Авторы

  • Zulayho Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.49180

Ключевые слова:

Pedagogika metodika frontal mashg’ulot.

Аннотация

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim tarbiya jarayonida  frontal mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish metodikasi yoritib berilgan.


background image

54

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI

TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK HUSUSIYATLARI

Yuldasheva Zulayho

https://doi.org/10.5281/zenodo.14177426

ANNOTATSIYA:

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim tarbiya

jarayonida frontal mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish metodikasi yoritib berilgan.

KALIT SO’ZLAR:

Pedagogika, metodika, frontal mashg’ulot.

АННОТАТЦИЯ:

В данной дипломной работе раскрыта методика правильной

организации фронтального обучения в процессе обучения в дошкольных
образовательных организациях.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

педагогика, методика, фронтальное обучение.

ABSTRACT:

In this thesis, the methodology of the correct organization of frontal training

in the process of education in preschool educational organizations is explained.

KEY WORDS:

Pedagogy, methodology, frontal training.


Jaxondagi ilg’or tajribalar asosida Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini yangi

sifat bosqichiga ko’tarish ehtiyojining mavjudligi tufayli bu sohada muayyan islohatlar amalga
oshirilmoqda. Bu bоrаdа dаvlаtimiz tоmоnidаn qаbul qilingаn qаtоr fаrmоn, qаrоr vа
fаrmоyishlаr mаktаbgаchа tа’lim tizimini tubdаn islоh qilishgа yо‘nаltirilgаnligi bаrchаning
e’tibоridаdir. О‘zbekistоn Resрublikаsi Рrezidentining 2019 yil 8 mаydаgi РQ-4312-sоnli
“О’zbekistоn Resрublikаsi mаktаbgаchа tа’lim tizimini 2030 yilgаchа rivоjlаntirish
kоnseрsiyаsi”, 2016 yil 29 dekаbrdаgi “2017-2021 yillаrdа mаktаbgаchа tа’lim tizimini yаnаdа
tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi РQ-2707-sоnli, 2017 yil 30 sentаbrdаgi
“Mаktаbgаchа tа’lim tizimi bоshqаruvini tubdаn tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi
РF-5198-sоnli Fаrmоni, 2017 yil 9 sentаbrdаgi «Mаktаbgаchа tа’lim tizimini tubdаn
tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа»gi РQ-3261-sоnli qаrоri, shuningdek, Mаktаbgаchа
tа’lim vаzirligining 2018 yil 18 iyundаgi “Ilk vа mаktаbgаchа yоshdаgi bоlаlаr rivоjlаnishigа
qо‘yilаdigаn dаvlаt tаlаblаri” hаmdа 2022yil 8-fevraldagi “Takomillashtirilgan Ilk qаdаm”
mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаsining Dаvlаt о‘quv dаsturini аmаldа jоriy etish kаbi dаvlаt
hujjаtlаridа bu sоhаgа оid mаsаlаlаrini hаl etish nаzаrdа tutilgаn.Аyni vаqtdа рedаgоgning
kаsbiy mаhоrаti ulаrdа umumiy mаdаniyаt vа аql-zаkоvаtning yuqоri dаrаjаdа rivоjlаngаnligi,
ulаrning рedаgоgikа vа рsixоlоgiyа fаnlаri sоhаsidа bilimlаr bilаn qurоllаngаnligi, о'qitish vа
tаrbiyаlаsh ishlаri tаjribаsidаn erkin vа ustаlik bilаn fоydаlаnа bilishi, о'quv-tаrbiyа ishlаri
metоdikаsini mukаmmаl egаllаgаnligi, mutаxаssisligigа dоir keng vа chuqur bilim sоhibi bо'lishi
kаbilаr bilаn e'tirоf etilmоqdа.

Bоlаlаrgа mаktаbgаchа yоshidаn bоshlаb zаmоnаviy tа’lim berish, ulаrni рsixik, аqliy

vа ijtimоiy jihаtdаn fаоl rivоjlаntirish - xоzirgi kundа mаktаbgаchа tа’lim tаshkilоtlаridа hаl
qilinishi kerаk bо‘lgаn dоlzаrb mаsаlаlаrdаn hisоblаnаdi.

Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OTM larda maktabgacha

ta’lim sohasi uchun tayyorlanayotgan kadrlarning o’quv jarayonida hamda MTTxodimlari
talabalar malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari foydalanishlari uchun,
Maktabgacha talim tashkilotlarining kichi,o’rta, katta va tayyorlov guruhlarida bolalarning yosh
va individual, ijtimoiy hissiy,kongetiv ijodiy rivojlanish indikatorlari bilan bog’liq tavsiyalardan
foydalanib frantal mashg’ulotlarning variativ dasturi ishlab chiqilgan.


background image

55

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning

pedagogik hususiyatlari bo’yicha takliflar ishlanmalar Davlat talablari, ‘‘Takomillashtirilgan Ilk
qadam’’ Davlnat o’quv dasturi asosida frantal mashg`ulotlar rejasi tuzilib amaliyotga kiritidi

Frontal (umumiy gurux bilan ishlash) mashg’ulotlar - maktabgacha ta’lim tashkilotidagi

kompleks ta’lim jarayoning bir qismidir.

Frontal mashg’ulot

– maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limni tashkil etishning bitta

shakli bo’lib, ma’lum bir tartib va rejali amalga oshiriladigan mashg’ulotlarni tashkil etish
usulidir. Frontal mashg’ulotlarni o’tkazishda: Ishtirokchilar soni bo’yicha; Ular orasidagi o’zaro
ta’sir kuchi; Faoliyat usullari; O’tkazish joyi alohida ahamiyatga ega bo’ladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruxlardagi frontal mashg’ulotlar quyidagilar: nutq

o’stirish, o’qish va yozish malakalari- haftada 2ta; elementar matematika-haftada 2ta; tayyorlov
guruxlarida savodga o’rgatish mashg’uloti - haftada 2ta;jismoniy tarbiya mashg’uloti - haftada
1ta;musiqa mashg’uloti- haftada 2ta;maktabga tayyorlov guruxlarida ikkinchi tilga o’rgatish
mashg’uloti- haftada 2 ta Xoreografiya - haftada 2 ta deb belgilangan.

Qolgan mashg’ulotlar

badiiy adabiyot mashg’uloti markazlarda va kun davomida olib

boriladi. Tasviriy faoliyat, applikatsiya, loydan yasash, qurish-yasash, fan va tabiatshunoslik
asoslari\ekalogiya mashg’ulotlari markazlarda o’tkaziladi. Ertalabki, kechki soatlarda umumiy
gurux bilan qo’shimcha, bolalar qiynalayotgan mavzularni tarbiyachi o’tishi mumkin.Tarbiyachi
ishchi jurnalida kechki soatda “o’yin va ta’limiy faoliyatlar” degan qism aynan shu yerda bolalar
bilan rasm chizish, qaychi bilan, loy bilan ishlashni o’rgatish mumkin. Mashg’ulotlar setkasida
Tasviriy faoliyat, applikatsiya, loy uchun mashg’ulot soni berilgan bo’lsa xam ular “San’at”
markazida, fan va tabiatshunoslik asoslari\ ekalogiya mashg’ulotlari “Ilm, fan va tabiat”
markazida, badiiy adabiyot, nutq o’stirish mashg’ulotlari ”Til va nutq” markazida, matematika va
qurish- yasash mashgulotlari “Qurish yasash, konstruktsiyalash matematika” markazida
o’tkaziladi. “Syujetli rolli o’yinlar” markazida o’ynaladigan mazmunli qoidali o’yinlar bolalarda
erkin harakat qilish, muloqotga kirishish, fikrlash, yangi g’oyalar yaratishga imkon beradi.
Maishiy hayot bilan tanishish imkonini beradi. “Mavzuli rejalashtirish” qo’llanmasiga asosan
markazlarda bitta mavzu 2, 3, 4 xatto 5 kungacha ishlaydi. Markazda ham bolalar 20,25,30
daqiqa shugullanadilar. Bularning hammasini mashgulot setkasidagi mashgulot soniga
moslashtiriladi. Markazlarni ishlashini inobatga olgan xolda mashgulotlar jadvalidagi
mashg’ulotlar soni bajarilayotganligini ko’ramiz.

Frontal mashg’ulotlar markazlardagi faoliyatlarni kuzatish asosidan kelib chiqadi - deb

aytdik yuqorida. Masalan matematikaning qismlari quyidagilar: son-sanoq, ranglar, geometrik
shakllar, fazoviy tushunchalar, vaqt. Mana shu 5 ta qismni "Qurish-yasash va konstruktsiyalash
matematika" markazida bolalar faoliyati davomida kuzatish mumkin. Bolalar markazda nimaga
ko’proq e’tibor bermoqdalar.

Masalan ranglar haqida bolalar tinmay gapiradilar, (qizil kubikni ber, yashilni bu yerga

qo’y. men oq rangni tanladim kabi jumlalar bilan), geometrik shakllar haqida ham xuddi
shunday, (to’rtburchaklarni menga ber, meni uyim kvadrat, menga oval shaklini ber, doirani
mana bu joyga qo’y kabilar),markazdagi o’yinchoqlar, o’yinlar asosida bola son- sanoq bilan ham
ishlaydi. Predmetlarni sanaydi, orqaga ham sanaydi.Ularni o’rnini almashtiradi, juft sonlarni
alohida toq sonlarni alohida qilib ham joylashtiradi. Fazoviy tushunchalar, arifmetik masalalarni
yechish, vaqt haqidagi tushunchalar markazda ko’p foydalanilmasligi mumkin. Matematikaning
aynan mana shu qismlari tarbiyachi tomonidan ijod qilinadi va mashg’ulot ishlanmasi tuzib


background image

56

chiqiladi. Qanchalik markazga ko’p o’yin, ko’rgazmali qurol va o’yinchoqlar qo’yilsa bola
markazni o’zida rivojlanadi. Huddi shunday nutq o’stirish mashg’ulotida ham. O’zingizga
ma’lum maktabga tayyorlov guruxlarida asosan hikoyalar tuzish orqali bolaning nutqini
rivojlantirishga qaratiladi. Ya’ni hikoya tuzishning mavzuli rasmlar asosida hikoya tuzish,
ertaklarni qayta hikoya qilish, predmetga qarab hikoya tuzish, tasavvuri asosida hikoya tuzish va
ijodiy hikoya turlari mavjud. Mana shunday hikoyalar tuzish uchun bizda mazmunli, mavzuli
rasmlar, ertaklardan parchalar tasvirlangan suratlar, pedmetlar tasvirlangan kartochkalar va
ko’plab jihozlar borki ularni ko’rib bolaning nutqi rivojlanadi. Demak nutq rivojlanayotgan ekan
bolada so’z tuzilishlari, bo’g’inlar, so’zlarning ma’nosi , sodda gaplar, 3-4 to’rtta so’zdan iborat
qo’shma gaplarni tuzishga o’rgatish tarbiyachiga frontal mashg’ulot uchun qolmoqda. Natijada
bolalarning nutqi yanada rivojlanib aqliy qobilyatlari oshib boradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlovchi pedagogika oliy

ta’lim muassasalari bakalaviryat ta’lim yo’nalishlari o’quv reja va fan dasturlariga Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik hususiyatlari, mazkur
jarayonning neyrapedagogik hususiyatlari xamda bolalarning ijtimoiy rivojlanishida
uchraydigon muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga oid mavzularni kiritish maqsadga
muvofiq bo’lar edi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli «2017-

2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarori
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston

Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
3.

Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob

xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi
nutqi. T.: “O‘zbekiston”, 2016.
4.

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston”, 2017.
5.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, T.: 2018.

6.

“Ilk kadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.T.: 2022.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”

Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. T.: “O‘zbekiston”, 2016.

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston”, 2017.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, T.: 2018.

“Ilk kadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.T.: 2022.