Авторы

  • Hilolа Sаypillаyevа
    Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti, Pedаgogikа-psixologiyа vа musiqа yo‘nаlishlаridа mаsofаviy tа’lim kаfedrаsi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.49215

Ключевые слова:

Fanlararo integratsiya klasteri modeli innovatsion texnologiyalar kompleks yondashuv optimaallashtirish ixtisoslik modullari.

Аннотация

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda. Shulardan biri – klaster modeli asosida ixtisoslik modullarini o‘qitishdir. Ushbu maqola klaster modelining mohiyati, afzalliklari va uning samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan.


background image

136

OLIY TA’LIMDA IXTISOSLIK MODULLARINI O‘QITISHNING KLASTER MODELI

SAMARADORLIGI

Sаypillаyevа Hilolа Bаrot qizi

Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti, Pedаgogikа-psixologiyа vа musiqа yo‘nаlishlаridа

mаsofаviy tа’lim kаfedrаsi o‘qituvchisi

Pochtа mаnzili: hsаypillаyevа@mаil.ru

+998507730775

https://doi.org/10.5281/zenodo.14235344

Аnnotаtsiyа.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy

mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish,
talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda. Shulardan biri – klaster
modeli asosida ixtisoslik modullarini o‘qitishdir. Ushbu maqola klaster modelining mohiyati,
afzalliklari va uning samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Kаlit so‘zlаr.

Fanlararo integratsiya, klasteri modeli, innovatsion texnologiyalar, kompleks

yondashuv, optimaallashtirish, ixtisoslik modullari.

Абстрактный.

Сегодня вопрос повышения качества образования и подготовки

кадров в соответствии с требованиями современного рынка труда в системе высшего
образования приобретает актуальное значение. Существует необходимость повышения
эффективности обучения и развития знаний и умений учащихся за счет использования
инновационных методов в образовательном процессе. Один из них – обучение модулей
специализации на основе кластерной модели. Данная статья посвящена анализу сущности,
преимуществ и эффективности кластерной модели.

Ключевые слова.

Междисциплинарная интеграция, кластерная модель,

инновационные технологии, комплексный подход, оптимизация, модули специализации.

Аbstrаct.

Сегодня вопрос повышения качества образования и подготовки кадров в

соответствии с требованиями современного рынка труда в системе высшего образования
приобретает актуальное значение. Существует необходимость повышения эффективности
обучения и развития знаний и умений учащихся за счет использования инновационных
методов в образовательном процессе. Один из них – обучение модулей специализации на
основе кластерной модели. Данная статья посвящена анализу сущности, преимуществ и
эффективности кластерной модели.

Keywords.

Interdisciplinary integration, cluster model, innovative technologies, integrated

approach, optimization, specialization modules.


Oliy ta’lim muassasalarida fan bloklarini modulli o‘qitish moslashuvchan o‘quv mazmuni,

tizimning tashkiliy-didaktik jarayonlarida o‘quv-bilish faoliyatini talabaning individual
imkoniyatlari, ehtiyojlari asosida ularning kelajak kasbiy faoliyat trayektorisini belgilab berish,
talabaning ijtimoiy moslashuvi, shaxsini rivojlanishini individual o‘quv rejaga muvofiq qulay
pedagogik shart-sharoitlarni yaratishni taqoza etadi. Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi
ixtisoslik modullari «Pedagogik texnologiyalar”, “Pedagogika va pixologiya fanlarini o’qitish
metodikasi”, “Psixologik xizmat” fanlari dasturlarini qiyosiy taxlil qilish, fanlarning biri-birini
to‘ldiruvchi va tavsiya etilayotgan metodlarni kataklariga yozib chiqingdasturi murakkab


background image

137

didaktik maqsadni amalga oshiradi, u didaktik maqsadlarni birlashtirishni o‘z ichiga oladi,
ularning har biriga erishish muayyan modul bilan ta’minlanadi.

Modulning mazmuni qisman didaktik maqsadlarga mos keladigan ta’lim elementlariga

tuzilgan va har bir o‘quv elementi kasbiy faoliyatning o‘ziga xos funksional elementi bilan bog‘liq
bo‘lishi kerak. Belgilangan fan modulini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:

-

didaktik tizimning har bir komponentini va uning modulli dastur va modullarda vizual

tasvirini majburiy o‘rganish;

-

o‘quv jarayonini to‘g‘rilash imkonini beruvchi o‘quv mazmunini aniq tuzilish, nazariy

materialni izchil taqdim etish, o‘quv jarayonini didaktik materiallar va bilimlarning
o‘zlashtirilishini nazorat qilish tizimi bilan ta’minlash;

-

o‘qitishning o‘zgaruvchanligi, o‘quv jarayonini talabalarning individual imkoniyatlari va

ehtiyojlariga moslashtirish.

Har bir modul mustaqil ravishda o‘zlashtirilishi mumkin va ularning kombinatsiyasi yakuniy

maqsadga erishishga imkon beradi.

Modullar doirasida har bir faoliyat turining nazariy va amaliy jihatlarini kompleks, sinxron

o‘rganish amalga oshiriladi. Bu keraksiz nazariyani “yo‘q qilish” va hajmni haqiqatan ham zarur
nazariy bilimlar foydasiga qayta taqsimlash orqali sodir bo‘ladi, bu esa kompetensiyalarni
o‘zlashtirish, ularni tartibga solish va tizimlashtirish imkonini beradi, bu esa pirovardida
talabalarning motivatsiyasini oshirishga olib keladi.

1982 yilda YUNESKOning konferensiya hisobotida modul “individual yoki guruhli o‘rganish

uchun alohida ko‘nikma yoki ko‘nikmalar guruhiga diqqat bilan ta’sir qilish va o‘z tezligida
mashqlar orqali progressiyani olish uchun mo‘ljallangan alohida o‘quv majmuasi” deb ta’riflangan.
Tyexnik ta’limda modulli yondashuvga boshqa tizimdan mustaqil ravishda o‘rganilishi mumkin
bo‘lgan va aniq nou-xau yoki ko‘nikma hosil qiluvchi o‘quv jarayoni birligi sifatida qaraladi.
S.Ya.Batыshev “modul - bu blokning bir qismi, har qanday aniq ishni bajarish uchun ma’lum
nazariy va amaliy ko‘nikmalarni dastlabki egallashni ta’minlaydigan o‘quv materiali hajmi”
ekanligini ko‘rsatadi

1

.

Modulning ko‘plab mavjud ta’riflariga qaramay, fikrimizcha ularning barchasini uchta

jihatga ko‘ra tizimlashtirish mumkin:

malaka tavsiflari talablariga javob beradigan o‘quv fanlari majmuini ifodalovchi

mutaxassislik bo‘yicha davlat o‘quv dasturining birligi sifatida;

bir mutaxassislikni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan turli o‘quv fanlaridan mavzular

(bo‘limlar) majmuasini ifodalovchi va o‘quv jarayonining fanlararo aloqalarini ta’minlovchi
tashkiliy-uslubiy fanlararo tuzilma sifatida;

bitta o‘quv fanining tashkiliy-uslubiy tarkibiy bo‘linmasi sifatida.
Modulli o‘qitishda talabaning individual modullardan (modulli birliklar) tashkil topgan

individual dasturni o‘zlashtirish bo‘yicha nisbatan mustaqil ishi hisoblanadi. Har bir modul to‘liq
professional harakatni ifodalaydi, uning rivojlanishi bosqichma-bosqich operatsiyalar orqali
davom etadi. Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan

1

Батышев С.Я. Задачи системы профессионально технического образования в условиях перехода к рыночной

экономике. – Ассоциация «Профессионального образования», - 1993. – 91 с.


background image

138

tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni
individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

- o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
-o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;
-o‘qitishni jadallashtirish;
-fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi

muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar talabalarning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari,
ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan
to‘ldirilishi kerak.

Oliy ta’limda ixtisoslik modullarini o‘qitishda fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni

ta’minlashga, o‘qitishni jadallashtirishga, talabalarning bilimini muntazam nazorat qilishga va
baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o‘rgatishga hamda o‘quv materialini bosqichma-
bosqich o‘qitish orqali fanni samarali o‘zlashtirishiga erishiladi.

Ta’lim jarayonida ijtimoiy tajriba orttiriladi va voqelikka hissiy va qadriyatga asoslangan

munosabat shakllanadi. “Modulli ta’lim” tushunchasi 60-yillarning oxirida shakllantirilgan. XX
asrda AQSHda pedagogik nazariya va amaliyotda to‘plangan ko‘plab ilg‘or g‘oyalarni o‘zida
mujassamlashtirgan holda an’anaviy ta’limga muqobil sifatida paydo bo‘ldi.

Turli tadqiqotchilarning modulli ta’limga qiziqishi turli maqsadlarga erishish istagi bilan

belgilanadi. Oliy ta’limda ixtisoslik modullarini o‘qitish samaradorligini oshirish borasida
mamlakatimiz olimlari N.X.Avliyoqulov

2

va K.T.Olimov

3

larning pedagogik texnologiyani

loyihalash bosqichlari va modulli o‘qitish tamoyillarini ishlab chiqish borasidagi izlanishlari,
J.Gʻ.Yo‘ldoshev

4

ning hozirgi pedagogik texnologiyalarning umumiy asoslarini yoritishga

bag‘ishlangan tadqiqotlari, M.I.Daminov

5

, S.Yu.Ashurova

6

ning modulli o‘qitish texnologiyalari

bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini misol qilib keltirish mumkin.

Ta’limda modul axborot, faoliyat, jarayon yoki tashkiliy-uslubiy tuzilmaning nisbatan yaxlit

tarkibiy birligidir.

Modulning ichida maqsadli funksional birlik sifatida uni o‘zlashtirishning mazmuni va

texnologiyasi yuqori darajadagi yaxlitlik tizimiga birlashtirilgan. Shuning uchun uni metodi,
mustaqillik darajasi va sur’ati jihatidan individuallashtirilgan o‘quv dasturi deb hisoblash
mumkin.

Modulli tuzilma o‘zaro bog‘langan tizim elementlaridan iborat bo‘lib, supertizimlar va quyi

tizimlarga “kirish va chiqish”ga ega. Modulning asosiy xarakteristikalari nisbiy to‘liqlik,

2

Авлиёқулов Н.Х. Ўқитишнинг модул тизими ва педагогик технологияси амалий асослари. -Бухоро."Муаллиф",

2001 й

3

Олимов Қ.Т. Педагогик технологиялар. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2011. – 275 б.

4

Йўлдошев Ж.Ғ. ва Пўлатов Ш.П., Таълимда методик хизматни инновацион технологиялар асосида ташкил этиш,

ўқув-методик қўлланма, Тошкент –“Замонавий таълим” – 2011, 165.

5

Даминов М.И., Таълимда модулли технологияни қўллашнинг таҳлили ва моҳияти. Педагогик маҳорат – Бухоро,

2007. №1- Б-11-14.

6

Aшyрова С.Ю. Maxcyc фанларни модулли укитишнинг илмий-услу6ий асослари. Дисс... пед.ф.н. -Т.: 2005 .-180 б.


background image

139

normalizatsiya, avtonomiya, uzluksizlik va boshqa modullar bilan o‘zgaruvchan tarzda
birlashtirilishi mumkin.

Ta’lim - ta’lim olishning asosiy yo‘li, o‘qituvchilar, usta murabbiylar va boshqalar

rahbarligida bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayonidir.

Zamonaviy tadqiqotchi P.A.Yusyavichene modulni “qo‘yilgan didaktik maqsadlarga

erishishni ta’minlaydigan mantiqiy to‘ldirilgan o‘quv materiali birligi, maqsadli harakatlar dasturi
va uslubiy rahbarlikni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bloki” deb ta’riflaydi.

Ushbu tadqiqot mualliflari modulli o‘qitish maqsadini o‘qitish mazmunida

moslashuvchanlikni ta’minlash, ta’limni tashkil etish orqali shaxsning individual ehtiyojlari va
uning asosiy tayyorgarlik darajasiga moslashtirish orqali individual o‘quv dasturiga muvofiq
kognitiv faoliyatda shaxsiy rivojlanish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishda ko‘rishadi.
Modulli o‘qitish zamonaviy didaktik nazariyalarning rivojlanish dinamikasini o‘zlashtirib,
ularning xususiyatlarini sintez qildi, bu esa tarkibni tanlash, uni taqdim etish va o‘quv jarayonini
tashkil etish usullariga turli yondashuvlarni yanada muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon berdi. Bu
modulli ta’limning ta’limning boshqa nazariya va konsepsiyalariga nisbatan uzluksizligini
ko‘rsatadi [4].

Oliy ta’limda ixtisoslik modullarini o‘qitish samaradorligi kurs dasturini tashkil etuvchi

modulli dasturlar va modullarning sifatiga, shuningdek, kompleks, integratsiyalashgan va aniq
maqsadlarning uyg‘unligiga bog‘liq. Ixtisoslik modullarini o‘qitish dasturini tuzayotganda har bir
modulning mazmuni va o‘quv mashg‘ulotlari jadvali bo‘yicha shakllanish mantig‘ini hisobga olish
zarur. O‘quv modulining kognitiv qismi mazmunining asosiy elementi sifatida darslikdan
foydalaniladi, undagi ma’lumotlar xarita shaklida tuziladi, dars mavzusi, darslikdagi ushbu
material joylashgan sahifa va o‘quv materialini o‘zlashtirishda talaba javob berishi kerak bo‘lgan
test savollari ko‘rsatiladi.

OTMda o‘qitiladigan pedagogik turkum fanlar yoki o‘quv modullari mazmunini ham mavjud

huquqiy-me’yoriy asoslar, qonunchilik talablari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, jumladan, axborot-
kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanib, ixtisoslik modullarini o‘qitish o‘qituvchilarni ilmiy
va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy
uslublariga oid so‘nggi yutuqlar bilan tanishtirish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.

Maqolada fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi

muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar bo‘yicha modulli o‘qitishni tashkil etish hamda ixtisoslik
modullarini o‘qitish samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-sonli farmoni – 2022-yil.

2.

H.Saypillayeva. // ILIM hám JÁMIYET

Ilimiy-metodikalıq jurnal // oliy ta’limda ixtisoslik

modullarini oʻqitish samaradorligini oshirish texnologiyalari – 2024-yil, №1/2, 72-73 bet.
3.

H.Sаypillаyevа. // Аmericаn Journаl of Interdisciplinаry Reseаrch аnd Development

//

Didаctic

opportunities

of

integrаtion

in

the

content of speciаlty modules – 2024 yil 11-bet.
4.

H.Sаypillаyevа. // KАSB-HUNАR TА’LIMI // Ixtisoslik modullаrini o‘qitishdа individuаl


background image

140

tа’lim tаmoyillаrining qo‘llаnilishi – 2024-yil 2-son, 87-bet.
5.

Юцявичене П. Теория и практика модульного обучения. / П. Юцявичене. – Каунас:

Швиеса, 1989. – 272с.
6.

Авлиёқулов Н.Х. Ўқитишнинг модул тизими ва педагогик технологияси амалий

асослари. -Бухоро."Муаллиф", 2001 й
7.

Олимов Қ.Т. Педагогик технологиялар. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2011. –

275 б.
8.

Йўлдошев Ж.Ғ. ва Пўлатов Ш.П., Таълимда методик хизматни инновацион

технологиялар асосида ташкил этиш, ўқув-методик қўлланма, Тошкент –“Замонавий
таълим” – 2011, 165.
9.

Даминов М.И., Таълимда модулли технологияни қўллашнинг таҳлили ва моҳияти.

Педагогик маҳорат – Бухоро, 2007. №1- Б-11-14.
10.

Aшyрова С.Ю. Maxcyc фанларни модулли укитишнинг илмий-услу6ий асослари. Дисс...

пед.ф.н. -Т.: 2005 .-180 б.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-sonli farmoni – 2022-yil.

H.Saypillayeva. // ILIM hám JÁMIYET Ilimiy-metodikalıq jurnal // oliy ta’limda ixtisoslik modullarini oʻqitish samaradorligini oshirish texnologiyalari – 2024-yil, №1/2, 72-73 bet.

H.Sаypillаyevа. // Аmericаn Journаl of Interdisciplinаry Reseаrch аnd Development // Didаctic opportunities of integrаtion in the

content of speciаlty modules – 2024 yil 11-bet.

H.Sаypillаyevа. // KАSB-HUNАR TА’LIMI // Ixtisoslik modullаrini o‘qitishdа individuаl tа’lim tаmoyillаrining qo‘llаnilishi – 2024-yil 2-son, 87-bet.

Юцявичене П. Теория и практика модульного обучения. / П. Юцявичене. – Каунас: Швиеса, 1989. – 272с.

Авлиёқулов Н.Х. Ўқитишнинг модул тизими ва педагогик технологияси амалий асослари. -Бухоро."Муаллиф", 2001 й

Олимов Қ.Т. Педагогик технологиялар. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2011. – 275 б.

Йўлдошев Ж.Ғ. ва Пўлатов Ш.П., Таълимда методик хизматни инновацион технологиялар асосида ташкил этиш, ўқув-методик қўлланма, Тошкент –“Замонавий таълим” – 2011, 165.

Даминов М.И., Таълимда модулли технологияни қўллашнинг таҳлили ва моҳияти. Педагогик маҳорат – Бухоро, 2007. №1- Б-11-14.

Aшyрова С.Ю. Maxcyc фанларни модулли укитишнинг илмий-услу6ий асослари. Дисс... пед.ф.н. -Т.: 2005 .-180 б.