42
RAQAMLI PEDAGOGIKA SHAROYITIDA BO‘LAJAK QORAQALPOQ TILI
O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Orazbaeva Gozzal Usnaddin qizi
Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15628653
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jamiyatning barcha soxalariga, shu jumladan ta’lim
tizimiga ham chuqur kirib kelmoqda. Shu jumladan, pedagogika va uning atrofidagi ta’limga oid
ko‘plap terminlar raqamlashtirilib, ularni qayta o‘rganish va mohiyatini tushintirishning ilmiy-
amaliy ahamiyati ortib bormoqda.
Har bir soxada “raqamlashtirish” orqali yuqori natijalarga ega bo‘lish, dunyo bozorida
raqobatbardosh bo‘lishga erishish asosiy maqsad sifatida belgilangan. “Raqamlashtirish” -
vikipedia lug‘atida XX asrning 90-yillarida “raqamli qurilmalar” yordamida ma’lumotlarni yozish
va uzatishning raqamli aloqa usuliga o‘tish sifatida talqin etiladi. Ta’lim modernizatsiyasi
sharoyitida ham texnik vositalarni tavsiflovchi ba’zi tushunchalar o‘zgardi, masalan, “axborot-
kommunikatsion texnologiyalar” tushunchasi “raqamli texnologiyalar”ga almashdi. Raqamli
texnologiyalar ta’limning yangicha bosqichga chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu bo‘lsa o‘qituvchidan
nafaqat kasbiy tayyorgarlikni, balki raqamli savodxonlik, ijodkorlik va zamonaviy texnologiyalar
bilan ishlash kabi ahamiyatli ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ham talab qiladi.
Raqamli pedagogika – an’anviy ta’limga nisbatan yangi, zamonaviy texnologik yondashuv
bo‘lib, unda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va ta’sir ko‘proq raqamli muhit
orqali amalga oshiriladi. Bunda elektron resurslar, multimedia vositalari, masofaviy ta’lim
platformalari muhim o‘rin tutadi. Shuqurroq tushuntiradigan bo‘lsak, raqamli vositalar orqali
ta’limni samarali tashkil etish, o‘quvchi va o‘qituchi orasida faol muloqotni ta’minlash, o‘qitish
jarayonini interaktiv, ochiq va ijodiy tusga aylantiruvchi tizim hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli “Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmonida maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-
kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish dolzarb vazifa sifatida
belgilangan.[1] Yani o‘qituvchilarni zamonaviy kompetentsiyalar bilan qurollantirish, raqamli
ta’limda kommunikatsiya, axborot oqimini boshqarish, onlayn resurslardan foydalanish kabi
imkoniyatlarni nazarda tutadi. Zamonaviy mutaxassisning raqamli vositalardan foydalana
olmasligi ta’limni modenizatsiya qilishda jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Raqamli pedagogika sharoyitida o‘qituvchilar faoliyatida muhim bo‘lgan shaxsiy va kasbiy
qobiliyatlari uyǵunligini aks ettiruvchi kommunikativlik komptentligini rivojlantirish dolzarb
masala hisoblanadi. Gumanitar fanlar tarmog‘ida bo‘lishiga qaramasdan, bo‘lajak qoraqalpoq tilini
o‘qituvchi pedagoglar ham zamonaviy ta’limga, zamonaviy o‘quvchilarga mos tarzda fanga oid
bilimlarni o‘rgatish, ular bilan muloqot qilish ko‘nikmalari (kommunikativ kompetentlik)ni
raqamli ta’lim sharoyitiga mos tarzda rivojlantirib borishi kerak.
Kommunikativlik kompetentlik - bu o‘qituvchining o‘z fikrini ravon, tushunarli ifoda etishi,
madaniy va ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan
muloqot qila olish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatidir.[3] Bu atama ilmiy adabiyotga
D.Xayms tomonidan kiritilgan. Bo‘lajak qoraqalpoq tili o‘qituvchisi til kompetentsiyasi (fonetika,
leksika, morfologiya, sintaksisni bilishi), pragmatik kompetentsiya (kontekstga mos muloqot ilb
borishi), sotsiolingvistik kompetentsiya (turli madaniyat, ijtimoiy guruh va vaziyatga mos til
ishlatishi), texnologik kompetentsiya (zamonaviya AKT vositalardan foydalanib faoliyat yuritishi)
43
kabi jihatlar bo‘yicha hartaraflama tayyor bo‘lishi kerek, ayniqsa dars jarayonida muloqotni turli
shakllarda (yuzma-yuz, masofaviy, multimedia orqali) olib bora olishi lozim.
Zamonaviy raqamli vositalar va platformalar o‘qituvchilarning muloqot qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda o‘qituvchilar Zoom, Google
Meet, Moodle, Google Classroom, Youtube, Podcasts platformalarini mukammal foydalana olishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘lajak qoraqalpoq tili o‘qituvchilarining kommunikativ
kompetentligini rivojlantirish pedagogik jarayonda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday
o‘qitivchilar zamon talablariga javob beruvchi, kommunikatsiya vositalarini mukammal egallagan,
raqamli ta’lim muhitida zukko, kasbiga sodiq pedagoglar bo‘lib yetishadi.
Bugungi globallashuv davrida bo‘lajak qoraqalpoq tili o‘qituvchilarning egallashi kerak
bo‘lgan kompetentligi quyidagilarda aks etadi: insonparvarlik, komminikativlik, ishchanlik, o‘z
ishiga ijodiy yondashish, pedagogik texnika va texnologiyalardan oqilona foydalanish, nutq
texnikasi va eng asosiylaridan biri yuqori darajadagi raqamli texnologiyalardan foydalana olishida
o‘z aksini ko‘rsatadi. Raqamli sharoyitta kommunikativlik kompetentlikni rivojlantirishda raqamli
savodxonlik va raqamli tajribalar muhim o‘rin tutadi. Raqamli savodxonlik va tajribalar – raqamli
texnologiyalarni natijali, xavfsiz va maqsadga muvofiq foydalana olish qobiliyatidir. Bu faqat
kompyuter va internet bilan ishlash ko‘nikmalaridan iborat emas, balki, texnologiyalarni tushinish
va foydalana olish, axborotni analiz qilish va tanqidiy fikrlash, axborot xavfsizligini ta’minlash,
raqamli muloqot qoidalarini bilishni o‘z ishiga oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, raqamli pedagogika sharoyitida bo‘lajak
qoraqalpoq tili o‘qituvchilarinining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun
pedagogika oliygohlarida o‘quv dasturlariga kommunkativ kompetentsiyalarni rivojlantiruvchi
amaliy mashg‘ulotlarni ko‘proq kiritish, maxsus elektron resurslar (qoraqalpoq tilida interaktiv
lug‘atlar, video darslar) ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha master-klaslar tashkil etish ham ular
orqali kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-sonli farmoni. “Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi”. 2022-yil 28-yanvar.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston - 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish to‘g‘risida”gi farmoni.
3.
Xusainova D. Pedagogning kommunikativ komptentlik xususiyati, “Ilim-fan va ta’lim” jurnali,
№8(23) 52-54.
4.
Muslimov N.A. va b. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari, -Toshkent, 2015.