15
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA
ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Babaniyazov Utkirbek Taxirovich
Nukus davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13590804
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilarining savodxonligini oshirish va
ularni takomillashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim metodlari, “Kichik guruhlarda ishlash” metodi,
“Matematik kokteyl”
metodi, “Lift” metodi”.
Hozirgi kunda respublikamizda ta’limning sifat va samaradorligini oshirish masalasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tibor barcha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan
pedagoglar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Xususan, dars jarayonida o‘quvchilarga sifatli
ta’lim berish uchun uning qiziqarli va jonli o‘tishiga, barcha o‘quvchilarning faol ishtirokiga
erishish, turli metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, buyuk davlat arbobi
Jon Dyul aytganidek: “Ta’lim hayotga tayyorlash emas, ta’lim-bu hayotning o‘zidir.”
Bizga ma’lumki har bir dars davomida o‘quvchini qiziqtirgan holda, yangi mavzuni
tushuntrish jarayonida va olingan bilimlarni yodda saqlash uchun o‘qituvchi tomonidan turli xil
metodlar qo‘llaniladi. Avvalo biz metod tushunchasiga ta’rif bersak. Metod – (grekcha “metodos”
so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l, axloq usuli) degan ma’nolarni anglatadi. Tabiat va ijtimoiy hayot
hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli demakdir. O‘qituvchi dars davomida turli xil metoddan
foydalanishi bu uning pedagogik mahorati borligidan darak beradi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda.
Zamonaviy metodlarni qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradolikka olib keladi. Ta’lim
metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Darsni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish
ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars
jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib,
ularning dars jarayonida faolligini doimo rag‘batlantirib turilishi hamisha o‘z samarasini beradi.
V.I.Zagvyazinskiy ta’kidlaganidek, ta’lim metodi bu belgilangan maqsadga erishishni
ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir. Shunday ekan,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirishda quyidagi zamonaviy metodlardan
foydalanish mumkin.
- “Kichik guruhlarda ishlash” metodi.
Kichik guruhlarda ishlash orqali o‘rganish - ma’lum
muammoning yechimini topishga va o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy
hamkorlikdagi ish. Bosqichlari: guruhlarga bo‘lish, muammoni guruhlarda muhokama qilish,
muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish bu
yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni
tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan
o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi.
Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini
o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni
16
nazorat qilib baholaydi. O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir,
musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
- “Lift” metodi.
Bu metodda sinf guruhlarga ajratilib yangi mavzu bo‘yicha guruhlarga
tezkor savollar beriladi. Bunda barcha guruh a’zolari qatnashadi. Guruh a’zolaridan biri savolga
to‘g‘ri javob bersa, “lift” bir pog‘ona tepaga ko‘tariladi. Agar noto‘g‘ri javob bersa “lift” joyidan
siljimaydi. Qaysi guruh “lift”dan tez yuqori ko‘tarilib olsa, g‘olib bo‘ladi.
Quyidagi yana bir yangi metodni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur:
Bu metodning qo‘llanilishining ahamiyatli jihati shundaki, bu avvalo o‘tilgan mavzularni
baholash, takrorlash, mustahkamlash va o‘zaro bellashishga mo‘ljallangan.
Dastlab guruh o‘quvchilari 2 guruhga ajratiladi. Qaysi guruhning birinchi bo‘lib boshlashi
qura tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
O‘qituvchi o‘yinni birinchi bo‘lib boshlaydigan jamoa ishtirokchisiga dastlabki savolni
beradi. Ishtirokchi berilgan savolga javob bersa qo‘lidagi estafeta tayoqchani keyingi sherigiga
uzatadi. Agar savolga javob qaytara olmasa qo‘lidagi estafeta tayoqcha o‘zida qoladi.
O‘qituvchi keyin raqib jamoaning birinchi ishtirokchisiga savol beradi. Bu ishtirokchi ham
berilgan savolga javob bersa qo‘lidagi estafeta tayoqchani keyingi sherigiga uzatadi. Agar savolga
javob qaytara olmasa qo‘lidagi estafeta tayoqcha o‘zida qoladi. Estafeta tayoqchasini
qatnashchilar bir-birlariga navbat bilan uzatib borishadi.
Estafeta tayoqchasini faqat savolga javob bergandagina uzatishga ruxsat beriladi. Shu
tariqa savol-javob qaysidir guruh qo‘lidagi estafeta tayoqchasini o‘qituvchiga birinchi bo‘lib
yetkazib borishga qadar davom etadi.
Estafeta tayoqchasini jamoa a’zolari qoidani buzmasdan, vazifani aniq va tezda bajarib,
birinchi bo‘lib o‘qituvchiga yetkazib bersa o‘sha jamoa g‘olib deb topiladi. Jamoa a’zolarining
o‘yindagi ishtirokini o‘qituvchi aniqlab boradi va dars so‘ngida ularni rag‘batlantiradi. Bunda
ishtirokchining o‘ziga berilgan har bir savolga birinchi imkoniyatda javob qaytarib, estafeta
tayoqchasini sherigiga vaqtida uzatib borishi hisobga olinadi. Metodning asosiy maqsadi dars
jarayonida o‘quvchilarni aniq tezlik bilan xatosiz javob berishga va aniq, to‘g‘ri qarorga kela
olishga undashdan iborat.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan matematika darslarida turli
xil masalarga keng joy ajratilgan. Sababi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash
qobilyati uning tushunchalarni tezda anglab olish ko‘nikmasini shakllantirishda masalalarning
o‘rni beqiyos sanaladi. O‘qituvchi esa dars jarayonida o‘tiladigan masalarni o‘quvchiga to‘g‘ri va
aniq yetkazib berishda yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lmog‘i hamda darslarni qiziqarli
o‘yinli texnologiyalar orqali tashkil etib o‘quvchilarni darsga qiziqtira olishi muhim omil
sanaladi.
References:
1.
Saparova.G. “O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali”. 2023 yil.
712-bet.
2.
“Prospects of development of science and education proceedings of first conference”. 27
april 2020. 172 p.
3.
D.Ro‘ziyeva,
M.Usmonboyeva,
Z.Xoliqova
“Interfaol
metodlar:
mohiyati
va
17
qo‘llanilishi(metodik qo‘llanma)”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti,2013;.