Авторы

  • Anasxon Raxmatullayev
    Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.108621

Ключевые слова:

til va madaniyat milliy til adabiy til kasbiy lug‘at pichoq yasash pichoq yasash – pichoq ustara xanjar ilk paleolit kesuvchi qurollar bronza davri mis temir va mis Chust pichоqchiligi.

Аннотация

Maqolada o‘zbek tilidagi kasbiy lug‘at, pichoq yasash sohasiga oid atamalar: pichoq va uning qismlari nomlari, Chust pichоqchiligi kasb-hunar terminlarining tarixiy-madaniy areal xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar berilgan.


background image

123

CHUST PICHОQCHILIGI KASB-HUNAR TERMINLARINING TARIXIY-MADANIY

AREAL XUSUSIYATLARI

Raxmatullayev Anasxon Xamidullo o‘g‘li

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15682044

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek tilidagi kasbiy lug‘at, pichoq yasash sohasiga oid atamalar:

pichoq va uning qismlari nomlari, Chust pichоqchiligi kasb-hunar terminlarining tarixiy-madaniy
areal xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

til va madaniyat, milliy til, adabiy til, kasbiy lug‘at, pichoq yasash, pichoq

yasash – pichoq, ustara, xanjar, ilk paleolit, kesuvchi qurollar, bronza davri, mis, temir va mis,
Chust pichоqchiligi.

Аннотация.

В статье приводится профессиональная лексика на узбекском языке,

термины, относящиеся к сфере ножеделия: названия ножей и их частей, а также
комментарии по историко-культурным ареальным особенностям профессиональной
терминологии чустского ножеделия.

Ключевые слова:

язык и культура, национальный язык, литературный язык,

профессиональная лексика, ножеделие, ножеделие - нож, бритва, кинжал, ранний
палеолит, режущее оружие, бронзовый век, медь, железо и латунь, чустское ножеделие.

Annotation.

The article provides professional vocabulary in the Uzbek language, terms

related to the field of knifemaking: names of knives and their parts, as well as comments on the
historical and cultural areal features of the professional terminology of Chust knifemaking.

Key words:

language and culture, national language, literary language, professional

vocabulary, knifemaking, knifemaking - knife, razor, dagger, early Paleolithic, cutting weapons,
Bronze Age, copper, iron and brass, Chust knifemaking.

Pichoqning tuzilishi va uning bezagi va nomlari.

Pichoq uchta qismdan tigʻ, dasta va

qindan iborat.

Tigʻ

– pichoq tigʻi (mеtаll jоyi), pichoqning gulbanddan yuqo-rigi, yaʻni kesadigan ismi.

Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʻtibor beril-gan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha
qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Toʻgʻri tigʻli pichoq, tigʻi tol bargini eslatuvchi, oʻtkir
tigʻli birmuncha tepaga qayrilgan oʻtkir tigʻli, tigʻi-da chuqurchasi yoki tishlari boʻlgan pichoqlar
boʻladi.

Pichoq dastasi

– dasta har xil boʻlib, oʻziga yarasha usullarda yasaladi. Ular suqma dasta,

yorma dasta hamda naqshinkor dastalar boʻladi. Suqma dasta – pichoqchiliqda suqma con deb
ham yuritiladi. yogʻoch, shoh suyaq metall va bosh-qalarni ichini teshib, dumga suqib, mahkam
qilinadi.

Yorma dasta

– pichoqchilikda, metall sopining ikki y uziga yorma yogʻoch, suyaq shox va

boshqalarni boʻlaklari oʻrnatilgan pichoq. Pichoq dastalari hayvon shoxi, suyagi, tishi, metall,
yogʻoch ham-da plastmassa va boshqa materiallardan ishlanadi.

Dastalarni ishlashda uning materialini, fakturasini hamda koʻrinishini saqlab qolishga

harakat qilingan

Qin

– pichoq, qilich, xanjar va boshqa asbob-larni solib qoʻyish uchun mahsus moslama. U

charmdan, baʻzida matodan, uchiga, dasta qismiga metall qadab mustahkamlab tayyorlanadi.
Qinlar pichoqdan oʻngʻay, qulay foydalanish uchun hamda qoʻshimcha badiiy bezak sifatida ham
ishlatiladi. Qinni gazlama, metall, teri, yogʻoch va boshqalar-dan ishlanadi). Qinni bezash uchun


background image

124

quroq kashta chekanka va boshqalar ishlatiladi. Ular teriga badiiy oʻyma naqshlar berishda
ishlatiladi. Pichoqlarni ustalar har xil texnik usullarda bezaganlar. Metall ishlashda quyish,
shtampovka, metallni issiq va sovuq ishlash, oʻymakorliq gravirovka, oltin suvi yugurtirish,
oʻyish, sil-liqlash hamda pardozlash usullarini qoʻllaganlar. Ustalar poʻlatdan qilingan pichoq
tigʻlariga metall ustidan tilla suvi yugurtirib kertik qilinib pichoqlarni ajoyib koʻrinishga keltir-
ganlar. Ular pichoqlarni silliqlash hamda pardoz berish natijasida tigʻlarini oynadek yalti-
ratishgan. Dastasi va uchini kumushdan oʻyma naqshlar qilib bezatishgan.

Pichoqchilik hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar nomi.

Pichoq temir yoki

poʻlatdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik
temir kashf etilgandan keyin temir pichoklar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri,
gazlama, metall, yogʻoch va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka
va boshqa materiallar ishlatiladi. Pichoq bandi yogʻochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan
yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tigʻini tayyorlashda zok ishlatiladi.

Zok

pichoqchilikda mis kuporosi, ruscha «jelezniy koporos» degani. Zok pichoq tigʻini

zanglashdan saqlash uchun ishlatiladigan modda. Bu poroshok zok degan joydan olingani uchun
shunday nom bilan yuritiladi. Bu poroshok suvda eritib tampon bilan pichoq tigʻini artiladi.
Pichoq tigʻi qoramtir tusga kirib, zanglamaydigan va puxta boʻladi. Hozirgi paytda bu kimyoviy
usulda amalga oshiriladi. Pichoqning bandini ishlashda gulband va har xil qimmatbaho toshlar
ham ishlatiladi.

Gulband

– pichoqchilikda ishlatiladigan material, pichoqning boʻyni, mahkam boʻlishi, sinib

ketmasligi uchun suyak, yogʻoch, shox qismlarining tushib ketmasligi uchun oʻrnatiladigan
babbit yoki qalay. Qalay yoki babbit eritilib, koviya bilan yopishtiriladi. Keyin uning yuzi silliq-
lanib pardozlanadi,
Gullar solinadi yoki qimmatbaho toshlar bilan bezaladi

Piston

– pichoqchilikda pichoqning dastasiga qadimgi sadafni atrofiga aylantirib qoʻyilgan

halqa sim boʻlib sadafni max; kam. tortib turadi.

Temirchi kabi pichoqchi usta ham doʻkonda

oʻchoq, dam, sandon, bozgʻon, egov, bolgʻa

va

boshqa juda koʻp asboblar bilan ishlaydi. Shulardan baʻzi birlarini koʻrib chiqamiz

Tigʻombir

– pichoq tigʻini yasashda chardani qimchib ushlab turishda ishlatiladigan poʻlat

ombird. Ustalarimiz turli asboblarni oʻzlari yaratganlar.

Birinchi marta ombirning yaratilishi xaqida quyidagi afsonani aytganlar: ustalarimizning

aytishlaricha, pichoqlarni yasash uchun metallga xamir qorgandek qoʻllari bilan ishlov berganlar.
Kunlardan bir kun ishga berilib ketgan usta dafʻatan suyakni gʻajiyotgan it oʻz luqmasini panjalari
yordamida ushlab eyayotganini koʻrib, oʻzining birinchi ish quroli ombirni yaratgan ekan

Charx

– har xil asboblarni (tegizib oʻtkir-lash), charxlash uchun ishlatiladigan asbob,

asbobni unga aylantirib ishlatiladi. Ustalarimiz uni yana charxdonlik charxdor, charxdon,
charxkash, charxchi, charxlash, charxpoya deb yuritadilar.

Pichoq tigʻi bigiz, qalam, naqsh naycha qalam

kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi.

Bigiz

– pichoqchilikda pichoq gulbandini oʻyib naqsh solinadigan asbob, u koʻkqalam

hamda naqsh bigiz xilida boʻladi/

Koʻkqalam

– bigizning bir turi, pichoqchilik-da qalamtoshga oʻxshagan asbob boʻlib, u bilan

pichoqning gulbandiga koʻx (tavq) oʻrni teshiladi hamda ziycha gul oʻyib ishlanadi. Gulbandga
oʻrnatiluvchi marjon kesiladi/


background image

125

Naqsh bigiz

– naqsh qalamning bir turi, oʻzi poʻlat, dastasi yogʻochdan boʻladi. Naqsh bigiz

bilan pichoqning gulbandi va tigʻiga chizib gul ishlanadi. Uni, yaʻni gul qalam, naqsh qalam ham
deb ataladi/

Naqsh qalam

– pichoq yuziga naqsh oʻyib ishlatiladigan asbob, u poʻlatdan yasaladi. Uni gul

kalam deyiladi.

Naycha qalam

– uchi tirnoq shaklida pulatdan yasaladi. Bu asbob bilan qoʻshpichokning

yuziga islimiy gullar oʻyib ishlanadi.

Qаyrоq

– pichoq, ustara, ketmon, tesha va boshqalarni qayraboʻtkir qilinadigan tosh, u ikki

xil boʻladi, toshqayrok va qumqаyrоq.

Toshqayroq

– toshdan qilingan boʻladi, qumqayroq esa mahsus charx qumdan yasaladi.

Bozgardon

– Namangan, Chust pichoqchi ustalari boʻzgardon, Margʻilon ustalari

goʻzgardon, Qoʻqonda bozgardon deb ham yuritiladi^ U pichoqqa dasta qilinadigan egri-bugri
shoxni shoxqolipga solib toʻgʻrilagich boʻlib, uni qolipdan chiqarib olish uchun yasalgan.
Bozgardon jimjiloq yoʻgʻonligida, bir qarichcha uzunlikdagi temir.

Bozgʻon

– bosqon, bozgʻon, temirchiliq taqachilik va pichoqchilikda qizigan temirni, poʻlatni

sandonga quyib, zarb bilan urib goʻzila va yapaloq qilishda ishlatiladigan katta ogʻir bolgʻaning
dastasi yogʻochdan boʻlib, bolgʻaning ogʻirligi 4-6 kg atrofida boʻladi. Namangan va Chimboyda
bosqon,
Qorasuvda katta bolgʻa va bozgʻon deb yuritiladi.

Sandon

– temirchiliq anjomsozliq zargarliq tunkasozliq pichoqchilik va nahalgarlikda

qizigan metallni quyib bosqon va bolgʻa bilan urib yalpoqlaydigan, choʻzadigan, buklaydigan,
qalam bilan qirkadigan asboblari boʻladi. U poʻlatdan yasaladi. Uning shakli va qattiqligi turlicha
boʻladi.

Eng katta sandon temirchiniki boʻlib, uning ogʻirligi 60-70 kg boʻladi. U yasalishi va shakliga

koʻra turlicha boʻladi. Agar toʻrtta oyoqli boʻlsa chorpoya sandon; tumshuqli boʻlsa kulli sandon,
koʻshkulli sandon deyiladi.

Temirchilik va pichoqchilikda sandonning katta chorqirraligi ishlatiladi. Uning bosh qismi

kengroq boʻlib, yogʻoch kundaga oʻrnatilgan boʻladi. Unda pichoq, ketmon, tesha, bolta va boshqa
narsalar qilinadi.

Misgarlikda poʻlali sandon ishlatiladi. Unda mis idishlar teriladi, pardozlanadi.
Zargarlikda dupoya, koʻlli sandonlar ishlatiladi.
Tunkasozlikda esa sandonning simsandon degan turi ishlatiladi.

Dam

– forscha-tojikcha tin degani. U metallni eritish yoki qizdirish uchun oʻchoq, yaʻni

qoʻracha xavo yuborib oʻtin yondiradigan asbob. Damning ikki xili bor. Birinchisi damning zeki
erli shaklini bosma dam yoki qoʻl dam uni yana musulmoncha dam, ikkinchisi ruscha dam yoki
osma dam deyiladi.

Damga katta yoki kichikligiga koʻra 2 tadan 11 tagacha qasqon oʻrnatiladi. Shu qasqonning

miqdoriga koʻra, u turlicha nomlanadi.

Ikkiqasqonli

(ikki qovurgʻali) dam,

uchqasqonli dam, beshqasqonli, oltiqasqonli, ettiqasqonli

va

8-10-11 qasqonli damlar

boʻladi. Bu damlar turli kasblarda ishlatiladi. Masalan, zargarlar

uchun ikki qasqonli (qovurgʻali) dam, anjomsoz uchun uchqasqonli dam, pichoqchi uchun
beshqasqonli va xokazo damlar ishlatiladi.

Damda havo kiradigan teshigi boʻlib, uning ichki qismida latta yoki charmdan til yoki

elpigʻich yopishtirilgan boʻladi. Dam bosilganda til koʻtariladi va damning ichiga havo kiradi.
Agarda damni qoʻyib yuborilsa til berkiladi va qavo qamaladi. Kavzo orqali shoxnayzaga uriladi.


background image

126

Margʻilonda buni tepki deb ataladi. Dam qaysi kasbga moslab yasalgan boʻlsa, shu nom damga
qoʻshib aytiladi. Masalan, temirchi dami, pichoqchi dami, zargar dami, misgar dami va hokazo.
Oʻrta Osiyoda bu asbob juda qadimdan ishlatilib kelinadi. Masalan, XI asr yozma yodgorligi
“Devonu lugʻotit-turk” da, XV asrda A. Navoiy asarlarida va boshqalarda uchratish mumkin.

Chilmixiparma

– pichoqchilikda ishlatiladigan parma turlaridan biri boʻlib, uni Andijonda,

Margʻilon va Qoʻqonda chilmixiparma deb yuritadilar. Namanganda chilmixiparma, Chimboyda
chirmov parma deb yuritiladi. U pichoq dastasiga chilmixlar qoqiladigan joyni teshuvchi asbob.

Xolgul parma

– pichoqchilikda ishlatiladigan parma boʻlib, u pichoq dastasiga hol oʻrnini

oʻyishda ishlatiladi. Dastasi yogʻochdan, oʻzi poʻlatdan uchi ayri boʻladi. Uni koʻzparma deb yuri-
tilib,
uni kamonchaga solib aylantirib ishlatiladi.

Savat qalam

– namangancha sovotkalam, margʻiloncha naqsh bigiz, qorasuvda naqsh kalam

deyiladi. Pichoqchilikda ishlatiladigan asbob boʻlib, u bilan pichoqning gulbandiga tavq sovot
nomli gul oʻrni oʻyiladi. Tuzili shi poʻlat dastasi yogʻoch-dan iborat boʻladi.

Sadaf parma

– pichoqchilikda ishlatiladigan parma, u kichkina boʻlib pichoqning dastasiga

oʻrnatiladigan sadaflarning oʻrnini teshishda ishlatiladi. U kamonchaga solib aylantirib
ishlatiladi.

Sadaf arra

– pichoqchilikda ishlatiladigan poʻlat arra kichkina, dastasi yogʻochdan yasalgan

boʻladi. Uning tishlari mayda pichoq dastasiga qadaladigan sadaf arralanadi.

Pichoqchilik ishi mayda va nozik boʻlib, juda mayda asbob-uskunalar ishlatilgan.

Pichoqchilikning

katta doʻkonida

usta bosqonc

hi va

damgʻir

birgalikda ishlagan. Mehnatda

usta

va

bozgʻonchi

qatnashib damni goh usta, goh bosqonchi bosib turadi.

XIX asr va XX asrning birinchi yarmida pichoqning dumi poʻlatdan yasalgan, uning dastasi

esa suyak, muguz yoki yogʻochdan yasalgan.

Pichoqning dastasi karkidonning muguzidan filning tish va suyagidan yasaladi.
Pichoqqa ajratilgan temir qalam bilam kesiladi, boʻlingan har bir boʻlakdan bittadan pichoq

tayyorlanadi. Boʻlaklarni Andijon, Namangan, Qorasuv, Margʻilon pichoqlari

kesindi

deb

yuritadilar. Ish jarayoni esa

kesindi qilish

deb yuritiladi.

Metall boʻlakchasini oʻtda toblab olib sandonga qoʻyib bosqon hamda bolgʻa bilan urib tigʻ

keltiriladi. Agar metall etarli boʻlsa dum ham yasaladi. Ustalarimiz asboblarni keskir, puhta
boʻlishi uchun ish jarayonida suvga tiqib olinadi. Bu jarayonni sugʻorish yoki suv berish deb
ataladi. Yasaladigan poʻlatni qattiq-boʻshligiga qarab suv beriladi, Pichoqni qizdirib keyin suvga
tiqib yana oʻtda qizdirib qarab turilsa yasalayotgan pichoqni qizigan qizil rangi ketib sargʻish
tusga kiradi. Shu vaqtda suvga tiqilsa tilla rang tusi saqlanib qoladi. Bu jarayonni tilla rangga
sugʻorish deb yuritiladi. Agar shu jarayonda koʻk rangda kizdirsa suvga tiqilsa, unda koʻkka
sugʻorish deb ataladi. Oqish tusga kirganda sugʻorilsa, oqqa sugʻorish deb yuritiladi. Tigʻ
sugʻorilib boʻlingandan soʻng, yaʻni oʻtda boʻladigan ish jarayoni tugaydi. Uni gʻiraga qistirib katta
chorsi egovda egovlanadi. Ortiqcha joylari olib tashlanadi. Pichoq qabzagirlik asbobiga qistirib
uni bir tomonga yupqa qilib charxlanadi. Bu jarayonni dam olish deb ataladi. Shundan soʻng yirik
va mayin pardoz beriladi. Keyin esa rishta egov bilan loqa qirrasi boʻylab ishqalab, pichoq
tigʻining yuzini dumga ulangan joyidan to uchigacha ingichka soy yoki koma ochiladi. Shundan
soʻng naqsh bigiz yoki duvduv bilan ustaning ismi, familiyasi va ishlagan vaqti yozib qoʻyiladi.
Pichoq charxlanib boʻlingandan soʻng uni qirovi toʻkiladi. Pichoqni zon nomli suyuq moddaga
botirib olinadi va pichoq qoramtir tusga kiradi. Zok surtilgan pichoq ishlatilib oʻtmas boʻlib
qolinsa, uni charxlamay balki, qayrab oʻtkirlanadi. Tigʻ tayyor boʻlgandan soʻng unga pichoq


background image

127

dastasi oʻrnatiladi. Zavodlarda pichoq quyidagi texnologiyada bajariladi. Zavodda mahsus sexda
tigʻlar tayyorlanadi. Keyin boshqa sexda pichoqchi ustalar pichoq dastasini tayyorlaydilar.
Pichoq dastalari shox plastinkalardan tayyorlanadi. Plastinkapar dastani tigʻ bilan biriktirish
uchun mahsus teshiklar ochiladi. Pichoq dastasi mustahkam turishi uchun mis qistirgichlar
quyiladi. Misdan yasalgan bu halqacha gulbant deb yuritiladi. Gulbandga arracha bilan ishlov be-
riladi. Guldor sherlak bilan bezaladi va grav-yurovka qilinadi. Shoxdan va suyakdan yasalgan
dastalarni dagʻal joylari tekislanadi. Guldor plastmassadan qilingan va jez falga bilan qoplangan
koʻz (gul) deb ataladigan manzarali mentlar mahsus teshib ochilgan joyga oʻrnatib chiqiladi.
Arracha bilan ishlov berilib, silliqlanadi, yaʻni pardoz beriladi. Zavodning teri galantereya sexida
pichoqlar uchun xrom va lokpi terilardan qin tayyorlanadi.

Xulosa qilib aytganda, xalq ustalari avloddan-avlodga oʻtib ardoqlanib kelinayotgan

pichoqchilik sanʻati ijodiy tajribalari, mohirlik sirlari, otadan bolaga, bobodan nevaraga meros
boʻlib kelyapti. Ustalarimiz butun bir tajribalarga asoslanib, betakror uslubdagi pichoq
namunalari yaratib kelmoqdalar.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Raxmatullayev A. X.

Chust pichoqchiligi kasb-hunar terminlarining tarixiy-madaniy areal

xususiyatlari.

– Namangan: NamDU nashriyoti, 2024. – 180 b.

2.

Sobirov B.

Oʻzbek hunarmandchiligi tarixi va anʼanalari.

– Toshkent: “Fan”, 2021. – 256 b.

3.

Yoʻldoshev M.

Chust pichoqchiligi: tarixi, texnologiyasi va bezak sanʼati.

– Namangan: “Nafis”,

2019. – 144 b.
4.

Ergashev S.

Temirchilik va pichoqchilikda asbob-uskunalar va ishlov berish jarayonlari.

Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2018. – 192 b.
5.

Qodirov J. “Oʻzbek pichoqchilik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” //

Filologiya

masalalari

ilmiy to‘plami. – 2022. – №4. – B. 45–58.

6.

Ortiqov H.

Milliy hunarmandchilik va badiiy bezak sanʼati.

– Fargʻona: “Ilm ziyo”, 2020. –

220 b.
7.

Mahmud Qoshg‘ari.

Devonu lug‘otit-turk.

XI asr. – Fototipik nashr, Toshkent: “Yozuvchi”,

2006. – 3 jild.
8.

Navoiy A.

Mahbub ul-qulub.

XV asr. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomli nashriyot”, 2015. –

320 b.
9.

Karimov D. “Bronza davridan temir davrigacha: O‘zbekistonda sovut va kesuvchi qurollar”

//

O‘zbekiston tarixi

jurnali. – 2020. – №2. – B. 67–80.

Библиографические ссылки

Raxmatullayev A. X. Chust pichoqchiligi kasb hunar terminlarining tarixiy madaniy areal xususiyatlari. – Namangan: NamDU nashriyoti, 2024. – 180 b.

Sobirov B. Oʻzbek hunarmandchiligi tarixi va anʼanalari. – Toshkent: “Fan”, 2021. – 256 b.

Yoʻldoshev M. Chust pichoqchiligi: tarixi, texnologiyasi va bezak sanʼati. – Namangan: “Nafis”, 2019. – 144 b.

Ergashev S. Temirchilik va pichoqchilikda asbob uskunalar va ishlov berish jarayonlari. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2018. – 192 b.

Qodirov J. “Oʻzbek pichoqchilik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” // Filologiya masalalari ilmiy to‘plami. – 2022. – №4. – B. 45–58.

Ortiqov H. Milliy hunarmandchilik va badiiy bezak sanʼati. – Fargʻona: “Ilm ziyo”, 2020. – 220 b.

Mahmud Qoshg‘ari. Devonu lug‘otit turk. XI asr. – Fototipik nashr, Toshkent: “Yozuvchi”, 2006. – 3 jild.

Navoiy A. Mahbub ul qulub. XV asr. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomli nashriyot”, 2015. – 320 b.

Karimov D. “Bronza davridan temir davrigacha: O‘zbekistonda sovut va kesuvchi qurollar” // O‘zbekiston tarixi jurnali. – 2020. – №2. – B. 67–80.