61
MAXSUS SPORT MAKTABLARIDA CHET TILINI O‘QITISHNING
SAMARALI METODLARI VA SPORT TERMINOLOGIYASIDAN
FOYDALANISHNING O‘RNI (ISPAN TILI MISOLIDA)
Salaxova Dilnoza Sagdullayevna
OʻzDJTU, Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15645529
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maxsus sport maktablarida ispan tilini o‘qitishning samarali
metodlari va sport terminologiyasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada ESP va
CLIL metodikasiga asoslangan yondashuvlar, o‘quvchilarning til kompetensiyalarini
rivojlantirishdagi roli hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ispan tili, sport terminlari, ESP, CLIL, maxsus maktablar, metodika.
ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА В
СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ СПОРТИВНЫХ ШКОЛАХ И РОЛЬ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СПОРТИВНОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ (НА ПРИМЕРЕ
ИСПАНСКОГО ЯЗЫКА)
Салахова Дилноза Сагдуллаевна
Преподаватель кафедры теоретических
дисциплин испанского языка, УзГУМЯ
Аннотация:
В статье рассматриваются эффективные методы преподавания
испанского языка в специализированных спортивных школах и использование
спортивной терминологии. Проанализированы подходы, основанные на методиках ESP и
CLIL, а также представлены практические рекомендации по развитию языковых
компетенций учащихся.
Ключевые слова:
испанский язык, спортивная лексика, ESP, CLIL, специализированные
школы, методика.
EFFECTİVE METHODS OF FOREİGN LANGUAGE TEACHİNG İN SPECİALİZED
SPORTS SCHOOLS AND THE ROLE OF USİNG SPORTS TERMİNOLOGY (THE
CASE OF SPANİSH LANGUAGE)
Salaxova Dilnoza Sagdullayevna
Lecturer at the Department of
Spanish Language Theory, UzSWLU
Abstract:
This article explores effective methods for teaching Spanish in specialized sports
schools and the integration of sports terminology into the language learning process. It analyzes
approaches based on ESP and CLIL methodologies and offers practical recommendations for
enhancing students’ language competencies.
Keywords:
Spanish language, sports terminology, ESP, CLIL, specialized schools, methodology.
Bugungi kunda chet tillarini o‘qitishning samaradorligini oshirish, ayniqsa
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Maxsus sport
maktablarida xorijiy til, xususan, ispan tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari va
ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muassasalarda ta’lim olayotgan
o‘quvchilar asosan sport bilan faol shug‘ullanadilar, shuning uchun ular uchun moslashtirilgan,
sohaga oid leksikani o‘z ichiga olgan dars metodlari talab etiladi.
62
Chet tilini sohaga integratsiya qilish, ya’ni sport mavzulari asosida o‘qitish orqali nafaqat
lug‘at boyligi kengayadi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasi, kommunikativ ko‘nikmalari va real
hayotda tilni qo‘llash malakalari ham rivojlanadi. Ayniqsa, ispan tilining xalqaro sport olamidagi
o‘rni ortib borayotganini inobatga olsak, bu yo‘nalishda ta’lim mazmunini yangilash va zamonaviy
metodikalarni joriy etish ayni vaqt talabi hisoblanadi.
Mazkur maqolada sport maktablarida ispan tilini o‘qitish jarayonidagi metodik
yondashuvlar, sport terminlaridan foydalanishning o‘rni haqida soʻz boradi.
Chet tilini maxsus yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha so‘nggi yillarda ESP (English/Spanish for
Specific Purposes – muayyan maqsadlar uchun til) va CLIL (Content and Language Integrated
Learning – mazmun va til integratsiyasi) kabi metodik yondashuvlar dolzarblik kasb etmoqda. Bu
yondashuvlar sport maktablarida ispan tilini o‘qitishda ham qo‘llanilishi mumkin, chunki ular
tildan aniq kontekstda foydalanishga asoslanadi.
ESP metodikasi haqida J.C.Richards shunday deydi: “ESP o‘rganuvchining aniq ehtiyojlariga
moslashtirilgan bo‘lib, u o‘rganilayotgan tilni muayyan fan, kasb yoki faoliyat sohasiga
bog‘laydi”[2].
Bu yondashuv sport maktabi o‘quvchilariga aynan sport bilan bog‘liq terminologiyani va
kommunikativ vaziyatlarni o‘rganishga imkon beradi.
Shuningdek, CLIL metodikasi ham sport tilini samarali o‘rgatishda foydalidir. D. Coyle, P.
Hood va D. Marsh ha koʻra “CLIL bu ikki yo‘nalishga qaratilgan ta’limiy yondashuv bo‘lib, uning
doirasida qo‘shimcha chet tili orqali mazmun hamda til birgalikda o‘rgatiladi” [1].
Bu metod yordamida o‘quvchilar sport darslarida yoki sportga oid materiallar asosida tilni
o‘rganadilar, bu esa real kontekstda o‘rganishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston tajribasida ham maxsus maktablarda chet tilini sohaga bog‘lab o‘qitish
urinishlari mavjud. Misol uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-
internatlarida ingliz tilini sport mavzulari asosida o‘qitish tajribalari kuzatilgan. “El Golazo” sport
akademiyasi qoshida ochilgan “Tomiris School” zamonavoiy maktabida esa ham ingliz ham ispan
tili oʻquvchilarga oʻrgatib boriladi.
Shu nuqtai nazardan, ispan tilini sport maktablarida ESP va CLIL yondashuvlari asosida
o‘qitish – ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va
ularni xalqaro maydonga tayyorlashda muhim qadamlardan biridir.
Sport maktablarida xorijiy tilni, xususan ispan tilini o‘qitish umumta’lim maktablariga
qaraganda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Bu muassasalardagi o‘quvchilar sport faoliyatiga
yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning darsdan tashqari mashg‘ulotlari ko‘p bo‘ladi, bu esa dars vaqtidan
samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu sababli, darslarda mavzularni sport
kontekstida tashkil etish nafaqat o‘quvchining qiziqishini oshiradi, balki ularni faol ishtirok
etishga undaydi.
Til va sport integratsiyasiga asoslangan darslarda Tematik yondashuv (Topic-based
learning) metodi samarali metodlardan biri hisoblanadi. Dars mavzusi sport bilan bog‘liq bo‘ladi,
masalan: El fútbol en España, Las reglas del baloncesto, La dieta del deportista. Bu yondashuv
orqali o‘quvchilar sportga oid leksikani real kontekstdan o‘rganadilar.
Rollar o‘ynash (Role-play) metodida o‘quvchilar “murabbiy”, “sportchi”, “shifokor” rollarini
ijro etib, amaliy nutq ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Masalan, “sportchilar matbuot
anjumanida” yoki “murabbiy bilan intervyu” ssenariylari boʻyicha sinfni guruhlarga boʻlib rollarni
taqsimlash orqali har bir oʻquvchini dars jarayoniga aktiv qatnashtirish mumkin.
63
Video va audiomateriallardan foydalanish ispan tilida olib borilgan sport musobaqalari,
sharhlar, sportchilar bilan intervyular kabi til tashuvchilar nutqini tinglash o‘quvchilar uchun
eshitish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydali bo‘ladi. Leksik mashqlarni bajarish
sport terminlariga asoslangan so‘z topish, tarjima qilish, antonim va sinonimlarni aniqlash,
jumlalar tuzish mashqlari esa oʻquvchining soʻz boyligidan unumli foydalanish va samarali
oshirishda yetakchi usullardan biridir.
CLIL asosidagi, masalan, “futbol qoidalari” mavzusida grammatika va so‘z boyligini
birgalikda o‘rganish, yoki “sportchilar ovqatlanishi” mavzusida matn bilan ishlash kabi
mashg‘ulotlar bir necha kompetensiyalarni baravar rivojlantirishda samarali hisoblanadi.
Ushbu metodlar orqali o‘quvchilar tilni faqat grammatik tizim sifatida emas, balki muloqot
vositasi sifatida ko‘radilar. Sport terminologiyasi esa ularning tilga bo‘lgan ishonchini oshiradi va
kommunikativ vaziyatlarda erkin ifoda qilishga yordam beradi.
Darslarda quyidagi sport terminlari keng qo‘llaniladi (misollar ispan tilida):
entrenamiento
(mashg‘ulot), competencia (musobaqa), árbitro (hakam), gol (gol), cancha/campo (maydon), equipo
(jamoa), lesión (jarohat) [4].
O‘quvchilar ushbu so‘zlar asosida sport haqida suhbatlashish, fikr bildirish va sport
voqealarini sharhlashga o‘rganadilar. Bu esa ularning umumiy til malakasini sezilarli darajada
oshiradi.
Ispan tilini sport maktablarida samarali o‘qitish uchun o‘qituvchilar dars jarayoniga sport
bilan bog‘liq terminologiyani, mavzularni va kommunikativ vaziyatlarni kiritishlari lozim. Bu
nafaqat o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiradi, balki ularni tilni real hayotda qo‘llashga
tayyorlaydi.
Maxsus sport maktablarida chet tilini oʻqitish boʻyicha bir necha tavsiyalar berish mumkin.
Masalan, darslik va qo‘llanmalarda sport mavzulari bo‘yicha bo‘limlar yaratish yoki har bir
boʻlimda sportga oid mashqlar berish doimiy shu mavzudagi soʻzlar bilan kontaktda boʻlish va
ularni yanada yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Darslarni ESP va CLIL metodikasiga
tayangan holda loyihalash, sport mavzusida multimedia vositalaridan (video, podkast, intervyu)
foydalanish, sportchilarning tarjimai hollari, mashg‘ulot turlari, o‘yin qoidalari, musobaqa
sharhlari asosida mashqlar ishlab chiqish, o‘quvchilarni sport tilidagi matnlarni o‘qish, eshitish va
so‘zlashga faol jalb etish ham muhim ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, sport maktablarida ispan tilini o‘rgatishda soha bilan bog‘liq yondashuvni
qo‘llash til o‘rgatish sifatini oshiradi, o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytiradi va ularni xalqaro sport maydonlarida samarali muloqot qilishga tayyorlaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Coyle, Hood & Marsh, 2010. CLIL: Content and Language Integrated Learning, Cambridge
University Press.
2.
Richards, 2001. Curriculum Development in Language Teaching, Cambridge University
Press.
3.
Sagdullaevna S. D. Teaching A Foreign Language Through Short Films //European Journal of
Research Development and Sustainability. – Т. 4. – №. 6. – С. 42-44.
64
4.
Салахова Д. С. АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА СПОРТИВНЫХ ТЕРМИНОВ С
ИСПАНСКОГО НА УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК //Проблемы науки. – 2024. – №. 4 (85). – С. 81-84.
5.
Салахова Д. С. ИДЕНТИФИКАЦИЯ КУЛЬТУРНО-СПЕЦИФИЧНЫХ КОНЦЕПТОВ В
ИСПАНСКОЙ ЯЗЫКОВОЙ КАРТИНЕ МИРА //Журнал гуманитарных и естественных наук. –
2025. – №. 19 [1]. – С. 254-261.
6.
Салахова Д. С. НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ СПОРТИВНЫХ
ТЕРМИНОВ В ИСПАНСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ //Multidisciplinary and Multidimensional
Journal. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 106-108.