93
BILGAMISH VA TURKIY EPOSLAR
Davronbek Oripov
Renessans taʼlim universiteti oʻqituvchisi,
filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Orcid raqam: 0009-0003-0025-7287
UDK: 82-131: 398.5
tel: 90 988 25 50
https://doi.org/10.5281/zenodo.15665726
Turkiy xalqlarga oid dostonlarning dunyoning boshqa epik asarlariga o‘xshash va farqli
tomonlari, o‘zaro aloqasi haqida mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar bildirilgan. Hanuzga
qadar bu mavzuda munozaralar davom etadi.
Biz ham maqolalarimizdan birida ilmiy izlanishlar natijasi o‘laroq, shaxsiy nuqtayi
nazarimizni o‘rtaga tashlagan edik [1]. Quyida ushbu mavzuni davom ettirib, turk-o‘g‘uz eposlarini
bir qator yirik asarlar, jumladan, yer yuzidagi inson tomonidan yaratilgan eng qadimgi yozma bitik
“Bilgamish” bilan ham muqoyasa qilishga jazm etdik.
“Bilgamish”(Gilgamish) qahramonlik eposi bo‘lib, e’tiborlisi, “Alpomish”, “To‘xtamish” kabi
dostonlar ham u kabi qahramonlik asarlari hisoblanadi. “Kuntug‘mish” dostoni nomi ham eng
qadimgi epos nomiga yaqin keladi.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mixxatda yozilgan “Bilgamish” dostonining yoshi
3500-3600 yilni tashkil qilar ekan. Doston shumer tilida bo‘lib, bu tilning yoshini 5000 yil, ya’ni
50 asrga mengzaladi.
Ingliz arxeologi Ostin Leyyard 1849-yili Iroqdagi qazishma ishlari davomida qadimda
Assiriya (Ossuriya) davlati tarkibida bo‘lgan Nineviya shahri qoldiqlarini topadi. Shuningdek, shoh
Ashshurbanipalning mixxat orqali sopolda yozilgan asarlar saqlanadigan kutubxonasi ham
aniqlanadi.
Kutubxonaning bir qismini Leyyardning yordamchisi Ormuzd Rassam Britaniya muzeyiga
topshirgan edi. Muzey mutasaddilari asarni o‘qish uchun mutaxassislarni jalb etadi. Lekin ularning
uzoq yillik urinishlari besamar ketib, yozuvlar siri ochilmaydi.
Izlagan imkon topar deganlaridek, muzeyning Misr-Assuriya bo‘limi yordamchisi Jorj Smit
matnni qisman tiklashga muvaffaq bo‘ladi. U 1872-yilning 3-dekabr kuni “Injil” arxeologiya
jamiyatida dunyo suv to‘foni ostida qolishi haqidagi “Injil” oyatlariga o‘xshash rivoyatni undan-da
qadimgi asarda aniqlaganini e’lon qiladi. Yaxshi ma’lumki, to‘fon voqeasi Nuh alayhissalomga
nisbat beriladi hamda u turkiylar ajdodi sifatida qaraladi. Deyarli barcha “O‘g‘uznoma”larda Nuh
payg‘ambar hamda turkiylar orasidagi bog‘liqlik haqidagi ma’lumotga duch kelish mumkin.
Ushbu doston bobilliklar tilida “Gilgamish haqida doston” deb atalgan. Asar 12 ta qo‘shiqdan
iborat bo‘lib, har bir qo‘shiq 300 satrdan iborat edi. 1873-yilgi ekspeditsiya davrida Smit 384 ta
lavhani topadi va dostonni tiklashga muvaffaq bo‘ladi.
E’tiborlisi, XX-asr boshi va o‘rtalarida ushbu dostonning boshqa tillardagi variantlari ham
yuzaga keladi. 2015-yilga kelib doston yana 20 satrga boyiydi. Miloddan avvalgi 2600-yil va
keyingi Shumer shohlari nomlarini tiklagan yevropalik olimlar Bilgamishning tarixiy shaxs
ekanini aniqlashadi.
Eramizning IX-asrida yashagan suriyalik yozuvchi Teodor bar Konay “Gelemgos” dostoni
haqida yozib qoldirgan. Olimlar yozuvchi “Bilgamish” dostonini nazarda tutgan deya ta’kidlashadi.
94
Britaniyalik arxeolog, assiriolog, lingvist va diplomat Genri Roulinson shumer tilining turkiy
tilga juda o‘xshashi, inchinun, ayni bir til ekaniga XIX-asrdayoq urg‘u qaratgandi. Nazarimizda,
olim haq. Turk-o‘g‘uz dostonlari va “Bilgamish” muqoyasasi bizni Roulinson fikrini quvvatlashga
undayotir.
Taniqli tarixchi, professor, “Bilgamish” bilimdoni Samuel Kramer “Tarix Shumerdan
boshlanadi” nomli asarida shumerlar 39 ta fanni kashf qilganliklarini isbotlab beradi.
Masalan, birinchi yozuv, arava, boshlang‘ich maktab, ikki palatali birinchi parlament, tarix,
ilk dehqon kundaligi, kosmogoniya, kosmologiya, maqollar va hikmatli so‘zlar to‘plami, badiiy
tortishuvlar, mushoira, “Nuh” (suv to‘foni sababchisi va undan omon qolgan inson)ning tasviri,
birinchi kitob katalogi, ilk pullar, dastlabki soliqlar va qonunlar, ijtimoiy islohotlar, tibbiyot,
jamiyatda komil insonni tarbiyalash haqidagi qarashlar shular jumlasidandir.
Arava ixtirosi hamda ilk qonunlar uyg‘ur yozuvida bizgacha yetib kelgan “O‘g‘uznoma”ni,
maqollar va hikmatli so‘zlar to‘plami “Kitabi Dadam Qo‘rqud” So‘z Boshisidagi Qo‘rqit Ota
hikmatlarini, Nuh tasviri “O‘g‘uznoma”larni, birinchi soliqlar “Alpomish” eposini, jamiyatda komil
insonni tarbiyalash haqidagi qarashlar esa turkiy xalqlardagi ko‘plab asarlarni yodga soladi.
Shumerlar ajoyib sayohatchi va tadqiqotchi bo‘lib – ular dunyodagi birinchi kema
ixtirochilari hisoblangan. Shu o‘rinda “O‘g‘uznoma”ning quyidagi qismiga e’tibor qaratamiz:
4....Кана чериг бирла Ўғиз қоғон
5. Итил деган Муран (га кечти). Итил (деган)
6. бадук бир (муран) турар. Ўғиз қоғон ани
7. кўрди, тағи деди ким Итилнинг усуғидан
8. начук кечарбиз деб деди. Черигида бир
9. яхши бег бор эрди. Анунг оти улуғ Ўрду
1.
бег эрди. Узлуқ (фикрлайдиган) уқғулуқ (билағон) бир эр эрди.
2.
Кўрди ким (қудуғида кўп талим) толлар кўп талим
3.
йиғачлар (бор эрди. Ушбу бег...) Ўшул йиғочлар
4.
......................................... касти, йиғочларда
5.
етди, кечди. Ўғиз қоғон севинч атти, кулди.
6.
тақи айтди ким: “Ай, ай сан мунда бег
7.
бўлунг қипчоқ деган сан бег бўлуни”, ‒
[2]
Shumerlarning ajoyib sayohatchiligi hamda yer yuzidagi ilk kema asoschilari ekanligi
haqidagi qarashlar “O‘g‘uznoma”dagi kema (sol) yasash voqeasiga juda o‘xshaydi. Turkiylar
eposidagi aynan shu parcha turk-o‘g‘uzlar orasidagi ilk kema ixtirosi bo‘lib qayd etilgan bo‘lsa,
ajab emas. Ungacha turkiylarga oid biror asarda kema yasashga doir ma’lumot uchramaydi.
Nuh to‘foni, uning sodir bo‘lganiga qancha vaqt bo‘lganining aniq hisobini buyuk bobomiz
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (Osor ul-boqiya) asarida keltirgani
diqqatga sazovor. Asarning “Tarixlar mohiyati” bobida:
“Bobil va Kalda olimlari... to‘fon bilan
Nabonnasar birinchi podshohligining boshlanishi o‘rtasidagi muddatni ikki ming olti yuz
to‘rt yil, Nabonnasar bilan Iskandar o‘rtasidagi muddatni to‘rt yuz o‘ttiz olti yil topganlar”,
deya xabar beradi [3]. Nabonnasar podshohligi davri esa tarixchilar tomonidan miloddan avvalgi
747-yillar deb ta’kidlanadi.
95
Beruniy hisobiga ko‘ra, Nuh alayhissalom davridagi to‘fon, hijrat (milodiy 622 yili) gacha
3725 yil deb olingan bo‘lsa, joriy yildan 622 sonini ayiramiz va natija 1400 ni tashkil qiladi. Bu
raqamga esa ulug‘ ajdodimiz aniqlagan 3725 ni qo‘shamiz. Demak, to‘fon bilan bizni ayni vaqtda
5125 yillik vaqt ajratib turibdi deya tasavvur qilish mumkin.
Bilgamishning jasurligiga qoyil qolgan ma’buda Ishtar (shumerlarda Innin) unga sevgi izhor
qiladi. Lekin undan rad javobini olgach, Ishtar bundan gʻazablanadi va otasidan yordam so‘raydi.
Otasi ‒ Xudo Anu Bilgamishga qarshi samoviy xo‘kizni jo‘natadi. Xo‘kiz shunchalik bahaybatli
ediki, bir simirishda Frot daryosining suvini ichib qo‘yadi. Qizig‘i, Мahmud Koshg‘ariy “Devon”da
turkiylarning o‘g‘uz qabilasi Frot daryosini Oko‘z – Xo‘kiz nomi bilan ataganligini yozadi. [4].
Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asariga ham murojaat etamiz. Hazrat:
“Nuh payg‘ambar salavotullohi alayhaning uch o‘g‘lig‘akim, Yofas va Som va Homdur
yetishur. ...Yofasniki, tarixlar ahli Abut-turk biturlar, Xito mulkiga yubordi va Somniki, Abul-
furs biturlar, Eron va Turon mamolikining vasatida voliy qildi va Homniki, Abul-hind
debdurlar, Hindiston bilodig‘a uzatti”. Shuningdek, payg‘ambar o‘g‘illaridan Yofas ibn Nuhni
“Va Yofas o‘g‘lonniki, Abut-turkdur, tarix ahli ittifoqi bila debdurlarki, nubuvvat toji bilan
sarafroz va risolat mansabi bila qardoshlaridin mumtoz bo‘ldi”
deya qayd etadi.
“Bilgamish” dostoni boshlamasi ham e’tiborga molik. Dostonning “Birinchi jadvali”
quyidagicha:
Bu qo‘shiq dunyo kezib barchasini ko‘rgan haqida,
Dengizlarni suzib, tog‘lardan o‘tgan haqida,
G‘animlarin do‘sti ila yenggan haqida,
Donishlikka yetgan, zakovatga erishgan haqida…
[5]
Anglab turganingizdek, ushbu jumlalarni o‘g‘uzlar orasida katta shuhratga ega bo‘lgan,
avliyo sifatida ko‘rilgan Qo‘rqit Otaga ham, turkiylarning ajdodi hisoblanmish O‘g‘uzxonga
nisbatan ham mengzasa bo‘ladi. Albatta, Bilgamish ularga qaraganda birlamchi, lekin,
nazarimizda, shumerlar dostoni o‘g‘uz dostonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Tadqiqotchi Anvar Shukurovning Bilgamish haqida olib borgan ilmiy izlanishlarini ham qayd
etish joiz. Olim:
“Bilgamish dostoni haqida mendan oldin fikr bildirib, bu doston “Do‘stlik
haqida” degan xulosaga kelgan olimlarning fikrlarini hurmat qilgan holda bu doston “Non
haqida” degan yangi talqinni o‘rtaga tashlayman”
, deya ta’kidlaydi [6].
Enkiduning ilk marta shaharga kelishi va non ta’tib ko‘rishi, Utnapishtidan abadiy yashash
sirini bilish uchun borgan Bilgamishning ko‘zi uyquga ketib, uxlagan kunlari uchun boshining
ostiga non qo‘yilishi kabi voqealar olimning shu xulosaga kelishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.
Biz ham yuqoridagi firklarga hurmat bajo saqlagan holda, doston inson o‘zligini anglashga intilishi,
abadiylik qidirib, o‘limdan qochishi haqida degan farazni o‘rtaga tashlaymiz. Va shu jihatlari bilan
bu doston turk-o‘g‘uz eposlari ila mushtaraklik kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Китаби Дадам Қўрқуд” ва унга алоқадор асарлар. GulDU axborotnomasi. 2022. 4-son.
96
2.
Ўғузнома. Ўғуз қаҳрамонлик эпоси. (Тузувчи Т.Ҳайдаров). Тошкент: 2004. Б.34.
3.
Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk (Osor ul-boqiya). Toshkent: Fan, 1968. ‒ B.45.
4.
Oʻsha asar I-tom. B.91.
5.
Shukurov A. Bilgamish. ‒ Toshkent: IJOD-PRESS, 2004. ‒ B.38.
6.
O‘sha asar. ‒ B.88-89.