishi zarur. Hisobot tuzish amaliyotida elektron axborot
tizimlaridan foydalanishni kengaytirish, buxgalterlar malakasini oshirish va ichki nazorat
mexanizmlarini kuchaytirish dolzarb vazifa sifatida qaralishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2016 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – 2023 y. tahriri.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 24-fevraldagi 21-son buyrug‘i

bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”.
4.

Nurmatov A.N. – “Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2022.

5.

www.mf.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

6.

MMJlar bo‘yicha yillik hisobot namunaviy shakllari (2023).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2016 y.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – 2023 y. tahriri.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 24-fevraldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”.

Nurmatov A.N. – “Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2022.

www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

MMJlar bo‘yicha yillik hisobot namunaviy shakllari (2023).