ABDULLA QAHHOR IJODIDA OʻZIGA XOSLIK | Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования

ABDULLA QAHHOR IJODIDA OʻZIGA XOSLIK

4-5
0
Поделиться
Orazbaeva, A. (2024). ABDULLA QAHHOR IJODIDA OʻZIGA XOSLIK. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(9), 4–5. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/45802
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri boʻlgan Abdulla Qahhor ijodidagi oʻziga xoslik, yozuvchining ijodiy mahorati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻgʻri” hikoyasi tanlab olingan.


background image

4

ABDULLA QAHHOR IJODIDA OʻZIGA XOSLIK

Orazbaeva Asal

Berdaq nomidagi

Qoraqolpoq Davlat Universiteti

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13711567

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri boʻlgan

Abdulla Qahhor ijodidagi oʻziga xoslik, yozuvchining ijodiy mahorati haqida fikr yuritilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Oʻgʻri” hikoyasi tanlab olingan.

Kalit soʻzlar:

ocherk, satirik komediya, lirik drama, ijodiy metod, tanqid obyekti, ramziy

detal.


Abdulla Qahhor oʻzbek adabiyotining rivojiga katta hissa qoʻshgan zabardast

yozuvchilaridan. Uning hikoya va ocherklari, qissa va romanlari, satirik komediya va lirik
dramalari xalqimizning ma’naviy xazinasidan munosib oʻrin olgan. [1]

Abdulla Qahhor hikoyalarining deyarli barchasida hajv asosiy rolni egallagan. Hajviyotining

eng muhim xususiyati shundaki,muallif qaysi bir illatni tanqid obyekti qilib olmasin, odamlardagi
qaysi bir salbiy xususiyatni fosh etmasin, buning barchasi bir maqsadga - oʻzbek xalqining
hayotida sotsialistik tuzum tufayli yuz bergan ma’naviy oʻzgarishlarni, ijtimoiy-madaniy
siljishlarni tasdiqlash va rivojlanishga toʻgʻanoq boʻlgan dogʻlarni yoʻqotish maqsadiga
boʻysundiradi. [3]

Yozuvchining ijodiy mahoratini “Oʻgʻri” hikoyasi yaqqol namayon qiladi. Hikoya 1936-yili

yozilgan, demak, hikoyada shoʻro davri tasvirlangan. Sotsialistik tuzum oddiy xalqning bilimsizligi
va soddaligidan oʻz manfaati uchun foydalangani hikoyada oʻz tasdigʻini topadi. Hikoya oddiygina
qishloq odami – Qobil boboning hoʻkizining yoʻqolishi bilan boshlanadi. Qobil bobo hoʻkizi
yoʻqolganiga kuyunib turgan bir vaqtda burunsiz ellikboshining “Hoʻkizing oq poshsho qoʻl
ostidan chiqib ketmagan boʻlsa, topiladi “[4] – degan gapi soddagina Qobil boboga koʻchaga chiqsa
bas, hoʻkizi topiladigandek boʻlib tuyuladi. Albatta, bu gapi uchun elilikboshiga nimadir bermasa
boʻlmas edi. Axir u Qobil bobo nazdida xuddi hoʻkizning aniq turgan joyini aytgandek edi. Ammo
ellikboshi aminga yuboradi. Qobil bobo unga ham quruq bormaydi. Qobil bobo qancha amaldorlar
oldiga bormasin “Quruq qoshiq ogʻiz yirtadi”, “Bergangan bitta ham koʻp, olganga oʻnta ham oz”
deganlaridek barchasiga “ataganini” olib borar edi. Bechora kampiri ham qushnochga sovgʻa –
salomlar olib borar, bularning barchasi esa xalqning sodda va ilmsizligidandir. Olib borilgan
narsalar va xarajat evaziga bitta hoʻkiz sotib olishlari hech ham xayollariga kelmaydi. Yozuvchi esa
oʻsha davr amaldorlarini tanqid ostiga olib ushbu hikoyani yozgan boʻlsa ajab emas. Hikoyaning
sarlavhasi ham nega aynan “Oʻgʻri” deb nomlangan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib bunga
shunday javob berish mumkin: Oʻgʻri xalq orasida emas, balki haqiqiy oʻgʻrilar amaldorlar. Chunki
ular xalq boshiga kulfat tushganidan foydalanib qolishadi, yoxud oʻz manfaatini xalqdan ustun
qoʻyadi. Bu hikoya epigrafida ham oʻz aksini topgan: “Otning oʻlimi – itning bayrami”. Bu yerda
yozuvchi ramziylikdan mohirona foydalanilgan. Ya’ni ot – oddiy xalq, it – amaldorlar, yuqori
lavozimli kishilar deb tushunish mumkin. Hikoyaning yana bir e’tiborli jihati shundaki, bu bosh
qahramonining ismi. Qobil bobo nega aynan shunday degan savolga quyidagicha javob berish
mumkin. Balki yozuvchi xalqning moʻmin – qobil boʻlib oʻzidan lavozimi katta shaxslarning


background image

5

aytganini ogʻzidan chiqmay turib bajarganliklari uchun bosh qahramonni aynan Qobil deya
nomlagan. Albatta, bu ham yozuvchi maqsadini aniqroq ifodalash uchun qoʻllagan ramziy detaldir.

Hikoyada Qobil boboning arzini tinglagan ellikboshi, amin va pristav kabi “muammoni

osongina hal qiluvchi” shaxslar keltirilgan. Ular esa Qobil boboning mushkilini oson qilish oʻrniga
undan nimadir undirishga harakat qiladilar. Bu personajlar ham hikoyaning asosiy qismini tashkil
etadi. Chunki ular orqali oʻsha davr, xalqning boshidan kechirayotgan qiyin kunlari yaqqol
tasvirlangan.

Hikoya voqealarini bugungi kun bilan taqqoslab, oʻxshash tomonlariga duch kelish mumkin.

Chunki yuqoridagi fikrlar shuni dalillaydiki, shoʻro davrida ham amaldorlar oʻz manfaatini xalqdan
ustun qoʻygan va ularning ahvoli qanchalik qiyin boʻlmasin nimadir undirishgan. Bugungi kunda
ham bunday ishlar tamoman yoʻq boʻlib ketmagan. Pora olib yoki berib korrupsiyaga yoʻl
qoʻyayotganlar ham topiladi.

Abdulla Qahhorning “Oʻgʻri” hikoyasida xalq ogʻzaki ijodi namunalari ham uchraydi.

Yozuvchi asarlarida maqol, matal, iboralarni oʻz oʻrnida qoʻllay olishi orqali ularning
ta’sirchanligini oshirgan.

Abdulla Qahhor mohir tanqidchi ya’ni munaqqid. Koʻpchilik asarlarida ham oddiy xalqni

jabrlayotgan amaldorlarni qattiq tanqidga oladi. Yozuvchining oʻzi ham tanqid haqida quyidagicha
fikr bildiradi: “Tanqidning eng asosiy vazifasi – talantni, talantli asarlarni kashf etish”. Abdulla
Qahhor hajv orqali tanqid qiladi. Ya’ni masxaralash va qattiq kulgi orqali tanqid qilishni oʻz
asarlarida namayon qilgan. Bu ham bir ijodiy metod desak yanglishmaymiz. Yozuvchi ham bu
xususida toʻxtalib: “Ijodiy metod koʻcha qoidalari yigʻindisi emas. U yozuvchi uchun haqiqatga
eltadigan yoʻlni yoritib turuvchi mayoq “, - deydi. [2]

Xulosa oʻrnida shunday deyish mumkinki, yozuvchi va munaqqid Abdulla Qahhor ijod yoʻli

ancha murakkab, ammo asarlari tushunarli va sodda jumlalardan tuzilgan boʻlishiga qaramay
ma’no – mazmun jihatdan keng koʻlamga egaligi bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turadi.
Yozuvchining har bir asaridan ma’naviy ozuqa olish mumkin.

References:

1.

A.Qahhor Adabiyot muallimi Toshkent Yangi asr avlodi 2019

2.

U.Normatov Abdulla Qahhor haqida xotiralar. https: // kh-davron.uz

3.

U.Valijanova Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi kurs ishi Toshkent

2022
4.

A.Qahhor “Oʻgʻri” hikoya.

Библиографические ссылки

A.Qahhor Adabiyot muallimi Toshkent Yangi asr avlodi 2019

U.Normatov Abdulla Qahhor haqida xotiralar. https: // kh-davron.uz

U.Valijanova Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi kurs ishi Toshkent 2022

A.Qahhor “Oʻgʻri” hikoya.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов