71
TALABALARDA LIDERLIK FAZILATLARINI SHAKLLANGANGILINI ANIQLASH
USULLARI VA UNI YANADA TAKOMILLASHTIRUVCHI METODLAR
Abdusattorova Go’zalxon
Fardu 1-bosqich tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15653781
Annotatsiya.
Ushbu maqolada talabalardagi liderlik sifatlari va bu sifatlarni kelgusi
pedagogik jarayonda qo’llashga o’rgatish metodlari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
ta’limda liderlik, hamkorlikda o’qitish, refleksiya, muammoli ta’lim, raqobat
muhiti, yetakchilikka tayyorlov.
Ilm-fan ivojlanayotgan bugungi zamonda bolalar, o’smirlardagi bir qator ilg’or xususiyat va
individual qobiliyatlarni aniqlash hamda shu qobiliyatlar asosida fan tarmoqlariga bo’lgan, kasbga
bo’lgan qiziqishlarini yanada aniqroq bilish, o’rganish masalasi dolzarb ahamiyatga ega
jihatlardandir.
O’qitish jarayonida liderlikni rivojlantirish – bu ta’lim jarayonida talabalar, o’quvchilardagi
yetakchilik sifatlarini shakllantirib borishga qaratilgan usul va metodlar jamlanmasidir. Ayni
liderlikni ta’limda, pedagogik sohada rivojlantirish masalalari bo’yicha L.T.Razikovaning
“Talabalarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-pedagogik
asoslari” nomli monografiyasida, S.Yuldashevning “Liderlik sifatlarini shakllantirishda sinf
rahbarining o’rni” maqolalarida ham ushbu qobiliyatni rivojlantirishning ustuvor jihatlari yoritib
berilgan.
Talabalarda liderlikni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar va metodlarni birma-bir
tahlil etish orqali bu usullarning samarali jihatlarini ko’rib chiqamiz;
1)
Turli loyihalar asosida o’qitish ( Project- based learning).
Bu yondashuv asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilganda, talabalarda real dunyo muammolarini
hal qilishga jalb etish orqali ularni o’z fikrini teran ifodalay olish ko’nikmalari shakllanadi.
2)
Munozalar ( debat) orqali yondashuvda talabalar o’zaro qarama-qarshi fikrlar doirasida
shaxsiy qarashlarini dadil bildira olish ko’nikmasi shakllanadi.
3)
Rol o’ynash ( role play) usuli orqali esa ma’lum vaziyat doirasida rollar taqsimlanadi.
Masalan, kimdir-rahbar, kimdir-yordamchi, kimdir- ishchi va hokazo rollar taqsimlanadi. Bu
jarayonda o’z rolidan kelib chiqib talabalar so’zlayotgan nutq hamda o’zini tutish, rolga moslasha
olishi kuzatib boriladi. Kuzatuvlar natijasida ulardagi yetakchilik yoki mustaqil ish ko’rishdagi
turli muammolar yuzaga chiqadi, tahlil etiladi va xulosalar qilinadi.
“Yetakchi” so’zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo’lgan ishtiyoqi
mavjudligidan kelib chiqadi.”Peshqadam” iborasi esa ma’lum fazilatlarga ega bo’lgan shaxs
ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o’z ixtiyoriga ko’ra o’zi ishongan odam borayotgan
yo’lni tanlashini anglatadi. Ayni shu holat “lider” atamasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur.
1
Liderlarga xos xususiyatlardan yana biri nutq va kommunikatsiyani rivojlantirishdir.
Bunda liderda o’z fikrini auditoriya oldida ifoda etish muhim hisoblanadi. Shuningdek,
boshqalarni tinglash, tanqidga ochiqlik-yetakchilikning asosidir.
-
Emotsional intellektni rivojlantirish esa talabalarda o’z his-tuyg’ularini anglash hamda
boshqalar bilan samarali muloqot qila olish ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning liderlik
qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.
1
D.Hukumova “Shaxsda liderlikni namoyon bo’lishi” .Samarqand 2022.209-214-bet
72
-
Volontyorlik faoliyatlarini yo’lga qo’yish, talabalar o’rtasida shu turdagi jamoalarni tashkil
etish orqali ham yetakchilik, mustaqillik sifatlari o’smirlar orasida nisbatan o’sib boradi.
Jamiyatdagi liderlarga, yetakchilarga, o’z ortidan boshqalarni ergashtira olish qobiliyatiga
ega shaxslarga bo’lgan talab kundan kun ortayotganligini hisobga olsak, yuqoridagi metodlardan
kelib chiqqan holda quyidagicha lider shaxslar turkumlarini sanab o’tish mumkin
2
:
1)
Intelektual liderlar
2)
Emotsional liderlar
3)
Irodali liderlar
4)
Super liderlar
Yoshlar o’rtasida liderlikni rivojlantirish kelajak uchun, yurt ertasi uchun munosib
yetakchilar va rahbarlarni tarbiyalash, ularni haqiqiy jamiyat ustuvorlari sifatida shakllantirish
bilan izohlanadi. Pedagogik jarayonda talabalarni ayni shu sifatlar bilan qurollantirish, o’zining
mustaqil fikri, o’z shaxsiy qarashiga ega bo’lgan o’smirlarni voyaga yetkazish bu jarayonning
naqadar dolzarb ekanligini ham anglatib turadi va bunda sanab o’tilgan metodlardan foydalanish
yaxshi samara beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
L.V.Shalaginova “Yetakchilik psixologiyasi” Sankt-Peterberg. Nutq. 2007
2.
M. Chemers “Yetakchilikning integrativ nazariyasi” S.A.E 997
3.
U.E. Xojimatova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda
qulay shart-sharoitlarni yaratish”. Namangan 2025
4.
L.T. Razikova “Talabalarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning
ilmiy-pedagogik asoslari” Samarqand. 2023.
5.
S.Yuldashev “Liderlik sifatlarini shakllantirishda sinf rahbarining o’rni”.Jizzax.2023
2
Z.Yuldasheva, M.Gadayeva “Liderlikning boshqaruv tizimidagi ahamiyati, unga qo’yiladigan
talablar.”Axborotnoma.2024.15-18-bet