Авторы

  • Azizaxon Ro‘ziboyeva
    Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman 27-umumiy o‘rta ta’lim maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.103591

Ключевые слова:

Yoshlar jamiyat axloq xulq-atvor dunyoqarash.

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va  uning sabablari haqida   bo‘lib,yoshlarning jamiyaga moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fikr yuritilgan.


background image

4

PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ –

ATVORIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ro‘ziboyeva Azizaxon Abduqahhorovna

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman 27-umumiy o‘rta ta’lim maktab psixologi

+998941031190

azizaroziboyeva27@gmailcom

https://doi.org/10.5281/zenodo.15613922

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh

avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va uning sabablari haqida bo‘lib,yoshlarning jamiyaga
moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

: Yoshlar, jamiyat, axloq, xulq-atvor, dunyoqarash.


Insoniyat qadim zamonlardanoq o‘z davomchilari bo‘

֥

lmish yosh avlod taqdiri haqida

qayg‘urib kelgan. Farzandini o‘zidanda baxtli bo‘

֥

ishi haqidagi istagi insonni izlanishga ,yangi

kashfiyotlar yaratishga undadi.Shu bois insoniyat tarixida yangidan yangi ilm eshiklari ochilib
bordi.Tabiiyki bunday yangiliklarning ko‘payishi yosh avlod dunyoqarashi, uning rivojlanishiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmas edi. Har tomonlama rivoj topib borayotgan bugungi kunda
yoshlarimiz xulq -atvoriga ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda.

O‘zining ko‘p yillik madaniy tarixiga ega xalqimiz farzand tarbiyasi uning shaxs sifatida

kamol topishi,xulq- atvor shakllanishiga alohida e’tibor qaratib kelgan. Yosh avlodni tarbiyalash,
ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish va kamolga yetkazish muammolari doimo
hukumat diqqat markazida turadi. Ma‘naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy mukammallikni
mujassamlashtirgan, har tomonlama kamol topgan, ijtimoiy jihatdan faol shaxsni shakllantirish
borasida sobitqadamlik bilan ish olib borilmoqda.

Prezidentimiz Sh,Mirziyoyevning 2020-yil yanvar oyida Parlamentga qilgan murojaatida

ham “Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm, eng katta meros- bu yaxshi tarbiya ,eng katta
qashshoqlik- bu bilimsizlik” deya keltirib o‘tgan fikrlari ham yoshlar tarbiyasi masalasi Davlat
ahamiyati darajasida ekanligini ko‘rsatadi.

O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha ta'rif beradi: ―Axloq insonlarni

yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqning yaxshiligini, yomon
xulqning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qiladurgon kitobni axloq deyilur.

Axloq – inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me'yorlarini, boshqalar bilan munosabatda

bo‘lish madaniyatini, halol ishlab, to‘gri hayot kechirish mezonlarini

o‘rgatadi. Ibn Sino: ―Axloq

har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora qilish ilmidur, deb uning mazmunini ifodalab bergan edi.

Farzandlarimizning zamon talablari darajasida ilm olishi, har tomonlama komil shaxs

bo‘lishi uchun davlatimiz ham barcha shart -sharoitlarni yaratib bermoqda.

Yoshlar siyosati-bu yoshlarning muvafaqqiyati ijtimoiylashuvi va samarali o‘zini namoyon

qilishi uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, qator chora -tadbirlar tizimi
hayotga tadbiq etilgan.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tadbiq qilinayotgan
“ besh muhim tashabbus”-bugun yoshlar muammolarini yechishga ular dunyo qarashini
shakllantirishga yo‘naltirilgan ustuvor vazifalardan biridi.Bugun yoshlar siyosatining asosiy
yo‘nalishlari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

-yoshlarni jamoat hayotiga jalb qilish, rivojlanishning mumkin bo‘lgan imkoniyatlari

to‘g‘risida xabardor qilish;


background image

5

-yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvalash;
-qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan yoshlarni to‘laqonli hayotga qo‘shilishi.
Yoshlar bu ijtimoiy va yosh guruhlar bo‘lib, ular yoshi va jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyiga

qarab farqlanadi.Ba’zi olimlar tomonidan yoshlik deganda, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi uchun
imkoniyat yaratib beradigan, ularga imtiyozlar beradigan,ammo jamiyatning muayyan sohalarida
faol ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan yoshlar majmuyi tushuniladi. Yoshlarning jamiyatga
moslashishi, ular xulq- atvori va dunyoqarashining shakllanishiga bir qancha ijtimoiy omillarni
sabab qilish mumkin. Avvalo, shaxs ulg‘ayar ekan, turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida
bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat kollektivlari
,norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshk.) bilan bog‘liq bo‘ladi.Masalan, shaxsdagi
turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita
oila, bog‘cha, maktab va boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu
ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa, va unda yana yangidan - yangi fikrlar va g‘oyalarning
paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini
tanlaydiki, o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib,ziyoli sifatida yo o‘qituvchi
yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib,el-u - yurtiga xizmat qiladi.

Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari

shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy omillar asosan yoshlarning ahvoliga ta’sir qiladi.
Masalan, bosqichma - bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan O‘zbekiston sharoitini oladigan
bo‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, rakobat, legalizatsiya va shunga o‘xshash
yangiliklar, har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarida aks
etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi. Ijtimoiy norma -
shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab
chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o‘zbeklar uchun
biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo‘lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi
- norma; o‘quvchining o‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er
hurmatini o‘rniga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat
transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‘rin bo‘shatishi - norma va hakozo. Bu
normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab
chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tomonidan
e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh
psixologiyada muhrlanadi.

Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida ma’naviy omillar ham muhimdir. Hozirgi zamonda

axloqiy me’yorlarni yo‘qotish va an’anaviy me’yorlar va qadriyatlarni yo‘q bo‘lib ketish jarayoni
kuchaymoqda. Bugunninng yoshlari juda faol yangiliklarga qiziquvchan. Zamonaviy yoshlarning
juda ko‘pchiligi har bir sohada faol ,lekin shu bilan birga ayrim toifa yoshlar tarix,iqtisod,siyosat
kabi tushunchalar haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lib qolmoqda. Hozirda yoshlarimizga
kelayotgan axborot oqimlarining soni va tezligi yuqori darajada rivojlagan..Ularning kerakligini
qabul qilib o‘zlashtirib olish har bir yosh uchun dolzarb masala,chunki yoshlar dunyoqarashi
shakllanishida axborotning o‘rni ham alohida ahamiyatlidir.Bugun yoshlarimizga ta’sir qilayotgan
televizor,radio va matbuot kabilar o‘rnini asta- sekinlik bilan “internet” nomli raqibiga bo‘shatib
bermoqda.Bugun har bir yosh internetdan foydalanish imkoniyatiga ega .Oilaning har bir a’zosida,
ayniqsa, yoshlar orasida bugun internetga qarmlikni ko‘rishimiz mumkin.Bugun internet
yoshlarimiz dunyoqarashiga kata ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib qolmoqda.Aksariyat yoshlarimiz


background image

6

bugun o‘z muammolariga yechimni internetdan izlashga harakat qilmoqda. Ularni internetga
qaramligi natijasida ular xulqida, psixologiyasida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda.Ayrim
yoshlarning haddan ortiq internetga bog‘lanib qolishi natijasida ularda real hayotdan
uzoqlashish,o‘z qobig‘iga o‘ralib qolish va sog‘ligida ham o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Ho‘sh buning asosiy sababi nimada? Internetdan olingan axborotlar har doim ham foydali

bo‘lishi mumkinmi,bu ma’lumotlar bizning axloqiy qadryatlarimizga,an’analarimizga zid emasmi?
Bugun yoshlarimizga mana shularni anglashga ko‘mak berish muhim masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda.

Bugungi rivojlanayotgan zamonda yoshlarimizni har tomonlama komil inson bo‘lib

shakllanishida internet haqidagi to‘g‘ri xulosani bera olish uchun, eng avvalo, oilaviy muhit ota-
onalar shaxsiy na’munasi alohida ahamiyatli.Oilaviy sharoitda bola, eng avvalo, ota-onalardan
o‘rnak oladi.Bundan tashqari uning atrofidagi do‘stlari ham alohida o‘rin tutib,yoshlarda
internetga bo‘lgan qaramlikni shakllanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Yoshlar dunyoqarashi va xulq -atvorining shakllanishiga ta’sir qiluvchi internet olmilidan

to‘g‘ri va maqsadli foydalanish uchun bugun ularni milliy mentalitetimiz doirasida tarbiyalash,
yoshlarning inernetdan samarali foydalanishlari uchun nazoratni kuchaytirish,vaqtdan to‘g‘ri
foydalanish tushunchalarini ular ongida shakllantirib borishimiz zarur. Buning uchun ota-onalar
va maktab hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda,farzandlarimiz qiziqishlarini hisobga oligan
holda ularga dunyo bilimlarini yekazib borish lozim. Farzabdlrimizga intenetdan foydalanishning
salbiy va ijobiy tomonlar haqida batafsil ma’lumot berish bugun dolzarb masala. Ko‘pchilik yoshlar
internetdan foydalanishda yangiliklar o‘qish,musiqa tinglash,ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
kabi, asosan, ko‘ngilochar maqsadlarda foydalaniladi,Lekin internetdan bundanda samarali
foydalanish mumkin. Masalan, oddiygina xatni yozib electron pochta oraqli uni dunyoning istalgan
yeriga bir daqiqada jo‘natish mumkin.Internetsiz bunday tezlikka erisha olish mumkinmi? Bundan
tashqari ko‘plab adabiyotlarni ham bugun internetdan topa olamiz.Manashunday ijobiy
xususiyatlarni hisobga olib ,yoshlarga internetdan maqsadli foydalanish yo‘llarini o‘rgatib borish
zarur masala bo‘lib qolmoqda .Zero yuqorida aytib o‘tilganidek, bugunning yoshlari qiziquvchan
va yangiliklarga chanqoq.Ularning qiziqishlarini to‘g‘ri baholab ,kirib kelayotgan yangi axborot va
ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq ifodalab farzandlarimizga yetkazar ekanmiz ,biz yoshlarimiz ruhiyati
va dunyoqarashiga ta’sir qiluvchi internet omilini to‘g‘ri yo‘naltirgan bo‘lamiz va yoshlarimiz
dunyoqarshining yanada keng bo‘lishiga erishamiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh Mirziyoyev. Parlamentga murojaatnonasi. 2020-yil yanvar.

2.

D. Abdullayeva. N.Ismoilova “Ijtimoiy psixologiya”

3.

Jo‘rayeva Gulasal.”Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.

4.

Xoluqova Zarnigor “Xulq-atvorni shakllantirish-shaxsni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishi

sifatida ”
5.

”O‘quvchi yoshlarning ijtimoiy –psixologik muammolari va yechimlari”Respublika

psixologlar konfrensiyasi
6.

Internet manbaalari.

Библиографические ссылки

Sh Mirziyoyev. Parlamentga murojaatnonasi. 2020-yil yanvar.

D. Abdullayeva. N.Ismoilova “Ijtimoiy psixologiya”

Jo‘rayeva Gulasal.”Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.

Xoluqova Zarnigor “Xulq-atvorni shakllantirish-shaxsni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishi sifatida ”

”O‘quvchi yoshlarning ijtimoiy –psixologik muammolari va yechimlari”Respublika psixologlar konfrensiyasi

Internet manbaalari.