40
BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLILIGINING
RIVOJLANGANLIGI MEZONLARI
Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li
Qo‘qon davlat universiteti dotsenti,
pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15899889
Annotatsiya:
Ushbu maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini
baholash va rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan mezonlarni belgilash hamda bu mezonlarning
amaliy tatbiqini tahlil qilishga qaratilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida eshitish qobiliyati
cheklangan bolalar bilan ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muammosi
tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini objektiv
baholash mezonlari mavjud emasligi bu sohada sifatli kadrlar tayyorlashga to'sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqilgan mezonlar pedagogika universiteti va malaka oshirish kurslarida
surdopedagoglar tayyorlash sifatini yaxshilash, shuningdek, mavjud mutaxassislarning
malakasini baholash uchun qo'llanilishi mumkin. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini
rivojlantirish uchun tizimli yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon doimiy monitoring va baholash
asosida amalga oshirilishi kerak.
Kalit so'zlar:
surdopedagogika, kasbiy kompetentlik, baholash mezonlari, eshitish
buzilishi, maxsus ta'lim, professional tayyorgarlik
Аннотация
Целью данной статьи является разработка научно обоснованных критериев оценки
и развития профессиональной компетентности будущих учителей жестового языка и
анализ практического применения этих критериев. В современной системе образования
проблема подготовки высококвалифицированных специалистов для работы с детьми с
нарушениями слуха становится всё более актуальной. Отсутствие объективных
критериев оценки профессиональной компетентности учителей жестового языка
препятствует подготовке высококвалифицированных кадров в этой области.
Разработанные критерии могут быть использованы для повышения качества подготовки
учителей жестового языка в педагогических вузах и на курсах повышения квалификации,
а также для оценки квалификации уже работающих специалистов. Необходим системный
подход к развитию профессиональной компетентности учителей жестового языка,
осуществляемый на основе постоянного мониторинга и оценки.
Ключевые слова:
педагогика жестового языка, профессиональная компетентность,
критерии оценки, нарушения слуха, специальное образование, профессиональная
подготовка
Abstract
This article is aimed at establishing scientifically based criteria for assessing and
developing the professional competence of future sign language teachers and analyzing the
practical application of these criteria. In the modern education system, the problem of training
highly qualified specialists for working with children with hearing impairments is becoming
increasingly urgent. The lack of objective criteria for assessing the professional competence of
sign language teachers hinders the training of high-quality personnel in this area. The developed
criteria can be used to improve the quality of training sign language teachers at pedagogical
universities and advanced training courses, as well as to assess the qualifications of existing
41
specialists. A systematic approach is necessary to develop the professional competence of sign
language teachers, and this process should be carried out on the basis of constant monitoring
and evaluation.
Keywords:
sign language pedagogy, professional competence, assessment criteria, hearing
impairment, special education, professional training
Bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-
sharoitlarini ishlab chiqish uchun, avvalo, talabalarda kasbiy kompetentlik rivojlanganligining
mezonlari, ko‘rsatkichlarini belgilash va dastlabki darajalarini aniqlash zarur. Mazkur vazifani
hal etish uchun surdopedagog kasbiy kompetentligining asosiy strukturaviy komponentlarini
aniqlash talab etiladi. Avvalo bu yo‘nalishda boshqa tadqiqotchilar tomonidan nimalar amalga
oshirilganligini tahlil qilamiz.
D.Yakubjonova tomonidan esa bo‘lajak defektologlarni kasbiy kompetentligi strukturasida
quyidagi komponent ajratilgan: mazmunli (bilimlar), faoliyatli (ko‘nikmalar), shaxsiy (o‘z-o‘zini
anglash), ijtimoiy (kasbiy faoliyatning ijtimoiy ahamiyati) [1]. Muallif kasbiy kompetentlikning
faoliyatli komponentida pedagogik ko‘nikmalarning quyidagi guruhini ajratadi: gnostik,
loyihalash-konstruktorlik, tashkiliy, kommunikativ va tadqiqotchilik, ularning tavsifi umumiy
ko‘rinishda berilgan va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligini aks
ettirmaydi.
O‘qituvchi uchun bazaviy kompetentlik – bu bolaning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan,
o‘quvchini o‘qitish uchun axborot va texnologiyalardan foydalanishdir.
Faoliyatning kasbiy sohasini ifodalovchi maxsus kompetentlik, muallifning fikricha,
o‘qituvchi uchun bolalarni axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish qobiliyatida
ifodalanadi. Bundan tashqari, kasbiy kompetentlikning ko‘rib chiqilgan turlarida pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik kabi shaxsiy komponent mavjud emas.
Mavjud ishlar tahlili surdopedagog kasbiy kompetentligi strukturasidagi quyidagi
komponentlarni ajratish imkonini berdi: psixologik-pedagogik, kasbiy, metodik va shaxsiy
kompetentlik. Har bir komponentning mohiyatini ochib beramiz.
Psixologik-pedagogik kompetentlik surdopedagog uchun uning kasbiy faoliyati asosi
hisoblanadi. O‘qituvchi ko‘pgina o‘quv fanlarini o‘rganish uchun asos hosil qiladi va
dunyoqarashni, o‘ziga, atrof-muhitga, o‘quv mehnatiga munosabatni rivojlantiradi va bularni
boshlang‘ich sinf yoshidagi bola to‘g‘risida, uning yosh, individual xususiyatlari, rivojlanishning
ijtimoiy omillari to‘g‘risidagi bilimlar tizimisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar (L.S.Vigotskiy, V.V.Davidov, V.N.Vvedenskiy, N.L.Dmitriyeva,
M.I.Lukyanova) psixologik-pedagogik kompetentlik ostida o‘z mehnatining eng asosiy qadriyati
sifatida o‘quvchiga yo‘nalganlikni hamda quyidagilarni bilishni tushunadilar [2, 3, 4, 5, 6]:
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasi
psixologiyasi, pedagogik faoliyat va surdopedagog shaxsi psixologiyasini;
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi, rivojlanishi va
tarbiyasining o‘zaro aloqadorligini;
ta’lim va tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega
o‘quvchilarning shaxsining rivojlanishidagi harakatlantiruvchi kuchlar tavsifini;
42
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasi
metodlarining psixologik asoslanganligini;
bola shaxsining fiziologik va psixik rivojlanish xususiyatlarini inobatga olib uning
rivojlanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini;
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning “o‘zlik” psixologik
jarayonlari va mustaqil ijodiy rivojlanish qonunlarini;
Maxsus ta’lim pedagogik jarayonlari qonuniyatlari va tamoyillarini;
Maxsus ta’limda ta’lim hamda tarbiya maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiya jarayonini amalga
oshirish mohiyati, mazmuni, shakl va metodlarini;
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni
rivojlantirishning psixologik qonuniyatlari va ularni amalga oshirish sharoitlarini;
boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning mustaqil ijodiy
rivojlanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalarini.
O‘quvchilarning kelajakda boshqa ko‘pgina maktab dasturidagi fanlarni o‘rganishlari
sababli, V.M.Monaxov tadqiqotlariga asoslanib, yuqorida sanab o‘tilgan bilimlar, ko‘nikmalar va
malakalarga qo‘shimchalar kiritdik.
Bo‘lajak surdopedagoglar:
-
Davlat malaka talablari va O‘D larining maqsadlariga muvofiq ish rejalarini ishlab chiqish,
ta’lim oluvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish,
dars-mashg‘ulotlarning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars-mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish,
differensial yondashuv asosida dars-mashg‘ulot shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv,
namoyish va tarqatma materiallarni tayyorlash va saralash;
-
Dars-mashg‘ulot maqsadlariga ko‘ra vazifalarni belgilash, mashg‘ulot mavzusiga mos
namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, dars-mashg‘ulotda vaqt taqsimotini to‘g‘ri
rejalashtirish, ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish
natijalariga ko‘ra dars-mashg‘ulotni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlarning
samaradorligini tahlil qilish, ta’lim oluvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga
mos keladigan o‘qitish usullari va yondashuvlarni tanlash, o‘qitishning faol usullaridan
foydalanish, ta’lim oluvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish, ta’lim oluvchilarga differensial yordam berish, ta’lim jarayonida nazariya va
amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash imkoniyatlarini yaratish,
dars-mashg‘ulotlarda motivatsiyaga erishish, guruhda samarali muloqotga erishish;
-
Maxsus diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, korreksion-
pedagogik ish natijalarini monitoring qilish, dars-mashg‘ulot rejasi va usullarini moslashtirishda
tahlil natijalaridan foydalanish, mavjud muammolarni aniqlay olishi va taxlil qilish, ta’lim
natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi
va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolarni aniqlay olishi va tahlil qilish;
-
Tarbiyaviy ishlarning zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulotlarda qo‘llash,
tarbiyaviy ishlarda tarbiyalanuvchilarning jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini
inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq ta’lim
oluvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy sog‘lom muxitni yarata olish,
43
ta’lim oluvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi,
mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish;
-
Ta’lim oluvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ta’lim oluvchilarga kun tartibi
davomida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi,
ta’lim oluvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari
dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;
-
Muntazam malaka oshirish kursaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi
bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish
hamda tashkil etish, o‘zaro mashg‘ulotlarda qatnashish, mashg‘ulotlarni tahlil qilish, ochiq
mashg‘ulotlar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish;
-Ta’lim oluvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) korreksion-
logopedik ish jarayoniga jalb qilish, ta’lim oluvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarni) ta’lim oluvchilarni rivojlanishi va ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda
ishtirok etishga jalb etish, tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va ta’lim oluvchilarni hayotga
tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo‘limlari
bilan hamkorlik qilish;
V.A.Adolf va V.A.Slasteninning fikriga ko‘ra, metodik kompetentlik aniq ifodalangan amaliy
xususiyatga ega va o‘z mohiyatiga ko‘ra u yoki bu fanni o‘qitishning aniq qurish masalalari
bo‘yicha kengaytirilgan bilimlar tizimini aks ettiradi. Muallif, o‘qitish metodikasini yaxshi
egallagan, turli metodik tizimlarga o‘zining munosabatini aniq belgilaydigan va metodikada
o‘zining individual uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchini kompetentli deb atash mumkin, − deb
hisoblaydi [7, 8].
Mazkur nuqtai nazarni ma’qullaymiz va shu sababli surdopedagogning kasbiy
kompetentligi strukturasida metodik kompetentlik kabi komponentni alohida ajratamiz, u
quyidagi bilimlar majmuini aks ettiradi: boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
o‘quvchilarni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari; milliy o‘qitish nazariyasining rivojlanish
tendensiyalari; yaxlit pedagogik jarayonda maxsus ta’limning mohiyati va roli; maxsus ta’limda
maxsus fanlarni o‘qitishning didaktik va metodik asoslari; fanda integratsion jarayonlarning
metodologik asoslari (moddiy olamning yaxlitligi, tabiat, jamiyat va bilish hodisalarining o‘zaro
bog‘liqligi va umumiy aloqasi to‘g‘risidagi ta’limot); ilmiy bilimlarning differensiatsiyasi va
integratsiyasi dialektikasi ularning maxsus ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonidagi roli to‘g‘risida;
umumlashgan kasbiy ko‘nikmalari: pedagogik fikrlash va harakat qilish ko‘nikmasi; haqiqiy
pedagogik hodisalar va dalillarni o‘rganish, ifodalash, tushuntirish; kasbiy asoslangan qarorlar
qabul qilish, pedagogik vazifalarni yechish; ixtiyoriy o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish;
shaxsiy-faoliyatli yondashuv texnologiyalarini qo‘llash; faol tinglash, empatiyali qabul qilish va
adekvat o‘zini ifodalashni ko‘zda tutuvchi qadriyatli-mazmunli darajada pedagogik muloqot
ko‘nikmalari va malakalari;
Shuningdek, kasbiy xulq va muloqotning demokratik uslubi malakalari; aloqali o‘zaro
munosabat texnikasini egallash; shuningdek, mustaqil bilim faoliyati ko‘nikma va malakalari
tizimini; o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy kompetentlikning rivojlanishini ta’minlovchi
ko‘nikmalarni qo‘llay olish.
References:
44
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yakubjonova D.B. Bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasi:
Dis. … PhD t. – T.: 2017. – 72 b
2.
Брунер Дж. Процесс обучения: Пер. с англ. - М., 1962. - 220.
3.
Давыдов В.В., Савельева О.В., Микулина Г.Г., Горбов С.Ф. Математика 1 класс: Учебник
для первоклассников. - М.: Ми-рос, Скрин, 1995. -240.
4.
Колпакова Г.И. Межпредметные связи - одна из форм активизации учебно-
воспитательного процесса // Начальная школа. - 1989. - № 10 - 11. - С.29 - 31
5.
Данилюк, А.Я. Теория интеграционного образования / А.Я.Данилюк. – Ростов-н/Д:
Изд. РостГПУ, 2000. – 440 с.
6.
To‘raqulov X.A., Saydaxmatov S.S. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion – integrativ ta’lim
negizida tayyorlashning ijtimoyili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar. Science and innovation
international scientific journal volume 1 ISSUE 8. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
7.
Avazov Sh.M. Ismatov I.Sh. “Qishloq xujaligi va atrof – muhit” fakultativ kursidan o‘quv
dasturi (qishloq mak. yuqori sinflari uchun). T.: UZPFITI, 2001.-13 b.
8.
Апатова Н. В. Влияние информационных технологий на содержание и методы
обучения в средней школе: Дисс. ... Доктор Пед. науки -М., 1994. -353 с.