Авторы

  • Feruza Xaydarova
    Jizzax politehnika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.97888

Ключевые слова:

badiiy matn belgi birlik mazmun.

Аннотация

Maqolada badiiy matnga integrativ yondashuv: semantik va pragmatik tahlili haqida so‘z boradi.


background image

87

BADIIY MATNGA INTEGRATIV YONDASHUV: SEMANTIK VA PRAGMATIK

TAHLIL

Xaydarova Feruza

Jizzax politehnika instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15501136

Annotatsiya.

Maqolada badiiy matnga integrativ yondashuv: semantik va pragmatik

tahlili haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

badiiy matn, belgi, birlik, mazmun.

Matn – mazmunan bog‘langan belgi birliklarining ketma-ketligi bo‘lib, uning asosiy

xususiyatlari mantiqiy va mazmuniy aloqadorlik, to‘liqlik, yakunlanganlik, intonatsion
yaxlitlikdan iboratdir. Fanda matnni tushunishga doir turlicha qarashlar mavjud. Ular, eng
avvalo, bu tushunchaning semiotik va tilshunoslik yondashuvlari orqali talqin etilishi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Semiotika nuqtai nazaridan matn bu mazmuniy ketma-ketlikdagi har qanday
belgilardir (bu so‘zlarda ifoda etilgan asar ham, musiqiy asar ham, rassomchilik namunasi
ham, me’moriy obida ham bo‘lishi ham mumkin); tilshunoslikda esa matn bu verbal belgilar
ketma-ketligi sanaladi vasohaning markaziy tushunchalaridan sifatida ushbu fanning har
qanday aspektida lisoniy birliklarning turli qirralarini yoritishda, muayyan tilning ifoda
imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda, aloqa-aralashuv jarayonida eng muhim manbadir.

Lingvistik adabiyotlardan ma’lumki, XX asrning 80-yillaridan tilshunoslarning asosiy

e’tibori gapdan katta birliklar masalasiga qaratila boshlandi. Jahon tilshunosligida
I.Galperin, I.Kupina, N.Shanskiy O.Moskalskaya, L.Novikovlarning, o‘zbek tilshunosligida,
G‘.Abdurahmonov, A.G‘ulomov, M.Asqarovalarning ilmiy tadqiqotlari bu borada amaliy
ahamiyatga ega bo‘ldi va matn tilshunosligining shakllanishi hamda rivojlanishiga zamin
yaratdi. A.Mamajonov, B.O‘rinboev, J.Lapasov, E.Qilichev, M.Yo‘ldoshev va shu kabi qator
tilshunoslar tomonidan matnning turli qirralari tahliliga bag‘ishlangan samarali tadqiqotlar
olib borildi. Jumladan, A.Mamajonovning “Tekst lingvistikasi” qo‘llanmasida o‘zbek
tilshunosligida ilk marta matn nazariyasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Olim mazkur
qo‘llanmada matnga bir necha xil sistemalar kompleksidan iborat bo‘lgan sintaktik hodisa
sifatida yondashadi. Uni o‘zaro aloqador bo‘lgan morfologik birliklar yig‘indisidan iborat
bo‘lgan murakkab struktura deb ham atash mumkinligini ta’kidlagan holda morfologik
sistema sifatida tushunilishini,o‘zida bir necha leksikbirliklarni mujassamlashtirgan eng yirik
nutq birligi sifatida esa bir butun leksik sistemani shakllantirishini, shuningdek, matn bir
vaqtning o‘zida sintaktik sistema, semantik sistema hamda stilistik usullar sistemasi
hisoblanishi ham mumkinligini, shu jihatdan olganda matn sistem tilshunoslikning eng
murakkab, ko‘p qirrali tekshiruv ob’ekti hisoblanishini aytadi. Prof. A.Mamajonov matn
tilshunosligi borasidagi izlanishlarini rivojlantirib, M.Abdupattoev bilan hamkorlikda “Matn
nazariyasi” qo‘llanmasini ham nashr ettirdi. Mazkur qo‘llanmada o‘zbek matn tilshunosligida
qo‘lga kiritilgan yutuqlar, bu sohada yosh tadqiqotchilar oldiga qo‘yilayotgan dolzarb
vazifalar, matn birliklari va ularning sintaktik, semantik va uslubiy jihatlari ilmiy asosda
yoritib berilgan. J.Lapasov esa matnga vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlik, murakkab
tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lgan og‘zaki va yozma ijod namunasi sifatida qarab,
uning tuzilishi, turlari, o‘ziga xos belgilari masalasini yoritadi.


background image

88

Muloqot tizimini jarayon sifatida antropotsentrik nuqtai nazardan tahlil etish dolzarb

sanalayotgan hozirgi tilshunoslikda matnning lingvistik maqomi qanday?

So‘nggi yillardagi tilshunoslikka oid ilmiy izlanishlarni kuzatish shuni ko‘rsatmoqdaki,

zamonaviy dunyo tilshunosligida kommunikativ faoliyat nazariyasi va uning birliklari
tadqiqiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy tilshunoslik sohalaridan sanaluvchi
pragmalingvistika matn va uning turlariga, ichki mazmuniy tuzilishiga qaysi metodlar
asosida yondashadi? Albatta, matn tilshunos uchun asosiy tadqiq ob’ektidir. Pragmatik
lingvistika bo‘yicha yirik mutaxassis A.Maslova tilshunoslikdagi mavjud matn haqidagi fikr
va qarashlarni umumlashtirib, matn −bu verbal belgilarning ketma-ketligi, u ma’lum bir til
turiga oid uslubiy me’yorlarga asosan til ijodkorligi jarayonida aniq bir asar shaklida qayd
etilgan hodisa; o‘z sarlavhasiga ega, shu sarlavha ma’nosi bilan uzviy bog‘langan, o‘zaro
bog‘liq qismlardan iborat bo‘lgan, shuningdek, bir maqsadga yo‘naltirilgan hamda pragmatik
qurilmaga ega asarlar ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, tilshunoslikda eng ko‘p
tarqalgan uchyondashuvni qayd etadi. Unga ko‘ra matn bu til tizimining eng yuqori darajasi
sanaladi; matn bu nutq birligi, nutq faoliyati natijasi hisoblanadi; matn bu muloqot birligi
sifatida nisbiy ma’noviy tugallikka ega bo‘ladi. Bu ta’riflarga qo‘shimcha ravishda aytish
mumkinki, matnda nafaqat verbal vositalar, balki noverbal vositalar ifodasi ham muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki nutqiy faoliyatda noverbal vositalar fikrni to‘ldirish,
so‘zlovchiga xos milliy va gender belgilarni aks ettirish kabi bir qator vazifalarni bajaradi.

Demak, matn termini bugungi kunda kognitiv-diskursiv faoliyat natijasi bo‘lgan, og‘zaki

yoki yozma tarzda voqelanadigan, tugallangan, shakliy va mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan,
o‘zida grammatik, semantik, stilistik, pragmatik, kommunikativ, sotsial, madaniy
xususiyatlarni jamlagan yirik nutqiy birlikni ifoda etmoqda.

Inson faoliyatining asosiy katta qismi kommunikativ munosabatlardan iborat ekan va

insonlarning yashash tarzini belgilab berar ekan, aloqa-aralashuvni shakllantiruvchi vosita
vazifasini bajaruvchi asosiy qurol matn sanaladi. Kommunikatsiya va matn o‘zaro
bog‘langan, ularning biri ikkinchisini taqozo etadi. Qolaversa, matn nafaqat nutqiy aloqa
birligi, balki, umuman, kommunikativ munosabatlarning ham birligidir. Agar biz ma’lum
shaxsning nutqiy matnini tahlil etsak, u eng avvalo, adresant tomonidan og‘zaki yoki yozma
shaklda yaratilgani, hamda adresatga yetkazilganini e’tirof etamiz. Uzatilayotgan axborot
tilning muayyan qonun-qoidalari asosida shakllangani (intralingvistika) uning matn
talablariga javob berishini bildiradi, axborotning adresant tomonidan adresatga uzatilishida
kommunikantlarning o‘zaro munosabatlari (ekstralingvistika) katta ahamiyatga molik bo‘ladi.

Pragmalingvistikada bir tomondan, til birliklarining pragmatik imkoniyatlari tahlil

qilinsa, ikkinchi tomondan, nutqiy jarayonda pragmatik kompetentlikka erishish masalasiga
e’tibor qaratiladi, uchinchi tomondan, nutqiy aktlarning semantik va pragmatik xususiyatlari,
tagma’noning ifodalanishi, nutqning ta’sir mexanizmi tahlil qilinadi, to‘rtinchidan, milliy
mentalitet bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy odobgaxos til birliklari o‘rganiladi, beshinchidan,
ifodaning modal aspektiga xos baho kategoriyasining lingvistik reallashuvi masalasi ham
pragmalingvistik tadqiqotlar sirasiga kiritiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

89

1.

Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. –Москва: Наука,

1981. – 140 с.
2.

Купина И.А. Лингвистический анализ художественного текста. –Москва, 1980. – 78

с.
3.

Шанский Н.М. Лингвистический анализ художественного текста. –Ленинград, 1990.

– 415 с.
4.

Москальская О.И. Грамматика текста. –Москва, 1981. –183 с.

5.

Новиков Л.А.Художественный текст и его анализ. –Москва: ЛКИ, 2007. –304 с.

6.

Абдураҳмонов Ғ. Теория текста. (Доклад на IIIВсесоюзной тюркологической

конференции.) // Советская тюркология, 1981. –№1. –С. 93.

7.

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент: Ўқитувчи, 1987. –Б.

77.

8.

Мамажонов А. Текст лингвистикаси. –Тошкент: Низомий номли педагогика

институти нашриёти, 1989. – 66 б.

Библиографические ссылки

Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. –Москва: Наука, 1981. – 140 с.

Купина И.А. Лингвистический анализ художественного текста. –Москва, 1980. – 78 с.

Шанский Н.М. Лингвистический анализ художественного текста. –Ленинград, 1990. – 415 с.

Москальская О.И. Грамматика текста. –Москва, 1981. –183 с.

Новиков Л.А.Художественный текст и его анализ. –Москва: ЛКИ, 2007. –304 с.

Абдураҳмонов Ғ. Теория текста. (Доклад на IIIВсесоюзной тюркологической конференции.) // Советская тюркология, 1981. –№1. –С. 93.

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент: Ўқитувчи, 1987. –Б. 77.

Мамажонов А. Текст лингвистикаси. –Тошкент: Низомий номли педагогика институти нашриёти, 1989. – 66 б.