Авторы

  • D. Mamadaminova
    “Sharq tabobati” ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.117379

Ключевые слова:

Myosotis L taksonomiya floristika O‘zbekiston florasi Jizzax viloyati Samarqand viloyati morfologik tahlil seksiya Eumyosotis D.C Exarrhena D.C Gymnomyosotis D.C Strophiostoma Endl.

Аннотация

Mazkur tezisda Myosotis turkumining morfologik va taksonomik xususiystlari,tarqalish areallari xususan O`zbekiston,Jizzax va Samarqand viloyatlarida olib borilgan floristik va geobotanik tadqiqot natijalari bilan bog`liq ma`lumotlar keltirilgan.Turkum turlarning klassifikatsiyasi,ayniqsa,M.G.Popov va zamonaviy olimlar toomonidan berilgan tizimlar asosida yoritilgan


background image

95

MYOSOTIS

L. TURKUM TURLARI BO‘YICHA OLIB BORILGAN FLORISTIK

TADQIQOTLARNING QIYOSIY TAHLIL

Mamadaminova D.

“Sharq tabobati” ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand

https://doi.org/10.5281/zenodo.15770934

Аnnotаtsiyа.

Mazkur tezisda Myosotis turkumining morfologik va taksonomik

xususiystlari,tarqalish areallari xususan O`zbekiston,Jizzax va Samarqand viloyatlarida olib
borilgan floristik va geobotanik tadqiqot natijalari bilan bog`liq ma`lumotlar keltirilgan.Turkum
turlarning klassifikatsiyasi,ayniqsa,M.G.Popov va zamonaviy olimlar toomonidan berilgan
tizimlar asosida yoritilgan

Аннотация:

В данной статье представлены морфологические и таксономические

особенности рода Myosotis L., ареалы его распространения, в том числе результаты
флористических и геоботанических исследований в Самаркандской и Джизакской
областях Узбекистана. Особое внимание уделено классификации видов на основе
системы М.Г. Попова и современных исследователей

.

Kalit so‘zlar:

Myosotis L, taksonomiya, floristika, O‘zbekiston florasi, Jizzax viloyati,

Samarqand viloyati, morfologik tahlil, seksiya,

Eumyosotis D.C, Exarrhena D.C, Gymnomyosotis

D.C, Strophiostoma Endl.

Myosotis

” turkumiga oid ilk qaydlar 1753-yilning mayida Karl Linneyning “Species

Plantarum” [14] nomli klassik asarida keltirilgan va ushbu asrda turkum sifatida e’lon qilingan.
O‘sha davrda K.Linney

Myosotis

turkumi ostiga 5 turdagi bo‘tako‘zlarni birlashtirgan. 1846-yilda

De Candolle (1846)

Myosotis

turkum turining tasnifini ishlab chiqgan. Olim tasnifni shlab

chiqishda turkum turlarining gul qismidagi gultojining bor yoki yo‘qligi, changchilarning
joylashuvi, changchi iplar uzunligiga va belgilar asosida 4 seksiyaga ajratgan (1.

Eumyosotis

D.C.;

2.

Exarrhena

D.C.; 3.

Gymnomyosotis

D.C.; 4.

Strophiostoma

Endl.). De Candolle tomonidan ishlab

chiqilgan tasnif yoki qaydlar boshqa taksonomist va florist olimlar tomonidan qabul qilingan,
jumladan Gurke va Engler “Prantl’s Naturliche Pflanzenfamilien” (Gurke 1897) va “Hooker va
Bentham” (1876) asarlarida

Myosotis

turkum turlarini bir-biridan ajratib turadigan morfologik

belgilariga va xususiyatlariga ko‘ra 4 seksiyaga to‘g‘ri ajratilganini qo‘llab quvvatlashgan [17].
Keyinchalik M.G. Popov (1953) tomonidan turkumning ancha takomillashtirilgan
klassifikatsiyasi keltirilgan va

Myosotis

turkumiga mansub turlarni turkumdan kichik bo‘lgan

taksonomik kriteriyalarga ajratgan. Popov asosan,

Myosotis

turlarini gullarini tuzilishiga, barglari

va mevalarining morfologik belgilaridagi farqlariga ko‘ra, MDH florasida tarqalgan turlarni 2
ostturkum, 2 sektsiya va 4 qator (ряд)ga kiritgan (1.1.1-jadval) [7].

Bugungi kunga qadar

Myosotis

turkum turlarini o‘rganilishi bo‘yicha olib borilgan

tadqiqotlarni 4 darvga bo‘lish mumkin.

1.

Floristik (taksonomik) va geobotanik tadqiqotlar;

2.

Fitokimyoviy tarkibi va foydali xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar;

3.

Xalq tabobatida qo‘llanishiliga bag‘ishlangan tadqiqotlar;

4.

Malekulyar filogenetik tadqiqotlar davri.

1.1.1-jadval.
M.G. Popov (1953) tomonidan takomillashtirilgan klassifikatsiya


background image

96

Tu

rkum

O

st

tu

rkum

Sek

si

ya

Qator

O‘simlik turlari

Myosot

is

L.

St

ro

ph

ios

tom

a

(T

ur

cz

.) M.

Pop

.

St

ro

ph

ios

tom

a

DC

.

(Род

St

ro

ph

ios

tom

a

Tu

rcz

.)

1.

Myosotis

amoena

(Rupr.)

Boiss.
2.

M. propinqua

Fisch. et Mey.

3.

M. pseudopropinqua

M. Pop.

4.

M. sparsiflora

Mikan

Eu

myo

so

tis

DC

.

Eu

myo

so

tis

DC

.

1.

Palustres

M. Pop.

A – Perennes

5.

M. polustris

Lam.

6.

M. caespitosa

Schultz

B – Annuae

7.

M. baltica

Samuels

8.

M. sicula

Guss.

2.

Litoralis

M. Pop.

9.

M. littoralis

Stev.

10.

M. idaea

Boiss. et Heldr.

11.

M. ukrainica

Czern.

3.

Sylvaticae

M. Pop.

12.

M. silvatica

Hoffm.

13.

M. krylovii

Serg.

14.

M. sachalinensis

M. Pop.

15.

M. pseudovariabilis

M. Pop.

16.

M. suaveolens

W. et K.

17.

M. alpestris

Schmidt

18.

M. asiatica

Schischk. et Serg.

4.

Arvenses

M. Pop.

19.

M. arvensis

Hill

20.

M. heteropoda

Trautv.

21.

M. lazica

M. Pop.

22.

M. collina

Hoffm.

23.

M. micrantha

Pall.

24.

M. refrasta

Boiss.

25.

M. versicolor

Smith.

1.

Floristik (taksonomik) va geobotanik tadqiqotlar davri.

Hoziri kunda yer sharida

Myosotis

L. turkumining 100 dan ortiq turi tarqalgan. Ammo ba’zi

florist va taksonomist olimlar tomonidan turlarning soni 200 dan ortiq ekanligi qayd etilgan
[19]. Yangi Zelandiyada

Myosotis

turkumi unut-me-notlar avlodi deb ham ataladi va ushbu

turkum vakillari 40 dan ortiq bir-biriga yaqin, ammo morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil
bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi, ularning evolyutsiya tarixi va taksonomiyasi noaniqliklar
ko‘pligi, Yangi Zelandiyada

Myosotitis

turkumi ustida tizimli tadqiqotlar olib borish ustuvor

ahamiyatga ega bo‘lib, turlarning katta qismi tahdid ostida qolgan va ko‘plari cheklangan
geografik diapazonga ega ekanligi to‘g‘risida firlar bildirilgan [15]. Bundan tashqari, Prebble va


background image

97

boshqalar tomonidan Yangi Zelandiyada o‘suvchi

Myosotis pygmaea

(Boraginaceae) turlar guruhi

taksonomik jihatdan tahlil qilingan. Taksonomik tahlil natijalarida

Myosotis pygmaea

turlar

kompleksi morfologik jihatdan aniqlanadigan guruh ekanligi ma’lum bo‘lgan va bir qancha
taksonomik jihatdan noaniq birliklar

Myosotis pygmaea

turlar guruhi yoki boshqa tur

komplekslariga morfologik jihatdan o‘xshash deb topilgan [16]. Shuningdek, Janubiy yarim
sharda tarqalgan

Myosotis

L., (Boraginaceae) turlari taksonomik jihatdan qayta ko‘rib chiqilgan.

Taksonomik radqiqotda asosiy e’tibor Yangi Zelandiyaga endemik bo‘lgan turlarga, shuningdek,
Janubiy Amerikadan kelgan

Myosotis antarctica

Hook.f. (shuningdek, Kempbell oroli) va

M.

albiflora

Hook.f. va

M. pygmaea

Colenso turlar guruhini taksonomik tadqiq etishga qaratilgan.

Ushbu tadqiqotda

Myosotis

L. ning 14 turi quyidagi to‘rtta kichik guruhga bo‘lingan:

1.

Sudraluvchi turlar guruhi:

M. matthewsii

L.B.Moore

, M. chaffeyorum

Lehnebach,

M.

spatulata

G.Forst.,

M. tenericaulis

Petrie va

M. albiflora

;

2.

Yostiqsimon turlar guruhi:

M. uniflora

Hook.f.,

M. pulvinaris

Hook.f. va

M. glabrescens

L.B.Moore;
3.

M. cheesemanii

+

M. colensoi

:

M. cheesemanii

Petrie va

M. colensoi

J.F.Macbr.;

4.

M. lyallii

turlar guruhi: M. lyallii Hook.f. va yangi tur M. retrorsa Meudt, Prebble &

Hindmarsh-Walls;

Tadqiqotchilar tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan 14 ta tur uchun: turlarni aniqlash uchun

kalit, tavsiflar, fenologiya, tarqalish xaritalari, fotorasmlari, tekshirilgan namuna ro‘yxatlari va
izohlar keltirilgan.

Keying tadqiqotlarda esa

Myosotis umbrosa

Meudt, Prebble & Thorsen va

M. bryonoma

Meudt, Prebble & Thorsen yangi turlari ushbu kichik guruhlarga aniq mos kelmasligi aniqlangan,

Myosotis elderi

L.B.Moore esa

M. lyallii

subsp.

elderi

(L.B.Moore) Meudt & Prebble sifatida qayta

ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan morfologik ma’lumotlar, qo‘shimcha
genetik, sitologik, chang va boshqa ma’lumotlar Janubiy yarimsharning

Myosotis

turlarini

kelajakda tadqiq qilish uchun integratsiyalashgan tizimli yondashuv asosida ilmiy izlanishlar olib
borishda muhim ahamiyat ega.

Eronda olib borilgan floristik tadqiqotlarda bu turkumning 15 turi uchrashi aniqlangan

[18]. Klassik taxrirlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda turkumning 12 turi (

Myosotis sparsiflora, M.

polustris, M. caespitosa, M. baltica, M. silvatica, M. krylovii, M. imitata, M. alpestris, M. asiatica, M.
arvensis, M. micrantha, M. refracta

) uchrashi haqida ma’lumotlar keltirilgan [1]. Jumladan, V.V.

Nikitin (1954) qayd etgan ma’lumotlarga ko‘ra, turkumning 2 turi Turkmaniston florasida
uchraydi [4]. Shuningdek, Qirg‘iziston florasida 5 turi, Qozog‘iston florasida 12 turi, Tojikiston
florasida esa 5 turi uchrashi keltirilgan [3].K.K. Zokirovning (1961) keltirgan ma’lumotlariga
ko‘ra turkumning O‘zbekiston florasida 4 turi tarqalgan, ammo C.V. Ovchinnikova tomonidan
O‘zbekiston florasining yangi nashrida (2022-yil, 4-jild) turkumning 7 turi O‘zbekiston hududida
uchrashi qayd etilgan [2]

Oxirgi 10 yillikda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy viloyatlari florasini

inventarizatsiya qilish, o‘simliklar kadastrini yuritish, bioxujjatlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli
tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Botanika institutening bir guruh olimlari (Tojibayev K.Sh., Beshko N.Yu., Shomurodov X.F. va
boshqalar) tomonidan olib borilmoqda. Olingan natijalar Botanika institutining hozirgacha shu
sohada chop etgan “Кадастр флоры Узбекистана: Самаркандская область” (2018), “Кадастр
флоры Узбекистана: Кашкадарьинская область” (2018), “Кадастр флоры Узбекистана:


background image

98

Навоинская область” (2019), “Кадастр флоры Узбекистана: Джизакская область” (2020),
“Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область” (2021), Ташкентская область (2024)
asarlarida o‘z aksini topgan [8]. Jizzax va Samarqand viloyati kadastri asarlarida tadqiqot hududi
hisoblangan Jizzax viloyatida 5 turi (

Myosotis asiatica

(Vestergr.) Schischk. & Serg. (

Myosotis

alpestris

F.W. Schmidt),

M. caespitosa

Schultz,

M. imitata

Serg

., M. refracta

Boiss.,

M. stricta

Link

ex Roem. & Schult. (

M. micrantha

Pall. & Lehm.)), Samarqand viloyatida esa 3 turi (

Myosotis laxa

subsp. caespitosa (Schultz) Hyl. ex Nordh. (

Myosotis caespitosa

Schultz),

M. refracta

Boiss.,

M.

stricta

Link ex Roem. & Schult. (

M. micrantha

Pall. & Lehm.)) uchrashi qayd etilgan [8,11].

Jizzax va Samarqand viloyatlarida uchrashi qayd etilgan turlarni floristik va geobotanik

nuqtayi nazardan o‘rganish 150 yildan ortiq muddatni o‘z ichiga oladi. Jumladan, hozirgi
vaqtdagi Jizzax viloyatiga tegishli bo‘lgan hududlarning florasini o‘rganish A.P. Fedchenko (1866
yil), P. Kapyu va G. Bonvalo (1881 yil), A. Regel (1882 yil) va V.I. Lipskiy (1890 yil) tomonidan
Jizzax shahri atrofidan oʻtgan Sanzor daryosi vodiysi boʻylab olib borilgan ekspeditsiyalaridan
boshlangan. XIX asrning oxirida koʻplab tabiatshunoslar tomonidan mintaqada gerbariy
kolleksiyalarini yigʻganlar va shu orqali florasining tur tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni
toʻplashga muayyan darajada hissa qoʻshishgan (Lipskiy, 1905) [11]. Samarqand viloyati
florasini oʻrganishning boshlangʻich nuqtasi rus muhandisi Butenevning (1841) Buxoro va
Samarqandga uyushtirgan ekspeditsiyasi boʻlishi mumkin, bu ekspeditsiyada Zaravshon daryosi
vodiysi va uning atrofdagi togʻlardan keng miqiyosda gerbariy yigʻgan buyuk tabiatshunos
Leman ishtirok etgan. Bu hudud florasini oʻrganishda A.P. va O.A. Fedchenko (1866), P. Kapu va
G. Bonvalot (1881), A. Regel (1882), V. I. Lipskiy (1887), V. L. Komarov (1892–1893) ma’lum
darajada hissa qoʻshgan [8].

1910-yillardan boshlab Oʻrta Osiyoda oʻsimlik dunyosi va uning oʻsimliklar qoplamini

maqsadli oʻrganish boshlandi. XX asrning birinchi yarmida va 1950-1970 yillarda Zaravshon
tizmasi,Turkiston, Malguzar va Nurota tizmalarida, shuningdek, Zaravshon vodiysi va
Qarnabchoʻl, Och dasht (Голодней степ)da bir qancha yirik botanik ekspeditsiyalar oʻtkazildi.
Ushbu ekspeditsiyalar davomida juda koʻp miqdorda gerbariy materiallari toʻplangan.
Yigirmanchi asrda Samarqand va Jizzax viloyati hududida yaratilgan gerbariy kolleksiyalarining
asosiy kollektorlari V.I. Lipskiy, B.A. Fedchenko, E.P. Korovin, V.P. Drobov, M.G. Popov, I.I.
Sprygin, M.V. Kultiasov, B.S. Zakrjevskiy, S.N. Kudryashev, P.A. Gomolitskiy, A.Y. Butkov, A.I.
Granitov, M.M. Sovetkina, E.M. Demurina, E.E. Korotkova, O.E. Knorring, A.I. Vvedenskiy, I.
Mamotov, A.D. Li., L.L. Bulgakova, L.I. Nazarenko, P.K. Zokirov, K. Xaydarov va R.V. Kamelin
hisoblanadi [8,11]. Mazkur olimlar tominidan yigʻilgan gerbariy namunalarining katta qismi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutning O‘zbekiston Milliy gerbariy (TASH),
Rossiya Fanlar akademiyasi Komarov nomidagi Rossiya Botanika institutining gerbariysi (LE),
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MW) fondlarida saqlanadi.

Ikkala viloyat hududining oʻsimliklar xilma-xilligiga bagʻishlangan XX asrning eng muhim

nashrlarida (“Очерк растительности гор Пистали-тау” (Kultiasov, 1923), “Растительность
района гор Хобдунтау и Карачатау” (Kudryashev, 1930), “Растительность заповедника
Гуралаш и Зааминской лесной дачи” (Popov, Androsov, 1937), “Растительные формации
Нуратинской долины” (E.P. Korovin 1923), “Флора и растительность бассейна реки
Зеравшан” (K.Z. Zokirov 1955, 1961), “Растительный покров Нуратинских гор” (P.K. Zokirov,
1969) va “Ботаническая география низкогорий Кызылкума и хребта Нуратау” (P.K. Zokirov,
1971), “Растительность западной части Туркестанского хребта и его отрогов” (E.M.


background image

99

Demurina, 1975), “К познанию флоры Нуратинских гор” (R.V. Kamelin, 1973) va
“Кухистанский округ горной Средней Азии” (R.V. Kamelin, 1979)) turkumning taksonomik
tarkibi, geografik tarqalishi va ekologiyasi oid ma’lumotlar qisman yoritilgan [8,11].

Soʻnggi 30-yil oralig‘ida Samarqand va Jizzax viloyatlari hududning o‘simliklar dunyosini

inventarizasiyasiga va oʻsimlik qoplamiga oid bir qator yangi tadqiqotlar o‘tkazildi (Beshko,
1997, 1999, 2000, 2004, 2011; Tojibayev, Beshko, 2007; Tojibayev, Qodirov 2010; Tirkasheva,
2011; Botirova, 2012; Azimova, 2014; Qodirov 2020). Mazkur tadqiqotlar davomida,

Myosotis

turkumiga mansub jami 5 turning taksonomiyasi, qisqacha botanik tavsifi, biogeografiyasi va
ekologiyasiga oid qaydlar keltirilgan [8,11].

Jizzax va Samarqand viloyatlarida I asrdan ortiq vaqt mobaynida olib borilgan floristik va

taksonomik tadqiqotlarga qaramay turkum turlarining morfobiologiyasi to‘liq tadqiq etilmagan.
Mavjud ma’lumotlar esa turkumning tur tarkibi, tarqalishi, populyatsiyalarining holati,
turlarning o‘simlik jamoalardagi ishtiroki haqida bo‘lib, bu ma’lumotlar sezilarli darajada
eskirganligini ko‘rsatadi. Bu holat turkum turlarini morfobiologiyasi va geografik tarqalishi
bo‘yicha maxsus ilmiy izlanishlar va tizimli tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдуллаева М.Н. Род. Myosotis L. – Незабудка (Boraginaceae) // Определитель

растений Средней Азии, // Т. 9. Ташкент: Фан, 1986. – С. 117-122.
2.

Зокиров К.К. Род Myosotis L. – Незабудка Флора Узбекистана // Ташкент: АН УзССР,

1961. Т. V. – С. 229-251.
3.

Кощенко Л.И. Сем. Бурачниковые (Род. Мyosotis L. – Незабудка // Флора Киргизской

ССР, Фрунзе: АН КирССР, 1964. Т. Х. – С. 62-66.
4.

Никитин Б.Б. Myosotis L. – Незабудка // Флора Туркмении, Ашхабад: АН ТуркССР,

1954. Т. V. – С. 117-118.
5.

Овчинникова С.В. Сем. Boraginaceae Флора Узбекистана // Ташкент: Фан, 2022. Т. IV.

– С. 97-106.
6.

Орозова А.И. Сем. Бурачниковых (Род. Незабудка – Мyosotis L. // Флора Казахской

ССР, Алма-Ата: АН КазхССР, 1962. Т. VII. – С. 196-202.
7.

Попов М.Г. Незабудка-

Myosotis

L. Флора СССР. - Москва: АН СССР, 1953. Т. XXIX. C. 352-

387.
8.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Кодиров У.Х., Батошов А.Р., Мирзалиева Д.У. Кадастр

флоры Узбекистана: Самаркандская область. – Ташкент: ФАН, 2018. – 220 с.
9.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф., Кодиров У.Х., Тургинов О.Т., Шарипова

В.К. Кадастр флоры Узбекистана: Кашкадарьинская область. – Ташкент: Фан, 2019а. – 256
с.
10.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф. и др. Кадастр флоры Узбекистана:

Навоийская область. – Ташкент: Фан, 2019б. – 216 с. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю.,
11.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Эсанкулов А.С., Батошов А.Р., Азимова Д.Э. Кадастр флоры

Узбекистана: Джизакская область. – Ташкент: Zamin nashr, 2021. – 368 с.
12.

Чикавина А.П. Сем. Boraginaceae (Род. Незабудка, Марзангўш– Мyosotis L. // Флора


background image

100

Таджикской ССР, Ленинград: ЛН ТаджССР, 1984. Т. VII. – С. 421-425.
13.

Шомуродов Х.Ф. и др. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область. – Ташкент:

O‘qituvchi, 2020. – 128 с.
14.

Linnaeus C. Species plantarum. Ed. 1. Vol. 1. Holmiae (Stockholm): Laurentii Salvii, 1753. –

560 p.
15.

Meudt, H. M., Prebble, J. M., & Lehnebach, C. A. (2015). Native New Zealand forget-me-nots

(Myosotis, Boraginaceae) comprise a Pleistocene species radiation with very low genetic
divergence. Plant Systematics and Evolution, 301, 1455-1471.
16.

Prebble, J. M., Meudt, H. M., Tate, J. A., & Symonds, V. V. (2018). Bolstering species

delimitation in difficult species complexes by analyzing herbarium and common garden
morphological data: a case study using the New Zealand native Myosotis pygmaea species group
(Boraginaceae). Systematic Botany, 43(1), 266-289.
17.

Robertson A.W. Evalution and Pollination of new Zealand Myosotis (Boraginaceae).

University of Canterbury, 1989. Chapter I. 2-37.
18.

Sherafati, M., Kazempour Osaloo, S., Khoshsokhan Mozaffar, M., Esmaeilbagi, S., & Saadati,

N. (2014). Molecular phylogeny of the genus Myosotis (Boraginacea) based on nrDNA ITS
sequences. Taxonomy and Biosystematics, 6(19), 85-96.
19.

Winkworth R.C., Grau J., Robertson A.W., & Lockhart P.J. (2002). The origins and evolution

of the genus Myosotis L. (Boraginaceae). Molecular Phylogenetics and Evolution, 24(2): 180-193.

Библиографические ссылки

Абдуллаева М.Н. Род. Myosotis L. – Незабудка (Boraginaceae) // Определитель растений Средней Азии, // Т. 9. Ташкент: Фан, 1986. – С. 117-122.

Зокиров К.К. Род Myosotis L. – Незабудка Флора Узбекистана // Ташкент: АН УзССР, 1961. Т. V. – С. 229-251.

Кощенко Л.И. Сем. Бурачниковые (Род. Мyosotis L. – Незабудка // Флора Киргизской ССР, Фрунзе: АН КирССР, 1964. Т. Х. – С. 62-66.

Никитин Б.Б. Myosotis L. – Незабудка // Флора Туркмении, Ашхабад: АН ТуркССР, 1954. Т. V. – С. 117-118.

Овчинникова С.В. Сем. Boraginaceae Флора Узбекистана // Ташкент: Фан, 2022. Т. IV. – С. 97-106.

Орозова А.И. Сем. Бурачниковых (Род. Незабудка – Мyosotis L. // Флора Казахской ССР, Алма-Ата: АН КазхССР, 1962. Т. VII. – С. 196-202.

Попов М.Г. Незабудка-Myosotis L. Флора СССР. - Москва: АН СССР, 1953. Т. XXIX. C. 352-387.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Кодиров У.Х., Батошов А.Р., Мирзалиева Д.У. Кадастр флоры Узбекистана: Самаркандская область. – Ташкент: ФАН, 2018. – 220 с.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф., Кодиров У.Х., Тургинов О.Т., Шарипова В.К. Кадастр флоры Узбекистана: Кашкадарьинская область. – Ташкент: Фан, 2019а. – 256 с.

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф. и др. Кадастр флоры Узбекистана: Навоийская область. – Ташкент: Фан, 2019б. – 216 с. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю.,

Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Эсанкулов А.С., Батошов А.Р., Азимова Д.Э. Кадастр флоры Узбекистана: Джизакская область. – Ташкент: Zamin nashr, 2021. – 368 с.

Чикавина А.П. Сем. Boraginaceae (Род. Незабудка, Марзангўш– Мyosotis L. // Флора Таджикской ССР, Ленинград: ЛН ТаджССР, 1984. Т. VII. – С. 421-425.

Шомуродов Х.Ф. и др. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область. – Ташкент: O‘qituvchi, 2020. – 128 с.

Linnaeus C. Species plantarum. Ed. 1. Vol. 1. Holmiae (Stockholm): Laurentii Salvii, 1753. – 560 p.

Meudt, H. M., Prebble, J. M., & Lehnebach, C. A. (2015). Native New Zealand forget-me-nots (Myosotis, Boraginaceae) comprise a Pleistocene species radiation with very low genetic divergence. Plant Systematics and Evolution, 301, 1455-1471.

Prebble, J. M., Meudt, H. M., Tate, J. A., & Symonds, V. V. (2018). Bolstering species delimitation in difficult species complexes by analyzing herbarium and common garden morphological data: a case study using the New Zealand native Myosotis pygmaea species group (Boraginaceae). Systematic Botany, 43(1), 266-289.

Robertson A.W. Evalution and Pollination of new Zealand Myosotis (Boraginaceae). University of Canterbury, 1989. Chapter I. 2-37.

Sherafati, M., Kazempour Osaloo, S., Khoshsokhan Mozaffar, M., Esmaeilbagi, S., & Saadati, N. (2014). Molecular phylogeny of the genus Myosotis (Boraginacea) based on nrDNA ITS sequences. Taxonomy and Biosystematics, 6(19), 85-96.

Winkworth R.C., Grau J., Robertson A.W., & Lockhart P.J. (2002). The origins and evolution of the genus Myosotis L. (Boraginaceae). Molecular Phylogenetics and Evolution, 24(2): 180-193.