135
O‘ZBEK XALQ SHEVALARI FONETIKASINING O‘RGANILISHI
Raxmonova Dilzoda
FarDU magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15534638
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek shevalarining tilshunoslikdagi tadqiqi masalalari, shevalarning
tasnif qilinishi va fonetik xususiyatlari yoritilgan.
Аннотация.
В статье рассматриваются вопросы изучения узбекских диалектов в языкознании,
классификации диалектов, их фонетической характеристики.
Annotation.
This article discusses the issues of the study of Uzbek dialects in linguistics, the
classification of dialects, and their phonetic characteristics.
Kalit so‘zlar:
sheva, dialekt, lingvistik geografiya, izopfonema, izomorfema, izoglassa,
areologiya, leksika, grammatika, fonetika, vokalizm.
Ключевые слова:
диалект, говор, лингвистическая география, изофонема,
изоморфема, изоглосса, ареология, лексика, грамматика, фонетика, вокализм.
Key words:
dialect, dialect, linguistic geography, isopphoneme, isomorpheme, isoglossa,
areology, lexicon, grammar, phonetics, vocalism.
Kirish.
Hozirgi kunda tilshunoslikning amaliy tomoni bo‘lmish dialektologiya, lingvistik
geografiya sohalari nazardan chetda qolmoqda. O‘zbek shevalari xususiyatlarini lingvistik
geografiya sohasidagi nazariy jihatlariga tayanib, tarixiy-qiyosiy, etnolingvistik jihatdan
o‘rganish ilmiy jarayonlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi lozim. Va bu
sohaning oddiy, mukammal bo‘lmagan, ko‘pincha mavhum bo‘lgan qarashlardan chekinib,
umga amaliy, yangicha fikrlar asosida, mental nuqtayi nazardan o‘rganish lozim bo‘lib
qolmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
Jahon areologiya sohasi vakillari o‘z ilmiy qarashlarida millat tilini dialektologik manba
– materiallarni lingvistik geografiya, areal lingvistika tamoyillari asosida bir butun, yaxlit –
umumiy tarzda o‘rganish ko‘proq samara berishini isbotladilar. Ularning ilmiy qarashlari,
asarlari u yoki bu til hodisasining hududiy tarqalishini ko‘rsatuvchi lingvistik xaritaga
tushirilgan belgilar – izoglassa (izofonema – fonetik belgi, izomorfema – morfologik belgi,
izoglassa – leksik belgi) tushunchasining mohiyatini ochib berdi.
1
Turkologiyada shevalarni o‘rganish Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari
bilan boshlangan. “Devonu lugʻati-t turk” asari turkiy tilshunoslikning bizga ma‟lum boʻlgan
ilk, yirik, shuning bilan birga, tengi yoʻq ulugʻyodgorligidir... Lugʻatga asos qilib yozma-adabiy
tilde qoʻllanuvchi soʻzlar olingan. Ikkinchi turli turkiy shevalar boʻlib, dialektal leksika ana shu
lugʻat qatlami tevaragida, unga chogʻishtirib boriladi. Shunga koʻra asar eski turkiy yozma-
adabiy tilinigina emas, eski turkiy dialektlarni oʻrganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi”
2
.
1
Darvishov Ibrohim. Namangan shevalarida unlilar bilan bog‘liq fonetik qonuniyatlar. Namangan, Oltin bitiglar —
Golden scripts, 2020/2ISSN 2181-9238, 49-68.
2
Содиқов Қ. Девону луғати турк. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матба ижодий уйи.Т.:2017.–488 б
136
XX asrning 50-60-yillarida esa turkiyshunoslar areal lingvistikaga, lingvistik xaritalar
tuzish muammolariga e’tibor bera boshladilar. Bu muammoga bag‘ishlangan A.Shermatov,
N.A.Baskakov,
M.M.Sheraliyev,
N.B.Burganov,
N.Z.Gadjiyeva,
E.V.Sevortyan,
Sh.Shoabdurahmonov, singari olimlarning asarlari maydonga keldi.
O‘zbek xalqi o‘z taraqqiyot davrida murakkab va turli bosqichlarni boshdan kechirdi.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibi, undagi fonetik, grammatik o‘zgarishlar uzoq davrning mahsuli
bo‘lib, tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan qator xususiyatlarga ega. O‘zbek shevalari boshqa turkiy
xalqlar shevalaridan o‘zining boyligi, serqirraligi bilan ajralib turadi va joylashuv hududiga
ko‘ra rang-barang xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi. Ularni qiyosiy-tarixiy jihatdan
o‘rganish tilshunoslarga til hodisa, qonuniyatlarining tarixiy o‘zgarish jarayonlari, o‘zbek
tilining shakllanish bosqichlari, adabiy til bilan qiyosi va uning takomili kabi masalalarni
chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
O‘zbek tilining dialektal o‘ziga xosligida qadimgi urug‘ va qabilalaming turli territoriyada
alohida-alohida mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi,
territorial mustaqilligi, kasb-kori, etnografik xususiyatlari ularning tilida aks etmay qolmas
edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada yashovchi
o‘zbeklar tilidan ko‘pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan, bu esa shevaning o‘ziga
xosligini keltirib chiqargan. Sheva va dialekt xususiyatlarining tobora qat’iylashishiga aholi
punktlarining bir-biridan uzoq joylashishi muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa bir til ichida turli
shevalaming shakllanishiga olib kelgan
3
.
Natijalar va muhokama
Tilshunos olim Abdulhamid Nurmonov “O‘zbek dialektologiyasining shakllanishi va
rivojlanishi” nomli maqolasida adabiy til va sheva masalalarini quyidagicha izohlab, adabiy til
namunalarini boshqa tillardan axtarmay, o‘z tilimizda xalq og‘zaki ijodi namunalarini,
ertaklar, maqollarni yig‘ib, ularni tekshirish lozimligini ta’kidlaydi.
O‘zbek mahalliy shevalarini o‘rganishda «Chig‘atoy gurungi» olg‘a surgan g‘oya katta
xizmat qildi. Bunga ko‘ra «tilimizning adabiyligi arabiyligida emas, o‘zidadir, shuni
tirguzmak», «tilimiz qoidalarini tatarcha yoxud usmonlicha emas, tilimizning o‘zidan olmoq»
kerak edi. Shuning uchun «xalq og‘zida yurgan so‘zlarni, xalq adabiyoti bo‘lg‘on ertaklar,
maqollar yig‘ib tekshirmak lozim», degan qarorga keladi. Natijada jonli xalqtilining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganishga bel bog‘lanadi.
4
Tilshunoslikda eng o‘zgaruvchan soha leksika bo‘lsa, undan keyingi o‘rinda fonetika
turadi. Sababi, ma’lum bir davr bosqichidagi hodisalar, tilga boshqa tillarning ta’siri, tillar
chatishuvi kabi jarayonlar, avvalo, tilning leksikasiga va fonetikasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Tilga kirib kelgan har qanday o‘zgarish so‘zlarda va tovushlarda o‘z aksini topadi.
Shu o‘rinda o‘zbek tilshunosi M.M.Mirtojiyevning fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi:
“Mа’lum tоvush yoki tоvushlаr kоmplеksidа mа’nо yoki mаqsаdning ifоdа tоpishi lug‘аviy
birlik, lug‘аt, lеksikа hisоblаnаdi. Shu lеksikаning mа’lum grаmmаtik qоnuniyatlаr аsоsidа
kоmmunikаtsiyagа kirishuvi nutq, ya’ni tildir. Bu o‘rindа tilning uch bоsqichdаgi tаrkibiy
qismi hаqidа gаp bоrаdi: tilning mаtеriаl mаnbаi – tоvushlаr; shu mаtеriаl mаnbаini o‘z
vоsitаsidа tаshishi – lеksikа, lug‘аt; o‘sha lеksikаning kishilаr mulоqаtgа kirishuvi uchun
3
Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2016, 7-bet.
4
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Тошкент: Ўзбекистон, 2002, 210-бет.
137
o‘zаrо kоmmunikаtiv аlоqаdа bo‘lish qоnuniyati – grammatika… Tovush tilni namoyon
etuvchi materialdir.”
5
O‘zbek dialektologiyasida fonetikani o‘rganishning o‘ziga xos an’analari, usullari mavjud
bo‘lib, bu an’analarni E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, G‘.O.Yunusov, V.V.Reshetov kabi olimlar
boshlab bergan bo‘lsa, X.Donyorov, A.Ishayev, S.Tulyakov, A.Ishayev, A.Aliyev, Sh.Nosirov,
F.Abdullayev, S.Ibrohimov, I.Darvishov, N.Rajabov va boshqa olimlar bu ishlarni davom ettirib,
o‘zbek tili fonetikasini turli tomondan, areal jihatdan tahlil qildilar.
Jumladan, Xorazm shevalarini tadqiq etgan tilshunos F.Abdullayev turkiy tillarning
tasnifida ham¸ aniq bir tilning shevalarini tasnif qilishda ham yolg‘iz leksik materialga
asoslanish kutilgan natijani bermasligini¸ faqat tilning boshqa yaruslari (fonetika¸
morfologiya¸ sintaksis) bo’yicha to’plangan materiallar bilan birgalikdagina ilmiy jihatdan
ishonarli biror xulosaga kelish mumkin bo’lishini aytib o‘tadi. Olim bu fikrni turkiy tillar
bo’yicha A.N.Baskakov tasnifiga e’tiroz bildirib aytadi. Ma’lumki¸ A.N.Baskakov turkiy tillarni¸
asosan¸ leksik xususiyatlarini hisobga olib tasnif etgan.
Yana bir tilshunos olim N.Rajabov esa shevalarning fonetik xususiyatlari haqida fikr
yuritar ekan, tilshunoslikning hamma bo‘limlarini bir-biriga bog‘lab o‘rganilgandagina
ularning taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri tushunish mumkinligini, morfologiyadagi egalik
kategoriyalari, ularning turlanish, so‘z yasash, leksikada esa so‘zlarning ma’nolarini o‘rganish,
so‘zlarning turli-tuman shakllarini aniqlash kabi masalalarini fonetik qonunlarini hisobga
olmasdan turib tasavvur etish qiyinligini va bu hol, ayniqsa, shevalar uchun muhimligini
ta’kidlaydi.
6
V.V.Reshetov
va
Sh.Shoabdurahmonovlar
tomonidan
chiqarilgan
“O‘zbek
dialektologiyasi” darsligida ham o‘zbek xalq shevalari vokalizmi haqida fikr yuritilib, uni
tovush sostavi va fonetik xususiyatlariga ko‘ra ikki katta gurpaga: j-lovchi va o-lovchi, a-
lovchilarga ajratadi.
7
Xulosa.
Adabiy tilning yozma yodgorliklariga nisbatan xalq shevalari qadimiy va muhimroq
vazifa bajaradi. Tilning barcha hodisalari shevalarda saqlanib qolib, avlodlarga yetkaziladi.
O‘zbek xalq shevalarida ham shunday xususiyatlar saqlanib qolganki, ular chuqurroq tahlilga
olinganda muhim tarixiy-lingvistik xulosalar olish mumkiin bo‘ladi. Xalq shevalaridagi bunday
fonetik, leksik-grammatik fakt va asoslar P.M.Melioranskiy ta’kidlaganidek, “…qadimgi
yodgorliklarni tushunish va lingvistik analiz qilishda noyob qo‘llanma vazifasini bajaradi”.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Darvishov Ibrohim. Namangan shevalarida unlilar bilan bog‘liq fonetik qonuniyatlar.
Namangan, Oltin bitiglar — Golden scripts, 2020/2ISSN 2181-9238.
2.
Содиқов Қ. Девону луғати турк. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матба
ижодий уйи.Т.:2017.
3.
Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2016.
5
Миртожиев, М.М. 2013. Ўзбек тили фонетикаси. Тошкент: Фан, 485.
6
Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996, 98-бет.
7
В. В. Решeтов, Ш. Шоабдураҳмонов. Ўзбек диалектологияси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1978.
138
4.
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Тошкент: Ўзбекистон, 2002.
5.
Миртожиев, М.М. Ўзбек тили фонетикаси. Тошкент: Фан, 2013.
6.
Парпиева, М. М., Мадумарова, М. Д., & Мавлонов, У. О. У. (2018). Развитие
мотивации у студентов к изучению языка.
Достижения науки и образования
,
1
(8 (30)),
56-57.
7.
Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996.
8.
В. В. Решeтов, Ш. Шоабдураҳмонов. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1978.