Авторы

  • Dilnura Jomurodova
    Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 2-kurs BT-23-02-guruh talabasi
  • Isroil Mo’minov
    Ilmiy rahbar: Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’limda matematika va ona tili kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.105823

Ключевые слова:

Boshlang’ich innovatsiya texnologiya AKT LINGVA.

Аннотация

Mazkur maqoladi boshlang’ich sinf o’quvchilarida  zamonaviy innovatsion texnologiyalardan  foydalanish usullar va ularning zarurligi haqida hamda zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish haiqda ma’lumot berilgan.


background image

73

BOSHLANG‘İCH SİNF O‘QUVCHİLARİNİ O‘QİTİSHDA ZAMONAVİY

İNNOVATSİON TEXNOLOGİYALARDAN FOYDALANİSHNİNG ZARURİY

AHAMİYATİ

Jomurodova Dilnura Ko’chim qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti

2-kurs BT-23-02-guruh talabasi

Tel;+998-99-215-49-03

Mo’minov Isroil Xudoyshukur o’g’li

Ilmiy rahbar: Termiz davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’limda matematika va ona tili kafedrasi o‘qituvchisi

Email: muminovisroil318@gmail.com

Tel: +998 902673797

https://doi.org/10.5281/zenodo.15655936

Annotatsiya.

Mazkur maqoladi boshlang’ich sinf o’quvchilarida zamonaviy innovatsion

texnologiyalardan foydalanish usullar va ularning zarurligi haqida hamda zamonaviy o’qitish
usullaridan foydalanish haiqda ma’lumot berilgan.

Abstract:

This article provides information about the methods and necessity of using

modern innovative technologies among primary school students, as well as the use of modern
teaching methods.

Аннотация:

В данной статье представлена информация о методах и необходимости

использования современных инновационных технологий среди учащихся начальной
школы, а также об использовании современных методов обучения.

Kalit so’zlar:

Boshlang’ich, innovatsiya, texnologiya, AKT, LINGVA.

Keywords:

Elementary, innovation, technology, ICT, LANGUAGE

Ключевые слова:

Элементарный, инновации, технологии, ИКТ, ЯЗЫК


Hozirgi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy axborot asrida ta’lim tizimining

har bir bosqichi, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim jarayoni zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni
talab qilmoqda. Boshlang‘ich sinf – bu bolalarda bilimga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, mustaqil
fikrlashga yo‘naltirish, ijodiy salohiyatni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Shu
bois bu bosqichda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘ta muhimdir.Chunki hozirgi kunda juda
ham texnologiyalar rivojlanib bormoqda.

Zamonaviy innovatsion texnologiyalar nima?
Innovatsion texnologiyalar – bu an’anaviy dars o‘tish usullariga nisbatan yangicha,

interaktiv, ilg‘or yondashuvlarni o‘z ichiga olgan metod va vositalar majmuasidir. Bularga
quyidagilar kiradi:

AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari): kompyuter, planshet, interaktiv doska,

proyektor.

Multimedia vositalari: audio, video, animatsiyalar, elektron darsliklar.
Ta’limiy onlayn platformalar: Zoom, Google Classroom, EduPage, LearningApps va

boshqalar.

O‘yin texnologiyalari: ta’limiy o‘yinlar, testlar, viktorinalar.
STEM yondashuvi: fan, texnologiya, muhandislik va matematikani integratsiyalashgan

o‘qitish.


background image

74

O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’limda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va

o‘qituvchilarning bu boradagi faoliyatini baholash masalalari davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va qabul qilingan
qonunlar ushbu sohada sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev
innovatsiyalarni jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ko‘rib, xalqimiz dunyoqarashida
innovatsiya muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ularning tashabbusi bilan
mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonunda berildi. 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan ushbu qonun
innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.[1]Qonunda
innovatsion faoliyatning asosiy tushunchalari, tamoyillari va yo‘nalishlari belgilangan. Ushbu
hujjat ta’lim tizimida, jumladan, boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish
uchun huquqiy asos yaratadi. ‘‘Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan
ushbu qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda maktabgacha ta’lim va
tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy
tayyorlashni ham nazarda tutishi belgilangan. Bu esa boshlang‘ich ta’limda innovatsion
metodlarni qo‘llash uchun muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyevning
tashabbuslari va qabul qilingan qonunlar O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limda innovatsion
faoliyatni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Bu esa o‘qituvchilarning
innovatsion faoliyatini baholash va rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.[2]

Hozirgi kunda ta’lim tizimi jadal rivojlanib, yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish

zarurati kuchayib bormoqda. Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishda o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Innovatsion faoliyatni samarali baholash o‘qituvchilarning o‘quv jarayoniga yangicha
yondashuvlarini aniqlash, ularning kasbiy mahorati va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholash
mezonlari, xalqaro tajribalar va samaradorlikni oshirish usullari ko‘rib chiqiladi.[3]

Innovatsiya — bu yangilik yaratish, o‘quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, yangi

pedagogik metodlar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish jarayonidir. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari uchun innovatsion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: Interfaol
metodlar — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash — elektron darsliklar, multimedia
resurslar, onlayn platformalar. Individual yondashuv — har bir o‘quvchining qobiliyatini hisobga
olgan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish. Guruhli va loyihaviy ishlar — o‘quvchilarda ijtimoiy
ko‘nikmalarni rivojlantirish. Masalan, Singapur ta’lim tizimida innovatsion faoliyatga alohida
e’tibor qaratilib, o‘qituvchilar uchun maxsus trening va seminarlar tashkil qilinadi. Finlandiyada
esa ta’lim jarayonida mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvga urg‘u beriladi. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini samarali baholash uchun quyidagi mezonlardan
foydalanish mumkin:Pedagogik samaradorlik – o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarning
shakllanish darajasi. Psixologik moslashuvchanlik – o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga moslashish
darajasi. Kreativlik – o‘qituvchining yangi usullarni qo‘llash va moslashuvchan
yondashuvlari.Texnologik bilim – raqamli vositalardan foydalanish mahorati. Tahlil qilish
qobiliyati – o‘quvchilarning natijalarini tahlil qilish va o‘qituvchining o‘z faoliyatini baholash
qobiliyati.[4]


background image

75

Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion

ko‘nikmasini shakllantirishda xalqaro loyihalar va dasturlarga asoslanish ham kutilgan samarani
beradi. Misol uchun, bunday xalqaro loyihalar va dasturlarning eng muhimlari quyidagilardan
iborat: ERAZMUS – bu xalqaro dasturga muvofiq Yevropa Ittifoqiga kiruvchi barcha
mamlakatlarning o‘qituvchilari yagona o‘quv dasturi asosida tayyorlanishi kerak. Biz uchun
mazkur dasturning innovatsion texnologiyalar bo‘limi muhim ahamiyatga ega. LINGVA - mazkur
xalqaro loyihaga ko‘ra, barcha shaxslar boshlang’ich sinfdan boshlab xorijiy tillarni o‘rganishgga
kirishishi kerak. O‘zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida mazkur xalqaro loyiha qabul qilingan va
shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilari bitta xorijiy
tilni bilishi kerakligi taqozo etiladi. EVRIKA – bu xalqaro dasturga muvofiq SHarqiy Yevropa
mamlakatlarining ta’lim tizimi muvofiqlashtirib boriladi. Biz uchun bu dasturning mintaqaviy
ta’lim birligi bo‘limi muhimdir. ESPRIT – bu xalqaro loyiha Yevropa universitetlarida amal
qilmoqda va u ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqotlar muassasalari uchun yangi axborot
texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Biz uchun mazkur xalqaro loyihaning yangi
axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega.[5]

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini samarali baholash ta’lim

jarayonining sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Innovatsion faoliyat o‘qituvchilardan
yangicha pedagogik yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
innovatsion faoliyatni baholashda pedagogik samaradorlik, kreativlik, psixologik
moslashuvchanlik, texnologik bilim va natijalarni tahlil qilish kabi mezonlar asosiy ahamiyatga
ega. Prezident Shavkat Mirziyoyevning innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan
tashabbuslari va qabul qilingan qonunlar ta’lim tizimida chuqur islohotlar olib borishga xizmat
qilmoqda. Xususan, ‘‘Ta’lim to‘g‘risida”gi va ‘‘Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar
boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy qilish uchun huquqiy asos
yaratmoqda. Shu bilan birga, xalqaro tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
malakasini oshirish, ularni innovatsion faoliyatga tayyorlash va rag‘batlantirish muhim
ahamiyatga ega. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini
tizimli ravishda baholash o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatimiz ta’lim
tizimining xalqaro standartlarga mos rivojlanishiga zamin yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov, I. A. (1997). Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent; Ma’naviyat.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2020). O‘zbekiston Respublikasining 3. ‘‘Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonuni — 2020-yil 23-sentabr.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2020). O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Innovatsion

faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni — 2020-yil 24-iyul.
4.

Yuldasheva, N. (2019). Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularni boshlang‘ich ta’lim

jarayoniga joriy etish. O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

Библиографические ссылки

Karimov, I. A. (1997). Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent; Ma’naviyat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2020). O‘zbekiston Respublikasining 3. ‘‘Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni — 2020-yil 23-sentabr.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2020). O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni — 2020-yil 24-iyul.

Yuldasheva, N. (2019). Innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularni boshlang‘ich ta’lim jarayoniga joriy etish. O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.