Авторы

  • Surayyo Choriyeva
    Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.103595

Ключевые слова:

Ta'lim qadriyatlar ijtimoiy omil yo'nalganlik xususiyat Ijtimoiy qadriyatlar ta'limiy qadriyatlar qadr-qimmat pedagog ta'lim-tarbiya jarayonlari subyekt ta'minlash mustaqil fikrlash.

Аннотация

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.


background image

74

TALABALARNI TA'LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA'LIM

TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

Choriyeva Surayyo Choriyevna

Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

+99899 203 03 45

https://doi.org/10.5281/zenodo.15602237

Annotatsiya:

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini

ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga
xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-
tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil
fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga
muvofiqdir.

Kalit so'zlar:

Ta'lim, qadriyatlar, ijtimoiy omil, yo'nalganlik, xususiyat, Ijtimoiy qadriyatlar,

ta'limiy qadriyatlar, qadr-qimmat, pedagog, ta'lim-tarbiya jarayonlari, subyekt, ta'minlash,
mustaqil fikrlash.

Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga boyib

bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini tashkil qiladi. Demak, ma'naviyat qay
darajada shakllangan bo'lsa, u shunchalik taraqqiyotga xizmat qilgan. Milliy uyg'onish, milliy
g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi-bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy
jarayondir.

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina

jamiyatimizda o'tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy
barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va
taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak
ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir
insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash
hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi.

Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat
qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya
jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash,
shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo'lgan ehtiyoj
rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan mavjud sharoitda
yanada dolzarb ma'no va mohiyat kasb yetadi. "O'z xaq-xuquqlarini taniydigan, o'z kuchi va
imkoniyatlariga tayanadigan, atrofidagi sodir bo'layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat
bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg'un holda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". Bu esa
ta'limiy qadriyatlarga bog'liq. Shuning uchun ham yoshlarga ta'limiy qadriyatlarni o'rgatib
tanlangan mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi.

Talabalarga ta'limiy qadriyatlar ta'lim tarbiya jarayonlari muhim o'rin egallashini ilmiy va

amaliy jihatdan asoslangan holda quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:


background image

75

- ta'lim va tarbiya jarayonlarida talabalarga ta'limiy qadriyatlar haqida ma'lumotlar berib

borish;

-boshlang'ich ta'limda ta'limiy qadriyatlarni o'quvchilar ongiga singdirish metodikasini

asoslab berish;

- ta'limiy qadriyatlarini ta'lim jarayonida qo'llashda zamonaviy pedagogik texnologiyasidan

unumli foydalanish zarur.

Milliy qadriyatlarni o'rganishda talabalarda milliy g'oya, milliy ong, milliy g'urur

tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozim. Chunki milliy g'ururi bo'lmagan inson hech
qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya'ni
vatanparvar, fidoyi inson bo'lib yetisha olmaydi.

Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan inson va uning

hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr - qimmati haqida
so'zlash be'manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e'zozlash, uning turmushini
yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish
davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil yetadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub
o'zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini
chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi
bo'lishini taminlashga qaratilgandir.

Shundan kelib chiqqan holda qadriyatlarga kompleks yondashuv asosida, fikr bildirishga

harakat qilamiz. Qadr - kishining jamiyatda tutgan o'rni, obro' - e'tibori, hurmati, nufuzi. Qadriyat
- tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini
ko'rsatuvchi tushuncha bo'lib, axloqiy tamoyildir.

Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar - ma'lum bir axloq me'yorlari, ilg'or, taraqqiyparvar

madaniy me'roslar kiradi. Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy qadriyatlarga hamda
ijobiy va salbiy qadriyatlarga bo'linadi. Qadriyatlar faqat o'tmish uchun qadrli bo'lmasdan, balki
hozirda ham kelajak taraqqiyotida ham qadrli bo'lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiladi
hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma'naviy, tabiiy, diniy,
axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.

Qadriyat turlari quyidagilar:
• tabiiy qadriyatlar;
• moddiy qadriyatlar;
• ma'naviy qadriyatlar;
• estetik qadriyatlar;
• milliy qadriyatlar;
• umuminsoniy qadriyatlar.
Bular o'z navbatida shajaraviy xususiyatga ega.
Tabiiy qadriyatlar - insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan resurslar, ya'ni

yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o'rmonlar, o'simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar.

Moddiy qadriyatlar - insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli bo'lgan narsa

(predmet, buyum) lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, mehnat predmetlari,
moddiy ne'matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga oshirishdagi buyumlar.

Ma'naviy qadriyatlar - siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, falsafiy, axloqiy, ma'rifiy,

madaniy qadriyatlar majmuasidir.


background image

76

Estetik qadriyatlar - barcha ham shaklan, ham mazmunan go'zalliklardir (barcha tabiiy va

ijtimoiy go'zalliklar).

Milliy qadriyatlar - muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib

kelgan va ma'lum shakl va mazmunga ega bo'lgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuasidir.

Umuminsoniy qadriyatlar - umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan va uning sivilizatsiyasi

bilan bog'liq bo'lgan moddiy va ma'naviy qadriyatlar majmuasidir.

Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish, dunyo

bo'yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechimini izlash, yadroviy
qurollar poygasini to'xtatish, turli xalqaro xavflarni oldini olish, turli kasalliklarning oldini olish,
tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi,
energiya manbalarini yaxshilash, koinot va jahon okeani resurslarini o'zlashtirish va shu kabilar
bilan bog'liq bo'lgan muammolar tashkil etadi. Bizning oldimizda turgan ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, ma'naviy muommolarni hal etishga to'sqinlik qiladigan hodisalar reaktsion
qadriyatlarga kiradi.

Progressiv qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishini, erkin

yashashi, ma'naviy- axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar hisoblanadi. Shuning
uchun ham ularni avaylab asrash, yuksaltirish inson shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida
ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tushunchaning tub ma'nosi borasida bildirilgan fikrlarni umumlashtirish asosida, ta'limiy

qadriyatlar tushunchasini shunday sharqlashimiz mumkin: ta'limiy

qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma'naviy—axloqiy

sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishida muhim ijtimoiy-
pedagogik ahamiyatga ega bo'lgan, shuningdek, o'ziga hos ahamiyat kasb etuvchi ob'ektiv va
sub'ektiv omillar majmuasidir.

Yangilangan jamiyat, ma'naviy, intellektual qadriyatlar, xalqning boy an'analari,

umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiyalar yutuqlariga tayangan holda,
shuningdek, ma'naviy — axloqiy an'analarini qayta tiklash va rivojlantirish asosida rivojlanadi.

Qadriyatlar va ulardan ijtimoiy hamda pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida

foydalanish borasidagi vazifalar — ta'lim mazmuni, uning jarayoni va «pedagog - o'quvchi»
tizimidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish asosiga kiritilishi lozim. Pedagogik munosabatlar
muammolarini hal etish ham talab etiladi. Bo'lajak boshlang'ich o'qituvchisini tayyorlash bilan
bog'liq pedagogik hodisani ham e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bu murakkab va ko'p qirrali
ijtimoiylashish jarayoni - bugungi kunda muhim ijodiy yo'nalganlik, ijtimoiy-pedagogik qadriyat
sifatida alohida e'tiborni talab qiladi. Ta'limdagi yangi qadriyatlar shaxsning "ta'lim va
mutaxassislik yo'nalishlarini" tanlab va pedagogik faoliyatida ijodiy imkoniyatlarini
faollashtiruvchi, "Men" kontseptsiyasi negizida qadrlash munosabatida bo'lishi bilan rivojlangan
shaxsni shakllantirishga qaratilgan innovatsion o'qitishni talab etadi:

• o'quvchilarning xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularning ichki imkoniyatlarini ochib

berishga qaratilganlik;

• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni pedagoglar ongiga singdirish;
• shaxs, jamiyat va atrof- muhitning munosabatlarini uyg'unlashtirish;
• munosabatlardagi qadriyatni an'analar asosida o'qituvchi va o'quvchining bir -birini

hurmat qilishi;


background image

77

• o'quvchilarda estetik boy dunyo qarashni, yuqori ma'naviylikni, madaniyatlilik va ijodiy

fikrlashni shakllantirish;

• ijodiy fikrlash, bashorat qila olish, muqobil fikrlanga imkon beruvchi shakl, metod va

vositalaridan foydalanib, ijtimoiy ahamiyatli qarorlar qabul qilishga o'rgatish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Choriyevna C. S. Education and Education of Pre-School Children on the Basis of Steam

Educational Technology. – 2023.
2.

Choriyevna C. S. Main Directions of Teacher Training and Improving Their Quality for the

Preschool Education System //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced
Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 51-54.
3.

Choriyevna C. S. Ways to Develop Mental Abilities in Preschool Children //Eurasian Journal

of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 15. – С. 174-177.
4.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN
TAHLILI //Educational Research in Universal Sciences.
5.

Choriyevna C. S. et al. A MODEL FOR IMPROVING THE SYSTEM OF PREPARING STUDENTS

FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY ON THE BASE OF EDUCATIONAL VALUES //Multidisciplinary
Journal of Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 6 (INTERNATIONAL SCIENTIFIC
RESEARCHER). – С. 283-285. – 2023. – Т. 2. – №. 9 SPECIAL. – С. 99-102.
6.

Чориева С. Ч. и др. ИГРА КАК ВЕДУЩАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕБЕНКА ДОШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 138-140.
7.

7.Чориева

С.

Ч.

УМЕНИЕ

УЧИТЕЛЯ

ИСПОЛЬЗОВАТЬ

СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ОСНОВЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ //Экономика и социум. –
2024. – №. 10-2 (125). – С. 998-1001.
8.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023.
– Т. 2. – №. 4 SPECIAL. – С. 1177-1181.
9.

Choriyeva S. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING

MUAMMO VA YECHIMLARI //Физико-технологического образование. – 2022. – №. 4.
10.

Choriyeva S. DIDACTIC OPPORTUNITIES OF THE NATIONAL CURRICULUM FOR MOTHER

TONGUE AND READING LITERACY IN PRIMARY SCHOOLS //Conferencea. – 2022. – С. 527-529.

Библиографические ссылки

Choriyevna C. S. Education and Education of Pre-School Children on the Basis of Steam Educational Technology. – 2023.

Choriyevna C. S. Main Directions of Teacher Training and Improving Their Quality for the Preschool Education System //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 51-54.

Choriyevna C. S. Ways to Develop Mental Abilities in Preschool Children //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 15. – С. 174-177.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI //Educational Research in Universal Sciences.

Choriyevna C. S. et al. A MODEL FOR IMPROVING THE SYSTEM OF PREPARING STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY ON THE BASE OF EDUCATIONAL VALUES //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 6 (INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER). – С. 283-285. – 2023. – Т. 2. – №. 9 SPECIAL. – С. 99-102.

Чориева С. Ч. и др. ИГРА КАК ВЕДУЩАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕБЕНКА ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 138-140.

Чориева С. Ч. УМЕНИЕ УЧИТЕЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СОВРЕМЕННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ОСНОВЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ //Экономика и социум. – 2024. – №. 10-2 (125). – С. 998-1001.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 4 SPECIAL. – С. 1177-1181.

Choriyeva S. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI //Физико-технологического образование. – 2022. – №. 4.

Choriyeva S. DIDACTIC OPPORTUNITIES OF THE NATIONAL CURRICULUM FOR MOTHER TONGUE AND READING LITERACY IN PRIMARY SCHOOLS //Conferencea. – 2022. – С. 527-529.