Авторы

  • Ullibibi Jumanazar qizi Ozodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.45217

Ключевые слова:

qatagʻon (repressiya) siyosati arxiv materiallari repressiya mavzusi va adabiyot

Аннотация

Mazkur maqolada sobiq SSSR davridagi qatagʻonlar (repressiyalar) qanday amalga oshirilgani, kimlar bu ishlarning boshida turgani
xujjatli arxiv materiallari asosida tahlil qilinadi. Bu mudhish jinoyatlarning oqibatlari haqida xulosalar qilinadi. Jarayonning millatlar tarixida, ijtimoiy hayotida qanday iz qoldirgani, milliy adabiyotlarda qanday aks etgani haqida mulohazalar bildiriladi.


background image

19

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

SHAFQATSIZ QATAGʻON XRONIKASI

Ozodova Ullibibi Jumanazar qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti

universiteti, Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti, 3-kurs talabasi

ozodovaullibibi@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.5963900

Annotatsiya.

Mazkur maqolada sobiq SSSR davridagi qatagʻonlar

(repressiyalar) qanday amalga oshirilgani, kimlar bu ishlarning boshida turgani
xujjatli arxiv materiallari asosida tahlil qilinadi. Bu mudhish jinoyatlarning
oqibatlari haqida xulosalar qilinadi. Jarayonning millatlar tarixida, ijtimoiy hayotida
qanday iz qoldirgani, milliy adabiyotlarda qanday aks etgani haqida mulohazalar
bildiriladi.

Kalit soʻzlar:

qatagʻon (repressiya) siyosati, arxiv materiallari, repressiya

mavzusi va adabiyot

Аннотация.

В статье на основе документальных архивных материалов

анализируется, как проводились репрессии в бывшем СССР и кто за ними
стоял. Сделаны выводы о последствиях этих чудовищных преступлений.
Даются комментарии о том, как этот процесс оставил свой след в истории и
общественной жизни народов и как он отражен в национальной литературе.

Ключевые слова

: репрессивная политика, архивные материалы, репрессии

и литература

Annotation

. Based on documentary archival materials, the article analyzes

how the repressions were carried out in the former USSR and who was behind them.
Conclusions are drawn about the consequences of these heinous crimes. Comments
are given on how this process left its mark on the history and social life of peoples
and how it is reflected in national literature.

Key words

: repressive policy, archival materials, repression and literature

Inson uchun Mustaqil va Ozod yurtda dunyoga kelishning nechogʻlik katta

baxt ekanligini, mustamlaka oʻlkada tugʻilib, “qullik” zahmatini chekkan odam
yaxshiroq tushunsa kerak. “Qullik” bu faqat jismoniy mehnatga jalb qilinishgina
emas, balki , fikrlash, fikr bildirish huquqidan ham mahrum boʻlish va
buyrulganlarini soʻzsiz “oʻylab ham oʻtirmay bajarish”dir. Tarixdan ma’lumki,
bizning yurtimiz ham uzoq muddat ayni shu “qullik“ davrini boshidan oʻtkazdi. Bu
shunday davr ediki, odamlar hukumat tepasidagilarning kayfiyati yaxshi boʻlishini
duo qilib tong ottirardi, bu shunday davr ediki, Sharq sivilizatsiasi markazi boʻlgan


background image

20

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

davlatlar uchun taraqqiyot darvozalari berkitib qoʻyildi va oqibatda Yevropa va
Gʻarb mamlakatlaridan taraqqiyotda ancha orqada qolib ketish kuzatildi.

Sovet davlati tarixi – bu siyosiy qatagʻonlarning uzluksiz tizimidan iborat:

Inqilob va Fuqarolar urushi, Polshaga bostirib kirish, “bosmachilik”ka qarshi kurash,
Afg'onistonga birinchi tajovuz (1928-y.), “kollektivlashtirish”, “quloqlashtirish”
Leningrad va Ozarboyjondan deportasiya qilish, “Katta qirg'in” 1939 va 1941- yil
25-iyunida Finlyandiyaga bostirib kirish, Polshaga ikkinchi tajovuz (1939-y),
Ikkinchi jahon urushi, xalqlarning deportatsiya qilinishi (qrim tatarlar, koreyslar va
boshqalar),

kosmopolitizmga

qarshi

kurash,

Vengriya

(1956-y)

va

Chexoslovakiyaga (1968- y) bosib kirish, dissidentlarga qarshi kurash, Afgoniston
urushi, sovet harbiylarining Yaqin Sharq, Vetnam, Laosdagi qurolli ziddiyatlardagi
ishtiroki, “O'zbeklar ishi” yoki “paxta ishi” va boshqalar.[1] Sovet davlatining ichki
va tashqi urushlari natijasida xalqning turmush darajasi avvalgidna tang ahvolga
kelib qolgan edi.

Bundan tashqari, o'zbek xalqi boshiga mislsiz darajada katta fojialarni

keltirgan, yuz minglab begunoh vatandoshlarimizning yostig'ini quritgan - 1937-
1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ni esa shubhasiz “XX asr vabosi” deb atash mumkin.

Sovet hukumati “Katta qirg'in” davrida zamon va makonga insoniy

qadriyatlar nuqtai nazaridan munosabatda bo'luvchi, hur fikrlaydigan, totalitar
tizimga qarshi chiquvchi o‘z dushmanlarini shafqatsizlarcha mahv qildi.(oʻsha
manba)

SSSR Ichki ishlar xalq komissari Nikolay Yejov tomonidan 1937-yil 30-

iyuldagi “Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa sovetlarga qarshi unsurlarni
qatagʻon qilish operatsiasi toʻgʻrisida” gi 00447-sonli mutlaqo maxfiy operativ
buyruqqa muvofiq 1937- yil 10-avgustdan 1938- yil 1- yanvargacha boʻlgan vaqtda
Oʻzbekiston boʻyicha jami 10700 kishi qamoqqa olingan, ulardan 3613 kishi otuvga,
7087 kishi 8- 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 1-toifa bo‘yicha otuvga hukm
qilinganlarning 1376 nafari sobiq quloqlar, 952 nafari jinoyatchilar va 1285 nafari
boshqa aksilinqilobiy unsurlar bo‘lgan. 2-toifa bo‘yicha hukm qilinganlarning 4548
nafari sobiq quloqlar, 727 nafari jinoyatchilar, 1812 nafari boshqa aksilinqilobiy
unsurlar bo‘lgan.[2]

1937-1939-yillaming o'zidagina O'zbekiston SSR Ichki ishlar xalq

komissarligi (NKVD)ning (“troyka”) “uchlik”lari tomonidan 41 ming nafardan
ko'proq kishi qamaldi. Shulardan 37 ming nafardan ko‘prog‘i sudlandi, 6920 kishi


background image

21

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

otib tashlandi. Asossiz qamalib, jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilar orasida
partiya, sovet, xo'jalik xodimlari, harbiylar, ziyolilar va kolxozchilar juda ko‘p edi.

1

Shu oʻrinda bu “qirg’in operatsia” larini olib borgan, buyruqqa muvofiq

tuzilgan (“troyka”) “uchlik” larga toʻxtalsak, SSSR NKVD troykalari yoki SSSR NKVD
respublika, o`lka va viloyat uchliklari - SSSR NKVD respublika, o`lka va viloyat
boshqarmalari huzuridagi ma'muriy (suddan tashqari) repressiya organlari. 1937-
yil avgustdan 1938-yil noyabrgacha SSSRda "antisovet elementlarini" bostirish
bo'yicha operatsiya o`tkazish maqsadida tashkil etilgan. Ular uch kishidan - boshliq,
viloyat qo'mitasi kotibi va prokurordan iborat bo`lib, nomlanishi shundan kelib
chiqqan.

1937-yil 5-avgustdan barcha respublikalar, o‘lkalar va viloyatlarda sobiq

quloqlar, faol antisovetchi elementlar va jinoyatchilarni qatag‘on qilish bo‘yicha
opreatsiya o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bu operatsiya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston SSRda

1937-yil 10-avgustdan boshlanishi belgilandi. Buyruqda operatsiyani o‘tkazish
bo‘yicha 7 punktdan iborat yo‘riqnoma ham keltirilgan. Qatag‘on qilinadiganlar
kontingenti quyidagilardan iborat edi:

1. Jazoni oʻtab qaytgan va faol antisovet qo‘poruvchilik faoliyatini davom

ettirayotgan sobiq quloqlar.

2. Lagerlar yoki mehnat posyolkalaridan qochib ketgan sobiq quloqlar,

shuningdek, quloqqa tortilishdan yashirinib, sovetlarga qarshi faoliyat olib
borayotgan sobiq quloqlar.

3. Isyonkor va fashistik, terrorchi va banditlar qo‘shilmalaridagi, jazoni o‘tab,

qatag‘ondan yashirinib yoki qamoq joylaridan qochib ketgan va o‘zining sovetlarga
qarshi jinoyatkorona faoliyatini tiklab olgan sobiq quloqlar va ijtimoiy xavfli
unsurlar.

4. Sovetlarga qarshi partiyalar (eserlar, gruzmekilar. Dashnoqlar,

musovotchilar, ittihodchilar) a’zolari va qatag‘ondan yashirinib yurganlar, qamoq
joylardan qochib ketganlar va faol antisovet qo‘poruvchi faoliyat olib borayotgan
sobiq oqlar, jandarmlar, chinovniklar, jazo beruvchilar. banditlar, banditlarga
ko‘maklashayotganlar, perepravshiklar, reemigrantlar.

5. Tergov va tekshiruv agentlari materiallari bilan fosh qilingan, tugatilgan

kazak-oq gvardiyachilarning isyonkor tashkilotlari, fashistik, terrorchi va josus-

1

1937-1938-yillardagi "Katta qirg’in” tarixining muhim sanalari

(ma’lumotnoma

). Fan nashriyoti. Toshkent – 2013.


background image

22

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

qo‘poruvchi qo‘shilmalarning eng dushman va faol ishtirokchilari. Shuningdek,
hozirda qamoqda, tergovda saqlanayotgan, ularning ayrimlarining ishi tugagan,
biroq hali sud organlari ko‘rib chiqmagan ana shu toifadagi unsurlar ham qatag‘on
qilinishi ko‘zda tutilgan.

6. Turmalarda. lagerlarda. Mehnat posyolkalarida va koloniyalar

qamoqxonalarida saqlanayotgan va bu joylarda faol antisovet qo‘poruvchilik ishi
olib borayotgan sobiq quloqlar, jazokorlar, banditlar, oqlar, sektantlik faollari,
cherkovchilar va boshqalar.

7. Jinoiy faoliyat olib borayotgan jinoyatchilar (banditlar, talonchilar, o‘g‘ri-

retsedivistlar) va jinoiy muhit bilan bog‘langanlar.

8. Lagerlar va mehnat posyolkasidagilar va u joylarda jinoiy ish olib

borayotgan jinoyatchi elementlar.

9. Hozirgi vaqtda qishloqlarda, kolxozlarda, sovxozlarda. Qishloq xo‘jalik

korxonalarida va shaharlardagi sanoat va savdo korxonalarida, transportda, sovet
muassasalarida hamda qurilishdagi yuqorida keltirilgan barcha kontingentdagilar
qatag‘on qilinishi zarurligi buyruqda qayd etilgan.[3]

Barcha qamoqqa olinganlar va har xil muddat bilan lager va turmalarga

hukm qilinganlarga nisbatan hukmlar chiqarilishi bilan bu haqda N.Yejovga qancha
odamga hukm chiqqani, qancha odam qanday muddatga turma yoki lagerga hukm
etilgani xabar qilinishi talab qilingan. Bu ma’lumotlar olingach, N.Yejov qaysi
tartibda va qaysi lagerlarga hukm qilingan mahbuslarni yuborish to‘g‘risida
ko‘rsatma bergan.

Operativ guruhlar boshliqlariga qatag‘on qilinadiganlarni aniqlash va uning

hisobini olib borish, tergovga, tasdiqlangan ayblov xulosalariga hamda “uchlik”
larning hukm chiqarishlari va ularning ijro etilishiga rahbarlik qilish vazifasi
topshirilgan. Ular o‘z sektori hududida operatsiyani tashkil etish va o‘tkazishga
mas’ul bo‘lganlar.

O‘zbekiston SSR bo‘yicha “uchlik” N.A.Zagvozdin (respublika ichki ishlar xalq

komissari), A.Ikromov (O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi
kotibi), To‘rabekov(Xalq Komissarlari Soveti raisining o‘rinbosari)lardan iborat
tasdiqlangan. Uning yig‘ilishlarida O‘zbekiston SSR prokurori Sheyndlin, kotib
sifatida esa O‘zSSR NKVD Davlat xavfsizlik boshqarmasi 8-bo‘lim boshlig‘i leytenanti
Yakovlev ishtirok etgan.


background image

23

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

Bu “uchlik”lar tomonida aybdor deb topilgan insonlarning nafaqat oʻzlari,

balki yaqinlari ham bu “qirgʻin” adolatsiz hukmlardan ancha aziyat chekishgan.
Mahkumlar ommaga “hoyin”, “xalq dushmani” sifatida koʻrsatilib, ularga va har
qanday aloqasi boʻlgan insonlarga nisbatan kuchlik nafrat tuygʻusi uygʻotilgan.
Mahkumlarning oilasi, yaqinlari va doʻstlari ham qattiq ta’qib ostida qolishgan.
Farzandlari Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan, koʻpchiligi ish joylaridan
haydalishgan.

“Katta qirg‘in”ning ko'lami, tuzulishi va o'tkazilish mexanizmlari ko‘p yillar

mobaynida aksariyat omma, qolaversa tarixchilarning bir necha avlodi uchun
maxfiy bo'lib hisoblandi.

Bugungi kunda esa oshkor etilgan bir qancha manbalar asosida 1937-1938-

yillardagi “Katta qirg‘in”ning oyma-oy va hatto kunma-kun tarixini tiklash mumkin.

Bu qatag‘on qurbonlarining milliy tarkibida o‘zbeklar 2361 kishi, ruslar 462

kishi, tatarlar 58 kishi, qozoqlar 33 kishi, turklar 31 kishi, armanlar 24 kishi,
nemislar 20 kishi, ukrainlar 18 kishi, tojiklar 16 kishi, polyaklar 12 kishi,
ozarbayjonlar 10 kishi, uyg‘urlar 5 kishi, afg‘onlar 3 kishi, xitoylar 3 kishi, gruzinlar
3 kishi, fransuzlar 1 kishi bo‘lgan.

Mahbuslarning ijtimoiy tarkibi quyidagicha bo‘lgan: quloqlar 1543 kishi,

kolxozchilar 781 kishi, diniy xizmatchilar(imom, eshon, domla va boshqalar) 437
kishi, savdogarlar 149 kishi, jinoyatchilar 87 kishi, boylar 54 kishi, xizmatchilar 132
kishi, ijtimoiy ahvoli aniqlanmaganlar 645 kishi, ular orasida hunarmandlar,
aravakashlar, qorovullar, sartaroshlar, sotuvchilar, o‘t o‘chiruvchilar, nafaqaxo‘rlar,
nogrionlar, xazinachilar, qassoblar, dalllollar va boshqalar bo‘lgan.

Partiyaviy jihatdan esa ulardan 20 nafari sobiq “Sho‘roi islom” chi, 91 nafari

sobiq “milliy ittihod” chi, 61 nafari sobiq VKP(b) a’zosi, 17 nafari sobiq eserlar, 4
nafari “ittihodiy va taraqqiy”chi, 5 nafari mussavvatchi, 5 nafari internatsional
demokratik partiyaning sobiq a’zosi, 2 nafari sobiq “Turon” jamiyati a’zosi, 3 nafari
sobiq dashnoqchilar, partiyasizlar esa 2866 kishidan iborat bo‘lgan. Qatag‘on
qurbonlaridan 454 nafari avvalda “bosmachilik” harakatida, 111 nafari kolxoz
tuzumiga, quloq qilishga qarshi qo‘zg‘olonda ishtirok etgan. [4]

Yuqorida keltirilgan dalillarga asoslanib , bu “ katta terror “ , “katta qirg’in”

davri SSSR mustamlasi boʻlgan barcha xalqlarning tarixida mustabid tuzum
zulmining nishonasi sifatida muhrlandi deyish mumkin. Shu davrda SSSRning ichki
urushlari bilan bir qatorda dunyoni boʻlib olishni maqsad qilib tashqi urushlarni
ham olib borishi, hududlarda aholi soning kamayib ketishiga olib kelgan.


background image

24

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

Oʻzbek adabiyotida qatagʻon mavzusi mustaqillikdan keyin faol yoritila

boshlangan. Bunda Nabijon Boqiyning “Qatlnoma”, Shukrulloning “Kafansiz
koʻmilganlar”, Odil Yoqubovning “Muzqaymoq”, Said Ahmadning “Sarob” kabi qissa
va hikoyalarini keltirib oʻtish mumkin.[5]. Rus adabiyotida esa shubhasiz A.
Soljenitsin asarlari, xususan, “Gulag arxipelagi” romani, Yuriy Borevning
“Stalinnoma” asari, Igor Bunichning “Partiyaning oltinlari”[6] kabi asarlarini tavsiya
qilish mumkin. Aslida bu mavzudagi asarlar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biz hozir “orzulardagi hayotda”

yashayapmiz. Qanchadan-qancha insonlar orzu qilgan zamonda yashayapmiz.
Yuqorida keltirilganlari mustabid tuzum hukmlarining bir qismigina, xalq tili bilan
aytganda ” hamir uchidan patir” desak boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 1937-1938 йиллардаги "Kатта қирғин” тарихининг муҳим саналари
(Маълумотнома). Т.: “Фан” – 2013. 1012 б.
2. Трагедия советской деревни: коллективизация и раскулачивание.
Документы и материалы в 5 томах. T 5, книга 1, 1937. 1937-1939, Mосква,
ROSSPEN, 2004, str.1070.
3. “Катта террор қандай бошланган эди?”

Умид Бекмуҳаммад

.

https://kh-

davron.uz/kutubxona/uzbek/tarix/umid-bekmuhammad-katta-terror-qanday-
boshlangan-edi.html

4.

Шамсутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва

унинг фожеий оқибатлари. T, 2000, 412 б.
5. Боқий Н. “Қатлнома”. Т. 2021, Шукрулло. “Кафансиз кўмилганлар”. Т.
“Шарқ”, 2007, Ёқубов А. “Қайдасан Марико”. Қисса ва ҳикоялар. Т, 2012, Саид
Аҳмад. “Қоракўз Мажнун”. Ҳикоялар. 2001.
6. Солженицын А. «Архипелаг Гулаг». М. 1990, Борев Ю. «Сталиниада». М.
1990, Бунич И. “Золото партии. Историческая хроника”. М. 1992 ва
бошқалар.



Библиографические ссылки

-1938 йиллардаги "Kатта қирғин” тарихининг муҳим саналари (Маълумотнома). Т.: “Фан” – 2013. 1012 б.

Трагедия советской деревни: коллективизация и раскулачивание. Документы и материалы в 5 томах. T 5, книга 1, 1937. 1937-1939, Mосква, ROSSPEN, 2004, str.1070.

“Катта террор қандай бошланган эди?” Умид Бекмуҳаммад. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/tarix/umid-bekmuhammad-katta-terror-qanday-boshlangan-edi.html

Шамсутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеий оқибатлари. T, 2000, 412 б.

Боқий Н. “Қатлнома”. Т. 2021, Шукрулло. “Кафансиз кўмилганлар”. Т. “Шарқ”, 2007, Ёқубов А. “Қайдасан Марико”. Қисса ва ҳикоялар. Т, 2012, Саид Аҳмад. “Қоракўз Мажнун”. Ҳикоялар. 2001.

Солженицын А. «Архипелаг Гулаг». М. 1990, Борев Ю. «Сталиниада». М. 1990, Бунич И. “Золото партии. Историческая хроника”. М. 1992 ва бошқалар.