Авторы

  • Saltanat Abdieva
    Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.105831

Аннотация

XXI asr – innovatsiyalar, axborot kommunikatsiya tizimlari va raqamli texnologiyalar asri bo‘lib, bu jarayon ta’lim tizimiga ham katta ta’sir qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”da ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga doir yo‘nalishida ta’lim sohasiga ham muhim vazifalarni belgilab berdi. Umumta’lim maktablaridagi “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb o‘zgartirilib, ushbu fan mazmuni kengaytirildi, ya’ni innovatsion texnologiyalar, ulardan samarali foydalanish kabi vazifalar yuzasidan fan tarmog‘ida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan mavzular zamonaviylashtirildi va takomillashtirildi. Bunday sharoyitta texnologiya fani orqali o‘quvchilarda texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


background image

44

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-ASOSIY YO‘NALISHLARI

Abdieva Saltanat Patullaevna

Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15628668

XXI asr – innovatsiyalar, axborot kommunikatsiya tizimlari va raqamli texnologiyalar asri

bo‘lib, bu jarayon ta’lim tizimiga ham katta ta’sir qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar
strategiyasi”da ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga doir yo‘nalishida ta’lim sohasiga ham muhim
vazifalarni belgilab berdi. Umumta’lim maktablaridagi “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb
o‘zgartirilib, ushbu fan mazmuni kengaytirildi, ya’ni innovatsion texnologiyalar, ulardan samarali
foydalanish kabi vazifalar yuzasidan fan tarmog‘ida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan mavzular
zamonaviylashtirildi va takomillashtirildi. Bunday sharoyitta texnologiya fani orqali o‘quvchilarda
texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Texnologiya fanining maqsadi o‘quvchilarda mehnat madaniyati, kasbga yo‘naltirish, ijodiy

fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ularni zamonaviy texnologiyalar bilan
tanishtirish, hayotga, ishlab chiqarishga tayyor shaxs sifatida tarbiyalash hisoblanadi.[3] Bu fan
o‘quvchilarni nafaqat qo‘l mehnatiga o‘rgatadi, balki ularni ijodkor, mas’ulyatli, o‘z kasbini tanlay
oladigan va texnik tafakkurga ega shaxsni yetishtirishni maqsad qiladi. Fanning mazmuni
o‘quvchilarning yoshi, fiziologik xususiyatlariga qarab kengayib, murakkablashib boradi.
Masalan, 4-5 sinflar uchun “Texnologiya” darsliklarida o‘qituvchi texnologiya va texnologik
vositalar, texnik konstruktsiyalash va modellashtirish, robototexnika asoslari, zamonaviy kasblar
(dizayner, marketolog, interyer dizayner, muhandis dasturchi) haqida, shuningdek, eskiz, model,
maket, modellashtirish, kontruktorlash va 3D ruchkalarda har xil o‘lchamli obyektlarni yasash
kabi mavzularni o‘rgatishi kerak bo‘ladi. Bundan keyingi sinflarda ham mavzular va o‘quvchilar
o‘rganishi kerak bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar murakkablashib boradi. Mana shunday
vaziyatta ushbu fan o‘qituvchisidan chuqur bilim va tajribalarni, kasbiga oid harataraflama bilim
va amaliy ko‘nikmalarni o‘zida jamlagan kasbiy kompetentligi yuqori kadr bo‘lishni talab qiladi.

Kasbiy kompetentlik – bu o‘qituvchining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari,

kommunikativ va axloqiy fazilatlari, innovatsion faoliyatga tayyorligi, mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyatini qamrab oluvchi murakkab tizimli tushuncha.[1] A.V.Xutorskiy “kompetentlik – faqat
bilim emas, balki ularni hayotiy faoliyatta qo‘llay olish qobiliyatidir.”deb, ta’kidlaydi. Zamonaviy
texnologiya fani o‘qituvchilariga xos bo‘lgan kasbiy kompetentliklar quyidagi qismlarda aks etadi:

1. Texnologik bilim va ko‘nikmalar – ishlov berish usullari, texnik chizmalar, dasturiy

ta’minotlar bilan ishlash, 3D modellashtirish va b.;

2. Innovatsion yondashuv – STEM, STEAM va boshqa raqamli texnologiyalarni qo‘llay olishi;
3. Ijtimoiy va kommunikativ kompetentsiyalar – jamoada ishlay olish, ota-onalar, jamiyat

bilan samarali muloqot o‘rnatish, pedagogik mahorat;

4. Axborort-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentsiyasi – kompyuter

grafikasi, dizayn, platformalardan foydalanish va amaliy loyihalar yaratish va b.

Texnologiya o‘qituvchisi matematika, fizika, san’at, fan va texnika yangiliklaridan doim

xabardor bo‘lishi, ulardan o‘rinli foydalana olishi bilan bir qatorda pedagogga xos kasbiy


background image

45

kompetentliklarini ham doimiy rivojlantirib borishi lozim. Chunku, o‘quvchilar, ularning ota-
onalari va pedagogik jamoa bilan ishlashda ijtimoiy – kommunikativ kompetensiya (o‘quvchilar,
ota-onalar va pedagogik jamoa bilan samarali muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, o‘quvchilarda
jamoada ishlash va kasbga hurmat bilan yondashish ko‘nikmasini shakllabtirish), pedagogik
kompetentlik (o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish, darsda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, baholash mezonlarini to‘g‘ri qo‘llay olish), metodik
kompetensiya (o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini
rivojlantirish, kasbiy yo‘naltirish va mehnat tarbiyasi asoslarini o‘rgatish), axborot-
kommunikatsion kompetensiyasi (kompyuter dasturlaridan foydalanish, interaktiv taqdimotlar,
elektron resurslar bilan ishlash, raqamli texnologiyalar asosida loyihalar yaratishni o‘rgatish),
tashkiliy-boshqaruv kompetensiyasi (mexnat xavfsizligi va sanitariya qoidalarini bilish ularga
amal qilish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, o‘quv ustaxonalarini tashkil etish u yerda
samarali ish olib borish), innovatsion kompetensiya (zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
o‘quvchilarning innovatsion tafakkurini rivojlantirish) kabi kasbiy kompetentliklarini shaxsiy
qobiliyatlari bilan uyg‘unlikda olib borish o‘qituvchi faoliyatini yana da samarali qiladi.

Boshqa fanlardan farqli ravishda “Texnologiya” fani uzoq muddatli ya’ni maktabga ilk

qadamini qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilaridan boshlab ular to maktabni bitirgunicha har bir sinfda
o‘qitilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Bu o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligiga yana da jiddiy
yondashishni ko‘rsatadi. Chunki, har bir sinfdagi o‘quvchilar bilan muloqotda, ta’sir qilishda
ularning yoshiga doir fiziologik xususiyatlarini ham yaxshi bilishi kerak bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini

rivojlantirish – bu nafaqat o‘qituvchining o‘zini, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim
omillardandir. Bugungi kunda mamlakatimizda bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar olib
borilmoqda. Shuning uchun, pedagogika ta’lim muassasalari zamonaviy texnologiyalarni chuqur
egallagan, ijodiy va innovatsion fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qila oladigan texnologiya
o‘qituvchilarini tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Azizxo‘jaeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –T.:2023.

2.

Muslimos N. va b. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi va kasb tanlashga yo‘llash: darslik. –T.:

2014.
3.

Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari, - T.:

2019.

Библиографические ссылки

Azizxo‘jaeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –T.:2023.

Muslimos N. va b. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi va kasb tanlashga yo‘llash: darslik. –T.: 2014.

Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari, - T.: 2019.