91
FINLANDIYA TA’LIM TIZIMINING “SIRI”
Davronboyeva Durdona Toshtemir qizi
Toshkent Ijtimoiy Innovatsia Universiteti 4 kurs talabasi
Gmail: durdonadavronboyeva06@gmail.com
Tel:88 463 12 13
https://doi.org/10.5281/zenodo.15770923
ANOTATSIYA:
Ushbu maqolada Finlandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyat sirlari, uning
dunyodagi yetakchi o‘rinlarni egallashining sabablari va innovatsion yondashuvlarini tahlil
qilinadi. Mamlakatning o‘ziga xos ta’lim modeli – o‘quvchilarga bosimning kamligi,
o‘qituvchilarning yuqori malakasi, bepul va teng imkoniyatli ta’lim tamoyillari orqali qanday
natijalarga erishgani yoritiladi. Shuningdek, maqolada Finlandiya tajribasidan O‘zbekiston ta’lim
tizimi uchun qanday foydali jihatlar o‘rganilishi mumkinligi muhokama qilinadi.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье анализируются секреты успеха системы образования
Финляндии, причины её ведущих позиций в мире и инновационные подходы. Освещается
уникальная модель образования страны, которая достигает высоких результатов
благодаря низкому уровню давления на учеников, высокой квалификации учителей, а
также принципам бесплатного и равного образования. Также в статье обсуждается, какие
полезные аспекты финского опыта могут быть применены в системе образования
Узбекистана .
ANNOTATION:
This article analyzes the secrets behind the success of Finland's education
system, the reasons for its leading position in the world, and its innovative approaches. It
highlights the country’s unique educational model, which achieves outstanding results through
low academic pressure on students, highly qualified teachers, and the principles of free and
equal education. Additionally, the article discusses which beneficial aspects of Finland's
experience can be adopted in Uzbekistan's education system.
Kalit so‘zlar:
Finlandiya, ta’lim tizimi, muvaffaqiyat, innovatsiya, o‘qitish metodlari,
xalqaro tajriba , Janubiy Koreya, tenglik va bepul ta'lim, bosimsiz ta'lim muhiti, yuqori malakali
oʻqituchilar, kasbiy erkinlik, uzoq tanaffuslar, qisqa darslar, amaliy oʻqitish, ijodiy yondashuv,
ta'lim sifatini oshirish.
Hozirgi kunda ta’lim sifati har bir jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda.
Zamonaviy dunyoda eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Finlandiya
ta’lim modeli ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tizim an’anaviy
baholash va bosimga asoslangan yondashuvlardan farqli ravishda, o‘quvchilarga erkinlik berish,
o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni
qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishayotgani barchamizga ma'lum . Xoʻsh butun dunyoni
hayratga solayotgan Finlandiyaning muvaffaqiyat siri nimalardan iborat ? Ushbu tizimning ustun
jihatlari qanday? Finlandiya ta’lim tizimiga tubdan nazar tashlaydigan boʻlsak quyidagi jihatlar
yaqqol koʻzga tashlanadi.
Tenglik va bepul ta'lim - Finlandiyada barcha o'quvchilar uchun ta'lim bepul va teng
imkoniyatlar yaratilgan. Bu tamoyil ta'limdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Bosimsiz ta'lim muhiti - Maktablarda o'quvchilarga ortiqcha bosim o'tkazilmaydi, sinovlar
va reytinglar minimal darajada. Bu o'quvchilarning ruhiy salomatligini saqlashga yordam beradi.
92
O'quv dasturining moslashuvchanligi - O'quvchilar o'z qiziqishlariga qarab fanlarni tanlash
imkoniyatiga ega, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi.
Yuqori malakali o'qituvchilar - Finlandiyada o'qituvchilar magistr darajasiga ega bo'lishi
shart va ular jamiyatda katta hurmatga sazovor.
Kasbiy erkinlik - O'qituvchilar o'quv jarayonini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilish
huquqiga ega, bu esa ta'lim sifatini oshirishga sezilarli darajada hissa qoʻshadi .
Qisqa darslar va uzoq tanaffuslar - O'quvchilarning diqqatini jamlash va samaradorlikni
oshirish uchun darslar qisqa, tanaffuslar esa uzoqroq qilib belgilangan.
Amaliy o'qitish va ijodiy yondashuv - Ta'lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy
mashg'ulotlar bilan boyitiladi, bu esa o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Ushbu
holatlar ahamyatsiz koʻringani bilan talim samaradorligini oshirishga sezilarli darajada hissa
qoʻshadi . Buni Finlandiya misolida koʻrishimiz mumkin .
1
Hozirgi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tajribalarni, jumladan, Finlandiya ta’lim
modelining ilg‘or jihatlarini o‘zlashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Xususan, ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning erkin fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirish, baholash tizimini
bosqichma-bosqich isloh qilish, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda innovatsion
metodlarni joriy etish orqali sifatni oshirishga intilish kuzatilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar
O‘zbekiston ta’lim tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Endi bizda yana bitta savol tugʻiladi, nega aynan Finlandiya ta'lim tizimi?
Bu savolga dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Janubiy Koreya davlati misolida
koʻrishimiz mumkin . Janubiy Koreyada natijalarga erishish uchun oʻquvchilar juda ko‘p o‘qiydi,
lekin bu ularda stress va bosim kabi mu'ammolarni keltirib chiqaradi. Ularning bilimlari
mustahkam bo‘lsada, ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari kamroq
rivojlangan. Finlandiya esa o‘quvchilarning tabiiy qiziqishlarini rivojlantirgan holda ularning
individual o‘sishiga e’tibor qaratadi. Bu tizim kam bosimli, lekin shunga qaramay samarali bo‘lib,
o‘quvchilarning ijodkorligi va erkin fikrlashiga katta ahamiyat beradi.
Finlandiya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashdan asosiy maqsad O‘zbekiston ta’lim tizimini
xalqaro standartlarga moslashtirish va ta'lim samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bu jarayon
quyidagi tamoyillardan iborat:
1. Ta’lim sifatini oshirish:
Finlandiya ta’lim modeli o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va tanqidiy yondashuvini
rivojlantirishga asoslangan. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish uchun nazariy bilim bilan bir
qatorda, amaliy va innovatsion yondashuvlarni kuchaytirish shart va zarur .
2
2. O‘quvchilarga ortiqcha bosim yuklamaslik
Finlandiyada o‘quvchilar uchun imtihon va baholash tizimi onson va ularga qiyinlik
tugʻdirmaydi stress darajasi esa juda past. O‘zbekistonda ham o‘quvchilarga yuklanadigan
ortiqcha qiyinchiliklarni kamaytirib , ularga qiziqarli va samarali o‘qish muhiti yaratish muhum
hisoblanadi
3. O‘qituvchilarning nufuzini oshirish va malakasini kuchaytirish
1
https://www.koob.ru/walker_timothy_d/finnish_education_system
2
https://lex.uz/docs/-6476175
93
Finlandiyada o‘qituvchilarga yuqori maosh toʻlanadi va ularning jamiyatdagi nufuzi juda
baland hisoblanadi , ular oʻz ishlariga ijodiy yondashadilar . O‘zbekistonda ham o‘qituvchilarning
malakasini oshirish, ularga erkinlik va innovatsion usullarni qo‘llash imkoniyatini berish , yuqori
maosh bilan taminlash va shu bilan bir qatorda oʻqituvchi nufuzini oshirish ta’lim sifatini
oshirishda muhum oʻrin kasb etadi
4. Tanqidiy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish
Finlandiya ta’lim tizimi o‘quvchilarga mustaqil fikrlashni hamda muammolarni erkin hal
qilishni o‘rgatadi. O‘zbekistonda ham shaxsiy fikr yuritish va innovatsion yondashuvlarni
rag‘batlantirish juda muhum.
5. O‘qitish usullarini modernizatsiya qilish
Finlandiyada interaktiv ta’lim metodlari, raqamli texnologiyalar va loyiha asosida o‘qitish
keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston ham zamonaviy texnologiyalar va yangi pedagogik usullarni joriy
etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish mumkin .
Xulosa :
Hozirgi davrda ta’lim sifati mamlakatning kelajagini belgilovchi eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekiston ta’lim tizimini takomillashtirish va xalqaro
tajribalarni o‘rganish jarayonida Finlandiya modeli alohida ahamiyat kasb etadi . Ushbu
maqolada Finlandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyat sirlari, uning asosiy xususiyatlari va
O‘zbekiston uchun qanday foydali jihatlari mavjutligi tahlil qilindi . Finlandiya ta’lim tizimining
eng asosiy jihatlaridan biri – sifat va teng imkoniyatlarga asoslangan yondashuvdir. Mamlakatda
barcha bolalar ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, bir xil darajadagi sifatli ta’lim olish huquqiga
ega. O‘quvchilarning ortiqcha bosim ostida o‘qimasligi, baholash tizimining stressga sabab
boʻlmasligi va ta’lim jarayonining amaliyotga yo‘naltirilganligi ta’lim samaradorligini oshiradi.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeining yuqoriligi, ularga ijodiy erkinlik
berilishi ham ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston ham ta’lim tizimida tubdan islohotlarni amalga oshirish jarayonida bo‘lib,
Finlandiya tajribasidan o‘rganish mumkin bo‘lgan ko‘plab foydali jihatlar mavjud. Ta’limda
stressni kamaytirish, o‘quvchilarni faqat nazariy bilim bilan emas, balki amaliy ko‘nikmalar bilan
ham qurollantirish, o‘qituvchilar nufuzini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng
joriy etish bu sohadagi muhim yo‘nalishlardan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, har qanday xorijiy
modelni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki O‘zbekistonning milliy xususiyatlari va
ehtiyojlarini inobatga olgan holda moslashtirish muhimdir. Agar mamlakatimiz ta’lim tizimi
o‘zining tarixiy qadriyatlarini saqlagan holda ilg‘or tajribalarni qo‘llay olsa, bu yosh avlodning
intellektual va ijodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Natijada, ta’lim tizimining sifatini
oshirish orqali xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar yetishtirish va mamlakatimizning
jahon sahnasida o‘z o‘rnini mustahkamlashiga erishish mumkin bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Oʻzbekiston Respublikasining Ta'lim toʻgʻrisidagi Qonuni"ning yangi tahriri 2020-yil
2.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasi.
Toshkent, 2023.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha islohotlar
94
to‘g‘risida"gi Qarori, 2022.
4.
Timoti Uoker" Finlandiya ta'lim moʻjizasi " Global books" Toshkent -2023
5.
M.S. Latipova Umumiy o‘rta talim maktablari ta’lim sifatini oshirishda xalqaro baholash
tadqiqotlaridan foydalanish imkoniyatlari.ilm fan xabarnomasi ilmiy electron jurnal. 4-son , Iyul ,
2024. Worldly knowledge nashriyoti 6-bet
6.
M.S. Latipova The scientific and practical importance of using foreign experiences in the
organization and management of educational processes.
American Journal of Pedagogical and
Volume 26, | July – 2024 ISSN (E): 2832-9791
7.
Xusanov A., "Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar", Tashkent, 2021.
