32
TEXNIKUMLARDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
MEXANIZMLARI
Nodirov Jaxongir Muxamadjanovich
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
Shodmanov Qodirjon Odilxanovich
Namangan davlat universiteti dotsenti, p.f.n.
E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15486703
Annotatsiya:
Texnikumlarda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari,
maqsad va vazifalar, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish usullarini tanlash, baholash
tizimlarini joriy etish, resurslarni taqsimlash, ta’lim dasturlarini monitoring qilish va
natijalarni tahlil qilish kabi masalalar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, ta’lim mexanizmlari, ta’lim mexanizmlarining asosiy maqsadi,
ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari, maqsad va vazifalarni belgilash, o‘quv rejalari va
dasturlarini ishlab chiqilishi, malaka oshirish, boshqaruv tizimi va struktura, amaliyot va
ishlab chiqarish bilan integratsiya, monitoring va baholash, axborot texnologiyalari va
innovatsiyalarni qo‘llash, ta’lim muhitini yaratish, samarali resurslar boshqaruvi.
МЕХАНИЗМЫ ОРГАНИЗАЦИИ И УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ
ПРОЦЕССОМ В ТЕХНИКУМАХ
Нодиров Жахонгир Мухамаджанович
Докторант Наманганского государственного университета
https://orcid.org/0009-0003-1329-2313
Шодманов Кодиржон Одилханович
К.п.н, доцент Наманганского государственного университета
E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com
УДК 377.1.377.5
Аннотация.
Механизмы организации и управления учебным процессом в
техникумах, цели и задачи, разработка учебных программ, выбор методов обучения,
внедрение систем оценки, распределение ресурсов, мониторинг образовательных
программ и анализ результатов.
Ключевые слова:
Образование, образовательные механизмы, основное
назначение образовательных механизмов, компоненты образовательного процесса,
постановка целей и задач, разработка учебных планов и программ, повышение
квалификации, система и структура управления, интеграция с практикой и
производством, мониторинг и оценка, применение информационных технологий и
инноваций, создание образовательной среды, эффективное управление ресурсами.
MECHANISMS OF ORGANIZING AND MANAGING THE EDUCATIONAL
PROCESS IN TECHNICAL SCHOOLS
Nodirov Jaxongir Muxamadjanovich
Doctoral student at Namangan State University
33
https://orcid.org/0009-0003-1329-2313
Shodmanov Qodirjon Odilxanovich
Associate Professor at Namangan State University
E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com
UDC 377.1.377.5
Annotation:
Mechanisms for organizing and managing the educational process in
technical schools, goals and objectives, development of curricula, selection of teaching
methods, implementation of assessment systems, resource allocation, monitoring of
educational programs and analysis of results.
Key words:
Education, educational mechanisms, main purpose of educational
mechanisms, components of the educational process, setting goals and objectives,
development of curricula and programs, advanced training, management system and
structure, integration with practice and production, monitoring and evaluation, use of
information technology and innovation, creation of an educational environment, effective
resource management.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar
ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish juda
muhim masalalardan biri bo'lib, har bir ta’lim tashkiloti uchun zaruriyatga aylangan.
Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o‘rganish va ularning ijobiy tajribalarini milliy
mentalitetimizga mos ravishda o‘zlashtirishga katta e’tibor berilmoqda [1].
Shu nuqtai nazardan, ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va
boshqarish
mexanizmlarini
takomillashtirish,
professional
ta’lim
tashkilotlarida
samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’lim jarayonini o‘rganish, uning asosiy
tamoyillarini va metodlarini tanlash, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, hududiy va
milliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarning yuqori
bilim va malakaga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada texnikumlarda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish
mexanizmlari sifatida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish, o‘qitish usullarini tanlash, baholash tizimlarini joriy etish, resurslarni taqsimlash,
ta’lim dasturlarini monitoring qilish va natijalarni tahlil qilish kabilar o‘z ifodasini topgan.
Adabiyotlar tahlili
O‘zbekistonda bir qator olimlar R.X.Djo‘rayev, R.Sh.Axlidinov, Sh.E.Qurbonov,
E.Seythalilov, M.Mirqosimov, U.I.Inoyatov, X.F.Rashidov, S.T.Turg’unov, M.T.Mirsoliyeva,
K.Yu.Fozilov, Q.O.Shodmanov, N.S.Mamadov, N.Q.Ahmedova, D.M.Xakimova, D.T.Akmalova,
J.Kazimov va boshqalar ta’lim muassasalarini boshqarish, ta’lim va tarbiya jarayonlarini
tashkil etish va boshqarish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borganlar. Ta’lim
jarayonlari
samaradorligini
ta’minlashning
ayrim
yo‘nalishlarida
N.A.Muslimov,
G.N.Ibragimova, Sh.S.Shodmanova, G.M.Nazirova, D.I.Ro’ziyeva, Ya.U.Ismadiyarov kabilarning
ilmiy ishlarini keltirish mumkin.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan T.M.Davidenko,
V.S.Lazarev,
M.M.Potashnik,
V.P.Simonov,
P.I.Tretyakov,
E.G.Yudin,
A.G.Sokolov,
34
M.A.Goncharov, G.G.Gabdullin, V.V.Afanasev, L.A.Shipilina, T.N.Patraxinalarning ilmiy tadqiqot
ishlarida tizimli yondashuv asosidagi boshqaruvning nazariy asoslari va boshqaruv
muammolarini hal etishda takomillashtirilgan yondashuvlar kabi masalalari ilmiy asoslangan.
Xorijiy davlatlar olimlaridan Ben A.Maguad, Krone Robert M.Mercer Justine, Barker
Bernard, Bird Richard, N.L.Zimpher kabilar ta’lim tizimini boshqarishning nazariy asoslarini
o‘z tadqiqotlarida yoritib o‘tganlar [5].
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar yo‘nalishlari va ularning natijalariga ko‘ra aytish
mumkinki, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va
boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishidagi muammolar mazkur yo‘nalishda
ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Maqolada texnikumlarda ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish
mexanizmlari masalasi muhokama qilinadi. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun
o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish usullarini tanlash, baholash tizimlarini joriy etish,
resurslarni taqsimlash, ta’lim dasturlarini monitoring qilish va natijalar kabilar tahlil qilindi.
Ta’lim jarayonini ilmiy asoslarda tashkil etish va boshqarish mexanizmlari o‘rganildi.
Tahlillar va natijalar
Professional ta’lim muasssalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda
o‘quvchilarni ko‘proq erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilarning sub’yektivligini
oshirish hisobiga, sub’yekt-ob’yekt munosabatlaridan sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga
o‘tish, ya’ni mazkur jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish,
shuningdek, ularning mustaqil ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan
ma’lumotlarini o‘rganish asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng
yangi va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirishda
axborotlar almashinuviga alohida e’tibor qaratish zarur [4].
Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlami takomillashtirish vositalari bir tomondan
ta'lim vositalari (o'quv, dasturiy, informatsion, didaktik, tajribaviy-tashxis va h.k.) majmui
hisoblansa, ikkinchi tomondan, u ta'lim-tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi texnologik
mexanizm hisoblanadi [2].
Texnikumlarda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish birmuncha murakkab
jarayon bo‘lib, pedagogik jarayon tarkibida amalga oshiriladi.
Texnikumlarda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari haqida fikr
yuritishdan oldin ta’lim va ta’lim mexanizmlari tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, ta’lim-tajribalar
almashinish jarayoni bo‘lib, rejali ravishda amalga oshiriladigan “O‘qituvchi-o‘quvchi”
muloqoti, uning natijasida tarbiya va rivojlanish amalga oshadi. Ma’lumot olish tizimida ta’lim
va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi, ya’ni ularning o‘zaro birligi asosiy rol o‘ynaydi
[3].
Ta’lim mexanizmlari – bu ta’lim tizimining samarali ishlashini ta’minlovchi, o‘quv
jarayonlarini boshqarish va tashkil etish uchun mo‘ljallangan tizimli vositalar, metodlar,
qoidalar va usullarning yig‘indisidir. Ular ta’limning maqsadlariga erishish uchun zarur
bo‘lgan barcha tashkiliy va pedagogik jarayonlarni tartibga soladi. Ta’lim mexanizmlari o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish usullarini tanlash, baholash tizimlarini joriy etish,
resurslarni taqsimlash, ta’lim dasturlarini monitoring qilish va natijalarni tahlil qilishni o‘z
ichiga oladi.
35
Ta’lim mexanizmlarining asosiy maqsadi – ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish,
o‘quvchilarga sifatli bilim va ko‘nikmalarni berish, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va
ta’lim tizimining umumiy rivojlanishini ta’minlashdir. Bu mexanizmlar o‘zaro bog'liq bo‘lib,
ularning muvaffaqiyatli ishlashi ta’lim jarayonining sifatli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Texnikumlarda ta’lim jarayonini texnologik qism va mazmuniy qismga ajratib olish
mumkin.
Texnologik qism quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Metodlar – Ta’lim jarayoni davomida oldingi avlod tajribasini yoshlarga singdirish
usullari majmui;
Vositalar – Ta’lim jarayonining moddiy texnika va o‘quv dasturiy ta’minoti;
Shakllar – Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari;
Mazmuniy qism quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Prinsiplar – Ta’lim jarayoni asosini tashkil etuvchi dastlabki qoidalar, qonuniyatlar va
tamoyillar;
Maqsadlar – Ta’lim jarayonining oldindan ko‘zlangan natijasi;
Mazmun – Oldingi avlod tajribasini yoshlarga berilayotgan qismi.
Texnikumlarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish uchun quyidagi
mexanizmlar muhimdir. Ular quyidagi rasmda o‘z ifodasini topgan.
Texnikumlarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish
mexanizmlari
1.
Ta’lim jarayonining maqsad va vazifalarini aniq belgilash
: Texnikumda ta’limning
asosiy maqsadlari aniq bo‘lishi zarur. Bu maqsadlar texnikum o‘quvchilarining o‘z sohasi
bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, bu
maqsadlar o‘quvchilarning ijtimoiy va axloqiy tarbiyasini ham o‘z ichiga oladi.
2.
Ta’lim jarayoni uchun o‘quv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishi
: Ta’lim
jarayonining samarali tashkil etilishi uchun davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga
asosan ishlab chiqilgan aniq o‘quv rejalari va dasturlari zarur. Ushbu xujjatlarda o‘quv fanlari,
darslar, amaliy mashg‘ulotlar va kurslar, ularning mazmuni va amalga oshirish shakllari
ko‘rsatilgan bo'lib, ular o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga yordam berishi lozim.
3.
O‘qituvchilarning pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmentiga oid malakasini
oshirish
: Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchilarning professional
malakasi juda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun texnikum rahbar-hodimlari va
o‘qituvchilarini rejali ravishda belgilangan muddatlarda malaka oshirishlarini ta’minlash
zarur. Texnikumda o‘qituvchilarni muntazam ravishda pedagogik, psixologik va ta’lim
menejmentiga oid malakasini oshirish o‘quv kurslari, seminarlar va treninglar orqali
tayyorlash kerak. Bu ularning pedagogik ko‘nikmalarini oshirib, samarali o‘qitish imkoniyatini
yaratadi.
4.
Texnikumda boshqaruv tizimi va struktura
: Texnikumda samarali boshqaruv tizimi
bo’lishi kerak. Bu tizim o‘quv jarayonining har bir bosqichini boshqarish va nazorat qilishga
yordam beradi. Rahbarlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida samarali
kommunikatsiya va hamkorlik o‘rnatilishi zarur.
5.
Texnikumni boshqarishda HR menejmentni joriy qilish.
HR menejmenti (Inson
resurslari menejmenti) — tashkilotlarning eng muhim resursi bo'lgan insonlarni samarali
boshqarish, rivojlantirish va motivatsiya qilish jarayonidir. HR menejmenti kadrlar siyosatini
36
ishlab chiqish, o‘qituvchi va xodimlarning malakasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash
va tashkilotning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tashkilotlar uchun HR menejmentining asosiy vazifasi o'z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun kerakli xodimlarni jalb qilish, ularning malakasini oshirish, va ish faoliyatini
optimallashtirishdir. HR menejmenti tashkilotdagi ishchi jamoasining ruhiyatini oshiradi,
ularning motivatsiyasini va ishlash samaradorligini yaxshilaydi. Buning uchun yetarli
darajada ta'lim, trening va karyera rivojlanish imkoniyatlari taqdim etiladi. Shuningdek,
mehnat qonunchiligi va etika talablariga rioya qilish, adolatli va shaffof ish haqi tizimini joriy
etish, hamda xodimlar bilan doimiy aloqada bo'lish muhim omillar hisoblanadi. Yaxshi tashkil
etilgan HR menejmenti orqali tashkilotlar o'zlarining uzoq muddatli strategik maqsadlariga
erishishlari mumkin.
Rasm. Texnikumlarda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish
mexanizmlari
6.
Ta’lim jarayonida amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash
:
Ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi uchun texnikumlar ishlab chiqarish sektori bilan
bevosita aloqada bo‘lishi kerak. Bu o‘quvchilarga amaliy tajriba va ko‘nikmalarni ishlab
chiqarish jarayonlarida qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasidagi
yangi texnologiyalar va metodologiyalarni o‘quv dasturlariga kiritish kerak.
Texnikumlarda
ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish
va boshqarish
mexanizmlari
Ta’lim jarayonining
maqsad va vazifalarini
aniq belgilash
Ta’lim jarayoni uchun
o‘quv rejalari va
dasturlarining ishlab
chiqilishi
O‘qituvchilarning
pedagogika,
psixologiya va ta’lim
menejmentiga oid
malakasini oshirish
Texnikumd
a
boshqaruv
tizimi va
struktura
Ta’lim jarayonida
samarali resurslar
boshqaruvini yo‘lga
qo‘yish
Texnikumni
boshqarishda
HR
menejmentni
joriy qilish
Ta’lim jarayonida
amaliyot va ishlab
chiqarish bilan
integratsiyani
ta’minlash
Texnikumda ta’lim
sifatini monitoring va
baholash
Ta’lim jarayoniga
axborot texnologiyalari
va innovatsiyalarni
qo‘llash
Texnikumda ta’lim
muhitini yaratish
37
7.
Texnikumda ta’lim sifatini monitoring va baholash
: Ta’lim jarayonining
samaradorligini baholash uchun muntazam ravishda monitoring o‘tkazilishi kerak. Bu
o‘quvchilarning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari va o‘qituvchilarning ishlash
samaradorligini aniqlashga yordam beradi. O‘quvchilarning imtihon natijalari, kurs ishlari,
laboratoriya mashg‘ulotlari orqali baholash tizimi joriy qilinishi lozim.
8.
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni qo‘llash
: Zamonaviy
axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash o‘qitishning
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Onlayn darslar, elektron resurslar va masofaviy
ta’lim texnikumlarda ta’limni kengaytirish va yengillashtirishga xizmat qiladi.
9.
Texnikumda ta’lim muhitini yaratish
: O‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning
ijodkorligini oshirish va o‘quv jarayonida motivatsiyani saqlash uchun qulay ta’lim muhitini
yaratish zarur. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy va psixologik holatini inobatga olish
ham muhim.
10.
Ta’lim jarayonida samarali resurslar boshqaruvini yo‘lga qo‘yish
: O‘qitish jarayoni
uchun zarur bo‘lgan barcha resurslarni (o‘quv materiallari, texnik jihozlar, ilmiy va amaliy
laboratoriyalar) samarali boshqarish muhimdir. Ushbu resurslar ta’lim jarayonining sifatli
o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu mexanizmlar texnikumlarda ta'lim jarayonini yuqori darajada tashkil etish va
boshqarishga handa o‘quvchilarning malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, texnikumlarda talim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va
boshqarish uchun belgilangan mexanizmlar ta’lim sifatini oshirishda va o‘quvchilarning
professionallik darajasini yuqori darajaga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quv dasturlarini
aniq ishlab chiqish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, boshqarish jarayonida HR
menejmentni joriy qilish,
amaliyot va ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash,
ta’limning sifatini monitoring qilish, baholash va innovatsion texnologiyalarni qo’llash, ta’lim
muhitini yaratish hamda resurslarni samarali boshqarish – bularning barchasi ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu mexanizmlar o‘zaro bog‘langan
tizim sifatida texnikumlarda ta‘limni sifatli va raqobatbardosh tarzda tashkil etishga imkon
yaratadi, shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga yo‘naltirishga
xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 637-son Qonuni. 2020 yil 23
sentyabr.
2.
Turg’unov S.T., Maqsudova L.A, Tojiboyeva H.M, Nazirova G.M, Umaraliyeva M.A.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari. Qo‘llanma. “Voris-
Nashriyot” nashriyoti, 2012 y.
3.
Turg’unov, S.T., Maqsudova, L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan.–2009 y.
4.
Ismoilov, N., & Shodmanov, Q.O. (2022). Professional ta’lim muassasalarida tashkil
etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.
38
5.
Akmalova D.T. “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va
boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish” pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertasiyasi avtoreferati. Namangan, 2022 y.