4
O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI
RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI VA ZARURIYATI
Olimjon Odilovich Qodirov
Andijon davlat chet tillar instituti
tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11500798
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kommunikativ kompetentsiyaning o‘quvchilarni har tomonlama
rivojlantirishda tutgan o‘rni, kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishning o‘ziga xos
jihatlari, shuningdek maktabning pedagogik jarayonida “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlarini
isloh qilishda kommunikativlikning ahamiyati xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Kommunikativlik, umumiy o‘rta ta’lim, o‘quvchi, kompetensiya, maktab amaliyoti,
qobiliyat, shaxsning rivojlanishi, refleksiya.
Abstract.
This article discusses the role of communicative competence in the comprehensive
development of students, the specific aspects of the development of communicative competence,
as well as the importance of communicative competence in reforming the "teacher-student"
relationship in the pedagogical process of the school.
Keywords:
Communicativeness, general secondary education, student, competence, school
practice, ability, personality development, reflection.
Абстрактный.
В данной статье рассматривается роль коммуникативной компетентности
во всестороннем развитии учащихся, конкретные аспекты развития коммуникативной
компетентности, а также значение коммуникативной компетентности в реформировании
отношений «учитель-ученик» в педагогическом процессе школы.
Ключевые слова:
Коммуникабельность, общее среднее образование, учащийся,
компетентность, школьная практика, способности, развитие личности, рефлексия.
Hozirda barcha ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan talablarga ko‘ra bo‘lajak kadrlarni kasbiy-
kommunikativ faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishni talab qiladi, ya’ni ularda kasbiy
malaka, o‘zgaruvchan sharoitga tez moslashish qobiliyati, kommunikativ kompetenlik, o‘zining
kommunikativ bilimlarini doimiy ravishda mustaqil to‘ldirib borish va ulardan ijodiy foydalanish
ko‘nikmalari rivojlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa umumiy o‘rta ta’lim jarayonidan
o‘quvchilarni kommunikativ faoliyatga tayyorlab borish, ularda turli kompetentsiyalarni
shakllantirish maqsadga muvofiq.
Noyob kapital sifatida qadrlanayotgan ta’limning quyi bosqichlaridan ta’lim samaradorligini
oshirish, takomillashtirilgan mexanizmlarni joriy etish, sifatli ta’lim natijasida o‘quvchi-yoshlarni
kelajak hayotdagi kommunikativ faoliyatga tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-
tarbiya jarayonining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida amaliy
faoliyat tajribasini tarkib toptirish, turli kompetentsiyalarni shakllantirish orqali ijtimoiy
hayotga samarali tayyorlash jarayonlarini tashkil etishga oid izlanishlar salmog‘i ortib
borayotgan pallada, o‘quvchilarda kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish ham o‘z
dolzarbligiga ega.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda o‘quvchilarga turli fanlarni o‘qitishda kompetentsiyaviy
yondashuv keng tatbiq etilmoqda. Shuningdek, ularga fanga oid bilim, ko‘nikma, malakalar
berishning o‘zi yetarli emasligi, hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarni turli vaziyatlarda
amaliy qo‘llashni shakllantirib borish lozim ekanligi o‘z isbotini topdi. Shu sababdan
5
kompetentsiyalarga bo‘lgan talab uzluksiz ta’limning barcha bosqichlariga kirib bordi hamda
amalda foydalanilmoqda.
Tadqiqot jarayonida ish mazmunini batafsil yoritib berish maqsadida olimlarning
“kompetentsiya” va “kommunikativ kompetentsiya” mazmuniga oid fikrlarini tahlil qilgan holda
uning o‘ziga xos xususiyatlari ajratib ko‘rsatish maqsad qilindi.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlar va rivojlangan davlatlarda ta’lim natijalari nafaqat bilim, ko‘nikma
va malakalar orqali, balki shaxsning ta’lim jarayonida egallagan kompetentsiyalari orqali
aniqlanishi ta’kidlanadi. Kompetentsiya – bu o‘quv jarayonining rejalashtirilgan maqsadi,
usullari, texnologiyasi va bilim oluvchining malakasi asosida shakllanadi.
“Kompetentsiya” lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman degan ma’nolarni bildiradi.
1
Kompetentsiya – subyektning maqsadni qo‘yish va unga erishish uchun tashqi va ichki
imkoniyatlarni birlikda samarali tashkil eta olishga tayyorgarligi, subyektning muayyan kasbiy
masalalarni yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir.
“Kompetentsiya tushunchasi tarkibiy qismlar sifatida bilim, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlar
(tashabbuskorlik, maqsadga muvofiqlik, maqsad qo‘yish qobiliyati, mas’uliyat, bag‘rikenglik va
boshqalar), ijtimoiy moslashuv (jamoada va undan tashqarida ishlash qobiliyati), tanqidiy
fikrlash”,
2
shuningdek, tanlangan sohada professional faoliyat tajribasi kabilar belgilandi.
Pedagog olimlar R.Safarova va R.Jo‘rayevlar tomonidan “kompetentsiya tushunchasiga
quyidagicha ta’rif taklif etilgan (lot. compete-erishyapman, munosibman, loyiqman):
1) muayyan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish o‘rgani) yoki mansabdor shaxsning
qonun, ustav va boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi;
2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar;
3) shaxsning biror bir sohadan habardorligi, shu sohani bilish darajasi.
3
N.M.Muslimovning ta’kidlashicha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi
“qobiliyat” demakdir, biroq “kompetentsiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni
ifoda etishga xizmat qiladi”.
4
Professor B.X.Xodjayev “kompetentsiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar mazmuni
kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqligini ta’kidlab, ushbu tushunchani umumiy o‘rta ta’lim
bilan bog‘lagan holda “kompetentsiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun
zarur bo‘lgan, o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy
talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishidir”
5
, deb ta’rif beradi.
K.J.Risqulovaning fikriga ko‘ra, “kompetentsiya” u yoki bu kasb egasiga zarur bo‘lgan kasbiy
qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa va majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy
deontologik me’yorlar yig‘indisini anglatadi.
6
1
Педaгoгичеcкий cлoвapь // Пoд. pед. В.И.Зaгвязинcкoгo, A.Ф.Зaкиpoвoй. – М.: Aкaдемия, 2008. – 337 c.
2
Миpoненкo Е.C. Кoмпетенции XXI векa vs oбpaзoвaние XXI векa. Вoпpocы теppитopиaльнoгo paзвития. Вып.
2(47). 2019.
3
Safarova R., Jo‘rayev R. Pedagogika: ensiklopediya. II jild. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti. – 2015. – B. 184.
4
Муcлимoв Н.A., Уpaзoвa М.Б., Эшпулaтoв Ш.Н. Кacб тaълими ўқитувчилapининг кacбий кoмпетентлигини
шaкллaнтиpиш теxнoлoгиялapи. – Т.: Fan va texnologiya, 2013. – 160 б.
5
Xodjaev B.X. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tapixiy tafakkurni modepnizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida
rivojlantirish: ped. fanl. doktori ...diss. –T.: 2016. – 290 b.
6
Pisdulova K.J. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari cotsiolingvistik kompetentligini shakllantirish tizimi: ped. fanl. doktori
(DSc). ...diss. avtoref. – T.: 2017. – B. 14.
6
Tadqiqot ishi “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi mohiyatini pedagogik nuqtai
nazardan o‘rganish va tahlil etish, tadqiqot mazmunini yanada kengroq yoritishga xizmat qiladi.
Innovatsion axborot asrida axborot-ma’lumotlardan imkon qadar keng darajada foydalanish,
ularni o‘z istak-ehtiyojlari doirasida boshqara olish turli xalqlar bilan faol kommunikativ
aloqalarni amalga oshirishni taqazo qilmoqda. Bugungi kunda atrofimizni o‘rab turgan axborot
oqimi har bir insonning ta’lim olish jarayoni hamda kundalik hayoti mazmunli va muvaffaqiyatli
kechishi uchun zarur ma’lumotlarni izlash, ulardan o‘zi uchun foydalisini ajratib olish va
o‘zlashtirishni talab etadi. Bunda aynan bir nechta tillarni bilish, tildan amaliy faoliyatda
foydalanishning ahamiyatini tushunish va tayanch kompetentsiyalarning muhim unsuri sifatida
e’tirof etilgan kommunikativ kompetentsiyani egallash lozim.
Kommunikativ kompetentsiya – murakkab kommunikativ ko‘nikmalarga egalikni o‘z ichiga olib,
u muloqotdagi madaniy normalar va cheklovlar, bilim, ta’lim, aloqa sohasi, urf-odatlar, etiket,
odob-axloq va kasbga bog‘liqlik kabi doiralarda o‘rganilgan.
Kommunikativ kompetentsiya – bu muloqot qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va malakalar, turli
aloqalar sohasida hissiy va ijtimoiy tajribani o‘z ichiga olgan shaxsning umumiy kommunikativ
xususiyatidir.
O‘z navbatida kommunikativ qobiliyat quyidagilardan iborat:
– muloqot qilish kerak bo‘lgan kommunikativ vaziyatning ijtimoiy-psixologik prognozini berish;
– muloqot jarayonini ijtimoiy-psixologik jihatdan dasturlash, kommunikativ vaziyatning o‘ziga
xosligiga asoslangan;
– kommunikativ vaziyatda aloqa jarayonlarini ijtimoiy-psixologik boshqarishni amalga oshirish.
Kommunikativ kompetentsiya umumiy madaniyatni va uning professional faoliyatida o‘ziga xos
namoyonlarini sintez qiluvchi integral sifatdir. Kommunikativ kompetentsiyaning shartlaridan
biri, muayyan qoidalar va talablarni bajarishdir. Ushbu qoidalarning eng muhimlari quyidagilar:
1)
umumiy qoida – bu fikr tushunilmagan yoki to‘liq anglanmagan bo‘lsa, aloqa o‘rnatishning
iloji bo‘lmasligi;
2)
tushunish uchun doimiy tayyorgarlik qoidasi – ko‘pincha semantik va shaxsiy to‘siqlar
mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha xabarlarni to‘liq va noto‘g‘ri tushunishga olib kelishi;
3)
aniqlik qoidasi – noma’lum, noaniq so‘zlardan qochish va begona yoki yuqori ixtisoslashgan
atamalardan vaziyatdan kelib chiqib foydalanish;
4)
signallarni nazorat qilish qoidasi – faqat nutq va xabarning mazmunini nazorat qilish
yetarli emas. Bundan tashqari, uning tashqi eskort – yuz ifodalar, imo-ishoralar, intonatsiya va
pozitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qismida uning shaklini nazorat qilish.
5)
joy va vaqt qoidasi – har qanday xabarning samaradorligi o‘z vaqtida amalga oshiriladigan
eng munosib vaziyatni tanlashda keskin oshishini nazarda tutish;
6)
ochiqlik qoidasi – yangi vaziyatlarning ta’siri ostida o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib
chiqishga tayyor bo‘lishni, shuningdek, suhbatdoshning nuqtai nazarini qabul qilish va hisobga
olish;
7)
faol va konstruktiv tinglash qoidasi – samarali kommunikatsiyalarning asosiy sharti;
8)
fikr-mulohaza qoidasi – bu kommunikativ jarayonning asosiy maqsadiga erishishni
ta’minlaydi, ya’ni o‘zaro bir-birini tushunish.
7
7
Коммуникативная компетентность. Электронный ресурс:
https://ru.wikipedia.org/wiki/Коммуникативная_компетентность. Дата обращения: 29.09.2019.
7
Kommunikativ kompetentsiya asosini quyidagilar tashkil qiladi:
muloqotni tashkil qilish;
shaxslararo muloqot ko‘nikmasi;
muloqotni, kontaktni saqlash, teskari aloqani o‘rnatish;
muloqot natijalarini analiz qilish.
8
Keng axborot makoniga ega bo‘lgan zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi o‘quvchi-yoshlardan
kommunikativlikni talab qilmoqda. Bunda esa tilni o‘rgatishning yuqori texnologiyalarini jadal
rivojlantirish, uning doirasida komunikativ qobiliyatlarni rivojlanishi kutilmoqda. Shuningdek,
zamonaviy jamiyatning eng muhim ustuvorliklaridan biri ham – bu shaxsning kommunikativ
kompetentsiyaga egaligi sifatida e’tirof etilmoqda. Har bir o‘quvchi shaxs sifatida rivojlanishi,
o‘zini o‘zi anglashi va shaxsiy o‘sishi, shakllanishi, uning ijobiy o‘zini o‘zi tushunishi, avvalo, unda
shaxsiy kommunikativ kompetentsiyani shakllanganlik darajasiga bog‘liq.
O‘qituvchi, avvalo, o‘quvchining kommunikativ kompetentsiyasi shakllangan yoki qisman
shakllangan bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishi va uning keyingi rivojlanishida e’tiborga
olinishi lozim. Shuningdek, o‘quvchilarning yoshi va o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda, bosqichma bosqich va kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish
diagnostikasini amalga oshirish lozim.
Umumiy o‘rta ta’limda kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari
mavjud bo‘lib, bu asosan o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari va pedagogik muhitga bevosita
bog‘liqdir.
O‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik
xususiyatlarini aniqlash, jamoaning shaxsiy va guruhiy xususiyatlariga asoslangan
metodologiyasini yaratishga imkon beradi. Shu bilan o‘quvchilarning kommunikativ
kompetentsiyasini shakllantirishning aniq usullarini tanlash samarali bo‘ladi.
Bugungi kunda til o‘rgatishda, ta’lim berishda bolaning rivojlanishiga, o‘zini-o‘zi rivojlantirishida
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ta‘limning bunday paradigmasiga o‘tish bilan o‘qituvchiga sifat
jihatdan yangi talablar qo‘yiladi.
Xo‘sh, yangi maktab til o‘rgatishining shakllanib, rivojlanishida bizga Qanday o‘qituvchi
mutaxassislar kerak? Pedagogik ta‘lim oldida bolaning ichki dunyosini tushunadigan, muloqotga
kirisha oladigan munosabatlarni yaratishga intiladigan, bolalar bilan yetarli darajada pedagogik
muloqotga tayyor bo‘lgan mutaxassislar kerak. O‘quvchining qobiliyatlarini maksimal darajada
yuzaga chiqarish, maktab jarayonida uning hissiy erkinligini ta‘minlash uchun professional
insonparvarlik holatini o‘qituvchining mafkuraviy qarashlarda o‘z aksini topishi zarur.
Shu nuqtai nazardan, ta‘lim-tarbiyada o‘zaro munosabatlariga davlatimiz tomonidan ko‘proq
e‘tibor qaratilmoqda. O‘zaro bir-birini tushunish pedagogikada eng samarali usul hisoblanib,
unda munosabatlarning eng to‘liq intilishiga erishiladi, ishtirokchilar muloqotning asosiy shakli
bo‘lgan muloqot orqali o‘z pozisiyalarini kelishib oladilar. Muloqot holatida talabalarga nisbatan
insonparvarlikni egallashda va o‘zlarining kasbiy vazifalarini to‘g‘ri yaratilgan, muloqot orqali
amalga oshirishda qodir bo‘lgan o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj kelajakdagi kommunikativ
kompetensiya o‘qituvchilarini maqsadli rivojlantirish muammosini qo‘yadi.
8
Закинов Э.Ю. Коммуникативность как базис человеческого общения // Педагогические образование и наука. – №
6. – Москва, 2014. – C. 82.
8
Kommunikativ kompetensiya muammosi zamonaviy pedagogika fani va o‘quv amaliyoti uchun
ahamiyatli ekanligini ko‘satadi. Muammoning nazariy jihatdan ishlab chiqilishiga qaramasdan
maktabning pedagogik jarayonida “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari tubdan o‘zgarishlarga
duchor bo‘ladi deb aytish mumkin emas. Keng ko‘lamda olib borilayotgan qator taqiqotlar bu
muammoning zamonaviy pedagogika fani va o‘quv amaliyoti uchun ahamiyatli ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilari uchun axloqiy xulq-atvor va yuksak darajadagi
muloqot madaniyatiga ega bo‘lgan madaniyatli pedagog bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.
Bu muammoning holati o‘rganilayotgan paytda bir qator bir-biriga zid bo‘lgan holatlarga duch
kelamiz va ular quyidagilar:
1)
bolalar bilan o‘zaro munosabatga kirishishda amalga oshiriladigan an‘anaviy yondashuv;
2)
zamonaviy maktabning amaliy muloqotga kirisha oladigan o‘qituvchilarga ehtiyoji;
3)
o‘quvchilarning o‘qituvchilar bilan samarali ishlar olib borish istagini yaratish qobiliyati.
Bir-biriga zid bo‘lgan bunday holatda bizga kommunikativ kompetensiya nima sababdan yoki
nega kerak bo‘ladi?
Kommunikativlikni shaxsning ijtimoiy amaliyotidan butun katta amaliyotda qo‘llashni, ikkinchi
ta‘rif esa kommunikativlikni tushunishni asos ko‘rsatmasdan torayishga olib kelyapti. Insoniyat
madaniyatining bir qismi bu kommunikativ munosabatdir. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy
hayotda yechilishi kerak bo‘lgan muammolarni talabalar adabiy asarlarni o‘qib, teatrga borib
yoki kino tomosha qilib ham kommunikativ tajribani egallab bo‘ladi. Kommunikativ
kompetensiya insonning o‘ziga, tabiiy va ijtimoiy olamda sodir bo‘layotgan voqealarga bo‘lgan
munosabatlarining tizimini tartibga solib beradi.
Kommunikativ kompetensiyaning vazifalari nimalardan iborat? Vazifalaridan biri shuki,
holatlarni yetarli darajada tahlil qilib, talqin qilishni ta‘minlab berish kerak bo‘lgan bilim
resurslariga ega bo‘lishdir. Kommunikativ kompetensiyalarni o‘rganishning yana bir usullaridan
bu – texnik vositalardan foydalanib, tashkil etilgan o‘yinlarni kuzatish yoki bu o‘yinlarni dars
davomida foydalanib ko‘rish, olingan ma‘lumotlarni guruh ichida tahlil qilish kerak.
Umuman olganda aytish mumkinki, kommunikativ kompetensiya boshqa kishilar bilan kerakli
aloqalarni o‘rnatish va unumli foydalanib, shu holatda saqlab qolish tushunilib, kompetensiya
samarali muloqotni ta‘minlab beradigan bilim, ko‘nikma, malakalar jamlanmasi hisoblanadi. Bu
turdagi kompetensiyada aloqada bo‘lgan sheriklarni tushunish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro
ta’sirlashish orqali javob berishning ongli tajribasidir. Shaxs rivojlanishi bilan kommunikativ
kompetensiya takomillashish jarayoni bog‘liqligi yuzaga keladi.
References:
1.
Закинов Э.Ю. Коммуникативность как базис человеческого общения //
Педагогические образование и наука. – № 6. – Москва, 2014. – C. 82.
2.
Педaгoгичеcкий cлoвapь // Пoд. pед. В.И.Зaгвязинcкoгo, A.Ф.Зaкиpoвoй. – М.:
Aкaдемия, 2008. – 337 c.
3.
Миpoненкo Е.C. Кoмпетенции XXI векa vs oбpaзoвaние XXI векa. Вoпpocы
теppитopиaльнoгo paзвития. Вып. 2(47). 2019.
4.
Safarova R., Jo‘rayev R. Pedagogika: ensiklopediya. II jild. – T.: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. – 2015. – B. 184.
9
5.
Муcлимoв Н.A., Уpaзoвa М.Б., Эшпулaтoв Ш.Н. Кacб тaълими ўқитувчилapининг
кacбий кoмпетентлигини шaкллaнтиpиш теxнoлoгиялapи. – Т.: Fan va texnologiya, 2013. –
160 б.
6.
Xodjaev B.X. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tapixiy tafakkurni modepnizatsiyalashgan
didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: ped. fanl. doktori ...diss. –T.: 2016. – 290 b.
7.
Pisdulova K.J. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari cotsiolingvistik kompetentligini
shakllantirish tizimi: ped. fanl. doktori (DSc). ...diss. avtoref. – T.: 2017. – B. 14.
8.
Коммуникативная компетентность. Электронный ресурс:
9.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Коммуникативная_компетентность. Дата обращения:
29.09.2019.