21
AZIM HOJIYEVNING MORFEMA BORASIDAGI QARASHLARI
Nodirbek Nosirjon o‘g‘li Xabibillayev
Namangan davlat pedagogika instituti
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Tel: +998944979772
https://doi.org/10.5281/zenodo.13639173
Annotatsiya:
Morfema tushunchasi slavyan tillarida paydo bo‘lganidan buyon deyarli
barcha tillarga kirib keldi. Jumladan, o‘zbek tilida ham bu termindan foydalanamiz. Ushbu termin
barcha tillarda bir xil mazmunda kelmaydi. Tilning xususiyatidan kelib chiqib ayrim tillarda asosni
va ayrim tillarda qo‘shimchaning o‘zinigina ifodalashi mumkin. Muammo shundaki, morfema
tushunchasi o‘zbek tiliga ham slavyan tillariga xos bo‘lgan xususiyat bilan kirib keldi (Azim
Hojiyev ta’biri bilan aytganda, majburlab kirgizildi). Bu esa nazariyada o‘z vaqtida bilinmasa-da
keyinchalik baribir yuzaga chiqdi. Ushbu maqolada morfema tushunchasining o‘zbek
tilshunosligiga kirib kelishi va uning muammolari borasida so‘z yuritiladi.
Tayanch so‘z va iboralar:
morfema, morfologik birlik, lug‘at, yasalish tuzilishi, morfem
tuzilish, leksema-morfema, so‘z-morfema, omonim, sinonim, antonim.
Annotation:
The concept of morpheme has entered almost all languages since it appeared
in Slavic languages. In particular, we use this term in the Uzbek language. This term does not have
the same meaning in all languages. Depending on the nature of the language, in some languages it
can represent the base, and in some languages, it can represent only the suffix itself. The problem
is that the concept of morpheme entered the Uzbek language with a characteristic characteristic
of Slavic languages (in the words of Azim Hajiyev, it was forcibly introduced). Although this was
not known in theory at the time, it came to light later. This article discusses the introduction of the
concept of morpheme into Uzbek linguistics and its problems.
Basic words and phrases:
morpheme, morphological unit, vocabulary, formation structure,
morpheme structure, lexeme-morpheme, word-morpheme, homonym, synonym, antonym.
Аннотация:
Понятие морфема вошло почти во все языки с момента его появления в
славянских языках. В частности, мы используем этот термин в узбекском языке. Этот
термин не имеет одинакового значения во всех языках. В зависимости от природы языка в
некоторых языках он может обозначать основу, а в некоторых — только сам суффикс.
Проблема в том, что понятие морфема вошло в узбекский язык с характерной чертой
славянских языков (по словам Азима Гаджиева, оно было введено насильственно). Хотя в
то время это еще не было известно теоретически, об этом стало известно позже. В данной
статье рассматривается внедрение понятия морфемы в узбекское языкознание и его
проблемы.
Основные слова и словосочетания:
морфема, морфологическая единица,
словарный запас, структура образования, структура морфемы, лексема-морфема, слово-
морфема, омоним, синоним, антоним.
KIRISH
“O‘zak” va “negiz” kabi terminlarning o‘zbek tili uchun zarur emasligini isbotlab bergan Azim
Hojiyev o‘sha davrlar o‘zbek tilshunosligidagi
morfema
tushunchasiga berilayotgan ta’rifning
aslida noto‘g‘ri ekaniga urg‘u berish orqali bu sohada mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topdi,
22
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning fikricha, “morfema” degan tushuncha paydo bo‘lganiga 70
yildan ortiq bo‘lgan bo‘lsa-da, hali ham uning mohiyati to‘laligicha anglab yetilmagan. Bu rus
tilidagi morfema tushunchasining o‘zbek tiliga majburan moslashtirilishi bilan bog‘liq. Ya’ni
o‘zbek tilidagi morfema tushunchasi rus tili xususiyatidan kelib chiqib tadqiq etilgan. Berilgan
ta’riflarning nomukammalligi nazariyada bilinmasa-da, amaliyotga ko‘chganida bo‘y
ko‘rsatmoqda. Morfema o‘zbek tili lisoniy birliklaridan, ya’ni til qurilishining asosiy birliklari
hisoblanuvchi birliklardan farqli holda til sistemalarini shakllantiradigan til birliklarini yasash
uchun xizmat qiladi.
1
O‘zbek tilshunosligida morfemaning ana shu muhim jihati hisobga
olinmagani sabab morfemaning mohiyati va u bilan bog‘liq til hodisalarining mohiyatini to‘g‘ri va
to‘la yoritishning imkoni bo‘lmadi. Aksariyat manbalarda morfemani so‘zning tarkibiy qismi deb
o‘rganib kelindi. Vaholanki, bu bilan morfema deb ataluvchi til birligining mohiyatini to‘liq anglab
yetish mumkin bo‘lmaydi. Olim morfemalarni so‘zning tarkibi deb tushunish ularning so‘zdan
tashqarida mavjudligini inkor etish ekanini aytib o‘tdi
2
. O‘sha paytlarda hatto ana shu fikr ilgari
surilgan ayrim ishlar ham paydo bo‘la boshlagani ta’kidlanib, quyidagi misol keltiriladi:
Morfemalar biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi. Biri ikkinchisidan ajratilganda morfemalik
xususiyatini ana shu o‘rinda yo‘qotgan bo‘ladi.
3
O‘sha davr tilshunosligi uchun bu to‘g‘ri bo‘lsa-da,
aslida bu xato fikr edi. Sababi
daraxtlarning
so‘zi tarkibidagi morfemalar (
-lar, -ning
) faqatgina
mana shu so‘zning tarkibidagina mavjud emas, balki ular tildagi tayyor birliklardir. Boshqa
so‘zlarga qo‘shilganida o‘zining xos ma’nolarini anglataveradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Olimning 1979-yilda nashrdan chiqqan “Hozirgi o‘zbek tilida forma yasalishi” nomli
kitobidan olingan quyidagi fikriga e’tibor bering: so‘zning morfologik strukturasi
morfemalardangina iborat emas. Forma yasalishida (so‘zning morfologik strukturasida)
morfemalardan tashqari so‘z ham qatnashishi mumkin
4
. Morfema tushunchasi endigina kirib
kelgan paytlardayoq Azim Hojiyev o‘zbek tili xususiyatidan kelib chiqib unga yetarli baho bera
olganligining isboti mana shu bo‘ladi, deyishimiz mumkin.
Olim morfemika haqida fikr bildirar ekan: “Morfemika so‘zning necha morfemadan tashkil
topishini o‘rganmaydi, balki morfemalarning turini va har bir turiga xos xususiyatlarini
o‘rganadi”
5
.
90-yillardan keyin o‘zbek tilshunosligida morfema borasida yangicha qarashlar yuzaga kela
boshladi. Jumladan,
Hamid Ne’matov, Ravshanxo‘ja Rasulov va Abdulhamid Nurmonovning
ana shu
sohaga oid qilgan ayrim ishlarida leksema va affikslardan tashqari yordamchi so‘zlar (ko‘makchi,
bog‘lovchi, yuklama)ni va undov, taqlidlarni ham morfema deb atash tamoyili yuzaga keldi. Lekin
bunday ishlar o‘zbek tili materiallarini tadqiq etish natijasida paydo bo‘lmaganini, boshqa
tillardan shundayligicha tilimizga tadqiq etilganini Azim Hojiyev aytib o‘tadi.
6
Shuningdek, olim
yordamchi so‘z turkumlarining
“oraliq uchinchi”, “leksema-morfema”
kabi ta’riflar bilan
1
Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. Т.: Фан – 2010, 23-
б.
2
Ҳожиев А. Шу китоб. 26-б.
3
Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. Тошкент: 1992. 10-б.
4
Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Т.: Ўқитувчи, 1979. 40-б.
5
А.Ҳожиев. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиш структураси. Ўзбек тили ва адабиёти. Ж. 1976. 30-31 бетлар
6
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 34-б.
23
o‘rganilishini ushbu asarida qoralaydi hamda yordamchi so‘z turkumlarini bir guruhda
o‘rganishning o‘zi xato ekanini bildirib o‘tadi.
7
Olimning fikricha, morfemalarga xos umumiy xususiyat bu yasovchilik belgisidir. Ana shu
xususiyat bilan ular
“til qurilishining asosiy birliklari”
(leksemalar)dan farq qiladi. Ya’ni
paxtakor
so‘zining yasalish asosi
paxta, -kor
esa so‘z yasovchi morfemadir.
Paxtalarning
so‘zida esa,
paxta
so‘zi shakl yasalish asosi hisoblansa,
-lar va -ning
(ko‘plik morfemasi va qaratqich kelishigi) shakl
hosil qiluvchi morfema hisoblanadi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, til sistemalarini
shakllantiruvchi til birligi – yasama so‘z yoki so‘z shaklini yasash morfemaning o‘zbek
tilshunosligidagi mohiyati hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Azim Hojiyev morfemaga shunday ta’rif beradi:
Morfema
– o‘z ifoda va ma’no jihatiga ega bo‘lgan, so‘z yasash yoki so‘z shaklini yasash uchun xizmat
qiladigan lisoniy birlik
.
8
Ushbu ta’rifdan shu ma’lum bo‘ladiki, olim morfemalarning shakl
(ifoda) va mazmun jihatiga ega ekanligini ta’kidlagani holda ularning vazifasiga ko‘ra ikki turi:
So‘z yasovchi;
Shakl yasovchi kabilarga ajratish lozimligini bildirib o‘tadi.
Hojiyevning ta’kidlashicha, “affiks” “morfema”ga qaraganda torroq ma’no anglatadigan til
birligidir. Ya’ni barcha morfemalarni ham affiks hisoblash mumkin emas. Affiks bu so‘zga qo‘shib
yoziladigan morfema sanaladi. Shu sabab uni qo‘shimcha deb ham atash o‘rinli bo‘ladi. Ammo
morfema unga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, ular ifoda jihatiga ko‘ra:
Affiks morfemalar (qo‘shimchalar);
So‘z morfemalar (lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar) kabi turlarga bo‘linadi.
9
O‘zbek tili lug‘aviy sistemasini tashkil etadigan birlik so‘zdir. Bugungi kungacha so‘zlar
o‘zbek tilshunosligida “mustaqil” va “yordamchi” kabi turlarga bo‘lib o‘rganilib kelinmoqda.
Lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar “mustaqil so‘zlar” bo‘lsa, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan
so‘zlar esa “yordamchi so‘zlar” hisoblanishi barchaga ma’lum. Azim Hojiyevning bu boradagi
talqiniga e’tibor qaratsak, olim lug‘aviy sistemani tashkil etadigan birliklar qatorida lug‘aviy ma’no
anglatmaydigan birliklarning ham qo‘shib o‘rganilishi mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. Bu
jihatdan ana shunday birliklarning
“so‘z morfemalar”
deyilishi o‘rinlidir.
Affiks morfemalarning tadqiqida ko‘rdikki, ularning bir turi so‘z yasaydi, ikkinchi turi so‘z
shaklini yasash uchun xizmat qiladi. So‘z morfemalarda bunday holat kuzatilmaydi. Aniqroq qilib
aytsak, o‘zbek tili materiallari bu tilda so‘z shaklini yasovchi so‘z morfema borligini tasdiqlamaydi.
Shu bois bu masalani so‘z yasalishi va so‘z shaklining yasalishi misolida, yasama so‘z va so‘z
shaklining mohiyatidan kelib chiqib hal etishga to‘g‘ri keladi. Masalaga shu asosda yondashilsa,
o‘zbek tilidagi
qil (et, ayla)
va
bo‘l
fe’llarini faqat bir vazifasidagina, ya’ni fe’l yasovchi
vazifasidagina morfema (so‘z morfema) hisoblash mumkin. Masalan,
qil (et, ayla)
va
bo‘l
fe’llari
so‘z yasash uchun xizmat qiladi:
rohat qilmoq, tasdiq qilmoq, jabr etmoq, faryod aylamoq, sarf
bo‘lmoq
va boshqalar. Bu fe’llar tarkibidagi
qil, et, ayla, bo‘l
fe’llari
-lan, -la
fe’l yasovchi
morfemalari bilan bir xil ma’no va vazifaga ega:
rohat qilmoq - rohatlanmoq, tasdiq qilmoq -
tasdiqlamoq, sarf bo‘ldi - sarflandi.
Binobarin, ularni ham, xuddi
-la, -lan
affikslari kabi, morfema
hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi - shunday qilinadi ham. Demak, ular umuman yordamchi so‘z sifatida
7
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 36-б.
8
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 40-б.
9
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 42-б.
24
emas, so‘z yasovchi morfema - so‘z morfema sifatida etirof etilishi kerak, ular yasama so‘zni
shakllantiruvchi birliklardir va so‘zga qo‘shib yozilmasligidan qat’i nazar, yasama so‘zning
tarkibiy qismi hisoblanadi
10
.
Hojiyevning fikricha, lug‘aviy ma’nosini yo‘qotish holatiga ko‘ra so‘zlar quyidagicha
guruhlanishi mumkin:
Lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotgan birliklar (
kabi, bilan, hamda, qadar...
);
Lug‘aviy ma’nosini saqlagan ammo ayrim o‘rinlarda bu xususiyatini yo‘qotuvchi birliklar
(
to‘g‘risida, sababli, oldin...
).
Olim morfemaning sistema sifatidagi masalasiga ham alohida to‘xtalib quyidagi ta’rif bilan
kifoyalanadi: morfema – ifoda va ma’no jihatiga ega bo‘lgan, tilning muayyan sistemasini
shakllantiruvchi til birligini (yasama so‘z yoki so‘z shaklini) yasash uchun xizmat qiluvchi til
birligi.
11
Morfemalarda
polisemiya, sinonimiya
va
antonimiya
masalasida ham olim o‘z qarashlarini
keltirib o‘tgan. Morfemalar mustaqil leksik ma’no anglatmagani uchun ana shu ma’no bilan bog‘liq
holda yuzaga chiqadigan polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisalarining ular bilan emas,
balki yasama so‘zlar bilan birgalikda kelgandagina yuzaga chiqishi ta’kidlab o‘tilgan. Ya’ni
polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisalari morfemalar bilan emas, ular qo‘shilib kelgan
leksemalar bilan birgalikda yasalish hodisasi ro‘y berganidan keyin yuzaga chiqishi o‘z isbotini
topgan. Quyidagi holatlarga e’tibor qiling:
Omonimiya
1.
tiqin, yig‘in, chaqin…
to‘lin, erkin, yashirin…
ostin-ustin, birin-ketin, qishin-
yozin…
Ushbu misollarda omonimiya hodisasi yuzaga
chiqqan. Ammo shakldoshlik morfemada emas, asos
qismning ma’nosi ta’sirida yuzaga kelayotgani ayon.
Negaki morfemaning o‘zi asos qismda ajratilganida
uning shakldosh ekanini isbotlashning imkoni yo‘q.
Qolaversa, shakldoshlik hodisasi yuzaga kelishi
uchun lug‘aviy ma’no muhimdir.
Sinonimiya
2.
aravachi-aravakash, chopqir-
chopag‘on, xabarsiz-bexabar,
qahramonlarcha-
qahramonona-
qahramonchasiga…
Ushbu misollarda ham shu namoyon bo‘ladiki,
sinonimlik uchun ham lug‘aviy ma’no muhim.
Mazkur so‘zlarda sinonimlik hodisasi asos qismning
ma’nosidan anglashiladi.
-chi – -kash
morfemalari
alohida olinganida ularni sinonim hisoblay
olmaymiz.
Antonimiya
3.
boodob-odobsiz,
mevali-
mevasiz, gunohkor-gunohsiz,
serunum-unumsiz, serunum-
kamunum, vafodor-vafosiz...
Ko‘rinib turibdiki, bu misollarda ham antonimlik
hodisasi lug‘aviy ma’no bilan bog‘langan. Ushbu
keltirilgan
misollardagi
morfemalar
alohida
olinganida ushbu hodisa yuzaga chiqmaydi. Demak,
yuqoridagi hodisalar (omonimiya, sinonimiya,
antonimiya)ning barchasi uchun lug‘aviy ma’no
10
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 45-б.
11
Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. 58-б.
25
zarur. Shunday ekan, olimning bu boradagi fikri
o‘rinlidir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Morfemaga so‘zning tarkibiy qismi sifatida qarash uning turlarga (yetakchi va ko‘makchi)
ajratilishi lozimligini keltirib chiqaradi. Rus tilshunosligi ta’sirida olib kirilgan ushbu tamoyilning
o‘zbek tili uchun xos emasligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Shu bilan birga morfemani so‘zning tarkibiy
qismi sifatida qarash uni morfologik birlik sifatida baholanishiga, so‘z yasalishi va shakl yasalishini
morfologik hodisa deb tushunishga, oxir-oqibat “so‘z tarkibi”ni “morfologik hodisa” sifatida
tushunib “Morfologiya” bo‘limida o‘rganilishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, o‘zbek
tilshunosligida morfemaga so‘zning tarkibiy qismi sifatida baho berib bo‘lmaydi. Bu esa o‘zbek
tilshunosligida so‘z tarkibining alohida bo‘lim sifatida o‘rganilishi lozim ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, yuqoridagi tahlillardan “so‘zning ma’noli qismlari morfema deyiladi...”
12
degan qoida ham xato ekani anglashiladi. Sababi ushbu ta’rif ham so‘zning ma’noli qismlarini ikki
qismga (yetakchi va komakchi) bo‘lishni va alohida o‘rganishni taqozo etadi. Shunday ekan,
mazkur ta’rif ham o‘zbek tilshunosligidagi morfema tushunchasiga mos kelmasligi aniq.
XULOSA
Yuqoridagilardan shu ma’lum bo‘ladiki, Azim Hojiyevning morfema borasidagi qarashlari
o‘zining originalligi bilan boshqa olimlarning qarashlaridan ajralib turadi. Sho‘rolar davrida
o‘zbek tilshunosligining boshida turgan aksariyat olimlar o‘zbek tilining grammatikasi rus tilining
grammatikasidan kelib chiqib moslashtirib yuborishgan. U davr uchun bu holatni qoralash xato
bo‘ladi. Sababi endigina yaratilayotgan grammatikani bu sohada yetarli asosga ega bo‘lgan boshqa
tilning grammatikasidan adoza olib tuzib chiqish bu eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi. Ammo rus tili va
o‘zbek tilining xususiyatlari butkul boshqa ekani grammatikaning hamma jabhalarida bo‘lmasa
ham, ayrim o‘rinlarda keyinroq bo‘y ko‘rsatdi. Akademik Azim Hojiyev mana shu masalalarga juda
noziklik bilan qarab, muammolarni birma-bir hal etganini yuqorida ko‘rib o‘tdik.
References:
1.
Berdialiyev A., Ermatov I. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. – T.: Tamaddun, 2022. – бет 121.
2.
Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – бет 80.
3.
Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Т.: Ўқитувчи, 2007. – бет 168.
4.
Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – T.: Fan, 2008. – бет 436.
5.
Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Т.: 2007. – бет 142.
6.
Mahmudov N. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2013. – бет 528.
7.
Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Т.: 2009. – бет 254.
8.
Тожиев Й. Ўзбек тили морфемикаси. – Т.: 1992. – бет 68.
9.
Ўзбекистон ССР Фанлар академияси. Ўзбек тили грамматикаси. – Т.: Фан, 1973. – бет
609.
10.
Nosirjon o'g'li, Xabibullayev Nodirbek. "ANALYSIS OF SOME WORDS WHICH ARE DIFFICULT
TO DISTRIBUTE INTO UZBEK LANGUAGE."
International journal of artificial intelligence
4.03
(2024): 592-594.
11.
Habibullayev, Nodirbek Nosirjon O’G’Li. "Qozoq Va O’Zbek Tilidagi Modal So’Zlar
12
Тожиев Й. Ўзбек тили морфемикаси. – Т.: 1992. 10- б.
26
Chog’Ishtirmasi."
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
3.5
(2023): 27-33.