104
BOLALAR TUG‘MA NUSQONLARI SABABLARI, ULARNI OLDINI OLISH VA
DAVOLASH YO‘LLARI
Bahodirova Mohichehra
Yusupova Sevinch
Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishi
2-kurs talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672396
Annotatsiya.
ushbu maqolada bolalarni tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish sabablari va ayrim
joylarda nuqson bilan tug‘ilish darajasi yuqoriligi sabablari yozilgan, shuningdek tug‘ma nuqson
bilan tug‘ilishni oldini va ularni davolash chora tadbirlari haqida bayonot keltirilgan.
Tug‘ma nuqson bilan aynan qaysi viloyatlarda bolalar ko‘p tug‘ilayapti va aynan qaysi
kasallik bilan tug‘ilayotganligi haqida habar beramiz.
Kalit so‘zlar:
tug‘ma nuqson, yurak kasalliklari, asab kasalliklari, spirtli ichimliklar, tabiat
muammo, virusli kasalliklar.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются причины рождения детей с врождёнными
пороками развития, а также анализируется высокая частота таких случаев в некоторых
регионах. Кроме того, представлены меры профилактики и возможные способы лечения
врождённых аномалий. В статье также освещается информация о том, в каких именно
областях чаще всего рождаются дети с врождёнными пороками и какие виды
заболеваний преобладают.
Ключевые слова:
врождённые пороки, болезни сердца, заболевания нервной
системы, алкоголь, экологические проблемы, вирусные заболевания.
Abstract:
This article discusses the causes of congenital anomalies in children and explores the
reasons behind the high incidence rates in certain regions. Additionally, the article outlines
preventive measures and possible treatment options for congenital disorders. It also provides
information about which regions have the highest rates of births with congenital defects and
which specific conditions are most prevalent.
Keywords:
congenital defect, heart diseases, neurological disorders, alcohol,
environmental issues, viral infections.
Kirish:
Tug‘ma yurak nuqsonlari yoki umuman tug‘ma anomaliyalarning rivojlanishiga,
asosan, oltita faktor ta’sir qiladi:
1.Homilador ayollardagi anemiya;
2.Ayolning surunkali yoki o‘tkir infeksiyali kasalligi;
3.Virusli kasalliklar;
4.Garmonal faktor;
5.Neyrogumoral faktor;
6.Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh.
Kamqonlik, homiladorlikning dastlabki uch oyligida ayolning grippga chalinishi va bunga
qarshi davolanmasligi, qolaversa, buyrak va boshqa a’zolardagi surunkali xastaliklar, onada
uchraydigan turli infeksiyalar va virusli kasalliklar homilaning sog‘lom rivojlanishiga imkon
bermaydi.
105
Tug‘ma nuqsonlarning paydo bo‘lishi birgina omilga emas, ko‘p sabablarning qo‘shilishi
natijasida yuzaga keladi. Ularning oldini olish uchun:
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni cheklash,
Spirtli ichimliklar, sigaret, giyohvandlik vositalari to‘liq tark etilishi lozim.
Sport va jismoniy faollik ham muhim.
To‘g‘ri ovqatlanish:
Vitamin va mikroelementlarga boy ovqat (temir, yod, kaltsiy, B guruhi vitaminlari).
Meva, sabzavot, go‘sht, don mahsulotlari.
Zararsiz dori vositalarini tanlash: yani faqat shifokor ko‘rigi bilan dorilarni qabul qilish.
Keraksiz rentgen nurlanishlaridan saqlanish.
11–13 haftada va 18–22 haftada ultratovush tekshiruvlari orqali rivojlanish kuzatish.
Har oyda shifokor nazoratida bo‘lish.
Tug‘ma nuqsonlar quyidagi asosiy kasallik guruhlarini keltirib chiqaradi:
1.Neyrologik (asab tizimi) kasalliklar
2.Yurak–qon tomir tizimi kasalliklari
3.Xromosoma sindromlari
4.Skelet va suyak tizimi nuqsonlari
5.Og‘iz–yuz sohasidagi nuqsonlar
6.Eshitish va ko‘rish nuqsonlari
7.Ichki organlar (buyrak, jigar, ichak) nuqsonlari
Ulardan eng ko‘p uchraydigani quyidagilar;
Yurakning tug‘ma nuqsonlari (Vrojdyonnыe poroki serdtsa)
1.Eng ko‘p uchraydigan tur: yurak to‘siqlari teshiklari (VSD, ASD)
Har 1000 chaqaloqdan 8–12 tasida kuzatiladi
Belgilari: tez charchash, ko‘karish, nafas olishda qiynalish
2. Neyral nay nuqsonlari (miya va orqa miya nuqsonlari)
Spina bifida — orqa miya yopilmay qoladi
Anensefaliya — miya rivojlanmasligi
Har 1000 chaqaloqdan 1–2 tasida uchraydi
Folat kislotasi yetishmovchiligi asosiy sabab
3. Xromosoma sindromlari (ayniqsa Daun sindromi)
Har 700–1000 tug‘ilishdan 1 tasi
Yoshi 35 dan katta ayollarda xavf 4–5 baravar ortadi
Belgilari: yuz tuzilmasi o‘ziga xos, aqliy rivojlanish sust
4. Lab va tanglay yorig‘i (Zayacha guba, volkovo nebo)
Har 1000 chaqaloqdan 1–2 tasi
Bola emol olmaydi, gapirishda muammo
Ba’zida irsiy, ba’zida vitamin yetishmovchiligi sabab
5. Tug‘ma chanoq bo‘g‘im chiqishi (Displaziya)
Ayniqsa qiz bolalarda ko‘p
Har 1000 tug‘ilishdan 1–6 tasi
Belgilari: oyog‘ini ochib bo‘lmasligi, yurishda kechikish.
O‘zbekistonni quyidagi hududlarida tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilish darajalari yuqori:
106
Samarqand viloyati:
2018 yilda tugʻma nuqson bilan tugʻilgan bolalar soni 141 nafar boʻlib, bu 2017 yilga
nisbatan 10.6% ga ortgan .
Yurak va asab tizimi nuqsonlari eng koʻp kuzatilgan hududlardan biri hisoblanadi.
Buxoro viloyati:
Prenatal skrining va tugʻma nuqsonlarni aniqlash darajasi past deb topilgan .
Yurakdagi tugʻma nuqsonlar (CHD) eng keng tarqagan boʻlib, har 1000 tugʻilishdan 7–12
tasi CHD bilan bogʻliq
Sirdaryo va Jizzax:
2008 davlat dasturiga qaramay, bu viloyatlarda hali ham skrining markazlari kam yoki yoʻq
.
Bildirilishicha, bu hududlarda nuqsonlarni aniqlash va oldini olishda kamayish yuz
bermagan. Nega haligacha tug‘ma nuqsonlarga to‘liq chek qo‘yilmagan — bunga quyidagi asosiy
sabablari bor:
1. Irsi (genetik) omillarni to‘xtatib bo‘lmaydi
Ba’zi tug‘ma nuqsonlar ota-onadan gen orqali o‘tadi, bu esa oldindan aniq nazorat qilib
bo‘lmaydigan holat.
Misol: Daun sindromi, talassemiya, irsiy yurak nuqsonlari.
Genetik xatoliklar ko‘pincha tasodifiy bo‘ladi yoki yillar davomida irsiyatda to‘plangan
bo‘ladi.
2. Prenatal (homiladorlik davri) nazorat yetarli emas
Ayrim hududlarda prenatal skrining (ya’ni homilada nuqson bor-yo‘qligini aniqlash) yo‘q
yoki sust rivojlangan.
Ayrim joylarda zamonaviy UTT apparatlari yetishmaydi, mutaxassislar malakasi past
bo‘ladi.
3. Ona organizmidagi muammolar
Homiladorlik davrida ona quyidagilarga duch kelsa tug‘ma nuqson xavfi ortadi:
Virusli kasalliklar (masalan, qizamiq, toksoplazmoz)
Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvandlik
Vitamin va folat kislotasi yetishmovchiligi
Stress va ekologik ifloslanish
4. Emunlashtirish va sog‘liqni saqlash darajasining pastligi
Ayrim kasalliklarni (masalan, qizamiq yoki rubella) homilador ayolda emlanmaganligi
homila nuqsonlariga olib keladi.
Vaksinatsiya darajasi past bo‘lgan hududlarda bu holat ko‘proq uchraydi.
5. Ekologik muhitning yomonligi
Ayrim viloyatlar (masalan, Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo) ekologik xavfli zonalar hisoblanadi.
Havoda og‘ir metallar, radiatsiya yoki zaharli moddalarning yuqori bo‘lishi genetik
zararlanishga olib keladi.
Masalan: Aralbo‘yidagi muhitda asosan asab tizimi va yurak nuqsonlari ko‘proq.
6. Ijtimoiy–iqtisodiy omillar
Past daromadli oilalarda ona homiladorlikda yetarlicha tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmaydi.
Tug‘ilgan bola yetarlicha parvarishlanmaydi, bu ham ba’zan nuqsonlarni chuqurlashtiradi.
O‘z vaqtida abort yoki muolajalarni qila olmaslik holatlari ko‘p.
107
7. Jamiyatda bilimsizlik va e’tiborsizlik
Ba’zilar homiladorlik davrida dori ichishni, o‘zini ehtiyot qilishni ahamiyatsiz deb biladi.
Odamlar genetik maslahat olishni kerak deb bilmaydi, ayrimlari esa diniy sabablar bilan
qarshi bo‘ladi.
Afsuski hali ham o‘zimiz istagimiz bilan o‘z bolalarimizni hayotini saqlab qola olishimizni
bila turib spirtli ichimliklardan va alkagoldan vos
kech olmayapmiz.!
Birgina shuni o‘zidan kechib ham qanchadan qancha bolalarni tug‘ma nuqson bilan
tug‘ilishi oldini olishimiz mumkin edi.
Ho‘sh sizningcha tug‘ma nuqson bilan bolalarni tug‘ilish ko‘rsatgichi yildan yilga
nega yuqoriga ko‘tarilayapti.
Bu masalada faqat maʼsul shaxslar emas balki oddiy xaql ham jiddiy tarzda
qaraganida bu ko‘rsatgich yuqoriga chiqa olmasdi.!
Xulosa:
Tug‘ma nuqsonlar masalasi — bu nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy, genetik va ekologik
jihatlarni o‘z ichiga oluvchi muhim muammo hisoblanadi. Bolalarning sog‘lom tug‘ilishi —
jamiyat kelajagining kafolati bo‘lib, buning uchun har bir inson mas’uldir. Maqolamizda qayd
etilganidek, tug‘ma nuqsonlarning asosiy sabablari orasida genetik omillar, homiladorlik
davridagi infektsiyalar, noto‘g‘ri turmush tarzi, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar va
ekologik muhitning ifloslanishi yetakchi o‘rin tutadi.
Shu boisdan, tug‘ma nuqsonlarning oldini olishda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish,
onalarni erta bosqichda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, prenatal diagnostika va skriningni
rivojlantirish, aholining genetik maslahat olish madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, spirtli ichimliklardan, chekish va zararli odatlardan voz kechish — kelajak avlod
sog‘lig‘ini himoya qilish yo‘lida eng oddiy, ammo eng samarali qadamlardan biridir.
Tug‘ma nuqsonlar bilan kurashishda faqat shifokorlar emas, balki ota-onalar, jamiyat va
davlat hamkorlikda harakat qilishi zarur. Zero, sog‘lom bola — sog‘lom oila, sog‘lom oila esa
sog‘lom jamiyat demakdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirsaidov M.M. (2019). Tug‘ma kasalliklar va ularni erta aniqlash. Toshkent: “Ilm va fan”
nashriyoti.
2.
World Health Organization (2023). Congenital anomalies – Key facts. Manba:
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/congenital-anomalies
3.
Juraev A.Sh. (2020). Pediatriya asoslari. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (2022). Aholi salomatligi va sog‘liqni
saqlash tizimi holati bo‘yicha milliy hisobot.
5.
American Academy of Pediatrics (2021). Birth Defects: Causes and Prevention. Manba:
https://www.aap.org
6.
G‘aniyev Yu.X. va boshqalar (2021). Neonatologiya. Toshkent: TTA nashriyoti.
7.
U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2022). Facts about Birth Defects.
Manba: https://www.cdc.gov/ncbddd/birthdefects/facts.html
108
8.
Ghosh T.K. (2018). Pediatric Congenital Anomalies: An Overview. Indian Journal of
Pediatrics, 85(3): 201–208.
9.
Uzbekistan Demographic and Health Survey (UDHS), 2021. Tug‘ma nuqsonlar va onalar
salomatligi ko‘rsatkichlari – Toshkent, Sog‘liqni saqlash vazirligi.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PQ–4093-son, 2018 yil – Aholi salomatligini
yaxshilash va skrining markazlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida..