Авторы

  • Aliyeva Nilufar Qo'chqar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.45213

Ключевые слова:

Turkiston publitsistlar jadidchilar Mahmudxo'ja Behbudiy

Аннотация

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi bo'lgan Mahmudoxo'ja Behbudiy haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.


background image

1

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

TURKİSTON JADİDCHİLİK HARAKATİNİNG BONİYSİ MAHMUDXO'JA

BEHBUDİY

Aliyeva Nilufar Qo'chqar qizi

O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti

Harbiy jurnalistika yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6054642

Annotatsiya

:Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin

namoyondasi bo'lgan Mahmudoxo'ja Behbudiy haqida ma'lumotlar yoritib
berilgan.

Kalit so'zlar

: Turkiston, publitsistlar, jadidchilar, Mahmudxo'ja Behbudiy,

"Padarkush", drama , milliy fojia.

Turkistonda matbuot yuzaga kelishi bilan jurnalistikaga qiziquvchilar,
ilk xabarchilar (muxbirlar) ham paydo boʻldi. Mahalliy aholidan chiqqan
dastlabki jurnalistlar asosan, "Turkiston viloyatining gazetasi"ga yozishdan
boshlaganlar. Mulla Olim Abulqosimov, Sattorxon Abdulgʻafforov, Ibnaminbek
Xudoyorxonov, Furqat kabi dastlabki publitsistlarning qalami shu tarzda
charxlandi. XX asrning boshiga kelib milliy matbuot paydo boʻlgach, musulmon
qavmlarilan koʻzga qoʻringan publitsistlar bilan birga, muharrirlar ham yetishib
chiqdi. Bular: Ismoil Obidiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarkori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Abdurauf Fitrat,
Ahmad Zaki Validiy, Ahmadjon Bektemirov, Mahmudov, Kabir Bakir, Ibrohim
Tohiriy, Hamza, Saidrizo Alizoda, Ashurali Zohiriy, Haydarxoʻja Mirbadalov,
Husayn Makayev va boshqalar. Ayni paytda, milliy matbuotning taraqqiy topa
borishi jarayonida Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli (Choʻlpon), Hoji Muin.
Mirmuhsin Shermuhamedov, Shokirjon Rahimiy, Abdulla Qodiriy, Xolid Said,
Gʻozi Yunus, Moʻminjon Muhammadjonov (Toshqin), Fansurullobek
Xudoyorxonov, Akobir Shohmansurzoda kabi isteʼdodli publitsistlar ham
shakllandi. Qardosh tatar-boshqird xalqlarining Ismoil Obidiy, Ahmad Zaki
Validiy, Noʻshiravon Yevushev, Rauf Muzaffarzoda, Shokir Muxtorov, Ibrohim
Tohirii, Ahmadjon Bektemirov, Husayn Makayev, Kabir Bakir, Fotih Bakir kabi,
qondosh Ozarbayjon xalqining Muhammad Amin Afandizoda, Jalol Yusufzoda,
Piriy Mursalzoda singari fidoyi vakillari ham oʻzbek publitsistikasining
taraqqiysiga munosib hissalarini qoʻshdilar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Mirmuhsin
Shermuhamedov,

Choʻlpon,

Moʻminjon

Muhammadjonov,

Bahrombek

Davlatshoyev kabi qalam sohiblari Turkistonda chiqadigan gazeta va jurnallarga
yozish bilan birga, oʻlkadan tashqarida chiqadigan "Shoʻro", "Vaqt" singari
nashrlarda ham turli janrlardagi publitsistik asarlari bilan ishtirok etdilar.


background image

2

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

Ulamolarning katta avlodiga mansub Saidahmad Vasliy, Abdurahmon Siddiqov
(Sayyoh), Taqsudxoʻja domla, Fazlulvahhob qori, Toʻlagan Xoʻjamiyorov
(Tavallo) ziyolilar ham publitsistik asarlari bilan jamoatchilik eʼtiboriga sazovor
boʻlishdi. Oʻzbek ayollaridan chiqqan ilk qalamkashlar Podshoxonim Jalilova,
Nozimaxonim, Salomat Mahfuz va boshq.) asriy jaholat zulmatini yorgan nur
kabi koʻzga tashlandilar. Rus tilida chiqqan gazeta va jurnallarda ham talaygina
iqtidorli publitsistlar ijod qilishdi. Ular orasida yirik ijodkorlar Mahmudxoʻja
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Abdulla
Avloniy, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va Fitrat oʻzbek publitsistikasiga asos
soldilar.
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875 yili 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi
Baxshitepa qishlogʻida tavallud topdi. 18 yoshidan qozixonada imom-xatiblik
qila boshlaydi. 1903 yildan matbuotda oʻz hxabarlari, maqolalari bilan qatnasha
boshladi. Mahmudxoʻja Behbudiy oʻz maqolalarida hodisalarning ijtiomiy
mohiyatini ochib berishga intilgan. Uning "Tiyotru nadur?" sarlavhali
maqolasida buni yaqqol koʻrish mumkin. Muallif "Tiyotru nadur?" deya savol
bergach "Tiyotir ibratnamodur", "Tiyotir vazxonadur, tiyoti taziri adabiydir",
deya unga timsolli taʼrif beradi. Ayni paytda, teatrning jamiyat aʼzolariga saboq
beruvchilik xususiyatini ham qayd etadi: "Teatrxona sahnalarinda
qoʻyulatturgʻon sarlar fojea, yaʼni qaygʻulik, mazahga yaʼni kulgu drama, yaʼni
hagomalik bir voqea va hodisani tasvir etib haloyiqgʻa koʻrsatilur. Ul voqeadagi
yomonlik va yaxshilikni paydo boʻlgani va sababini har kim koʻrub, anglab, ibrat
olur va yamonlikdan qoʻshib, yaxshilik va harakat qilmoqgʻa, tiyotirda
koʻrsatilgʻon voqealar sabab boʻlur".millat farzandlaridan turli sohalar uchun
zamonaviy mutaxassislar tayyorlash kerak, deydi. Agar biz bu yoʻlni tutmasak,
boyliklarimiz, mulklarimiz, asboblarimiz boshqa millatlar qoʻliga oʻtib ketadi.
Mahmudxoʻja Behbudiy boylarga murojaat etar ekan, bordi-yu, oʻn nafar boy bir
yilda ming soʻmdan berishsa, 25 nafar bolani Toshkentda "diniy va zamonaviy"
bir "pansion" ochsa boʻladi, kechki va kunduzgi mukammal maktab tashkil qilib,
har yili hukumat maktabida 50 bola tayyorlab chiqarsa boʻladi, deya aniq
takliflar kiritadi. "Oʻn yilda bulardin ...-deb yozadi u,-200 muhandis, duqtur,
huquqshunos, muallim, zamona tojiri, valloh... chiqar va bizni zamon odamlari
qatorida qoʻyarlar va davlat ishiga kirarlar". Publitsist oʻz maqolasida xalqning
rus tilini, qonunlarni bilmaganligi uchun haqhuquqini, manfaatini himoya qila
olmasligidan kuyunib gapiradi. Rus tilida bemalol gaplasha oladigan, qonunlarni
yaxshi biladigan yuristlarimiz paydo boʻlsa, deb orzu qiladi. "Sud
mahkamalarinda, davlat doiralarinda kirib, har huquqshunos oʻz muvakkili va


background image

3

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

oʻz millati va oʻz toifasi va oʻz Vatani va oʻz davlatining nafʼiga soʻylashur,
mudofaa qilur".
Mana, Behbudiyning asosiy tilagi!
Mahmud dramaturg publitsist va jamoat arbobi. Jadidchilik harakati
yetakchilaridan biri yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozihonada mirzalik qiladi
qozi muftiy darajasigacha ko’tariladi behbudiy haj safarida bo’gan chog’ida
arabiston misr turkiyani kezib chiqqan. Sayohat davomida yandi maktab usuli
jaded ochish fikri mustahkamlanib boradi. Samarqand yaqinidagi halvoyi
qishlog’ida Ajze, Rajamenda, Abdulqodir Shukuriylar bilan hamkorlikda yangi
maktab ochadi. Behbudiy Qozon va UFAga borib u yerdagi yangi usul maktablari
bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yolga qo’yadi. Yandi maktablar
uchun darsliklar tuzishga kirishadi. "Risolari asbobi savod" , "Savod chiqarish
kitobi" , "Risolayi jug’rofiya" , "Umroniy aholi geografiyasiga kirish" ,
"Mintaqaviy jug’rofiya mumiy" , "Qisqacha umumiy geografiya" , "Kitobat ul
fatvol" , "Bolalar xati" , "Amaliyot" , "Islom tarixi" , "Islom" kabi kitoblar chop
ettiradi. Behbudiy 1914-yilda Samarqand gazetasini chiqaradi. Gazeta o’zbek va
tojik tillarida hahtada ikki marta chop etildi. 45 soni chiqgach, moddiy tanqislik
tufayli nashr yo’xtadi. Shu yili 20 avgustdan oyna jurnal chiqa boshladi. Jurnal
asosan o’zbekcha bo’lib, sher maqola bolib, maqolalar forscha, e’lonlar esa
ruscha ham berib borildi. Jurnal Kavkaz Tatariston, Eron, Avg’oniston, Hindiston,
Turkiyagacha tarqaldi. Fitratning bayonoti sayyohi hindi sini ruschaga tarjima
qildirib bostirdi. Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta arab
mamalakatlariga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashqobot,
Krasnadavoskiy, Kislovodsk, Jeleznovodisk, Roskov, Odessa shaharlarida bo’ladi.
8-iyunda Istanbulga keladi , undan adarnaga o’tib yana Istanbulga keladi va 20-
iyunda Ismoil Gaspirinskiy bilan uchrashadi . Quddus, Bayrut, Yofa, Halil ar
rahmon shaharlarida bo’ladi . Sayohat xotiralari "Oyna" jurnalida bosilib turadi.
Behbudiyning hozirda aniqlangan maqolalari soni esa 300 taga yetdi. 1919 yillar
bahorida Behbudiy mamalakatdan chiqib keta yotib, Shaxrisabzda inqilobiy
favqulotda komissiya ayg’oqchilari ko’magida, Buxoro amirligi odamlari
tomonidan qo’lga olinadi. Hamrohlari Muhammad qul, Mardonqul bilan
birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi. Va qatl qilinadi. Bu voqea esa
Samarqandda bir yildan so’ng ma’lum bo’ladi. Fitrat, Cho’lpon, Ayniy va boshqa
yozuvchilar Behbudiyga atab marsiyalar yozadilar. Qarshi shahri 1926 yil1932
yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy 1911 yilda “ Padarkush”
dramaasini yozdi. Bu birinchi o’zbek drammasi edi. 3 parda 4 manzarali bu
asarda mazmunan sodda bo’lib o’qimagan, johil va nodon bolaning otasini
o’ldirgani haqida edi. Bu asar janrini "milliy fojia" deb atagan nashr qilinishiga


background image

4

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

esa chor senzurasi yo’l qo’ymagan. Drama 1913 yilda bosilib chiqqan. Ammo
saxna yuzuni ko’rish uchun yana bir necha yil vaqt ketadi. Samarqandda 1914
yil 25 yanvarda sahnaga qo’yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko’rsatdi. Abdulla
Qodiriy "Baxtsiz kuyov" dramasini shuni tasirida yozganligi ham ma’lum
barchaga. "Padarkush" ham janr , ham mazmuniga ko’ra yangi o’zbek
adabiyotini boshlab bergan asar bo’ldi. Drama toshkentda 1914 yilda 27-
fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtirildi.
Shu tariqa XX asr o’zbek jadidchilikning yetakchi nomoyondalaridan
biri Mahmudxo’ja Behbudiy xalq yuragida o'chmas iz qoldirdi. Uning xotirasi
barhayot