Авторы

  • Xurshida Yulbarsova
    Farg‘ona davlat universiteti Sotsiologiya kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.45659

Аннотация

Mazkur maqolada ijtimoiy kompetentlikning bo‘lajak sotsiolog shaxsining muhim sharti ekanligi sharq mutafakkirlarining ta’limotlari orqali tahlil qilingan.


background image

59

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIMOTIDA IJTIMOIY KOMPETENTLIK

MASALALARI

Yulbarsova Xurshida Abdullajonovna

Farg‘ona davlat universiteti

Sotsiologiya kafedrasi dotsenti

Е-mail: yulbarsovaxurshida212@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12619111

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ijtimoiy kompetentlikning bo‘lajak sotsiolog shaxsining

muhim sharti ekanligi sharq mutafakkirlarining ta’limotlari orqali tahlil qilingan.

Bo‘lajak mutaxassis, albatta, hayotining tashqi va ichki sotsiumida malakali bo‘lishi

kerakligi talab qilinadi. Shu ma’noda u bilim va ko‘nikmalarni nafaqat o‘zining eng yaqin muloqot
aloqalari doirasida - ishda, do‘stlar, tanishlar orasida, oilada, balki butun jamiyat orasida ham
shakllantiradi. Ularning zamonaviy jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy
munosabatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhimdir. Shu sababli ijtimoiy kompetensiya
ko‘pincha zarur ijtimoiy texnologiyalardan foydalanish qobiliyati bilan qo‘llab-quvvatlanadigan
insonning ijtimoiy etukligining maxsus shakli sifatida qabul qilinadi. Bu jihatdan bo‘lajak
sotsiolog ucnun jamiyatdagi, mintaqadagi va davlat xizmati amalga oshiriladigan muayyan
shahar yoki hududdagi ijtimoiy tabaqalanish tuzilishini bilishi alohida ahamiyatga ega. Uning
kasbiy faoliyati va jamiyat va davlatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosib javob bera olishi
ko‘p jihatdan bunga bog‘liq.

Bu haqda Sharqning buyuk mutafakkirlari Аbu Rayhon Beruniy, Ibn Holdun, Аbu Nasr

Forobiy, Abu Mansur al Moturudiy va boshqa ko‘plab olimlar jamiyat, adolatli tuzum, odil
hukmdorlar, ijtimoiy munosabatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Xususan,
Moturidiya maktabining asosochisi Abu Mansur al Moturidiy o‘z asarlarida din, jamiyat, jamoa,
ijtimoiy munosabatlar va shaxs haqida ta’limotlar yaratib, ijtimoiy kompetentlikning inson
shaxsi va mavqei masalasi, uni turli ijtimoiy siyosiy, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi

murosaviy muvozanat konsepsiyasi”

ga asos soladi. U jamiyat va jamoani mohiyatan asoslab

berishga harakat qiladi. “Al Moturidiy axloqiy tanlov, ixtiyor erkinligi haqida fikr yuritib, ularni
jamoaga, guruhga qarshi bo‘lmasligi va shaxs davlatning va aksincha shaxs oldidagi mas’uliyatni
alohida e’tirof etadi. U sotsiologik bilimlarning muhim komponenti hisoblangan jamoatchilik
fikri yuzasidan fikr bildirib, islomiy e’tiqodi ham, hayotiy axloqiy sohalarda ham, mafkuraviy
siyosatda ham insonlarning yakdillikka erishlarida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi” [4, 35-b.].

Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy o‘zining ko‘plab ijtimoiy fikrlari bilan

sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Fozil odamlar shahri», «Siyosat al-
Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon qilib, sotsiologiyaga doir quyidagi ijtimoiy kompetentlik xususiyatlarini
yozib qoldirgan:

1) “Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimolli va mutloq

mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish.

2) Keskin va mutlaq (ya’ni e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida fikr yuritish.
3) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan va bo‘lmagan farqli mulohazalar xususida fikrlash

ularning qanday holatlarda qarama-qarshi kuchga aylanib qolishini o‘rganish.

4) Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikrlar, mulohazalarning qanday ko‘rinishlarga ega

ekanligini qayd etish.


background image

60

5) Haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib

ko‘rish va ularning qanday ahvoldaligini o‘ylab ko‘rish.

6) O‘zgaruvchan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchi mulohozalarning o‘zgarish ma’no va sabablarini

bilib olish.

7) Ma’lum bo‘lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza ko‘rinishlari xususida

fikrga ega bo‘lish.

8) Fikr-qarashlar ta’rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini, ehtimolli va

mutlaq fikr-qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lish lozim” [2].

Demak, har qanday sotsiolog o‘z ijtimoiy faoliyatida ijtimoiy fikr va har bir individ fikrini

tahlil va sintezdan o‘tkazishi kerakligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Unda mish-mishlar
emas aniq va konkret dalillarga tayanga faktlar muhimligini bilishi lozim.

Abu Rayhon Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani va

madaniyati tarixida ham eng ulug‘ va buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o‘zining «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Minerologiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot
masalalarini yoritgan. Beruniy ijtimoiy taraqqiyotga olib boruvchi kuch sotsial barqarorlik va
konsensus ekanligiga urg‘u berib, “qarama-qarshiligi ravshan ayon bo‘lgan narsaga qanday
ishonib bo‘ladi?”[1, 44-b.], deb mutafakkir qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan jarayonlarda
ijtimoiy taraqqiyot ehtiyoji ortib borishiga ishora qiladi.

Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro‘y berib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar

xususida muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni ilgari suradi va isbotlab berdi. Olamda bo‘lib turadigan
o‘zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning paydo bo‘lish va yo‘qolishlarning o‘ziga xos
sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va sotsiologik mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi.

Sharqning yetuk sotsiologi bo‘lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish»

qismidagi dastlabki bo‘limi «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘g‘risida» deb nomlanib,
unda insonning jamiyat va tabiatdagi o‘rni hamda maqomi haqidagi fikrlari bayon qilingan. Ibn
Xaldun sotsiologik ta’limotining ijtimoiy boshqaruv kompetensiyalari va ijtimoiy o‘zaro
hamjihatlik va sotsial barqarorlik jihatlariga e’tibor qaratadi. Shu bois mutafakkir shohlarga
maslahat berib, xalq erkinligini haddan ortiq bo‘g‘maslikka va erkinlik berishga chaqiradi: «Agar
tarbiya kuch ishlatish, qo‘rqitish yo‘li bilan bo‘lar ekan, u xoh o‘quvchi, xoh qul, xoh xizmatkor
bo‘lsin, ularga qo‘rqinch tahdid qilib turadi, natijada fuqaro ruhining o‘sishiga xalaqit beradi,
harakatchanlikni so‘ndiradi va uning o‘rniga yalqovlik, aldash, yolg‘onchilikni kuchaytiradi. Bu
sifatlar aynan shu zo‘ravonlik ta’sirida sodir bo‘ladi. Ular qalbi befarqlik bilan to‘ladi, yaxshi va
fazilatli sifatlar o‘rnini ahmoqona, yomon sifatlarni qabul qilib, pastlarning eng pastiga
aylanadi»[3] deya ta’kidlaydi. Buyuk sharq mutafakkirlari o‘zlari yashagan davrning ijtimoiy
tizimini, uning ziddiyatlari va bu zidddyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy
jihatdan tahlil qilganlar. Qomusiy olimlar tomonidan ijtimoiy kompetensiyaning tayanch
kompetensiyalari insoniy qadriyatlarning muhimligi, muloqot va ijtimoiy munosabatlarning
mohiyati, ijtimoiy va boshqaruv kompetenlikning mazmun-mohiyati va metodlari, shakllari,
vositalari hamda prinsiplari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.

References:

1.

Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, 1-tom. T., 44-bet.


background image

61

2.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., 1993. 167-bet.

3.

Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн

Халдун «Введения». М., 1965 г., с. 321
4.

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma.T:. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 35-bet.

Библиографические ссылки

Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, 1-tom. T., 44-bet.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., 1993. 167-bet.

Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн Халдун «Введения». М., 1965 г., с. 321

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma.T:. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 35-bet.