Авторы

  • Akobr Abdullayev
    Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.49190

Ключевые слова:

Maktabdan tashqari ta’lim psixologiya pedagogika bolalarni shaxsiy rivojlantirish qattiq va yumshoq ko‘nikmalar.

Аннотация

Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Psixologik va pedagogik jihatlarga urg‘u bergan holda maktabdan tashqari ta’lim jarayonini rivojlantirish, bu tajribali pedagoglar, qulay ta’lim shart-sharoitlari, erkin-ijodiy faoliyatni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola shaxsda bolalaikdan maktabdan tashqari ta’lim orqali zamonaviy shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish qisqacha o‘rganilgan.


background image

26

BOLALARDA ZAMONAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA –

QO‘SHIMCHA (MAKTABDAN TASHQARI) TA’LIMNING O‘RNI

Abdullayev Akobr Shokir o‘g‘li

Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.14058728

Annotatsiya:

Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni

tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Psixologik va
pedagogik jihatlarga urg‘u bergan holda maktabdan tashqari ta’lim jarayonini rivojlantirish, bu
tajribali pedagoglar, qulay ta’lim shart-sharoitlari, erkin-ijodiy faoliyatni qo‘llab quvvatlashga
bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola shaxsda bolalaikdan maktabdan tashqari ta’lim orqali
zamonaviy shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish qisqacha o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Maktabdan tashqari ta’lim, psixologiya, pedagogika, bolalarni shaxsiy

rivojlantirish, qattiq va yumshoq ko‘nikmalar.


Bugungi kunda rivojlangan davlatlar shaxs taraqqiyotini ikki tipga mansub ko‘nikmalar

mezonlari asosida belgilaydi. Qattiq va yumshoq ko‘nikmalar. Qattiq ko‘nikmalarni maktab,
umumta’lim fanlari shakllantiruvchi bilim-ko‘nikmalar, masalan fizika qonunlari, matematika
formulalari, xarita tuzulishi va h.k. Yumshoq ko‘nikmalar bu insonning ijodik fikrlay olishi,
hayotda turli vaziyatlarda masalaga adekvat baho berib o‘zini tutishi, ijtimoiy moslashishiga
ta’sir qiluvchi ijodiy va mantiqiy tafakkur, muloqot, tahlil qila olish kabilardir.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bolalarni individual va tabiiy potensialini

ochilishiga hamda qobiliyatlarini shakllanishiga yordam beruvchi, bo‘sh vaqtini mazmunli
o‘tkazish, vaqtdan unumli foydalanish shaxsiy rivojlanish, ichki imkoniyatlaridan foydalanishga
imkoniyat yaratuvchi, bolalarni o‘zidagi qiziqishlarini rivojlantirishga, qiziqishlari orqali
muayyan hayotiy yoki shaxsiy maqsadlarga erishishga ko‘maklashuvchi vazifalarni bajarishi
kerak. Chunki, o‘quvchi-yoshlar maktabda belgilangan dasturlarga kiritilgan fanlarni
o‘zlashtirish jarayonida asosan informatsion va intelektual jihatdan rivojlanadi. Maktabdan
tashqari ta’lim jarayonida esa o‘quvchida ijodiy bilim-ko‘nikmalar shakllanadi.

Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos psixologik-pedagogik o‘ziga

xosliklari mavjud bo‘lib, ularni e’tiborga olish mazkur ta’lim jarayonining samaradorligini
belgilaydi. Jumladan:
-o‘quvchi-yoshlarda qo‘shimcha maktabdan tashqari ta’lim olish istagi va irodasi mavjudligi;
-maktab ta’limidan farqli ravishda individual yondoshuv va ko‘p variant(qirra)lilik tamoyiliga
asoslanish;
-bo‘sh vaqtni mazmuni tashkil etishni o‘rgatish;
-bolalar ongida ta’limiy va rivojlantiruvchi xususiyatga ega tizim sifatida munosabat shakllanishi;
-o‘quvchi uchun maqbul texnologiya va status;
-bola, ota-ona, oilaning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriliganlik.

Bugunning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari umumta’lim tizimining bir qismiga

aylanib qolganligi, maktabdan tashqari ta’lim sifati va statusini yuqori suratlarda o‘sishiga imkon
bermaydi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘zining o‘ziga xosligi va shunday o‘ziga xos
tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Ota-onalar tomonidan o‘z farzandini maktabdan tashqari ta’lim jarayoniga o‘z ixtiyori bilan

jalb qilishlari, bir tarafdan eng qimmatli bo‘lgan bolaning bo‘sh vaqtini foydali faoliyatga


background image

27

investitsiya qilish bo‘lsa, bu orqali kelajakda oila uchun moddiy, estetik va ma’naviy foyda olish
maqsadi asosiy hayotiy rejadir. Rivojlandan davlatlarda maktabdan tashqari ta’lim jarayoni bola
uchun shaxsiy va kelajakda professional rivojlanish uchun eng muhim ta’lim-tarbiya
komponentidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, maktabdan tashqari ta’lim bolani ham ota-onani
o‘ziga tortuvchi xususiyatlari bor, bu xususiyatlar orqali ota-ona eng ta’lim-tarbiya jarayonini
maktabdan tashqari ta’lim muassasa pedagoglariga proeksiya qilsa, bola o‘zini o‘zi namoyon
etish orqali ijtimoiylashadi va o‘zini jamiyatda aktual darajasini ongli ravishda bunyod eta
boshlaydi. Maktabdan tashqari ta’lim jarayonida bola va ota-ona uchun qulay jihat shundaki, ular
qiziqish va intilish, vaqt, faollik hajmidan kelib chiqqan holda katta tanlov imkoniga ega bo‘ladi.
Shu orqali shakllanayotgan shaxsda ta’limiy ehtiyojlar qoplanadi.

Maktabdan tashqari ta’lim jaroyonida bolani rivojlantirish quyidagi uchta yo‘nalishda olib

boriladi va har bir yo‘nalish alohida psixologik-pedagogik jihatdan bolaning yosh imkoniyatlarini
e’tiborga olib, umumiy chuqur tahlil qilinib, rejalashtirilgan pedagogik shart-sharoitlarda yuzaga
chiqadi:
-bolaning shaxsiy rivojlanishi;
-bola tanlagan faoliyat turida uni malakasini oshirish va rivojlantirish;
-bolaning ta’lim jarayonida funksional savodxonligini oshirish.

Maktabdan tashqari ta’lim bola uchun belgilangan davlat ta’lim standartlaridan chiqib,

qiziqishlardan kelib chiqib erkin tanlov qilish hamda o‘zini namoyon qiluvchi ta’lim muhitini
berishi lozim. Chunki, maktabdan tashqari ta’lim majburiylik ustiga qurilsa, disfunksiya yuzaga
keladi. “Qila olaman”, “xohlayman”, “qo‘limdan keladi”, “xatodan qo‘rqmayman” kabi pozitsiyalar
(fikrlar) ostida bolalarni birlashtiruvchi mazkur ta’lim jarayoni, bolalarga qo‘llab-quvvatlovchi,
psixologik komfort muhitini beradi.

K.D.Ushinskiyning fikriga ko‘ra bola maktabdan tashqari ta’lim jarayonidan hayotning turli

qiyinchiliklariga bardosh bera oladigan, insoniyatni salbiy ta’sirlardan himoyalovchi, hamma
narsadan faqat ezgulikni olib chiqadigan inson bo‘lishi kerak. Shu tariqa bolada qadriyat
ustanovkalari shakllanadi. Bolaga u bajara olmaydigan talabni qo‘yish, bajarmagan ishi uchun
jazolash kerak emas. Maktabdan tashqari ta’limda bola o‘zi tanlagan ta’lim dasturini istagan
temp va hajmda bajarishi mumkin. Albatta, yuqoridagilarga maktabdan tashqari ta’lim
muassasalar pedagoglari ideal darajada mos bo‘lishi zarur.

YuNESKO ning Xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartlarida maktabdan tashqari ta’lim

uchun alohida mezonlar qo‘yilmagan, bu mazkur ta’lim jarayonining yakka va eng to‘g‘ri
nazariyasi mavjud emasligidan, fan bilan hali umumlashtirilgan va o‘rganilgan analogi
yo‘qligidan dalolat beradi. Lekin, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni foydali mehnatga jalb qilingan, ma’naviy, umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijtimoiy moslashuvchan shaxs sifatida shakllanishi
pedagoglarimiz va umuman ta’limning eng asosiy vazifasiga aylanib bormoqda.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, yurtimozda xususan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi tizimida maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish birinchi navbatda o‘quvchilarni oliy
qadriyat deb biluvchi ijodkor pedagoglar, bolalarning individual psixologik xususiyatlarini
inobatga oluvchi moslashuvchan va qiziqarli ta’lim jarayonini barpo etish bilan rivojlanadi. Shu
asosda, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar, chinakkam
barkamol avlod, shakllanadi.


background image

28

References:

1.

Андреева Г.М. Сотсиалная психология. – М.: Аспект пресс, 1998. - С.137-303.

2.

Боровиков Л.И. Педагогика доп. Образования: Учеб метод. Пособие для

руководителей детских творческих объединений. - Новороссийск. 2004.
3.

Голованов В.П. Методика и технология работы педагога дополнительного

образования. М., 2004.
4.

http://uis.unesco.org/sites/default/files/documents/isced-2011-ru.pdf

5.

http://www.dslib.net/obw-pedagogika/pedagogicheskie-uslovija-razvitija-

dopolnitelnogo-obrazovanija-shkolnikov.html

6.

http://www.dissercat.com/content/pedagogicheskie-osnovy-razvitiya-sistemy-

dopolnitelnogo-obrazovaniya-detei-v-polinatsionalno

7.

https://works.doklad.ru/view/Mm11DKO1KQk.html

Библиографические ссылки

Андреева Г.М. Сотсиалная психология. – М.: Аспект пресс, 1998. - С.137-303.

Боровиков Л.И. Педагогика доп. Образования: Учеб метод. Пособие для руководителей детских творческих объединений. - Новороссийск. 2004.

Голованов В.П. Методика и технология работы педагога дополнительного образования. М., 2004.