Авторы

  • Mushtari Mamurova
    Farg‘ona davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.49222

Ключевые слова:

Maqsud Qoriyev tarixiy roman janr o‘zbek adabiyoti uslub xarakter an’ana.

Аннотация

Maqolada tarixiy roman janri  hamda ushbu janrda qalam tebratgan Maqsud Qoriyevning o‘ziga xos uslubi, tarixiy asarlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Maqsud Qoriyev o‘z ijodida uslubni rivojlantiruvchi an’analardan ham samarali foydalangani va shu orqali ular rivojiga katta hissa qo‘shgani haqida to‘xtalib o‘tilgan


background image

112

TARIXIY ROMAN JANRIDA MAQSUD QORIYEV USLUBI

СТИЛЬ МАКСУДА КАРИЕВА В ЖАНРЕ ИСТОРИЧЕСКОГО РОМАНА

MAKSUD KORIYEV'S STYLE IN HISTORICAL NOVEL GENRE

Mamurova Mushtari Maxammadjanovna

Farg‘ona davlat universiteti

Adabiyotshunoslik kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti

E-mail: mmmamurova@gmail.com

Tel: 90 581 30 40

https://doi.org/10.5281/zenodo.14207940

Annotatsiya

. Maqolada tarixiy roman janri hamda ushbu janrda qalam tebratgan Maqsud

Qoriyevning o‘ziga xos uslubi, tarixiy asarlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek,
Maqsud Qoriyev o‘z ijodida uslubni rivojlantiruvchi an’analardan ham samarali foydalangani va
shu orqali ular rivojiga katta hissa qo‘shgani haqida to‘xtalib o‘tilgan

Аннотация:

В статье содержатся сведения о жанре исторического романа,

уникальном стиле и исторических произведениях Максуда Кариева, написавшего этот
жанр. Также было отмечено, что Максуд Кариев эффективно использовал в своем
творчестве традиции, развивающие стиль, и тем самым внес большой вклад в их
развитие.

Abstract:

The article contains information about the historical novel genre and the unique

style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre. It was also mentioned that
Maksud Koriyev effectively used the traditions that develop the style in his work and thereby
made a great contribution to their development.

Kalit so‘zlar:

Maqsud Qoriyev, tarixiy roman, janr, o‘zbek adabiyoti, uslub, xarakter,

an’ana.

Ключевые слова:

Максуд Кариев, исторический роман, жанр, узбекская литература,

стиль, характер, традиция.

Key words:

Maksud Koriyev, historical novel, genre, Uzbek literature, style, character,

tradition.


Dunyo adabiyotshunosligida romanchilikda uslubiy o‘ziga xoslik, an’ana, tarixiy voqelik,

tarixiy qahramon, xarakterlar tasviri, badiiyat, syujet, kompozitsiya masalalarini ilmiy-nazariy
jihatdan o‘rganish, ijodiy ta’sir hamda individuallik tadqiqiga bo‘lgan e’tibor kuchaymoqda. Bir
tarixiy qahramon, alloma qiyofasining turli ijodkorlar tomonidan yaratilishidagi mushtarak va
farqli jihatlarni qiyoslash esa nafaqat muayyan tarixiy shaxs hamda davr haqida xolis xulosa
chiqarish, balki turli ijodkorlar uslubidagi, mahoratidagi turfalikni nazariy jihatdan yoritish
zaruratini yuzaga keltiradi. O‘zbek romanchiligida ijodiy ta’sir, uslubiy o‘ziga xoslik, xarakter,
badiiy mahorat, janr takomili, ijodiy tajriba adabiyotshunoslikning o‘rganilishi zarur bo‘lgan
ilmiy-nazariy masalalari sanaladi.

Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‘zbek

romannavislari ijodini yangicha yondashuvlar asosida o‘rganish borasida qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ijodkor dunyoqarashi, ijodiy laboratoriyasi, asarlarining ta’sir
manbalari, uslubiga xos jihatlar, xarakter yaratish mahoratiga oid muhim xususiyatlarni chuqur


background image

113

o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Zero, “Adabiyot xalqning yuragi, ma’naviyati ko‘zgusi.
Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga
ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak” [1]. Shu ma’noda, qator
tarixiy romanlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan Maqsud Qoriyevning betakror
uslubi, xarakterlar talqinidagi badiiy mahorati sirlarini tadqiq etish zarurati mavjud. U o‘z
asarlarida o‘zbek xalq og‘zaki, Sharq mumtoz adabiyoti hamda jahon romanchiligi yetuk
an’analarini sintezlashtirdi hamda janr imkoniyatlaridan samarali foydalandi. Ana shu jihat,
Maqsud Qoriyev romanlarida uslub va xarakter masalasini o‘rganish dolzarbligini belgilaydi.

Tarixiy roman ijodkordan nafaqat tarixni yaxshi bilishni, balki manbalar ustida chuqur

ishlashni, keng dunyoqarashni, hayotiy tajribani ham talab etadi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Pirimqul Qodirov “Inson nomukammalligini anglab yetishi uchun insoniyat yaratgan eng
mukammal tarixiy shaxslar hayotini chuqur o‘rganishi kerak. Bunga tarixiy romanlar qo‘l keladi.
Bu borada tarixiy romanlar katta vazifani bajarishi mumkin”[2,128]

deb bejiz ta’kidlamagan.

Uzoq yillar matbuot sohasida faoliyat yuritgan Maqsud Qoriyev qator badia, hikoya va qissalar
yaratib, o‘z mahoratini yuksaltirib bo‘lgachgina tarixiy romanlarga qo‘l urdi.

XX asr o‘zbek adabiyotiga tarixiy romanlari bilan hissa qo‘shgan Abdulla Qodiriy,

Abdulhamid Cho‘lpon, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov kabi ijodkorlarning an’analarini
davom ettirgani holda betakror tarixiy qahramonlarni tuhfa etdi. Maqsud Qoriyev uslubi haqida
fikr yuritganda “Yozuvchi shubhasiz, doim muayyan moyillik, intilish, qiziqishlar bilan mashg‘ul
bo‘ladiki, bu kelgusida o‘z uslubini shakllantirishning sharti hisoblanadi”[3,330] degan so‘zlar
yodga keladi. U betakror tarixiy qahramonlar va xarakterlar yaratishning ustasidir. Ma’lumki,
“Uslub yo‘q yerda hech qanaqa san’at ham yo‘q”[4,127]. Shunday ekan, yozuvchi tarixiy romanda
tarixiy siymolarning turli qiyofa va xarakterlarining betakror talqinlarini yarata olish mahorati
uning uslubidagi o‘ziga xoslikni belgilovchi jihat hisoblanadi. “Roman tafakkuri hayotiy tajriba,
e’tiqod, olamu odam haqidagi teran o‘ylarning samarasi o‘laroq paydo bo‘ladi,
shakllanadi”[5,65]. Maqsud Qoriyevning boy, hayotiy tajribasi, u yaratgan qahramon va
xarakterlar talqinida yuz ko‘rsatadi.

Yozuvchi uslubi uchun jumlalarning ommabopligi, murakkab arxaik so‘zlardan xolilik,

qahramon va personajlar nutqidagi sodda va ravonlik xosdir. Ayniqsa, Maqsud Qoriyev badiiy
matnda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi boyliklaridan samarali foydalanadi, qahramonlar ichki
dunyosini dialoglar vositasida yoritadi. Zero, “Dialog juda jo‘shqin bo‘lmog‘i, u nafaqat ruhiy
harakatni, balki inson xarakterini ko‘rsatib turishi kerak”[6,118]. Maqsud Qoriyev romanlarida
ana shu jihatga alohida e’tibor qaratgani holda dialog va monologlardan samarali foydalanib
qahramon hamda personajlar qiyofasini keng yoritishga erishadi.

Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino” romanidagi uslubiy o‘ziga xoslik uning tarixiy fakt va

materiallardan haqiqatni buzmagan holda ijodiy foydalanish mahoratida ko‘rinadi. Yozuvchi
tarixiy mavzu talqinida qahramon va personajlarning jonli, davr voqeligining hayotiy, badiiy
tafsillarning ta’sirchan talqinini yaratadi.

“Ibn Sino” romanida X-XI asrlar Xuroson manzaralari, to‘kinlik, farovonlik, ilm-ma’rifat

barq urib turgan Buxoro kartinasini bozor, kitob rastalari, qandolat do‘konlari tasviri orqali
izchillik bilan aks ettiradi. Romandagi turli kartinalar kitobxonni qahramon va personajlarning
qiyofasi bilan tanishtirib, ularning turmush tarziga olib kiradi.

Yozuvchi Sanam (Ibn Sino sevgilisi) kechinmalari bilan bog‘liq tabiatdagi keskin aks

o‘zgarishlarni tasvirlash orqali uning dastlab ilk muhabbat kechinmalaridan masrur, so‘ng esa


background image

114

abadiy ayriliqdagi mahzun hayot yo‘lini uyg‘unlikda talqin etish yo‘lidan boradi. Bu esa Maqsud
Qoriyev uslubidagi yana bir o‘ziga xos jihatni namoyon etadi.

Tarixiy roman janrining o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyot bosqichi salkam bir asrlik davrni

o‘z ichiga oladi. Maqsud Qoriyev uning an’analarini rivojlantirib ulkan yutuqlarga erishdi. Bu
an’analar tarixiy voqelik, tarixiy shaxs, badiiy qahramon va xarakter talqini muammolarida
ko‘zga tashlanadi. Oybek yozadi: “Haqiqiy realist san’atkor bilan ilmiy metodologiya ila
qurollangan tarixchi ma’lum nuqtalarda uchrashuvlari kerak. Ularning tarixiy hayotni
tekshirishlari, hodisa va voqealarni tanlashdagi yo‘l va priyomlari qanchalik ayrim bo‘lmasin,
oxirgi paytda, so‘nggi natijada ular uchrashuvlari lozim, ya’ni tarixchining haqiqati ila
san’atkorning haqiqati muvofiq, hamohang bo‘lishi kerak[7,131].

Maqsud Qoriyev ham tarixiy shaxs va voqelik talqinida tarixiy haqiqat bilan badiiy

haqiqatning o‘zaro mos kelishiga ahamiyat beradi. Tarixiy voqelik talqinining mantiqiy kasosiga
hamda tarixiy voqelikka qanday mos kelishiga tarixchi va yozuvchi nigohi bilan qarab aks
ettirdi. Zero, “... tarixiy mavzudagi asarlarda obrazlarning to‘laqonliligi alohida ahamiyatga ega.
Chunki bunday asarlardagi qahramonlar zamonaviy mavzudagi asar qahramonlariga qaraganda
har holda o‘quvchidan uzoqroq”[8,66]. Shu bois ham yozuvchi tasvirlanayotgan davr ruhini
bermoq uchun o‘sha davr tarixiy voqeligini tarixiy asarlarni o‘rganish orqali tasvirlashga intildi.
U “... tarix bilan bugungi kunni mustahkam bog‘lay olgan yozuvchi”[9,101] sifatida ijod qildi.
Yozuvchi qahramonlari olis asrlarga oid bo‘lsalar-da, bugungi kun kishilaridek yuz ko‘rsatadilar,
fikrlaydilar. Ular o‘quvchining hamfikri, sevimli qahramoniga aylanadilar. Jon Golsuorsi
yozganidek, “Xarakter yaratish – sirli jarayon, hatto aytish mumkinki, ehtimol, bu jarayon
xarakteri yaratilayotgan mute yoki o‘jar ob’ektlardan ko‘ra, uni yaratayotgan odamning o‘zi
uchun sirliroqdir”[10,81]. Shu bilan birga, “Xarakter – badiiy ijodda individual xususiyatlar
asosida har tomonlama to‘liq yaratilgan inson obrazining mukammal turi”[11,335-336].

Maqsud Qoriyev o‘z ijodida uslubni rivojlantiruvchi quyidagi an’analardan samarali

foydalangan va shu orqali ular rivojiga katta hissa qo‘shdi:
-

tarixiy asardagi qahramon va persanajlar nutqining eskirgan hamda tarixiy so‘zlardan xoli,

ommabop bo‘lishiga ahamiyat berish;
-

qahramonlar ichki dunyosini portret va peyzaj tasvirlari vositasida uyg‘un yoritishga

erishish;
-

maishiy turar-joy va shahar kartinalari tasviridagi mayda tafsilot va izchillikka e’tibor

bergan holda davrning yaxlit manzarasini yaratish;
-

qahramon va personajlar dunyoqarishi va xarakteriga xos jihatlarni

nutqning dialog va monolog, o‘z-o‘ziga so‘zlash kabi turlaridan samarali foydalanib yoritishga
erishish.

Xullas, Maqsud Qoriyev o‘z tarixiy romanlariga xarakter yaratishdek sirli jarayonni nozik

his etgani holda tarixning shiddatli o‘zgarishlar davri voqeligi va qahramonlarini tanlab olib
kiradi. Shu bois ham uning bu asarlari dolg‘ali voqeligi, keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lgan kurash
yo‘lini bosib o‘tgan qahramonlari bilan yanada jozibador ko‘rinadi.

References:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Алишер Навоий

номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида


background image

115

сўзлаган нутқи // Халқ сўзи. – 2020 йил, 21 май. - № 106 (7608).
2.

Қодиров П. Мукаммаллик – мутлоқ ҳақиқат // Қаранг: Умид Али. Кўнгилга сайр

(адабий ижод маквзусидаги суҳбатлар). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2009. – Б.128.
3.

Парандовский Я. Сўз кимёси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2022. – Б.330.

4.

Адабиёт назарияси. Икки томлик. II том. – Тошкент: Фан, 1979. – Б.127.

5.

Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа

акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2007. – Б.65.
6.

Макаренко А. Беседа с начинающими писателями // О писательском труде. – Москва:

Сов.писатель, 1955. – С.118.
7.

Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. Ўн тўққиз томлик. Ўн тўртинчи том. – Тошкент:

Фан, 1979. – Б. 131.
8.

Карим Ҳ. Тарихий шахс ва бадиий образ. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – Б.66.

9.

Қўшжонов М. Моҳият ва бадиият. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти, 1977. – Б.101.
10.

Голсуорси Ж. Адабиётда характер яратиш // Жаҳон адиблари адабиёт ҳақида (Озод

Шарафуддинов таржималари). – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б.81.
11.

Хотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли

луғати. – Тошкент: Ўқитувчи,1979. – Б.335-336.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида сўзлаган нутқи // Халқ сўзи. – 2020 йил, 21 май. - № 106 (7608).

Қодиров П. Мукаммаллик – мутлоқ ҳақиқат // Қаранг: Умид Али. Кўнгилга сайр (адабий ижод маквзусидаги суҳбатлар). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2009. – Б.128.

Парандовский Я. Сўз кимёси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2022. – Б.330.

Адабиёт назарияси. Икки томлик. II том. – Тошкент: Фан, 1979. – Б.127.

Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2007. – Б.65.

Макаренко А. Беседа с начинающими писателями // О писательском труде. – Москва: Сов.писатель, 1955. – С.118.

Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. Ўн тўққиз томлик. Ўн тўртинчи том. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 131.

Карим Ҳ. Тарихий шахс ва бадиий образ. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – Б.66.

Қўшжонов М. Моҳият ва бадиият. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977. – Б.101.

Голсуорси Ж. Адабиётда характер яратиш // Жаҳон адиблари адабиёт ҳақида (Озод Шарафуддинов таржималари). – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б.81.

Хотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи,1979. – Б.335-336.