84
TO‘LIQSIZ OILALARDAGI MUAMMOSI MAVJUD TALABALARNI IJTIMOIY
FAOLLIGINI TA’MINLASH
Musurmanova Shaxlo Ilhomovna
Qori Niyoziy nomidagi TPMI doktoranti.
Email: shaxlomusirmonova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15602789
Abstract.
Mazkur maqolada to‘liqsiz oilalardagi muammosi mavjud talabalarni ijtimoiy
faolligini ta’minlash mazmuni yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
mahalla, jamiyat, to‘liq bo‘lmagan oila, qadriyatlar, ota-ona, talaba, oila,
ajrashgan oila, tadbirkorlik, aqlli ayol, murakkab, funktsional, turmush o‘rtog‘i, nikoh.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholini, shu jumladan, to‘liqsiz, notinch, ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarda ijtimoiy-ma’naviy himoyaga muhtoj yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash,
inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga
aylandi.
Ushbu masalalarga oid huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoevning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,
mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini
yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni,
yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Oila, bolalar va yoshlar”ga bag‘ishlangan XIV
bobining 76-80-moddalarida to‘liq o‘z aksini topgan.
Mahallalarda va kam ta’minlangan oilalarda muammolarni aniqlashda hamda fuqarolar
yig‘inlari tomonidan olib chiqilayotgan masalalarni hal etishda, ularni bevosita hokimga olib
chiqishda, shuningdek, yuqori turuvchi idoralarga haqiqiy holatga doir ma’lumotlarni taqdim
etishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlarining hokim
o‘rinbosarlari sifatida mahalla manfaatini emas, balki hokimlik manfaati nuqtai-nazaridan
yondashayotganliklari.
Bunda ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish bevosita vazirlik tomonidan
emas, balki bevosita tuman (shahar) hokimi tomonidan amalga oshirilishi ham salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
1. Sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) hokimlarining boshqa o‘rinbosarlari mutasaddilik
qiladigan davlat organlarining faoliyati ustidan fuqarolar yig‘inlari tomonidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishdan, uning natijalarini hokimlik yig‘ilishlariga olib chiqishdan tuman
(shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlarining manfaatdor emasliklari.
2. Viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari
boshliqlarining mahallalarda va oilalardagi mavjud muammolarning barchasini viloyat hokimligi
yig‘ilishlariga o‘z vaqtida kiritmayotganliklariga viloyat hokimining boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha
o‘rinbosarlari va tuman (shahar) hokimlari bilan o‘zaro ziddiyatli holatlarga borib qolmaslik
holatining ta’sir ko‘rsatayotganligi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilgan kollegial organlar (komissiyalar,
kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ni tashkil qilishning aniq huquqiy asoslari
yaratilmaganligi, ularning vakolat chegaralari va faoliyat yuritish davri belgilanmagan.
85
Fuqarolar yig‘inlarida 10 ta kollegial tuzilma (shu jumladan, 1 ta kengash, 5 ta komissiya va
4 ta jamoatchilik tuzilmasi) jamoatchilik asosida faoliyat yuritmoqda. Bular:
1. Fuqarolar yig‘ini kengashi.
2. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, Xotin-qizlar bilan ishlash, Ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash va jamoatchilik nazorati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish
va ko‘kalamzorlashtirish, Taftish komissiyalari (jami 5 ta komissiya).
3. “Ota-onalar universiteti”, “Keksalar maslahati” guruhi, “Ayollar maslahat kengashi”,
“Fidokor yoshlar” patrul guruhi (jami 4 ta jamoatchilik tuzilmasi).
Yuqoridagi 10 ta kollegial tuzilmaning barchasiga oid nizomlar Hukumat qarori bilan
tasdiqlangan va ular faoliyatining huquqiy asoslari yaratilgan.
Barcha fuqarolar yig‘inlarida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizim quyidagi
vazifalar taqsimotiga muvofiq amaliyotga joriy etiladi:
Fuqarolar yig‘ini raisi:
Milliy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash; aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy
faolligini oshirish;
to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj qilib o‘tkazish;
murojaatlar bilan ishlash, manzilli uyma-uy yurish va aholi muammolarini aniqlash;
nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda
vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda samarali foydalanish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga keksa avlod vakillarini jalb qilish;
kam ta’minlangan oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish; keksalar uchun nazarda
tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash
komissiyasi, “Keksalar maslahati” guruhining faoliyatini samarali tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:
jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;
Qonun ustuvorligini, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning
oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikni mustahkamlash;
huquqbuzarlarga tegishli jazo choralarini ko‘rish;
profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan ishlash;
sanitariya va obodonlashtirish ishlarida qonunchilikni ta’minlash; aholi, ayniqsa, xotin-
qizlar, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazish;
to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
manzilli uyma-uy yurish va aholi muammolarini aniqlash; fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar
masalalari bo‘yicha maslahatchisi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhining faoliyatini
tashkil qilish va muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha
o‘rinbosari, xotin-qizlar faoli va “Oqila ayollar”harakati:
Oila institutini mustahkamlash, notinch va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, yordamga muhtoj xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy,
psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
86
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va
xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish;
oilalarning salomatligini mustahkamlash, odamlar ongiga sog‘lom turmush tarzini
singdirish;
xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyil
bo‘lgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlar bilan ishlash;
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik
tuzilmasi, “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali tashkil etishga mas’ul
bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari:
atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati va uni obodonlashtirish hamda
ko‘kalamzorlashtirish;
tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlik,
kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik, dehqon
xo‘jaligi hamda shaxsiy tomorqa xo‘jaligini tashkil etish va rivojlantirish;
manzilli uyma-uy yurish va aholi muammolarini aniqlash;
aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish;
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan
kreditlar olinishiga ko‘maklashish;
yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazoratini o‘rnatish;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati hamda ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalari faoliyatini
samarali tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o‘tkazilishi
mo‘ljallangan tadbirlarning belgilangan vaqt va muddatlarda tizimli hamda manzilli amalga
oshirilishiga mas’ul hisoblanadi.
Endilikda aholi muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish hamda murojaatlarni davlat
organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqishning bir-biri bilan uzviy bog‘langan to‘rt
pog‘onali “mahalla – tuman – viloyat – respublika” tizimi joriy etiladi.
Mahalla raisi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni
aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkaziladi. Har oyda mahalla kengashida
tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti
eshitiladi hamda muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Mahalla raisi har chorakda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mahallada amalga
oshirilgan ishlar natijalari hamda bartaraf etilmagan tizimli muammolar bo‘yicha tegishli tuman
(shahar) xalq qabulxonasiga ma’lumotlar kiritib boradi.
Madaniy xilma-xillik va individual farqlarni hisobga olgan holda, ushbu yordam usullari va
shakllarini jalb qilingan bolalar va oilalarning o‘ziga xos ehtiyojlari va sharoitlariga moslashtirish
muhimdir. Bundan tashqari, ushbu dasturlarni doimiy ravishda baholash va takomillashtirish
87
yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi va ularning kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun
ijobiy natijalarga erishishda samaradorligini ta’minlaydi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ehtiyojlari xilma-xil va murakkab ekanligini tan
olish muhimdir. Ularning shaxsiy sharoitlariga moslashtirilgan va yaxlit yondashuvlar ularning
farovonligi va samaradorligi uchun juda muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda turli toifadagi oilalarning farzandlari to‘liq davlat
himoyasidadir. Shuning uchun ijtimoiy-ma’naviy himoyaga muhtoj bolalar guruhining son
jihatdan ko‘payishining oldini olish, uni bartaraf etishda hamkorlik va tarbiya masalasiga bevosita
hamda bilvosita mas’ul shaxslarning ijtimoiy-ma’naviy himoya siyosatiga oid bilimga ega bo‘lishi,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi kontseptual g‘oyalarga
amalga oshirishda avvalo mahallalar tizimidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika (katta)
inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi, shuningdek “Oqila ayollar”
harakati a’zolari va boshqa jamoatchi mutasaddilari mas’uldir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 2 apreldagi “Aholi
muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5700-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda
oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5938-son Farmoni.
3.
Мусурманова, О., Шаамирова, Ю. К., & Салаева, М. С. (2023). Маҳаллаларда тўлиқсиз
оилалардаги муаммоси мавжуд фарзандлар билан ишлаш механизмлари Услубий
қўлланма.
4.
Narbaeva, T., Musurmanova, A., & Ismailova, Z. (2023). Priority areas of spiritual, moral and
physical education of youth in the family. Science and innovation, 2(B1), 49-59.
5.
Мусурманова, Ш. И. (2023). МАҲАЛЛА ФУҚАРО ЙИҒИНИ ТИЗИМИДАГИ
МУТАСАДДИЛАРНИНГ НОТЎЛИҚ ОИЛА БИЛАН ФАРЗАНД ТАРБИЯСИДАГИ ЎЗАРО
ҲАМКОРЛИГИ.
6.
Ilkhomovna, M. S. (2023). ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF SOCIO-INTELLECTUAL
COMPETENCE OF ADULT STUDENT-YOUTH IN INCOMPLETE FAMILIES IN HIGHER
EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
7.
Musurmonova, S. (2022). Significance and role of pedagogical creativity. European Scholar
Journal, (3), 11.
