146
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY - AMERIKADA
Madaliyeva Zuxraxon Odiljon qizi
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
University of Business and Science oliy
ta’lim muassasasi, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15694769
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy hayot va ijod
yo‘lining xorijlik olimlar E.Allworth va A.Khalid tomonidan o‘rganilishi xususida so‘z yuritiladi.
O‘zbek teatri sahnasida Behbudiyning “Padarkush” asari sahnalashtirilishi jarayoni borasidagi
fikrlari tahlil qilinadi.
Аннотация:
В данной статье говорится об изучении жизни и творчества
просвещенного писателя Махмудходжи Бехбуди зарубежными учёными Э.Олвортом и
А.Халидом. Анализируются мысли Бехбуди по поводу постановки «Падаркуша» на сцене
узбекского театра.
Annotation:
This article discusses the study of the life and work of the enlightened writer
Mahmudhoja Behbudi by foreign scholars E. Allworth and A. Khalid. Behbudi’s thoughts on the
production of "Padarkush" on the stage of the Uzbek theater are analyzed.
Kalit so‘zlar:
Behbudiy, “Padarkush”, jadid, Ahmed Boytursun, mafkura, teatr.
XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari hayoti va faoliyati dunyo olimlari nigohidan chetda
qolmagan. Ingliz, nemis, yapon, tojik, turk adabiyotshunos olimlarining Mahmudxo‘ja Behbudiy
to‘g‘risida qator tadqiqotlari mavjud.
Amerikalik Edvard Olvortning (“Uzbek literary politics”) “O‘zbek adabiy siyosati” asarida
Behbudiy haqida ma’lumotlar uchraydi. Muallif uning jadidlar yo‘lboshchisi bo‘lgani, Turkiston
jadidlari orasida noyob iste’dod egasi ekanligi, yangi maktablar uchun darsliklar tayyorlagani,
uning “Padarkush” asari sahnalashtirilgani, Qarshi shahriga Behbudiy nomi berilgani,
keyinchalik yana o‘zgartirilgani va uning o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlar, vafotidan so‘ng uni madh
etuvchi maqolalar chop etilgan nashrlar “reaksion” jadidni ulug‘lagani uchun qattiq tanqid
qilingani kabi ma’lumotlarni keltiradi
.
Xorij adabiyotida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asari to‘g‘risida ma’lumotlar
beruvchi ilk maqola 1964-yilning dekabrida paydo bo‘ldi
. Muallif asarni u garchi Turkistondagi
ilk sahna asari bo‘lsa-da, dastlabki nashrdan chiqqan drama emasligini aytadi, Unga ko‘ra, o‘zbek
adabiyotidagi birinchi drama A.Samadovning muallifligidagi “Mahramlar” dramasi bo‘lib, 1912-
yil Namanganda Is’hoqiya bosmaxonasida sart shevasida nashr etilganini eslatadi. Bunday
ma’lumot o‘zbek tilidagi manbalarda ham aytiladi
. Asarning muvaffaqiyatini tasvirlar ekan,
muallif, aqlli va ijtimoiy mas’uliyatini to‘liq his qilgan ijodkor 20 yoshlaridanoq yurtdoshlari
hayotini tinch yo‘l bilan o‘zgartirishga harakat qilganini ta’kidlaydi.
O‘zbekshunos olim “Central Asia: 130 years of Russian dominance, a historical overview”
asarida esa Behbudiyning jadidchilik harakati taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etgan
holda uni qozoq ma’rifatparvari Ahmet Baytursun o‘g‘li
bilan tengma-teng qo‘yadi. Darhaqiqat,
1
Bu haqda batafsil qarang: Allworth E. Uzbek literary politics. The Hague: Mouton. 1964.
2
Allworth E. The Beginnings of the Modern Turkestanian Theater//Slavic Review. 1964. Vol23. No.4. pp.676-687.
3
Karimov N. O‘zbek teatrining to‘ng‘ich asari//O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. –Toshkent: 2011. № 29.
4
XX asr boshlaridagi qozoq ma’rifatparvari.
147
har ikki ziyolining nashriyot, adabiy siyosat, publitsistika, muallimlik kabi sohalardagi faoliyati
o‘xshashdir.
Keyinroq nashr qilingan “Modern Uzbeks” asarida ham Behbudiyning dunyoviy bilimlarni
egallashga nisbatan ijobiy munosabatini ko‘rsatdi, madrasada o‘qishni tamomlagach, oila
qurgani, zamon bilan hamnafas yashash maqsadida keyinchalik o‘g‘lini rus tili va boshqa muhim
fanlarni o‘rganishi uchun rus-tuzem maktabida o‘qitganini aytdi
. Olvort Behbudiy tarix va
geografiya ilmlari zarurligi yuzasidan o‘sha davrda ko‘plab jamoatchilik va konservativ din
peshvolari bilan bahslashganini ta’kidlaydi. Xususan, tarix to‘g‘risidagi bahslarda Behbudiy tarix
va tarixiy ma’lumotlar muqaddas Qur’oni Karimning deyarli chorak qismini tashkil qilishini
aytganini eslab, Behbudiyning keng dunyoqarash egasi ekanligiga e’tibor qaratdi:
Xudo Rabbiy va
aziz zotlar tomonidan bayon qilingan ma’lumotlar tarix fanining mohiyati va asosini tashkil etadi,
ular biz musulmonlarni ham o‘tmish tarixini o‘rganishni, shuningdek, hali yozilmagan tarixlarni
ham o‘rganishga buyuradilar
“The beginnings of the modern Turkestanian theater” ishida
Behbudiyning o‘zbek teatr sohasidagi faoliyatini “Padarkush” asari orqali tahlil qiladi. Olimning
asarlarini Behbudiy haqida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Ijodkor hayot yo‘li haqida ma’lumot beruvchi manbalar: “Modern Uzbeks”;
2. Behbudiyning adabiy faoliyati, uning ijtimoiy qiyofasi, jadidchilik faoliyati to‘g‘risida
fikrlar keltirilgan asarlar: “Uzbek literary politics”, “Central Asia: 130 years of Russian
dominance, a historical overview”.
Aytib o‘tish joizki, bugungi kun kitobxoni E.Olvort asarlariga tanqidiy yondashgani
ma’quldir, chunki E.Olvort ishlari “Sovuq urush” davri mahsulidir. Muallif sobiq sovet
mafkurasiga qarshilik pozitsiyasida qattiq turar ekan, ba’zi o‘rinlarda jadid adabiyotining
(umuman olganda, o‘zbek adabiyotining) muhim jihatlarini ko‘ra olmaydi yoki ko‘zdan qochiradi.
E.Olvortning o‘zbek adabiyotiga oid tadqiqotlari jamlanib, yakka holda o‘rganilishi, ilmiy va
tarixiy asoslarga ega ma’lumotlar o‘zbek tiliga ham tarjima qilinishi lozim.
Amerikalik Adib Xolid ham jadid davri ijodkorlari, ularning asarlari ustida izlanishlar olib
borgan. E’tiborli jihati shundaki, o‘zbek adabiyoti yuzasidan olib borilayotgan u va boshqa yangi
davr tadqiqotchilarining izlanishlarida istiqlol ta’siri yaqqol seziladi. Keyingi davrda
yaratilayotgan tadqiqotlarda ijodkorlar va ularning asarlariga baho berishda nisbatan
mafkuraviylikdan xolilik kuzatiladi. A.Xolid “The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in
Central Asia” asarida jadidchilik harakati, uning o‘lkada yoyilishi, yerlik xalqning bu jarayonga
munosabati, jadidlarning faoliyati haqida yozar ekan, Behbudiy shaxsiyati va ijod yo‘li xususida
ham to‘xtaladi. Unga ko‘ra, Behbudiyning asl familiyasi Behbudxo‘ja bo‘lib, o‘sha davrda shunday
urf bo‘lgan tatarcha familiyalar uning ham Behbudiy nomi bilan tanilishiga sabab bo‘ldi.
Tadqiqotchi bu fikriga biror asos manbani keltirmaydi. “Padarkush” asari sahnalashtirilishi
arafasida bunga to‘sqinlik qiluvchilar paydo bo‘ladi. Bunday to‘siqlarni tasvirlashda
samarqandlik mudarrislardan biri Sayyid Ahmad Vasliy bilan teatr haqida qilgan munozaralarini
keltiradi. Vasliy va bir qancha ulamolar teatrni islom diniga xilof deb bilishgan, Behbudiy esa
ularga bu ko‘rinishlar kishilarning yomon xatti-harakatlari oqibatida keladigan xatarlardan
ogohlantiradi, deya javob berib, o‘z javoblarini diniy tomondan ham asoslashga urinadi. Bundan
tashqari, Vasliyning o‘zini ham ishq, kishini sarxush qiluvchi ichimliklar (masalan, sharob, boda,
5
Allworth E. The modern Uzbeks. From the fourteenth century to the present. Stanford, California. 1990.
6
Allworth E. The modern Uzbeks. From the fourteenth century to the present. Stanford, California. 1990. –B. P.125.
148
may – ta’kid bizniki Z.M) haqida she’rlar yozishini, bunday tushunchalar shariatda yaxshi qabul
qilinmasa-da, tariqatda o‘zgacha mohiyat kasb etganini aytib, bahsda o‘z ustunligiga erishadi.
A.Xolid Vasliy va Behbudiy o‘rtasidagi bunday bahslar tugaganiga qaramay, jamiyatda ancha
uzoq davom etganini yozadi. Shuningdek, muallif Behbudiyning turk dunyosi bilan aloqalari
yaxshi bo‘lganini aytadi. “Sirot-i Mustaqim” nomli turk jurnali Behbudiyning Samarqanddagi
kutubxonasiga ham yetib boradi, minnatdorchilik tariqasida u o‘z asarlaridan jurnal tahririyatiga
yuboradi, bu haqida “Sirot-i Mustaqim”ning 1910-yil 16-sentabr sonida “Samarqanddan” nomli
maqola ham bosiladi. Mahmudxo‘ja turkiylarning asosiy jurnali “Turk Yurdu” bilan ham
hamkorlik aloqalarini olib borgan (tashkilotning Istanbuldagi idorasida uning turkiy tilda
bitilgan Turkiston xaritasi saqlangan) va urush tufayli aloqalar uzilguniga qadar Usmonli
matbuotidagi maqolalarni “Oyna”da qayta nashr etgan. Uning bu faoliyati butun turkiy olamda
ham o‘z o‘rniga ega ijodkor bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchi “Printing, Publishing and Reform in Tsarist Central Asia” (“Markaziy Osiyoda
matbaa, nashriyot va islohotlar”) nomli izlanishlaridan birida 1913-yilda “Samarqand” gazetasi
faoliyati to‘xtagach, Behbudiy “Oyna” universal jurnalini chiqarishni boshlagani, jurnalni o‘z
uyida nashr etib, Samarqanddan 600 nafar odamni obunachi qilib olgani, biroq jurnal
faoliyatining birinchi yilidayoq 234 nafar obunachilar qolgani va bu kamayish davom etib, 1915-
yilda jurnal inqirozga uchraganini aytadi.
Adib Xolidning yangi izlanishlari natijalari aks etgan 2015-yilda chop qilingan “Making
Uzbekistan: nation, empire and revolution in the early USSR” asarida ham Mahmudxo‘ja
Behbudiy to‘g‘risida muhim ma’lumotlar uchraydi. Uning o‘limi to‘g‘risida so‘z yuritar ekan,
A.Xolid bu hol hanuzgacha sirligicha qolayotganini aytadi, bu boradagi N.Karimov qarashlarini
ham ishonchsiz deb baholaydi
Xulosa qilib aytganda, Behbudiy, uning adabiy merosi yuzasidan olib borilgan milliy va
xorijiy tadqiqotlar o‘zaro qiyoslanib o‘rganilishi natijasida ijodkor shaxsi hamda adabiy
merosining yanada mukammal ko‘rinishi yaratiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Allworth E. Uzbek literary politics. The Hague: Mouton. 1964.
2.
Allworth E. The Beginnings of the Modern Turkestanian Theater//Slavic Review. 1964.
Vol23. No.4.
3.
Allworth E. The modern Uzbeks. From the fourteenth century to the present. Stanford,
California. 1990.
4.
Karimov N. O‘zbek teatrining to‘ng‘ich asari//O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. –Toshkent:
2011. № 29.
5.
Khalid A. Making Uzbekistan: nation, empire and revolution in the early USSR. Cornell
university press. 2015.
6.
©, Madaliyeva Zuxraxon Odiljon qizi, 2025.
7
Khalid A. Making Uzbekistan: nation, empire and revolution in the early USSR. Cornell university press. 2015. –P.81.