49
BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
TARBIYALANUVCHILARINI KREATIV KOPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ ВОСПИТАННИКОВ БУДУЩИХ
ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ
DEVELOPMENT OF CREATIVE COMPETENCES OF STUDENTS OF FUTURE
PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Urazaliyeva Kamola Mirali qizi
Innovatsion texnologiyalar universiteti stajyor o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15583830
Annotatsiya
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz
kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg‘or
tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga
oshirish uchun ta'lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Jumladan,
maktabgacha ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish va shu yo‘lda qator islohotlarni amalga
oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta'lim sifatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon
amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish
hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining professional tayyorgarligi va
mahoratini oshirib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va
intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar
belgilanib berilgan. Shunga muvofiq o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ushbu maqolada aks etgan.
Kalit so‘zlar:
idrok, interfaol, metod intellektual, axloqiy, estetik jismoniy, kreativ,
ma’lumot, soha.
Abstract:
In recent years, our country has completely abandoned old approaches to
education and, based on new principles, national values and traditions, and the advanced
experience of world countries, has been paying priority to the education and upbringing sector
in order to radically renew our lives and achieve long-term and sustainable goals. In particular,
special attention is paid to radically improving the preschool education sector and implementing
a number of reforms along the way, improving the quality of education for the comprehensive
intellectual, moral, aesthetic and physical development of children, taking into account advanced
foreign experience, introducing modern educational programs and technologies widely used in
world practice into the educational process, and improving the professional training and skills of
educators in preschool educational organizations. The Strategy of Actions for the Further
Development of the Republic of Uzbekistan sets out priority tasks such as “Further improvement
of the system of continuing education, increasing the opportunities for quality educational
services, supporting and realizing the creative and intellectual potential of the younger
generation.” Accordingly, this article reflects the importance of developing students' creative
abilities based on interactive teaching methods.
50
Keywords:
perception, interactive, method, intellectual, moral, aesthetic, physical,
creative, information, field.
Аннотация:
В последние годы наша страна полностью отказалась от старых
подходов к образованию и, опираясь на новые принципы, национальные ценности и
традиции, передовой опыт стран мира, отдает приоритет сфере образования и
воспитания с целью кардинального обновления нашей жизни и достижения
долгосрочных и устойчивых целей. В частности, особое внимание уделяется
кардинальному совершенствованию сферы дошкольного образования и реализации на
этом пути ряда реформ, повышению качества образования для всестороннего
интеллектуального, нравственного, эстетического и физического развития детей с
учетом передового зарубежного опыта, внедрению в образовательный процесс
современных образовательных программ и технологий, широко применяемых в мировой
практике, повышению профессиональной подготовки и мастерства воспитателей
дошкольных образовательных организаций. В Стратегии действий по дальнейшему
развитию Республики Узбекистан определены такие приоритетные задачи, как
«Дальнейшее совершенствование системы непрерывного образования, повышение
доступности качественных образовательных услуг, поддержка и реализация творческого
и интеллектуального потенциала подрастающего поколения». Соответственно, в данной
статье отражена важность развития творческих способностей учащихся на основе
интерактивных методов обучения.
Ключевые слова:
восприятие, интерактивный, метод, интеллектуальный,
моральный, эстетический, физический, творческий, информационный, поле.
Jahon miqyosida pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida inson
hayoti davomida egallaydigan barcha ma’lumotining 70%ini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib
ulgurishi o‘z isbotini topgan. Darhaqiqat, bu davr mobaynida bola dunyoni idrok qilishni
boshlaydi, fikrlaydi, atrof-olam bilan tanishadi, umri davomida oladigan bilimlarga zamin
tayyorlaydi. Shuning uchun ham yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs
sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tarbiyachilarining o‘rni beqiyosdir.
Zamonaviy jamiyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sohasi uchun yangi vazifalarni
qo‘yadi, faoliyatning sifatiga qaratilgan yosh avlodni maktabga tayyorlab berishning yangi
darajasini talab qiladigan davlat standartlari joriy etilmoqda. Zamonaviy maktabgacha ta’lim
tarbiyachilarining kasbiy salohiyat darajasi va kompetentligini rivojlantirish, tarbiyachi va butun
ta'lim tashkilot- lari raqobatbardoshligi tamoyilini joriy etish davlat siyosatining ustuvor
vazifalaridan etib belgilanmoqda. Ta’kidlash joizki, zamo- naviy tizimda maktabgacha ta'lim
tizimi tarbiyachilarining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga qo‘yiladigan talablar ko‘tarilib, pedagog
ijodiga katta e'tibor va bu ijodkorlikning pedagogik faoliyatida namoyon bo‘lishiga alohida
e'tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining asosiy qismi tarbiyachi va
tarbiyachilarining bola bilan kundalik hamkorligi, unga xulq-atvor meyorlarini ko‘rsatish va turli
bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishdir va bu jarayonda yetakchi rol tarbiyachiga aloqadorligini
ko‘ramiz. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri - maktab- gacha ta’lim sohasiga
qo‘yiladigan talablar orasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy va
51
kreativ kompetent- ligini oshirish uchun ham so‘nggi yillarda qator chora-tadbirlar yo‘lga
qo‘yilmoqda.
Chunonchi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 29-dekabrda qabul
qilingan “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- 5 6
tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorda ham “Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta’lim sifatini oshirish,
ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish zarur deb alohida uqtirib o‘tilgan. Shu ma'noda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016- yil 30-dekabr kuni matbuotda e’lon qilingan “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida
modernizatsiya qilishga, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi
uchun ushbu tashkilotlardagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning
qulayligini ta’minlash bilan bir qatorda pedagog va tarbiyachilarining malaka darajasini
yuksaltirishga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
III-renesans davrida maktabgacha ta’lim sohasining rivojla- nishi va taraqqiy topishida
yuqori malakali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga bo‘lgan ehtiyoj va talab ortib
bormoq- da. Ayniqsa, mutaxassislik fanlarining fundamental asoslarini, peda- gogika va
psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo‘lgan
hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va
malakasiga ega ijodkor tarbiyachilarini tayyorlash talab etilmoqda. Oliy ta’lim tizimida mazkur
talablarga javob bera oladigan, sifatli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talaba shaxsini shakllantirish
imkoniyati vujudga kelmoqda. Buning uchun oliy ta'lim tizimida bo‘lajak maktabgacha ta'lim
tashkilotlari tarbiyachilarini tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish jarayonida zamonaviy
yondashuvlar va innovatsiyalarni keng qo‘llashga talab ortib boradi.
Kreativlik so‘zi (inglizcha “create” yaratuvchanlik, ijodkorlik) so‘zidan olingan bo‘lib, inson
shaxsining ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyati, ijodkorlik iste'dod darajasi, individning an'anaviylik
yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo‘lgan, prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga
tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning
mustaqil omili sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlaridir. Bugungi kunda dunyo miqyosida
to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli-harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga
nazar tashlasak har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch
kelish mumkin: virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, elektron xizmatlar, tuproqsiz hosil olish...
bularning barchasi inson tafakkuri mahsulidir. Odatiy bo‘lib tuyulgan kitob, musiqa, samolyot va
hattoki lampalar ham qachonlardir orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi
natijasida yaratilgan. Shu boisdan, hozirgi zamon pedagogikasida “kompetentlik” tushunchasi
bilan bir qatorda “kreativlik” tushunchasi ham tez tez qo‘llanilmoqda. Har bir maktabgacha
ta'lim tarbiyachisining kompetentlilik darajasi, uning bajargan ishi shu kasbiy faoliyatning
yakuniy natijasiga qo‘yiladigan talablarga qay darajada javob berishiga qarab belgilanadi.
”Kreativlik - bu inson aqliy salohiyatining yuksak darajasi hisoblanib, obyektdagi
aloqadorliklarni tahlil qilish va o‘zgartirish asosida yangi mazmunni yaratadi”.
“Kreativlik - bu alohidalik emas, balki mahsuldor (produktiv) tafakkurga tegishli shaxsiy
qobiliyat bilan taqozalangan umumiy qobiliyatdir” . “Kreativlik - bu shaxsning egallagan tajribani
52
idrok qilish va anglash qobiliyatidir”. “Qobiliyat - individual-psixologik alohidalik bo‘lib,
subyektiv shartlar orqali muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir”. Qobiliyat
individning bilim, ko‘nikma va malakalari 16 bilangina tavsiflanmaydi, balki faoliyat usullarini
egallashning tezkorligi va mustahkamligini ham qamrab oladi. Psixologik va pedagogik
tadqiqotlarda qobiliyatni muayyan faoliyat turi bo‘yicha shakllantirish alohida o‘rin egallaydi.
Kreativlik qobiliyat sifatida andoza bo‘yicha ishlamaslikni, mustaqil o‘zgartirishga ijodiy
yondashishni taqozo etadi. Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotari tarbiyachilarining ijodkorligi
esa u tomonidan kelgusida tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ)
yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan
ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik - pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim
va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish,
shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini
tavsiflovchi qobiliyati o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini
o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb
etish va bo‘lajak mutaxassislarni kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga
xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan
samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratishni kafolatlay olishi zarur.
Maktabgacha ta'lim sohasida bir qator tadqiqotlarni tahlil qilganimizda, maktabgacha
ta'limni tashkil etishning jahon standartiga javob beradigan mutaxassis uchun kreativlikni
aniqlash va rivojlantirish mezonlarini joriy etish ularning ijodkorlik jarayonisiz, ish
funksiyalarisiz amalga oshirilmaydi degan xulosaga kelinadi: - Bo‘lajak maktabgacha ta'lim
tashkilotlari tarbiyachilari bolalar bilan ijodiy o‘zaro munosabatlarga tayyor bo‘lishi kerak, lekin
uning ijodiy salohiyati, qobiliyatlari, to‘plangan bilim, ko‘nikma, tajriba va ijodiy pozitsiyalarda
o‘zini o‘zi anglashga asoslangan bo‘lishi kerak. - Pedagogning ijodiy salohiyatini shakllantirish
jarayoni kompetentlik, samaradorlik, o‘z-o‘zini takomillashtirish tamoyillari bilan shartlanadi va
murabbiy lavozimida rivojlanadi. - Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining
murabbiy sifatida kreativ kompetentligi o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan intilishda, bolani
shakllantirishda qo‘llab-quvvatlashga va unga namuna bo‘lishga tayyorlikda, bolalarda ijodiy
qobilyatlarni yuzaga chiqarishda, ta'lim va tarbiya jarayonida noana'naviy metod va
texnologiyalardan foydalangan holda samaradorlikka erishishida, hamkorlikni rivojlantirishda
namoyon bo‘ladi. - O‘yin texnikasi sifatida tarbiyachining kreativligi o‘yin faoliyatini
rivojlantirishda, o‘yin zaxirasini oshirishga intilishda, o‘yin faoliyatida, bolalar uchun o‘yin
maydonini yaratish qobili- yatida amalga oshiriladi.
- Tarbiyachining rejissyor sifatidagi kreativ qobilyati ertakdramatizatsiya yoki bayram
yaratish uchun ertak terapiyasi usullaridan foydalana bilishida amalga oshiriladi. Har qanday
tarbiyachi o‘zida kreativlik sifatlarini namoyon etishi kerak.
Bo‘lajak pedagogning kreativlik potensialini rivojlantirishda quyidagi metodlardan
foydalanish samarali sanaladi:
53
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga
e'tiborini qaratishi zarur: - kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshish; - yangi-yangi g‘oyalarni
yaratishda faollik ko‘r- satish; - ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish; -
hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish Kreativlik potensialiga ega
pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi: - bajariladigan vazifaning mohiyati va
ahamiyatini belgilay bilish; - masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish; - masalani hal qilish rejasini
tuzish; - masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash
va b.)larni qo‘llash; - masalani hal qilish usullarini tanlay olish; - qabul qilingan qarorning
to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish; - masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib
borish; - masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala Metodlar yechimi
yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.
Xulosa qilib aytganda bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga
kreativlik salohiyatini rivojlantirishda oliy ta'lim muassasasida ta'limni tashkil etish mobaynida
talabalarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish
bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va talabalarning yoshiga
muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega. Har bir mashg‘ulotning o‘ziga xos
texnologiyasi bor, ya'ni o‘quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon
bo‘lib, u bo‘lajak tarbiyachilarining ehtiyojidan kelib chiq- qa holda bir maqsadga yo‘naltirilgan,
oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonun // Oliy ta'lim. Me'yoriy-huquqiy
va uslubiy hujjatlar to‘plami. - T.: 124 Istiqlol, 2019. - B. 3-8b
2.
2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2707-son qarori. 29.12.2016.
54
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017- yil 19-iyuldagi «Maktabgacha
ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 528- son Qarori.
4.
Hamidova M va boshqalar. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kamolotida yangicha
yondashuv va uni targ‘ib qilishda jamoatchilik ishtiroki” . T.:”O‘qituvchi”, 2014, 252 b.
5.
Ibragimova G. Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning
kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). ... diss.
Avtoref. - T., 2017.
6.
Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ TECHNOLOGY in the Formation of
Inventive Abilities of Primary School Pupils. International Journal on Integrated Education, 4(9),
161-163.
7.
Ikramov Shuxrat Erkinovich, “Maktabgacha Ta'limda - Kreativlik Tushunchasi” Zamonaviy
dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya, January 20, 2022, 28 b.
8.
Ganieva, M. (2024). LOGICAL COMPONENT IN THE TRAINING OF FUTURE PRIMARY
SCHOOL TEACHERS. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 161-
164.