79
YANGI O’ZBEKISTONDA YANGI BAHOLASH TIZIMINING MAKTAB
HAYOTIDAGI O’RNI
Jartıbaeva Biybijamal Bayrambay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15656081
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar doirasida yangi baholash tizimining joriy etilishi, uning mazmun-
mohiyati, maktab hayotidagi amaliy o‘rni va ta’lim sifati hamda o‘quvchilarning shaxsiy
rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Yangi O‘zbekiston, baholash tizimi, formatif baholash, summativ baholash,
maktab ta’limi, ta’lim sifati, o‘quvchilar rivojlanishi, pedagogik innovatsiyalar, kompetensiyaviy
yondashuv, ta’lim islohotlari.
Аннотация:
В данной статье рассматривается внедрение новой системы оценки
знаний учащихся в рамках реформ системы образования в Новом Узбекистане.
Анализируется сущность формативного и суммативного оценивания, их роль в школьной
жизни, влияние на качество образования и развитие личности учащихся.
Ключевые слова:
Новый Узбекистан, система оценки, формативное оценивание,
суммативное оценивание, школьное образование, качество образования, развитие
учащихся, педагогические инновации, компетентностный подход, образовательные
реформы.
Abstract:
This article explores the implementation of a new student assessment system
within the framework of educational reforms in New Uzbekistan. It analyzes the essence of
formative and summative assessment, their role in the daily life of schools, and their impact on the
quality of education and the personal development of students. The paper emphasizes the shift
from traditional evaluation methods to a competency-based approach that supports transparency,
fairness, and continuous improvement in the learning process.
Keywords:
New Uzbekistan, assessment system, formative assessment, summative
assessment, school education, quality of education, student development, pedagogical
innovations, competency-based approach, educational reforms.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlanayotgan “Yangi O‘zbekiston –
yangi taraqqiyot bosqichi” doirasida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodlarni joriy qilish,
o‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri
sifatida belgilangan. Bu borada baholash tizimi nafaqat nazorat vositasi, balki o‘quv jarayonining
ajralmas qismi sifatida yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston
sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli, aniq baholash tizimini joriy etish dolzarb
masalaga aylanmoqda. Bu jarayonda baholash tizimi nafaqat natijani aniqlash, balki
o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini rag‘batlantirish vositasiga aylanyapti.
An’anaviy 5 ballik baholash tizimi o‘quvchining faqat yakuniy natijasini ko‘rsatishga xizmat
qilgan bo‘lsa, yangi baholash yondashuvi o‘quv jarayonini to‘liq kuzatish, o‘quvchi faoliyatini
doimiy tahlil qilish, ularning individual o‘sish dinamikasini aniqlashga qaratilgan. Bu tizim
formativ (joriy) va summativ (yakuniy) baholash shakllarini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarni
80
baholashda formativ va summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan. Har chorakda olinadigan
nazorat ishlari test shaklida bo‘lib, o‘quvchilarni fan bo‘yicha egallagan bilimlarini 3 turga
ajratilgan holda baholab boriladi. Choraklik yakunida bo‘ladigan nazorat materiallari
markazlashgan tizim orqali nazorat ostida olib boriladi. O‘quvchilar har chorakda, har bir fandan
100 ballik tizimda baholanib boriladi. Bunda, summativ ball - 90 ballni tashkil qilsa, formativ ball
– 10 ballni tashkil qiladi.[5]
Yangi baholash tizimida har bir fandan o‘quvchi 100 ballik baholash tizimida baholanadi. 50
ball chorak davomida olingan bob bo‘yicha summativ baholar yig‘indisidan tashkil topgan. Bunda
chorak davomidagi bob yakunlari bo‘yicha nazoratlar olib boriladi. Bu summativ baholash loyiha
ishi, laboratoriya ishi, amaliy mashg‘ulot kabi kichik turlarga ham bo‘linadi. Chorak yakunida 40
ballik nazorat ishi olinadi. Qolgan 10 ballni formativ baho sifatida fan o‘qituvchisi baholaydi.
Bunda 10 ballning 4 balli o‘quvchining uy ishlarini bajargani uchun, 6 balli esa darsda ishtiroki
uchun qo‘yiladi Kelgusida bu tizimni to‘liq raqamlashtirish, diagnostika vositalarini
takomillashtirish, baholashda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari ustida ishlanmoqda.
Formativ baholash orqali o‘qituvchi dars davomida o‘quvchining ishtirokini, faolligini,
bilimni o‘zlashtirish darajasini baholaydi. Summativ baholash esa o‘quv dasturi yakunida
erishilgan natijalarni umumlashtirishga xizmat qiladi.[5]
Yangi baholash tizimi o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi muloqotni
mustahkamlash, ta’lim jarayonini tahlil qilish, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu tizim:
O‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
O‘qituvchining o‘z metodikasini qayta ko‘rib chiqish, samarali usullarni izlashiga turtki
beradi;
Ota-onalarga o‘quvchining yutuq va kamchiliklari haqida aniq, izchil axborot beradi.
Bundan tashqari, baholash tizimi maktabda sog‘lom raqobat muhitini yaratish,
rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashiga imkon
yaratadi.
Bugungi kunda yangi baholash tizimi bo‘yicha sinovlar Respublikaning ko‘plab umumta’lim
maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bu tizim
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularda faollik va o‘zini nazorat qilish
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Yangi baholash tizimi dastlab, Prezident maktablarida joriy qilindi.
So‘ngra bu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil
qilingan maktab-internatlari va maktablarda ham yo‘lga qo‘yildi. Muhtaram prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2023-2024 o‘quv yilidan 500 ta umumiy o‘rta ta’lim
tashkilotlarida ham yangi baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda agentlik tizimidagi
ixtisoslashtirilgan maktab-internat va maktab o‘qituvchilaridan trener o‘qituvchilar shakllantirilb,
yangi baholash tizimiga o‘tgan maktablarda trener o‘qituvchi sifatida ishfaoliyatlarini boshlashdi.
Bunda har bir tumandan tanlab olingan maktablarga ixtisoslashtirilgan maktablar tayanch maktab
sifatida belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy baholash tizimi Yangi O‘zbekistonning ta’lim siyosatida
ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Mazkur tizim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini aniqlashda ob’ektivlikni ta’minlash, ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va
81
o‘z ustida ishlash faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, baholash
jarayonining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash orqali o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona
o‘rtasidagi samarali pedagogik muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yangi baholash tizimi o‘quvchilarning yutuqlarini asosan o‘z faoliyati asosida belgilanishini ko‘zda
tutadi. Jumladan, umumiy maksimal ballning 90 foizi o‘quvchining chorak davomida erishgan
natijalariga asoslanadi, qolgan 10 foiz baho esa fanni o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi. Bu
yondashuv o‘qituvchining baholashdagi subyektiv ta’sirini kamaytirish va o‘quvchilarning shaxsiy
mas’uliyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan
kelgusi o‘quv yilidan boshlab yana 1000 ta maktabda ushbu baholash tizimini bosqichma-bosqich
joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa mamlakat miqyosida baholash madaniyatini yangilash, xalqaro
standartlarga mos tizimni keng miqyosda amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan
biri hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar
salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4312-sonli
qarori. – T.: Lex.uz, 2019.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Baholashning yangi tizimini joriy etish
konsepsiyasi”. – Toshkent, 2022.
3.
Xolmurodov, A. (2021). Ta’lim tizimida formatif baholashning amaliy ahamiyati. Pedagogika
va psixologiya jurnali, №4, 65–70-bet.
4.
Karimova, D. (2023). Yangi O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish strategiyasi. Ta’lim va
innovatsiyalar, №2(14), 34–39-bet.
5.
Bekdurdiyev Z. (2024). YANGI O‘ZBEKISTONDA – YANGI BAHOLASH TIZIMI, 13-14
6.
Black, P., & Wiliam, D. (1998). Assessment and Classroom Learning.
Assessment in Education:
Principles, Policy & Practice
, 5(1), 7–74.
7.
Sadler, D. R. (1989). Formative assessment and the design of instructional systems.
Instructional Science
, 18(2), 119–144.
8.
OECD (2013). Synergies for Better Learning: An International Perspective on Evaluation and
Assessment. OECD Publishing.